Vokzalda
Yo‘lovchi: Assalomu alaykum, kechirasiz, siz shu yerda ishlaysizmi?
Vokzal xodimi: Vaalaykum assalom, hechqisi yo‘q, ha men shu yerda ishlayman, xizmat.
Yo‘lovchi: Agar mumkin bo‘lsa, sizga bir necha savolim bor edi. Men Buxoroga bormoqchi edim. Qayerda bilet bron qilish mumkin?
Vokzal xodimi: Marhamat, uchinchi kassadan Buxoro shahriga bilet bron qilishingiz mumkin. Yana menga xizmatlar bormi?
Yo‘lovchi: Iltimos, menga aytsangiz yuk aravachasini qayerdan olsam bo‘ladi?
Vokzal xodimi: Vokzalning chap tomonidagi chiqish eshigi oldidan olishingiz mumkin.
Yo‘lovchi: Agar mumkin bo‘lsa, yana bir savolimga javob bersangiz.
Vokzal xodimi:Bajonidil, savolingizni bering.
Yo‘lovchi: Men nonushta qilmoqchi edim, vokzal oshxonasi qayerda joylashgan?
Vokzal xodimi: Oshxona vokzalning ikkinchi qavatida joylashgan. O‘sha yerda kutish xonasi ham bor. Bemalol dam olib, poezdni kutsangiz bo‘ladi.
Yo‘lovchi: Men sizdan juda minnatdorman, rahmat sizga!
Vokzal xodimi: Hijolat bo‘lmang, arzimaydi, salomat bo‘ling.
6-topshiriq. Matnni o‘qing va mazmuni yuzasidan suhbatlashing.
Do'stlaringiz bilan baham: |