O’qituvchi: Isabayeva Dilfuza Komiljonovna Tayyorladi: Rajabova Durdona Ashir qizi


Download 1.57 Mb.
bet1/4
Sana25.04.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1398161
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish Umumiy psixologiya slayd

Buxoro Davlat Pedagogika Instituti Biologiya fakulteti 1bio_21s guruh talabasi Rajabova Durdonaning Umumiy Psixologiya fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi

O’qituvchi:Isabayeva Dilfuza Komiljonovna

Tayyorladi:Rajabova Durdona Ashir qizi

Mavzu: Go’dak va muloqot Chaqaloqlik davrida his-tuyg’uning o’sishi

Reja: 1. Go’dakning kattalar bilan muloqoti 2. Emotsiya va hissiyotlar rivojlanishi 3. Go’dakning onasi va atrofidagilarga bulgan his-tuygulari 4. Ilk bolalik davrida shaxsning rivojlanishi

Gudaklik davri tug’ulgandan bir yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Go’dakning eng birinchi muloqoti uning onasi bilan boshlanadi. Chaqaloq ona organizmi bilan anatomik, morfologik va konstutsiyaviy bog’liqlik davri tugagan bo’lsada, biroq u dastlabgi daqiqalardan boshlaboq mustaqil bo’la olmaydi. Go’dak onaga fiziologik jihatdan tobeligicha qolaveradi. Ona organizmi go’dak uchun uning organizmi talab qiladigan ovqat, oqsillarni uning o’sish pallasida ona suti orqali taminlab turadi.

Go’dak hayotining birinchi haftasidanoq ko’rish va eshitish sezgilari jadal suratda rivojlanib boradi. Ilk go’daklik davri bu bolaning kam harakat holatidan jadal ravishda quvnoq bolaga aylanish davridir. Bola 2 oylikdan boshlab o’z onasini yuzi va ovozini ajrata boshlaydi. Gudak onasi yonida o’zini hotirjam his etadi. Keyinchalik g’udur-g’udur tovushlar chiqara boshlaydi va asta sekin artikulyar aparatining takomillashishi natijasida tovushlarni o’zaro farqlay boshlaydi.

Kattalarning bolaga nisbatan emotsional munosabati ularning gaplariga bolani o’z diqqatini qaratishi va javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so’zlarni yodida saqlab qolib emotsiya bildirishi diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo’ladi.

3-4 oylikdan boshlab mittigina mo’jiza o’z yaqinlariga o’zining harakatlari bilan ko’rish, eshitish yoki gapirishni xoxlayotganligini kursatadi. Mittivoyning ilk nutq ko’rinishlari insonlarga uzoq tikilib qarab, lablarini harakatlantirib, go’yo odamning nutqiga taqlid qila boshlaganda namoyon buladi.


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling