O‘qituvchi nutqi madaniyati


Download 456.03 Kb.
bet1/27
Sana02.06.2024
Hajmi456.03 Kb.
#1836628
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
nutq. majmua 23


Texnologik ta’lim. Amaliy mashg`ulotlar
1 Mavzu
O‘qituvchi nutqi madaniyati” kursining maqsad va vazifalari hamda ushbu kursni o‘qitishda mahoratga e’tibor. Nutq madaniyati va mahoratini egallashda g‘arb mutafakkirlarining merosidan foydalanish

Ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash va oshirish o‘qituvchining kasb mahorati hamda nutq madaniyatiga e’tiboriga ham bog‘liq. Bu sohada muayyan yutuqlarga erishildi. Har bir darsning mutaxassislik nuqtai nazaridan puxta bo‘lishiga erishishdan tashqari o‘zbek tili imkoniyat-laridan mahorat bilan foydalanila boshlandi. Chunki har bir sohaga oid bilim til orqali yetkaziladi, o‘quvchi, talaba ongiga singdiriladi. Lekin yuzlab o‘qituvchilarda hamon nutq madaniyatiga e’tiborning pastligi yoki mahorat yetishmayotganligi ma’lum tashvish uyg‘otadi. O‘qituvchining nutq madaniyatiga e’tiborini oshirish, ularni yuqori til madaniyati va ma’naviyatini egallash uchun tayyorlash hamon dolzarb bo‘lib turibdi.


O‘qituvchining jamiyatdagi o‘rni, ta’lim jarayonida tildan foydalanish, nutq madaniyati va notiqlik mahorati to‘g‘risida ko‘plab izlanishlar mavjud. Masalan, N.Bekmirzayevning «Notiqlik asoslari» nomli o‘quv qo‘llanmasida o‘qituvchi shaxsi va uning notiqlik mahorati haqida e’tiborli fikrlar bildirilgan. Notiq amal qilishi lozim bo‘lgan 46 ta qoida shaklidagi mulohazalar ham katta ahamiyatga ega.
Kitobning «Muallimning insoniylik fazilati va notiqlik mahorati» sarlavhali qismida quyidagi fikrlar mavjud: «Avvalo, muallim tarbiyachi va ta’lim beruvchi inson. Shu ma’noda muallim ma’naviy-axloqiy jihatdan qalbi pok, ilmi yetuk inson bo‘lishi kerak. Muallimning tili va dili bir-biriga mutanosib bo‘lmog‘i, so‘zi va amaliy faoliyatida muntazam muvofiqlik bo‘lmog‘i juda muhim».
«Muallim o‘zi o‘qitadigan fanini yaxshi bilishi, o‘z xalqining milliy mafkurasini anglashi, o‘z millatining tilini va adabiyotini, tarixini yaxshi bilishi zarur. Dunyoqarashi, fe’l-atvori keng bo‘lib, o‘z ona tilida ravon va aniq nutq so‘zlashi, katta so‘z boyligiga ega bo‘lishi kerak».
«O‘qituvchining asosiy quroli uning notiqligidir. Agar muallimda notiqlik qobiliyati sust va past bo‘lsa, u o‘z fani sohasidagi bilimni shogirdlari ongiga singdirolmaydi»1.
O‘qituvchining nutq madaniyati talab darajasida bo‘lsa-gina, darsning sifati va samaradorligi yuqori bo‘lishi ta’minlanadi. Hozirgi paytda ta’limning zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari dars jarayoniga tatbiq etilmoqda. Fan asoslarini o‘qitishga xizmat qiluvchi ko‘rgazmali vositalar son va sifat jihatidan ko‘payib bormoqda. Hatto animasiyali va ovozli elektron darslik hamda qo‘llanmalardan dars jarayonida samarali faydalanilmoqda2. Lekin o‘qituvchining roli aslo pasay-gan emas. Chunki o‘qituvchi hyech qanday ko‘rgazmali qurol uning o‘rnini bosa olmaydigan, o‘quvchining ruhiy holati-ni e’tiborga olib, ish jarayonini tashkil etadigan, jonli, ta’sirli, kuchli «ko‘rgazmali qurol»dir. O‘quv materiali-ni ravon, tushunarli, adabiy til me’yorlariga mos ravishda yetkazish ta’lim sifatini oshiradi, talabaning material-ni o‘zlashtirishini yanada osonlashtiradi. Bu jarayonni shaxs, ya’ni o‘qituvchigina tashkil eta olishi mumkin.
O‘qituvchi ish faoliyatida fikrni ifodalash uchun og‘zaki nutqning turli usullaridan foydalanadi. Uning nutqi o‘zbek adabiy tilining tegishli me’yorlariga amal qilsagina, namunaviy nutq hisoblanadi. N.Bekmirzayevning fikricha, «Kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko‘rinadi. Nutq odobi nima? Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo‘lgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko‘ngliga mos, adabiy normadagi ifodalar bilan yetkazish tushuniladi».
«O‘qituvchining nutqi hamma vaqt o‘zbek adabiy tili normalariga sodiq qoladi, adabiy tilning go‘zal va ta’sirchanligini o‘zida saqlaydi».
«Qadimda mohir notiqlargina lashkarboshilik va davlat arboblari lavozimlariga saylab tayinlanganliklari ham bu haqiqatga aniqlik kiritadi. Tarix bizga hamisha saboq bergan, saboq bermoqda va bunday keyin ham saboq beradi. Biz bugun shu sohada tarixdan saboq olayapmizmi? – degan savol turibdi qarshimizda. Yo‘q, deyish ham joiz emas, harakat qilayapmiz. Bugungi kunda ko‘pgina idora rahbarlari nutqidagi kamchiliklar, muallimlar nutqidagi chaynalishlar, teleko‘rsatuvlardagi hatto jurnalistlar nutqidagi g‘alizliklar bizning ma’naviyatimizga yarashmaydi. Chunki biz Mustaqillikning barcha chashmalaridan bahramand bo‘lib turgan ekanmiz, notiqlik san’ati chashmasidan ham bebahra bo‘lmasligimiz kerak. Nima qilishimiz zarur? Avvalo, maktabda nutqni, uning grammatikasini chuqur o‘rganishimiz, fikrimiz va tafakkurimizning asosi bo‘lmish notiqlik san’ati sirlarini o‘rgatishimiz va o‘rganishimiz juda muhim»3.
Ma’lumki, «Nutq - bu til deb ataluvchi, o‘ta muhim vazifalarni bajaruvchi noyob quroldan foydalanish jarayoni, til birliklari imkoniyatlarining borliq, tafakkur, ong hamda vaziyat kabi hodisalar bilan munosabatda namoyon bo‘lishdir. Nutqiy jarayon – tilning o‘z vazifasini bajarish jarayoni. Bu jarayon yaxshi yoki yomon kechishi mumkin. Notiq esa ma’lum ma’noda bu jarayonni amalga oshiruvchidir».
O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgandan so‘ng nutq madaniyatiga bo‘lgan e`tibor yanada kuchaydi. Bugungi kun tilshunosligining eng dolzarb masalalaridan biri ham nutq madaniyati asoslari fanini yuksak pog‘onaga ko‘tarish, uni rivojlantirishdir. Amaliy jihatdan bu fan nutqning xilma-xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan sifatida to‘g‘ri va chiroyli nutq tuzish yo‘llarini o‘rgatadi. Shuningdek, chiroyli nutq tuzish qonuniyatlari, sirlari, til, til normalari, nutq, nutqning sifatlari, nutqiy uslublar, nutqda uchrashi mumkin bo‘lgan kamchiliklar va xatolar, nutqiy asarlarning ko‘rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritadi.
Nutq-arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, kishilarning ijtimoiy aloqa quroli bo‘lgan tildan foydalanib, xususiy suhbatda, umumiy majlis, uchrashuv va yig‘inlardagi gapi yoki o‘qib eshittirgan so‘zlaridir.

Download 456.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling