O’qituvchi: Ro’zimatov Mirzomiddin Mavzu: Tasvirlar bilan ishlashni boshlash. Line uskunasidan foydalanish
Download 68.93 Kb.
|
5-sinf tezis
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sana
- Uyga vazifa
5-sinf informatika Sana: 14.11.2023-y O’qituvchi: Ro’zimatov Mirzomiddin Mavzu: Tasvirlar bilan ishlashni boshlash. Line uskunasidan foydalanish Tasvirlar yaratish va ularni tahrirlash juda qiziq mashg‘ulot hisoblanadi. Ushbu ko‘nikma sizga boshqalar tomonidan yaratilgan tasvirlardan foydalanib chizishni emas, balki o'zingiz xohlagandek o‘z tasvirlaringizni yaratish imkoniyatini beradi. Ko‘nikmalaringizni ishga solgan holda yaratgan tasviringizni tomosha qilish zavqlanish his-tuyg‘usini hosil qiladi. Bu modulda dasturiy ta’minot sifatida Microsoft Paintdan foydalanishingiz mumkin. Bu grafik materiallar yaratish va tahrirlash uchun foydalaniladigan dasturiy ta’minot. Ushbu dasturda tasvirlar yaratishda yordam beruvchi juda ko'plab uskunalar mavjud. Line uskunasidan foydalana olish ko‘nikmasiga ega ekanligingiz turli tasvirlar yaratishni boshlay olishingizni anglatadi. U Paint dasturiy ta’minotining asosiy uskunalaridan biridir. Microsoft Paint dasturini ishga tushirganingizda, katta oq hududni ko'rasiz. Bu hudud kanvas deb ataladi. Ya’ni qo‘lda tasvir chizmoqchi bo'lganingizda, qog'oz qanday vazifani bajarsa, ushbu maydonning vazifasi ham shunday bo‘ladi. Uyga vazifa: Line uskunasidan foydalanib, kvadrat hosil qilish uchun to'rtta to'g'ri chiziq chizing. Line va Curved line uskunalaridan foydalanib, quyidagi ko‘rinishdagi bayroq chizing: Konspektlashtirish Sana:21.11.2023-y O’qituvchi: Ro’zimatov Mirzomiddin Mavzu: Pencil va Brush uskunalaridan foydalanish Qalam vositasidan foydalanish juda qiziqarli. U qo'lda tasvir chizish imkonini beradi. Qalam vositasi yordamida chizish uchun Pencil tugmasini bosing. Sichqoncha ko'rsatkichini kanvasga, chizishni boshlamoqchi bo'lgan joyingizga joylang. Sichqonchaning chap tugmasini bosib ushlab turing. Pencil uskunasi yordamida chizishni boshlash uchun sichqonchani harakatlantiring. Sichqonchani chizishni boshlamoqchi bo'lgan tomoningizga surishingiz kerak. Uyga vazifa: 1. Yuzga qalamda chizilgan jilmayishni o'chiring va endi xomush yuz yasash uchun pencil uskunasidan foydalaning. 2. Sevimli gul yoki tasavvuringizdagi hayvonni chizish uchun pencil uskunasidan foydalaning. Download 68.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling