O’qituvchi kasbiy faoliyatida pedagogik nazokat va odob-axloq


O’QITUVCHILIK SHA‘NI, QADR QIMMATI


Download 0.88 Mb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1589100
1   2   3   4   5
Bog'liq
feruza

O’QITUVCHILIK SHA‘NI, QADR QIMMATI.

  • O’qituvchilik sha‘ni, qadr – qimmati. Umuminsoniy va milliy axloqning muhim belgilaridan biri insoniylik sha‘ni, kadr – kimmatidir. Insonning kadr – kimmati uning mansabi, kasb – koridan ko’ra ham ko’proq o’z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq – atvoriga bog’liq.
  • Bu fazilat o’qituvchi odobida muallimning kadr – kimmati, sha‘ni deb ataladi. U, avvalo, o’qituvchidan o’z ishining ustasi, kamtar bo’lishni, shu bilan birga pedagoglar va o’quvchilar jamoasida o’zini tuta bilishni talab etadi.

Pedagogik nazokat juda murakkab sifat bo’lib, quyidagi komponentlari tarkibiy qismlari mavjud :

  • O’quvchini hurmat qilish va unga nisbatan talabchanlik ;
  • Faoliyatning hamma turlarida o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantirish va ularning ishiga qat‘iy pedagogik rahbarlik qilish;
  • O’qituvchining o’quvchi psixik holatiga nisbatan diqqat bilan qarashi va o’quv mashgulotlarini bajarayotganida unga nisbatan talablarning izchilligi.
  • O’quvchilarning tafakkur holida iroda aktivligini rivojlantirish, o’quv ishida ularga har tomonlama yordam berish, ularga nisbatan mehribon va g’amxo’r bo’lish ;
  • O’qituvchining o’quvchilar bilan ishlashidagi sabotliligi hamda tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishning xilma – xil usullarini ularning pedagogik samaradorligini hisobga olgan holda qo’llashi ;
  • O’quvchilarga ishonish va ularning o’quv ishlarini muntazam ravishda tekshirib turish ;
  • O’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatidagi amaliy va emotsional aloqa bog’lashning pedagogik jihatdan asoslangan holda birga qo’shib olib borilishi ;
  • O’quvchilar bilan munosabatda osoyishta qat‘iylik, muvozanatlilik va nutqning ifodaliligi.

BUYUK MUTAFAKKIRLAR O’QITUVCHI VA TARBIYACHI AXLOQ-ODOBI HAQIDA.

  • O’rta Osiyoda yashagan allomalar yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash, shuningdek o’qituvchilik faoliyati va odobiga doir ta‘limotlarni ham yaratdilar.
  • Abu Nasr Forobiy o’z asarlarida, har bir kishi jamiyatga, davlatga munosib inson bo’lishi uchun ta‘lim va tarbiya olishi lozim deb hisoblaydi. Yoshlarga ta‘lim va tarbiya beradigan ustoz shogirdiga nisbatan juda qattiq zug’um qilishga intilmasligi, shuningdek, haddan tashqari ko’p yon berishga ham intilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zug’um shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi, bordi – yu, shogird ustozning juda yumshoqligini payqab qolsa, bu hol ustozni mensimaslikka va u beradigan bilimdan sovishga olib keladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling