1-ma’ruza: “O‘qituvchi nutqi madaniyati” kursining maqsad va vazifalari. Nutq faoliyati haqida ma’lumot. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati tarixi.
1.Qadimgi Rimda dastlab nutqning qanday uslublari paydo bo‘lgan?
A) *sud notiqligi, harbiy notiqlik, siyosiy notiqlik
B)sud notiqligi
C) harbiy notiqlik
D) siyosiy notiqlik
2. Notiqlik san’ati fani qaysi fanlarga suyanib ish ko‘radi?
A) * mantiq va ruhshunoslikka
B)matematika va falsafaga
C) badiiy adabiyot va estetikaga
D) tarix va etikaga
3.Notiqlik san’ati Sharqda qanday atalgan?
A) *voizlik
B)so‘zamollik
C) shirinso‘zlik
D) shirinsuxanlik.
4.Notiq tinglovchilarni doimiy boshqarib turishi uchun asosiy e’tiborni nimaga qaratishi lozim?
A) *aloqa uzilib qolishining oldini olishi lozim
B)iste'dodini namoyon etishi lozim
C) o‘zini erkin tutishi lozim
D) suhbatdoshni qiziqtirishi lozim.
5.Sitseronning “Notiqlar haqida” asari necha kitobdan iborat?
A) *uch kitobdan
B)bir kitobdan
C) ikki kitobdan
D) besh kitobdan
6.Nutqqa tayyorlanish va nutq ustida ishlash jarayoni necha bosqichdan iborat?
A) *uch bosqichdan
B)ikki bosqichdan
C) yetti bosqichdan
D) besh bosqichdan
7.Insonlarning bir-birlari bilan muomala va aloqa qilish usuli nima deb ataladi?
A) *nutq
B)so‘z
C) fikr
D) imo-ishora
8.Tilning ijodkori kim?
A) *xalq
B)yozuvchilar
C) shoirlar
D) san’atkorlar
9.Nutq qanday ko‘rinishlarga ega?
A) *og‘zaki va yozma
B)ichki va tashqi
C) so‘zlashuv va fikrlash
D) so‘zlashuv va tashqi
10. "O'qituvchi nutq madaniyati" fanining tekshirish ob'ekti qaysi javobda berilgan?
A) Nutqning til qurilishi B)Adabiy til normalari
C) Nutqning kommunikativ fazilatlariD)*ABV
11. O'qituvchi nutqining sifatlari qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?
A) Sofligi, izchilligi B)Badiiyligi, shevaga xosligi
C) To'g'riligi, sofligi, aniqligi, mantiqiyligi D) * A va C javob to'g'ri
Do'stlaringiz bilan baham: |