O’qituvchi: Ro’zimatov Mirzomiddin Mavzu: Tasvirlar bilan ishlashni boshlash. Line uskunasidan foydalanish


Download 68.93 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2024
Hajmi68.93 Kb.
#1833856
1   2   3
Bog'liq
5-sinf tezis

Sana:28.11.2023-y
O’qituvchi: Ro’zimatov Mirzomiddin
Mavzu: Chiziqning qalinligi va rangini oʻzgartirish. Shakllar chizish
Uskunalarning qalinligini o'zgartirish
Ushbu dasturda chizayotgan tasviringizda ayrim chiziqlarni qalin, ayrimlarini esa ingichka qilish imkoniyatiga egasiz.
Buni amalga oshirish uchun chizgan chiziqlaringiz vositasining qalinlik sozlamasini o'zgartirishni bilishingiz kerak.
Chiziq qalinligini o'zgartirish uchun Size uskunasini tanlasangiz, menyu hosil bo'ladi.


Uskunalarning rangini o'zgartirish
Chizayotgan tasviringizda turli ranglardan foydalanishni xohlashingiz tabiiy hoi, buning uchun ushbu uskunaning rang sozlamasini o'zgartirishni bilishingiz talab etiladi. Tanlagan uskunangiz uchun ranglar bo'limidagi turli ranglardan foydalana olasiz.
Maxsus rang yaratish uchun oynaning o‘ng tomonidagi rangar aralshmash koylashgan qismning istalgan joyini sichqocha orqali belgilang. Oynaning o‘ng tomonida rangli chiziq paydo bo‘ladi.


Uyga vazifa:


1. To‘rtta gorizontal to‘g‘ri chiziq chizing, har birining orasida kichik farq bilan biri ikkinchisidan balandroq bo‘lsin.
Birinchi chiziqni juda ingichka qiling, keyingilarini bir-biriga nisbatan qalinroq qiling.
2. Brush yoki Iine uskunasi yordamida bir necha marta chiziq rangini almashtirib, kamalak tasvirini chizing.


Sana:05.12.2023-y
O’qituvchi: Ro’zimatov Mirzomiddin
Mavzu: Tasvir qismlaridan nusxa olish, kesib tashlash yoki joylashtirishdan foydalanish
Tasvirning bir qismidan nusxa olishni xohlashingiz mumkin. Buni tasvirda biror predmetni bittadan ko'p bo'lishini istaganingizda bajarasiz.
Tasvirning bir qismidan nusxa olish uchun avval uni belgilashingiz kerak. Buni to'g'ri to'rtburchak shakldagi Select uskunasi yoki erkin shakldagi Select uskunasi orqali bajarishingiz mumkin.
Nusxa olmoqchi bo'lgan tasvir qismini belgilash uchun foydalanadigan uskunani tanlab oling.
Sichqoncha ko'rsatkichini tasvirning nusxa olinishi kerak bo'lgan qismi yoniga joylashtiring.
Sichqonchaning chap tugmasini bosib ushlab turing. Agar Rectangular select uskunasidan foydalansangiz, nusxa olmoqchi bo'lgan qismingiz atrofiga to'rtburchak joylashtirish uchun sichqonchani o‘ng tomonga harakatlantiring.
Agar Free-form selection uskunasidan foydalansangiz, nusxa olmoqchi bo'lgan qismingiz atrofini chizib chiqing.
Tasvirning siz belgilagan qismi atrofidagi maydon hoshiyasi paydo bo‘lganini ko'rasiz.
Endi tasvirning shu qismidan nusxa olish uchun Copy tugmasini bosing. Bunda Paste uskunasidan foydalanguningizga qadar clipboardga nusxa olinadi.



Paste buyrug‘i sizga nusxa olgan tasvirni kanvasning turli qismiga joylash imkonini beradi.



Belgilagan tasvirni joylash uchun sichqoncha ko'rsatkichini joylamoqchi bo'lgan joyingizga olib boring, keyin Paste tugmasini bosing



Download 68.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling