O‘qituvchi: Raximova Mehrigul Umarovna Mavzu: “Uch og‘a-ini botirlar” ertagini tahlil qilish. Darsning maqsadi


Darsni mustahkamlash: “Bir daqiqa” metodi


Download 348.09 Kb.
bet4/4
Sana25.01.2023
Hajmi348.09 Kb.
#1121327
1   2   3   4
Bog'liq
ochiq dars ishlanmasi (1) (1)

Darsni mustahkamlash: “Bir daqiqa” metodi

Sinf o‘quvchilarini 2 ga bo‘lib olinadi : 1-guruh o‘quvchilari bir daqiqa ichida asarda qatnashgan hayvon nomlarini, 2- guruh esa ertakdagi 3 raqami bilan bog‘liq (matematika bilan bog’lash) hodisalarni qisqacha variantda yozishadi.


O‘quvchilar:1-guruh : ot ( boshqa bir o‘sha guruhdagi o‘quvchi sharhlaydi: qora, saman, ko‘k toy), to‘ti ( kenja botir tilidan aytilgan hikoya), tarbiyalashda 3 narsa (sog‘lom qilib tarbiyalaydi, yarog‘ bilan tanishtiradi, qo‘rqitmay o‘stiradi), 3 nasihat (To‘g‘ri bo‘ling- bexavotir bo‘lasiz, Maqtanchoq bo‘lmang- xijolat tortmaysiz, Dangasalik qilmang- baxtsiz bo‘lmaysiz), 3 botir ( yoshi 21, 18, 16), 3 kecha qorovullik ( ajdar, sher, o‘g‘rilarni qirib tashlashadi), 3 ta meva ( to‘ti ozod bo‘lishi evaziga keltiradi), 3 kun ( botirlar 3 kunda o‘rdaga borishadi, to‘ti 3 kun qarindoshlari diydoriga to‘yadi).
Energizer”( “Uch bo‘g‘inli so‘z”) metodi:
Asarda aks etgan g‘oyalar : halollik, to‘g‘rilik, jasurlik, mardlik, botirlik.
Istalgan bir o‘quvchi tashqariga chiqib turadi shu g‘oyalardan biri 3 bo‘g‘inga bo‘linib, bir vaqtning o‘zida aytiladi va o‘quvchi bo‘g‘inlarni birlashtirgan holda javobni ayta olishi kerak: ja-sur-lik yoki ha-lol-lik.

  1. Darsni yakunlash: “Chehralar” (“Smayliklar”) metodi


O‘quvchilarga dars boshida tarqatilgan chehralar orqali mavzuni tushunganlik darajasini aniqlash maqsadida smayliklar yuqoriga ko‘tariladi.
Mulohaza:
To‘ti voqeasi nega bunday yakunlanadi, kenja botirning ham qismati shunday yakunlanishi mumkin edi ( unga xuddi to‘tiday imkon berilmaganida), bu bilan kenja botir vazirning xiyonatini o‘zining voqeasi bilan bog‘lamoqchi bo‘ladi, u ham qaysidir ma’noda jazolanadi, zindonga tashlanadi, podshoh tomonidan ishonchsizlikka uchraydi. To‘tining o‘ldirilishi bilan botirning ishonchsizlikka uchrashi qaysidir ma’noda teng bo‘lgan tushunchalardir.
Baholash: o‘quvchilar dars davomida baholanib, rag‘batlantirib boriladi, ularga tarqatilgan uchburchak, to‘rtburchak, beshburchak shakllari orqali baholari kundalikka tushiriladi.
VI.Uy vazifasi: “Mening sevimli ertagim” taassurot yozish mavzusidagi nazorat ishiga tayyorlanib kelish.

Download 348.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling