3. Qishloq xo’jaligi mexnat unumdorligi bilan ajralib turadi. Ishlov beriladigan yerlarning umumiy maydoni 11 %i tashkil qilganligi uchun Yaponiyada qadimdan ekin maydonlaridan tejamkorlik bilan foydalanishga o’rganishgan. Yaponiya dexqonchilik mamlakatidir. Uning yetakchi tarmog’i don xo’jaligida sholikorlik yaqqol ko’zga tashlanadi. Sholi jami ekin maydonlarining yarmiga yaqinida ekiladi va yiliga 10-12 mln t sholi tayyorlanadi. Shuningdek bug’doy, soya turli sabzavotlar va bog’dorchilik tarmoqlari ham ancha ahamiyatlidir. Xo’jalikning bu tarmoqlari Yaponiya iqtisodiyotining faol yo’nalishlaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |