O’qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o’rni
Parda Tursun adabiiy faoliyati va “O`qituvchi” romani yozilgan tarixiy
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ (1)
1.2. Parda Tursun adabiiy faoliyati va “O`qituvchi” romani yozilgan tarixiy
sharoit. Sho`ro davri o`zbek adabiyotining ko`zga ko`ringan vakillaridan biri Parda Tursundir. Bu uning taxallusi bo`lib, asl ism-sharifi Tursunov Pardadir. U 1909 yili 7-noyabrda Namangan viloyati Pop tumanidagi Chorkesar mahallasida
4
Q. Azizov, O. Qayumov “Chet el adabiyoti tarixi”,Toshkent 1987.
18
dehqon oilasida tug`ildi. Ota-onadan erta etim qolgan Parda Tursun sarson- sargardonlikda hayot kechiradi. Ayovsiz yillar shamoli uni 1918 yilda Chorkesar qishlog`idan Toshkentga etaklaydi. Kishilar eshigida xizmatkor bo`lib kun kechiradi. Undagi ilmga tashnalik 1923-1927 yillarda tajriba ko`rsatkich maktabiga, 1927-1928 yillarda Karl Marks nomli pedagogika bilim yurtiga olib keladi. So`ngra, toki 30-yillar boshiga qadar Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi maktablarda o`qituvchilik qiladi. Uning adabiyotga qiziqishi xuddi shu davrdan boshlangan bo`lib, «Qizil O`zbekiston» («O`zbekiston ovozi») ro`znomasi muharririyatiga etaklaydi. 1929-1934 yillarda mazkur ro`znoma sahifalarida o`zining xabar, ocherk, hikoyalariyai chop ettiradi. 1930 yilga kelib, uning «Zo`rlik» nomli birinchi hikoyasi e`lon qilinadi. U 1930-1931-yillarda «Batrak» gazetasida mas`ul kotib, 1931-1934 va 1939-1940-yillarda «Qizil O`zbekiston» gazetasida adabiy xodim sifatida faoliyat ko`rsatadi. 1935-1936-yillarda O`rta Osiyo plan-iqtisod institutida birmuncha muddat taqsil ko`rgach, 1937-1938-yillarda O`zbekiston Markaziy Ijroiya Qo`mitasi raisi kotibi, 1940-1945-yillarda O`zbekiston Telegraf agentligida adabiy xodim va muharrir, 1948-1950-yillarda partiya tarixi institutida ilmiy xodim bo`lib ishlaydi. Parda Tursunning adabiy faoliyati 1929-1930 -yillarda kichik-kichik hikoyalar yozish bilan boshlangan. 5
«Bir xotinning tarixi» kabi bir necha hikoyalari yaratiladi. Parda Tursun ijodiy faoliyatida uning «Domla” (1937) hikoyasi muhim rol o`ynaydi. Mazkur hikoyaning syujet chizig`i aytish mumkinki, adibning butun umri davomida yaratgan o`rta va yirik asarlari sahifalariga ko`chdi, qissa va romanlarining bosh mavzuiga aylandi. Parda Tursun bu yillarda zamondoshlari hayotidan olingan bir qator hikoyalar, o`nlab ocherklar yaratdi. Uning «Dadajon rais» (1932), «Yangi raislar»
5 O`zbekiston Milliy Ensklopediyasi 19
(1933), «Majlisda» (1934), «Quvnoq hayot» (1935), «Yaylovda (1935), «Traktorchi» (1935) kabi ocherklari shular jumlasidandir. Adib hikoyalaridagidek ocherklarida ham o`zbek ziyolisining bosib o`tgan yo`li, kurashi haqida hikoya qiladi. 1941-1945 yillarda adib bir qo`lida qurol, bir qo`lida qalam bilan ona- Vatan himoyasida bo`ladi. Urushdan keyingi yillarda oliy o`quv yurtlarida talaba, o`qituvchi, nashriyotlarda muharrir bo`lib faoliyat ko`rsatdi. Parda Tursunning kichik-kichik hikoyalaridan keyinchalik, ya`ni 1947-yilda uning «Haq yo`l» avtobiografik qissasi «o`sib chiqqan». Parda Tursun 1940-yilda yozilgan bu qissasi ustida uzoq vaqt ishlab, uni 1947-yilda nashr etadi. Keyinchalik mazkur qissaga sayqal berish, unda belgilangan qaxramonlar hayoti va jamoalashtirish davri manzaralarini tasvirlashda davom etib, dastlab 1947- yili uning birinchi yirik asari — «Haq yo`l» nomli qissasi chop etiladi. Undagi bosh qahramon Elmurod Do`stmatovning hayot yo`li timsolida adib tarjimai holi emas, o`zbek ziyolisining bosib o`tgan mashaqqatli yo`li gavdalantiriladi. U keyinroq «O`qituvchining yo`li» nomi bilan o`zbek va rus tillarida chop etiladi. 1950 yillarga kelib, mazkur qissa qayta ishlanib, «O`qituvchi» nomi bilan mustaqil bir asar — roman sifatida nashr etiladi. Undagi bosh qahramon Elmurod obrazi hatti- harakati va xarakteri vositasida o`zbek ziyolisi —o`qituvchisining hayoti va kurash yo`li umumlashmasiga ko`tarildi. Parda Tursun jurnalist, o`qituvchi, noshir va publitsist, ocherknavis va hikoyanavis, qissanavis va romannavis bo`lishi bilan birga mohir tarjimon ham edi. Saltikov-Shchedrin, A.Tolstoy, Emil Zolya, Gi de Mopassan asarlarini o`zbek tiliga ag`dargan. Uning asarlari ko`plab qardosh va xorijiy tillarga tarjima bo`lgan. U 1957 yilda vafot etgan. Hozirgi kunda Toshkent va Namangandagi bir necha maktab va ko`chalarga Parda Tursun nomi berilgan. 6
Ulkan iste`dod egasi Parda Tursunning o`qituvchi romanida o`zbek ziyolisining og`ir fojiyalarga to`la hayot yo`li zo`r mahorot bilan tasvirlanadi. Bu
6 Uzbek adabiyoti tarixi, 3-j., T., 1972.
20
asar voqealari soy bo`ylab baland tog` yonbag`irlariga tizilishgan qing`ir- qiyshiq uyli bir qishloqda boshlangan. Qishloqdagi paxsa devorli qo`rg`onchalar mulkdor odamlarniki bo`lib guvaladan qurilgan. Qish kezlarida shiftlaridan, hatto, devor kovaklaridan shamol hushtak chalib turadigan ayollarning a`za tutgandagi qiychuvi bola tuqqandagi fig`onlari eshitilib turadigan pastak uylar kambag`al- qashshoqlarning boshpanalari edi. Buga jon kirgizib turadigan esa ayol va go`daklar bo`lib, ularning qo`lidan ish keladigan azamatlari yersiz, ot-ulovsiz qisqasi, qashshoqlikdan ish qidirib uzoq shaharlarga – Qo`qon, Namangan, hatto dovon oshib Toshkentga ketar, shu bilan qishda qaytar, yo bo`lmasa birovlarning eshigida qo`l-oyoqlari bog`lanib qolib ketardilar. Asar yozilgan bu davrda ko`z ko`rmagan quloq eshitmagan joylarda bo`layotgan urush xalqning boshiga kulfat soldi. Tirikchilik yanada qiyinlashdi. Boylar ham qarz bermay qo`ydi. Hech chora qolmagach, yaroqli buyumlarini birma-bir sotdilar, oziq-ovqatlarga ayirbosh qildilar. Sotishga va ayirboshlashga yaraydigan narsalar ham tamom bo`ldi. Hatto ``Tatran`` nomli yog`ochdan , qattiq va zaharday achchiq bir tog` o`simligidan non tayyorlab yeyishga to`g`ri keldi. Soliqlar ham haddan ziyod oshib ketdi. Hech najot topolmagan odamlar uy-joylarini sotib boshqa shaharlarga ko`chib ketishga majbur bo`ldilar. Bular orasida bizning qahramon Elmurodning oilasi ham bor edi.
Bu davr tasviri “O`qituvchi” romanining bosh qahramoni bo`lmish Elmurodning hayot yo`li misolida juda ta`sirchan qilib ko`rsatilgan. Elmurodning dadasi Do`smat ayasi Buviniso bo`lib, uning yana bitta ukasi Avaz bor edi. Ular qishloqda yeyishga ham narsa topolmay uy-joyni pullab shaharga keladi. Lekin shahar ham ular kutganlaridek emas edi.
Ular o`zlariga o`xshab yelkasiga yuk ko`targan qashshoqlarni, do`konlarning ayvonlarida ochlikdan tirishib yotgan darmonsiz odamlarni ko`rganlarida tirikchilik bu yerda ham xaligiday ekanini darrov fahmladilar , ko`ngillari yana g`amga to`ldi. Yo`l chetlariga o`tirgan mayib gadoylar,
21
tilanchilik qilib yurgan chol va kampirlar, ustlari yupun bolalar ularning ko`z o`ngidan bir-bir o`tib turdi.
Ular shaharda ancha sarson bo`ladilar. Yeyish uchun non , tunash uchun esa boshpana yo`q edi. Qish kunlari, havo sovuq ularning ust-boshi yupqa. Oyoqlari jiqqa ho`lligidan yurganlarida kirch-kirch degan tovush chiqadi. Ular shaharda bir iloj qilib kun ko`rardilar. Ukasi Avaz ko`p kasal bo`ladi. Onasi ham ocharchilikdan farzandlarini kasalligini, yig`lashini og`ir oladigan bo`lib qolgan. Avaz vafot etdi. Undan so`ng otasi ham olamdan ko`z yumdi. Og`ir ahvolda qolgan ona-bola nima qilarini bilmay, yomon kunlarni boshidan kechirdilar. Hattoki tilanchilik qilishga majbur bo`ladilar. Sharoit o`ta qiyin bo`lib ketganligi, onaning sog`ligi yomonlashib borayotgani va o`glini boqishga ko`zi yetmay qolganligi uchun ona o`g`lini bir Eshonning qo`liga topshiradi. Elmurodga “Jannat” deb ta`riflashgan bu oila naq do`zax edi.
Eshon qozilik ham qilar edi. U qozilikda poraxo`rlikka mukkasidan ketdi. Bir gal uning huzuriga ikkta qishloqi boy bir-birlarini ustidan shikoyat qilib kelishdi. Ulardan biri ot yo`qotgan ekan, ikkinchisi bozorda minib yurganida tanib qolibdi. Birinchi boy “Mening yo`qotgan otimning o`zi, qulog`idan tortib tuyog`igacha tanidim”, deb da`vo qilar, ikkinchi boy esa “Otni topib ham, sotib ham olgan emasman. Asl qo`l bola!” deb g`azablanar edi.
7
Ubaydullaxo`ja alam shikoyatchi boylarning otdan ham ko`ra o`z eldoshlari oldida obro` uchun kurashayotganlarini angladida , kimdan ko`proq pora olish niyatida dam u, dam bu tomonga shox tashlab ikki oy ovvora qildi. Natijada ancha cho`ntagini semirtirib oldi. Ubaydulla eshon ana shu nazr-niyoz evaziga yashaydigan tekinxo`rlardan edi. Albatta uning farzandlari ham shu tarbiyani olgan, ular nazarida gadoylar gadoylik uchun, ochlar och yurish uchun , yetimlar yetimlik uchun yaratilgan bo`lib, o`zlari esa to`q yashaganlari holda bunday odamlarga nafrat bilan
7 Parda Tursun “O’qituvchi” T-1972. 45-b. 22
qarash uchun yaratilgan edilar. Shuning uchun ular Elmurodning holiga achinmay, mazah qilishar edi. Kishining jamiyatdagi vaziyati, salmog`i, huquqi, obro`si uning mulki bilan o`lchanadigan, har kim «o`z ko`machiga o`zi kul tortadigan», «vijdon», «odamgarchilik» degan gaplar har kimning shaxsiy manfaati bilan o`lchanadigan bir zamonda hali qo`lidan mustaqil bir ish kelmaydigan, o`z tirikchiligini o`zi qila olmaydigan inson bolasi ota-onasidan bemahal ajralar ekan, unga bundan og`ir kulfat yo`q. Ko`chada qolgan qarindosh-urug`, o`gay ota-ona qo`lida qolgan, brovning xizmatida yugurdaklik qiluvchi bolalar ozmuncha emasdi. Ular «oyoqosti» bo`lib yashardilar. Ularnnng dunyoda borligi ham sezilmasdi. Ularni odam qatoriga ham qo`shmasdilar. Ular ruhiy va jismoniy o`sish davrida adolatsiz dunyoning og`ir kulfatlarini tatib o`sardilar. Ular to`rt-besh yoshdanoq qarindosh- urug`, o`gay ota-ona, asrab olgan oilalar qo`lida tinimsiz chakana mehkatga giriftor qilinar — bola ko`tarar, hovli supurar, eru- xotin xo`jayinlar va ularning bolalari buyurgan ishlarning hammasiga yugurib-yelardilar. Ularning so`kish va haqoratlarini eshitar, kaltaklarini er, ularning o`qrayishlaridan qo`rqib o`yin- kulgini unutar, ularni chexrasidan bolalarga xos quvnoqlik, kulgi o`char, ko`zlarida esa doim qo`rquv va yotsirash, begonalik, dushmanlik va alam uchqunlari yiltirar edi. Xo`jayinlar ularning mehnatini hisob qilmas, «yedirdik, ichirdik, kiyintirdik, o`stirdik, o`limdan saqlab qoldik, odam qildik» 8 deb da`vo qilardilar. Ularni yomonlab mag`ollar to`qirdilar. Yigitlik bo`sa-g`asiga qadam qo`ygan o`smirlarga yanada og`irrog` mehnat yuklanar, o`zlarida ish bo`lmasa biron mulkdorga malay-likka topshirib, uning homiysi, egasi eifatida haq olib erdilar. Qizlarni esa bo`y etmay turib sotardilar. Bosh-pakkasiz, najotsiz yetim o`g`il va qizlar birovlarning zulmi va iskanjasiga, xo`rlashiga noiloj chidar, yashamog` uchun bundan o`zga choralari yo`q edi. Shunday sharoitda bu uyda Elmurodning qaramlik davri boshlandi. Kun bo`yi tinmas edi. Kul olish, hovli supurish, ot va sigirlarga qarash, og`il
8 Parda Tursun “O’qituvchi” T-1972. 79-b. 23
tozalash, tappi yasash kabi mayda-chuyda ishlar bir-biriga ulanib ketaverar edi. Otinoyi uni hamma vaqt tez-tez, chaqqon bo`l deb jadallab turardi.
Kun chiqsa ham, tikkaga kelsa ham, kun botsa ham Elmurodning ishi tamom bo`lmasdi. Otinoyi uni tunda ham tinchitmas, g`uza chuvitar edi.
Bunisi ham mayli, mehnatga hech odam o`lmas, ammo ochlikkachi? Elmurod shuncha qilgan mehnatlariga yarasha rag`batlantirilarmidi? Aslo. Unga juda oz ovqat berilardi. U bir burda qotgan non bilan kifoyalanar edi.
Otinoyi Elmurodga o`zicha tez-tez odob o`rgatib turardi. - Agar qorning ochib, ichaklaring uzilayotsa ham ovqat so`ramagin. Beadablik bo`ladi. Ko`pchilik bilan bir laganda ovqat yeganda boshqalardan oldin oshga qo`l cho`zmagin. Boshqalar ikki marta olganda sen bir marta olib qarab turgin. Oshni katta olmagin, kichkina olgin. Ha beadablik bo`ladi, bolam! Keyin osh yarim bo`ganda kattalardan oldin qo`lingni artgin. Ha, yosh bola kattalar bilan baravar olishsa ham beadablik bo`ladi, de edi. Ammo farzandlari Sayfulla va Masturalarning ochofatlarcha osh yeyishi, boshqalar bir olganda, ularning ikki osham olishlarichi? Bu beadablik emasmi?
Bular ham shu davr odamlarining o`ziga xos “mehribonchilik”lari edida. Eshonning uyiga tez-tez boyvachcha mehmonlar kelib turishardi. Ularning qo`llari bo`sh kelmasdilar albatta. Birlari moy, birlari mo`l-qo`y, yana birlari sholi-bug`doy ko`tarib kelishardi. Bu ularning eshonga qilgan nazrlari edi. Bu nazrlar ostida , albatta, qandaydir maqsadlar yotardi. Boylar kambag`allarni mensimas, ularni odam o`rnida ko`rmas, ular bilan bir dasturhonda o`tirmas, ularni ko`rsalar jirkanishar edilar. Qo`y so`yib, qurbonlik qilsalar ham, Eshonning tili bilan aytganda “tuzukroq odam” lar taklif qilinar edilar. Kelgan mehmonlarga Elmurod yelib-yugurib xizmat qilardi.
Elmurod kunduzlari band bo`lganligi uchun yodidan ko`tarilgan onasininq qiyofasi kechasi uvada orasiga kirganda esga tushar edi. “Qayerda tentirab yurgan ekan bechora?” “Kasal edi. Yo biror joyda o`lib qoldimikan?” degan savollar qiynardi uni. Uvada ichida piqqillab yig`lardi. Ko`z yoshlaridan yostiq xo`l bo`lib ketardi. 24
Uning kun va tunlari shu zayilda o`tar va bu kun-tunlar unga: “ Dunyodagi eng daxshatli baxtsizlik yetimlik” der edilar. Elmurodning bu honadonda o`tayotgan har bir daqiqasi asrdek edi go`yo. U shu bir burda qotgan nonu, yarim kosa sovigan ovqat uchun tishini tishiga qo`yib yashardi.
Zamon har tomonlama og`ir, adolatsizlik avj olgan. Odamlar bir-birlarini aldar, ko`chada kisovurlar serob, poraxo`rlik kuchaygan. Kambag`al yetimlarni qullardek ishlashlari, odamlarning erksizligi, ayollarning paranjilarga burkanib yurishlari, uy-joylarning harobaligi o`tib borayotgan hayotni juda xunuk ko`rsatardi. Xattoki masjidu-madrasadagi mulla-eshonlar ham tillarida Xudo, Xudo desalar ham, ammo dillarida boshqa narsalar bo`lardi. Ularda imon-insof, odamgarchilik siyraklashib ketgandi.
Bu davr ayollari xatto o`ziga oro berishga ham botinolmasdilar. Bu borada meni ajablantirgan voqealardan biri shuki: Bu bir to`y vaqti, qorong`u kechada bo`lganedi. Elmurod ko`chada bolalar bilan o`ynar edi. Otasi uni tirqishlaridan chiroq yorug`i miltillab turgan bir eshik oldiga ko`tarib olibbordi-da: - “Tirqishdan qara, onangning qilayotgan ishini ko`rib qo`y!” – deb shivirladi.
Elmurod qaradi va ancha qizu-juvonlar o`rtasida onasining ham oynaga qarab, o`ziga oro berayotganini ko`radi.
- “Ko`rdingmi?” – dedi otasi. - “Ha” – dedi Elmurod, bosh qimirlatib.
- “Bo`lmasa indama”, -dedi otasi. Va uyga qaytayotib yo`lda Elmurodga uqtirdi:
- “Onangni shu gunohi uchun ertaga urib, bir jazosini beraman. Sen yig`lamagin, yaxshimi o`g`lim?”
Otasining yelkasida tebranib, uyqudan ko`zlari yumilib borayotgan Elmurd, bu so`zdan ko`ngliga g`ashlik to`lishib, ko`zlarini ochdi, lekin otasiga nima javob qilganini o`zi bilmadi, otasi esa ertalab yaramas niyyatini amalga oshiradi. U Elmurodning mehribon onasini urib yig`latadi... Eshik oldiga yiqilgan onasini tepadi. Onasi tipirchiladi... Bu voqea uning oilasida kechgan adolatsizlik edi. 25
Elmurod kechalari shu kabi voqealarni o`ylab yotardi. Kunlar shu zayilda o`taverdi. Asta-sekin mishmishlar tarqala boshladi. Otishmalar, namoyishlar bo`ldi. Oqposhsho ag`darilib, bolsheviklar hukumatni qo`lga oldilar. Bu esa zamon boylarini havotirga qo`ydi. Bolsheviklar yangi maktab ochdilar. Yangi maktabda yetimlar, kambag`allar ta`lim ola boshladilar. Elmurod ham xo`jayindan qochib shu maktabga bordi. Unga juda yaxshi muomlada bo`ladilar. O`ziga o`xshagan bolalar bilan do`stlashadi. U uchun butunlay yangi hayot boshlanadi. U maktabni juda yaxshi xulq bilan tamomladi. U yerdagi har bir mualimdan o`ziga keragini olib bildi. Bu davr bolsheviklar o`tkaza boshlagan madaniy inqilob davri edi, xalqni biroz bo`lsada savodli qilish zarur edi. O`qituvchilar taqchil edi. Shu sababli savodsizlikni butulay yo`qotib, xalqni savodli qilish uchun maktablarning biroz savod olgan bitiruvchilari cheka qishloqlarga muallim sifatida yuborildi. Hukumat xalqni savodli bo`lishini, o`z xaqqini talab qila olishini hoxlardi. Buning uchun aholiga ta`lim berish, savodini chiqarish kerak edi. Bu esa o`z navbatida muallimlarga ehtiyojni kuchaytirardi. Mana bizning ko`p yomon kunlarni boshdan kechirgan Elmurod ham shu maqsadda Qamishkapa qishlog`iga muallim sifatida yuborildi. Ana endi Elmurod uchun eng mas`uliyatli damlar boshlandi. Uni qishloqda yaxshi kutib oladilar. Qishloqda u har xil odamlarni ko`radi. Ular bilan tanishadi. Xattoki aka-ukadak bo`lib ketadilar. Bu muallimning qishloqqa tashrifi savodsiz odamlar uchun kutilmagan mo`jiza bo`ldi.
Uning qishloqdagi faoliyati shunday boshlanadi: Elmurod tunni qishlo kattalaridan bo`lgan Abdurasul bilan o`ykazadi. Abdurasul odatdagidek juda barvaqt uyg`ondi va mehmon turguncha, nimadir yumush bilan ko`chaga chiqib ketdi. Uning ketidanoq hovlida bolalar paydo bo`lishdi. Ba`zi bir betoqat bolalar Qutbiniso xolaning urishib hayda-ganiga qaramay, derazani qoqib, eshikni tortib chug`urlasha boshladilar. — O`qituvchi!.. — Afandim!..
26
— Yuring! Biz o`qishga keldik. Elmurod uyg`onib ketdi va irg`ib turib apil-tapil kiyinar ekan, xirqiroq ovoz bilan chug`urlashgan bolalarni tinchitdi: — Hozir, bolalar... Hozir... U eshikdan chiqishi bilan bir gala bola yo «ura!» yo «ola» deganini anglab bo`lmas darajada shovqin solib uni o`rtaga oldi. Shoshib qolgan Elmurod nima qilishini bilmay: — Qani, yuringlar, maktablaring qayoqda?— deb so`radi. — Ura... o... o...— dedi bolalar. Elmurod bolalar o`rtasida engilgina lapanglab borar edi. Bo`yinlariga jilt osgan bolalar tor ko`chalardan, eshiklardan yugurib chiqib, to`daga qo`shilaverishdi. Bola-larning chug`urlashini eshitgan xotinlar, bo`y etgan qizlar, kelinlar eshik oldiga chiqib zavq bilan tomosha qilishar, ishga borayotgan yigitlar ko`cha muyulishlarida to`xtashib, «qani endi, biz ham shulardek bo`lsak edi», degandek qarab turishardilar. Bolalar qurshovida qolgan Elmurod xijolatdan iljayar, atrofga qaray olmas va hammaning ko`zi o`zida ekanini, bular orasida, albatta, kechagi qizning ham qaysi bir eshikdan qarab turganini his qilar edi. Uni qurshab olgan bolalar esa yugurishar. Chug`urlashib so`rashar edi: - — Otingiz nima, aka? — Nega ilgariroq kelmadingiz? — Ketib qolmaysizmi? Bolalar Elmurodni katta darvozaning yonboshidagi eski bir uyga boshlab kirdilar. Xonada o`ntacha eski, chang bosgan parta, bolalar ularning biridan-biriga hatlab o`tib, uchtadan-to`rttadan siqilishib o`tirishdi. Kiraverishdagi devorga kattakon qora taxta qoqilgan edi. Uyning hovliga qaragan kattagina derazasi bilan bo`yalmagan romi eski uyning devorini teshib o`rnatilganini ko`rsatib turar edi. Oynalari singan deraza ko`zlariga qog`oz yopishtirilgan edi.
27
— «Maktab!»— dedi o`z ichida u yoq-bu yoqqa alanglab Elmurod va uyning zax, to`zonli havosini yangilash uchun partalar orasidan o`tib borib, derazani ochgan edi, ro`paradagi bostirma og`il tomondan qora soqol, cho`zig` yuzli birovning kelayotganini fahmlab, yana eshik oldiga bordi. Turdiboy xalfa o`z hovlisida ish boshlagan o`qituvchiga katta hurmat bilan qaraganini ishora qilib, u bilan egilibroq ko`rishdi va ochiq chehra bilan gap boshladi: — Ko`p yaxshi bo`libdi-da. Bu tirranchalarni o`qitib mulla qilmasangiz, ko`cha changitishdan boshqani bilmay qola beradi,— dedi va o`zining maktab va bolalarga mehribonligi, ilgari maktab bo`lgan binodan chakki o`tib, devori qulab tushgandan keyin qishloq soveti maktab bolalarini qaerga joylashni bilmay yurganida, shu joyni o`z xohishi bilan «ikki qo`llab in`om qilgani» to`g`risida ma`lumot berdi. U go`yo o`zining qachonlardir qarollari yashagan, keyinchalik bo`shab, keraksiz bo`lib qolgan joyini maktab uchun berganidan mamnun va mag`rur ko`rinar edi, Elmurod uning gapini jiddiy, lekin og`irsinib tingladi. Keyin chug`urlashib, uyni boshiga ko`targan bolalarga qayrildi. Ko`zlari shahlo, o`zi qop-qora, miqti bir bola qattiq qichqirdi: — Jim!., Sinf go`yo tutdagi chug`urchuqlar uchib ketgandagiday jimib qoldi. Elmurod, partalar ustiga yoyilgan, muqovalari yo ko`chib tushgan, yo xamir bilan yopishtirib qo`yilgan daftar va «Alifbe» kitoblarini ko`zdan kechira boshladi. Hammani bir sidra ko`zdan kechirgach, bolalar bilan fikr almashish uchun so`radi: — Bu erda ilgari ham o`qigan ekansizlar-da, a? — Ha, o`qiganmiz, Zag`chako`z domla o`qitar edi,— deb chug`urlashdi bolalar. — Zag`chako`z domla?— dedi Elmurod.— Aha-aha,— dedi va yana so`radi: —Xo`sh, nimalar o`qitar edi? Bolalar yana chug`urchuqdek chug`urlashdi, biri «jadidcha» desa, boshqasi «din darsi» o`qitganini gapirar edi. Abdurasul aytgancha, domla pokiza yosh 28
qalblarni zaharlamoqchi bo`lgani ma`lum edi. Bu narsa Elmurodda yanada nafrat uyg`otdi. U chug`urlashgan bolalardan yana so`rab-surishtirib qo`shimcha ravishda bildiki, ikki yilcha burun bu erga bir o`qituvchini yuborishgan ekan. Uylardan chakki o`ta boshlagach, Tojiboy oqsoqol bilan g`ijillashibdi-da, arazlab ketib qolibdi. Shundan keyin Eshon ishga tushgan ekan... — Zag`chako`z juda yomon, badjahl. Kalimaga tilimiz kelmay qolsa, qulog`imizdan cho`zib, burchakka bir oyoq bi-lan tik qilib qo`yar edi. Uvatda turgan laylakday bir oyog`imizni ko`tarib tura berardik,— dedi qora bola. — Otingia nima? — Qoraboy! — Otangizni otichi? — Tog`ay! — Qoraboy Tog`aev! Xo`sh, — dedi Elmurod. — Endi, u domla bu erga kelmaydi. Biz endi jadidcha ham, din darsi ham o`qimaymiz, o`z ona tilimizda o`qiymiz. Ma`qulmi? — Juda soz!— deyishdi bolalar. Butun dars davomida hovli saxnidan tomoshabinlar sira uzilmadi. Qari va yosh ayollar, qizlar kelishib turar va juda qiziqishib derazadan mo`ralashar edi. Elmurod Bozorboyning ham, Davlatyorning ham derazadan mo`ralab ketganini ko`rdi. Keyin bir necha ayollar orasida, kecha eshikdan mo`ralagan quralay ko`zli qizni ham tanidi. Elmurod qiziqib derazadan qaragan odamlarni ko`rgan sayin o`z ishiga havasi osha bordi. Hatto ertalab nonushta qilmaganini ham unutdi. Oylar o`tdi. Elmurod tobora kunlarning qanday o`tayotganini sezmay boshladi. U kun sayin aka-uka, yor-og`ayniga aylanib borayotgan kishilar orasida o`zining begonaligini unuta bordi. Kunduzi bolalar band qiladigan partalarni, kechqurun ularning otalari, akalari — kattalar band qilardi. Kattalar ba`zan sinfga sig`may ketardi. Joy etishmaganlar daftarlarini tizzalariga qo`yib, devor tagiga o`tirishga majbur bo`lardilar. Ammo odamlardagi o`qishga bo`lgan havas, Elmuroddagi ularni o`zidan minnatdor qi-lishga bo`lgan ishtiyoq esa joyning torligini ham bilintirmas edi. 29
Elmurod odatdagicha ertalab bolalarni o`qitar, tushdan keyin uyga qaytib dam olar, kechqurun yana kattalar bilan shug`ullanar edi. Qish tor va noqulay maktabni yanada qiyinlashtirganiga qaramay, uning o`quvchilari aktivlikni qo`ldan bermadilar. Quloqlarini qiyiqlari bilan tang`ib olgan odamlar mo`ylov va kipriklarqi qirovdan oqarib, tanib bo`lmas bir qiyofada Turdivoy xalfaning sobiq mehmonxonasiga kirib kelishar, devor taglariga siqilishar edilar... Albatta, dehqonchilik ishi to`xtagan bunday kunlarda o`qish har qanday ermakdan yaxshi edi. Kitob sahifasidagi katta qora harflar- ni ovoz bilan bir-biriga urishtirib bir ma`no chiqarish, yo uni qalam bilan daftarga yozish ilgari xat-savodni xayol qilmagan qishloq mehnatkashlari uchun har qanday quvonch, har qanday zavqdan ortiq edi. Ular goho qo`lga tushgan gazetalardan o`tilgan harflarni tanib zavqlanar va hatto ishonmay o`qituvchi Elmuroddan: «Hammasi bir harfmi?» deb so`rardilar. O`qishdan keyin yigitlar uni gapxonalariga taklif qilardilar. Uning bahonalariga qaramay o`rtaga olishib qistashar, ikkiyog`idan qo`ltig`lab olardilar. Elmurod ularning ko`ngillari uchun borar, sovuq kunlarda uyni tutun bilan to`ldirgan to`nka atrofini qurshagan ulfatlar davrasida hurmatli o`rinni egallar, bir lagandan osh yeyar, hatto ularning hurmat bilan cho`zgan qo`llaridan lunjini to`ldirib osh oshashga ham majbur bo`lar edi. Elmurod dastlabki paytlarda gapxona ulfatlariga gazeta yangiliklari va «Mushtum» jurnalining hajviy maqolalarini o`qib berish bilan kifoyalanar edi. Ke- yinchalik qishning uzun tunlarida o`zi sevib o`qigan kattaroq asarlarni ham o`qib beradigan bo`ldi. Bir gal u Lev Tolstoyning birinchi marta o`zbekchaga tarjima qilingan «Kavkaz asiri»ni o`qib bermoqchi bo`ldi. Ulfatlar odatdagicha, o`rtaga yog`och tog`ora to`nka-rib, ustiga chiroqni qo`ydilar. Elmurod asar bosilgan jurnalni chiroq yorug`ida o`qiy boshladi. Ulfatlar ham chiroqqa yaqin kelib davra olishdi, yonboshlashdi. Elmurod o`qishga kirishdi. Soatlar davomida hech kim churq etmadi, mijja ham qoqmadi. Faqat Elmurodning bir tekis g`ing`irlagan ovozi yoqimli nag`maday hammaning es-hushini qamrab oldi. Hammaning xayoli 30
allaqaylardagi Kavkaz tog`larining yonbag`riga joylashgan tatar ovulida keza boshladi. Qo`lga tushgan rus yigiti Jilin bilan Kostilinning sarguzashti, tatar qizi Dinaning sevgisi va johil otasiga qarshi mardligi, ularning ko`z oldilarida jonli voqeaday o`ta berdi. O`qish bu kecha hikoyaning yarmisiga kelib to`xtatildi va ertasi kuni davom etdirildi. Elmurod o`qib bo`lib qizargan ko`zlarini jurnal sahifasidan olarkan, tinglovchilar erkin nafas olib chug`urlashdi. Elmurod Oyimxon ayaga ayollarni ham o`qitish kerakligini va buning uchun rayondan ayol o`qituvchi talab qilishlarini aytdi. — Ha, o`zlarining ham tilagi shu. Qani endi, rayon o`qituvchi bersa? Bermaydi-da, — dedi Oyimxon va bir oz o`ylanib turib: —Ikki yil burun rayonda ochilgan aktivlar kursida men ham o`qib unchamuncha harf tanib qolgan edim. Hammasi esdan chiqib ketdi, — dedi. Bu Elmurod uchun yangilik edi. Ajablanib so`radi: — E, siz o`qiganmisiz hali? — Ha. Mening o`qiganim qursin. Oqsoqol «meni o`qishga chaqirayotibdi. O`qisam boshim og`riydi» deganiga men borgan edim. Uch oy o`qidim. Qarigandan keyin miyada o`qish turmas ekan. Hammasi esdan chiqib ketdi. — Yo`q. Noto`g`ri. O`qish darrov esdan chiqmaydi. Qani, men hozir sizni tekshiraman. Elmurod tokchada yotgan gazetani oldi-da, «Madaniyat-maorif xabarlari» degan sarlavhani Oyimxonga ro`para qildi. Oyimxon harfni harfga urishtirib tutila-tutila o`qidi. — Ana. Nega esdan chiqsin! E, tuppa-tuzuk savodingiz chiqib qolgan ekanu, — dedi Elmurod xursand bo`lib. — Faqat siz rayonda o`qibsizu, qishloqqa kelgach kitob ham, gazeta ham qaramay qo`yibsiz-da. Har kun biron narsa o`qib turmasa, bo`ladimi? Qani, davomini o`qingchi! Oyimxon bir xabarni imillab, tirishib oxirigacha o`qib bo`lgach Elmurod:
31
— Bundan keyin, har kuni bittadan xabar o`qitib turaman. Gazetani sharillatib o`qiydigan bo`lasiz,— dedi.
Qo`shni qiz Gulsum: - rayon o`qituvchi bermasa bermas, o`sha odamlarga yalinib yurguncha, o`zingiz o`qitib qo`ya qolsangiz-da, amma dedi. Oyimxon Gulsumga ko`zini olaytiribroq? — U nimasi!—dedi. Gulsum o`jarlik bilan gapirdi: — Nima, menga qanday o`rgatgan bo`lsangiz, boshqa-larga ham shunday o`rgata berasiz-da, amma! — Qo`y, qizim, bu gapingni qo`y, ammangni kalaka qilma. «Rayonda uch oygina o`qib, xotinlarga muallima bo`ldi» degan gapni eshitgandan ko`ra, eshitmagan yaxshi. Senga so`rab qo`ymaganing uchun o`rgatdim. Ko`pchilikka o`qigan kishi bo`lmasa bo`ladimi? Bu gapingni boshka joyda gapirib, meni yurt og`zida masxara qilib qo`yma, bolam! Qo`y! Elmurod ikki ayol o`rtasida borayotgan bu qiziq gaplarning nima haqida ekanini tushunolmay, dam Oyimxonga, dam Gulsumga tikildi. — Nima to`g`risida gaplashayotibsizlar. Men hech tu-shunolmay g`oldim- ku? Oyimxon bilan Gulum bir-birlariga qarashdi. Ularning allaqanday sirni ifodalovchi kulimsiragan ko`zlari to`qnashib oldi. — Ha, sizdan yashirib yurgan bir sirimiz bor edi. Ochilib koldi. Bunga ham Gulsumning o`zi aybli. Gapni o`zi boshladi. — Qanaqa sir ekan? Oyimxon Gulsumga qaradi. — Ayta beraymi endi? Gulsum nomus qilgandek iljayib pastga qaradi. Oyimxon uning bu harakatini rozilik ishorasi deb angladi. Uning cho`zinchoq yuziga quvonch kulgisi yoyildi. — Gulsum ham savodini chiqarib oldi,— dedi Oyimxon. Elmurod sandalga ko`kragini berib, ko`zlarini bast-raytgan holda bo`ynini cho`zdi. — Savodini chiqarib oldi?! Qanday qilib?—dedi hayron bo`lib.
32
Oyimxon sirni barala ochib gapira boshlagan edi, Gulsum uyalganidan muloyim ovoz bilan kuldi. S. B. da o`qigan erkaklar orasida barmoq bosish tugalib, o`z nomini yozish rasm bo`lib ketganini ko`rgan Gulsum Oyimxonga yopishib olib: — «Jon amma, nomimni yozishni o`rgatib qo`ying!», deya yalinibdi. Oyimxon unga, mayli, qiynalib o`tirma, senga bir boshdan hamma harflarni o`rgatib qo`ya qolay. Keyin harfni harfga urishtirsang o`zingning ham, otangning ham, bobongning ham nomi chiqa beradi, debdi. Shunday qilib, ular Oyimxon o`qib tugatgan kitobni sandal ustiga qo`yib, ishni to`ppa-to`g`ri «A» bilan «B» dan boshdabdilar. Gulsum osonlik bilan harflarni o`rganibdi. Oyimxon kunda bir yoki ikki harfni tanitmoqchi bo`lsa, Gulsum ularni ikki soatda yozib, yodlab olib, yana kitob sahifalaridagi boshqa harflarni barmog`i bilan turtib «bunisi nima?» deb so`ray beribdi. Oyimxondan eshitiboq u yog`ini o`zi urishtirib keta beribdi. Shunday qilib, Gulsum hamma harfni bir oyga yetkazmay o`rganib olibdi. Gazeta, kitob ko`rsa turtinib o`qiy boshlabdi. Lekin ular bu voqeani qishloq ayollariga xos soddadillik bilan boshqalardan sir tutishgan ekan. Agar mashg`ulot vaqtida birorta odam kirib qolguday bo`lsa, apil-tapil kitob, daftarni berkitardilar. Lekin nega shunday qilganlarini o`zlari ham tushunishmas edi. — Hech kimga aytmang, deb yurgan sirini mana endi, o`zi aytib qo`ydi,— deb gapini tamomladi Oyimxon. — Ajab!—dedi Elmurod allaqanday quvonch bilan va ro`molining uchi bilan yuzini to`sib hamon iljayib turgan Gulsumga hazil qildi: —- Hali shunaqa, biz bilmagan sirlar ham bor ekai-da... Hali, indamay savod ham chiqarib oldim, deng. Ob-bo azamat-ey!.. Qalay, o`qish oson ekanmi? — Juda oson ekan. Shu vaqtgacha bilmay yurgan ekanmiz-da,— dedi Gulsum jiddiy ovoz bilan va ro`molini orqaga surib yuz va peshanasini ochdi-da aytdi:—Harfni harfga urishtirsa, o`zimiz aytib yurgan hamma gap chiqaberar ekan. Elmurodning ko`zlari unga tiklab qoldi. 33
— Ana, ko`rdingizmi,— dedi u Gulsumga tikilganicha.— Hamma narsani bilib olguncha. Bilmaguncha qiyin, qandaydir sir bordek ko`rinadi, bilgandan keyin qarasangiz, turmushda bor gapdek bo`lib qoladi. Chunki hamma ilm turmushdan — tajribadan kelib chiqadi, odamlar uni o`rganib yana shu turmushda ishlatadilar. Turmushga foyda keltirmaydigan ilm — ilm emas.
— To`g`ri aytasiz,- otam!—dedi Oyimxon boshini irg`ab. — Mana siz, hech kimga bildirmay, savodingizni chiqarib olibsiz. Birovga aytsa ishongisi kelmaydi,— deb davom etdi Elmurod.— Ilgari shu narsani bilish o`zingizga ham juda katta hikmatday tuyular edi. Shunday emasmi? Endi bo`lsa «o`qish oson ekan, bilmay yurgan ekanmiz?» deb o`tiribsiz. Lekin, shuni bilingki, siz o`rgangan xat-savod xuddi kalitday gap. Endi siz ilmning kalitini qo`lga olibsiz. Endi to`xtovsiz o`qing demoqchiman... Oyimxon boshini liqillatib Gulsumga nasihat qildi: — Bu gaplarni yaxshilab qulog`ingga quyib ol. Sizlar hali ochilmagan g`uncha. — Savodli bo`lib olganingiz uchun sizni tabriklash kerak. Lekin bu narsani «sir» saqlash yaramaydi. Hammaga yoyib na`muna qilish kerak. — Voy o`lay!—deya Gulsum uyalib yoniga qaradi. — Yo`q, yo`q. Xuddi shunday qilish kerak. Sizning ishingizga hammaning havasi kelsin! — O`zim ham qilgan ishimni ichimda saqlay olmay yuribman, — dedi Gulsum jiddiy,— shuning uchun ham ammamga aytyapmanki, o`zimizga o`xshagan o`qishga ixlosmand ayollarni yig`ib o`zlari o`qitib qo`ya qolsalar... — Juda soz,— dedi Elmurod quvonib. — Sinfning bittasini sizlarga bo`shatib beraman. Qay vaqtda desalaringiz o`qita berasizlar. — U yoqqa: «Erkaklardan uyalamiz» deb bormaydilar-da. — dedi Oyimxon. — Yo`q, u yoq bo`lmaydi,— dedi Gulsum,
34
— Bo`lmasa kaerda to`planasizlar? Abdurasul aka bilan maslahatlashaylik bo`lmasa... — Shunday bo`lsa koshki edi, otam. —- Uzoqdagi quyrug`dan yakindagi o`pka yaxshi. Qachon joy olamiz, deb qarab o`tiramizmi? Sizdan bo`r olamiz, anavi katta patnusni doska qilamiz,— dedi Elmu-rodning tepasidagi tokchada suyog`lig` turgan qizil patnusga ishora qilib.— Ayollarni shu yerning o`zidayoq o`qita beramiz. Elmurod uning gapini yaxshi anglay olmay kipriklarini pirpiratdi, dam tokchaga, dam Gulsumga qaradi: — Xo`sh, xo`sh, qaysi patnusni nima qilaman deysiz? Doska? — Ko`rsatib ber, tur,— dedi Oyimxon iljayib. Gulsum o`rnidan irg`ib turdi. Tez borib, Elmurod o`tirgan yerdan yuqoriroqda — tokchada suyog`liq turgan katta patnusni oldi-da, Elmurodning ro`parasidagi tokchaga qo`ydi. Patnusning orqasi qop-qora edi. — Mana doska,— dedi Gulsum Elmurodga burilib. — Qani, qani, endi nima qilasiz?—dedi Elmurod ajablanib. — Endi siz bo`r bersangiz, yozib beramiz. Elmurod cho`ntagini kavlab qurtday yumaloq bo`rni chiqarib, Gulsumga uzatdi. — Mana bo`r! — Nima yozay? — dedi Gulsum bo`rni qo`liga olib. Elmurod xuddi sinfda o`qitgandagiday, uyning ko`rpalar taxlog`liq turgan taxmonigacha borib-kelib turib, so`zlarini aytib turdi. Gulsum, patnusni qitirlatib, o`xshovsiz harflarni engi bilan o`chirib, ancha ovora bo`ldi, Elmurod taxmon bilan sandal o`rtasida o`n martacha borib keldi. So`ngra, patnusning taqirlamay qolganidan Gulsumning yozib bo`lganini sezib, qaradi va — Ofarin,— dedi Elmurod,— ofarin! O`qituvchi o`zimizdan chiqib qolibdi-yu, men rayonga borib bekorga janjallashib yuribman,— dedi va muloyim iljayib turgan Oyimxonga qaradi.
Kishi savodli va g`ayratli bo`lsa qo`lidan har narsa keladi. — Biz endi Qamishkapada shundan ortiq nima bo`lar-» dik! — dedi Gulsum. 35
— Salpal xat o`rgangandan keyin kitob o`qiy berib olim bo`lib, yozuvchi bo`lib, nomlari dunyoga tanilgan odamlar yo`q deysizmi?, Gulsum Elmurodga tikildi. U davom etdi: — Shunday odamlardan bittasi parovozni o`ylab chiqargan, bittasi telefonni topgan, bittasi bizning eng sevikli yozuvchimizdir. 9
Shunday qilib qishloq ayollari ham savod chiqara boshladilar. Bu esa ilm o`rganaman degan har qanday sharoitda ham o`rgana olishi va ta`lim beraman degan muallim har qanday sharoitda ham ta`lim bera olishligini yaqqol isbotidir. Buning uchun esa ozgina istak bo`lsa bas.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling