O’qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o’rni
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ (1)
1.3. Ikkala asar bosh qaxramonlari qiyofasidagi mushtarak va alohida xususiyatlar
Ma`lumki o`quvchilar olamida muallimlardan o`zlariga yoqqan va ayniqsa yoqmaganlariga laqab qo`yish keng tarqalgan. O`tgan asrning boshlarida Kayzer Germaniyasidagi barcha ta`lim muassasachiligida hukron Kayzer Vilgelm II ning yakka hukmronligini abadiylashtirishdan iborat maqsadga bo`sundirilgan ta`lim tizimini o`z tarbiyalanuvchilarni mangu sadoqatga muhabbat ruhida kamolga yetkazish yotar edi. Kayzer Vilgelm o`z qo` ostidagilarning barchasiga daxshatli siyosat yuritib, ko`tarinki tantanavorlik ta`lim tizimini umumiy ruhini belgilab berar edi. Shu sababdan bunday tantanavor siyosatda dabdababozlik va maddohlik keltirib chiqarishi tayin. O`sha zamon hukmdorlarining kattasidan to kichkinasiga qadar o`zidan baland martabali amaldorga ko`r-ko`rona sadoqatta bo`lish o`zidan quyiroq martabali kishilarga bepisandlik bilan muomala qilish xos bo`lgan. Xatto biz tahlil qilayotgan “Proffessor Unrat” asarida eng quyi tabaqa vakili bo`lmish Gimnaziya muallimi bundan istisno emas.
Aslida o`sha zamon Germaniyasida o`g`ilbola va qizbollar alohida gimnaziyalarda tarbiyalanar va bunday bir yoqlamalilik gimnaziya o`quvchilari
9 Parda Tursun “O’qituvchi” T-1972. 401-403 b. 36
bilan muallimlar o`rtasidagi muomalaga o`ziga xos sifatlar kashf etadiki, ulardan biri tarbiyachilardan o`quvchi bolalarga nisbatan muomalalarda qo`pollik, mensimaslik va ularni nojo`ya so`lar bilan haqorotlash kabi illatlarga keng yo`l ochib berar edi. Chunki agar Gimnaziyada o`g`ilbollar va qizbollar birgalikda ta`lim olgamlarida edi, o`qituvchilarning muomalalarida va murojotlarida biroz bo`lsada ibo mavjud bo`lish imkoniyati bo`lar edi.
Bu manfur shaxs o`z ma`ruzalarida yuksak tantanavorlik ohangida murojat qiladi. Asarning o`zidan bir parcha keltiramiz:
Agar men o`z o`quvchilarimga azaldan qolgan klassik nemis ideallarini bekorchi qolgan odamning fantaziyasi sifatida talqin qilib tushuntirsam, o`quchilar menga nisbatan ko`rsatgan hurmatni barbot bergan bo`lar edim. 10
Uning nafaqat tashqi qiyofasi va dars o`tish jarayonida ishlatadigan qurollari ham murg`ak gimnaziya o`quchilarida vahima va qo`rqinch tug`dirishga yo`naltirilgan. Arzimas fe`l-atvordagi xatolari uchun Unratning qo`lidagi xarita ko`rsatkichi daxshatli qurolga aylanadi, ya`ni maskur Erlar Gimnaziyasidagi tarbiyalanuvchilar qattiq tan jazosiga sazovor qilinadi.
Proffessor nafaqat o`quvchilarga nisbatan, balki o`zi bilan baravar huquqli kasbdoshlariga nisbatan ham bepisandlarcha muomala namoyish qiladi. Qolaversa o`qituvchining nutqi o`quvchi va talabalar uchun ibratli bo`lmog`i to`g`risida muxtaram ustozlarimiz o`zma`ruzalarida va o`z amaliyotlarida qayta-qayta uqtiradilar. Shu sababli muallim Unratning nutqi ham uning qiyofasi kabi beo`xshov va maza-matrasasiz. Ammo qalbaki sadoqat va yuzaki tantanavorlikni takidlovchi o`rinli va o`rinsiz tarzda takror va takror ishlatiladigan so`zlarga to`la.
Uning ma`ruzalarida chunki, xattoki, binobarin, ya`ni, masalan kabi keraksiz takrorlar yuqoridagi fikrlarimizni ifodalaydi. Hainrih Mannning bu davrda yaratgan asarlari Germaniyaning o`sha davrdagi hukmron tabaqalarining munofiqona va tajavuskor niyyatlarini fosh etishga qaratilgan.
10 H.Mann “Proffessor Unrat” 37
Parda Tursunning “O`qituvchi” romani esa aksincha, bosqinchilik siyosatini ro`yobga chiqaruvchilarni yetishtirishdan emas, balki yurtimizdagi madaniy inqilob davrida omi xalqni savodli qilish va ularga bilim berishga yo`naltirilgandir. Bu roman o`sha davr martabali, boy odamlari bilan kambag`allar o`rtasidagi munosabat, jamiyatdagi ahloqsizlikni va adolatsiz siyosatni fosh etishga qaratilgan. Ikkala asarni solishtiradigan bo`lsak, ularda ham farqli, ham mushtarak tomonlariga duch kelaveramiz.
Yuqorida aytib o`tilgan farqli jihatlaeiga yana qo`shimcha qilib shuni aytish kerakki, Burjua maktablarida oddiy maktablarda ham proffessorlar ta`lim berganlar. Bizda esa oddiy maktablaarni tugatganlar ham muallimlik qilaverganlar. Bu fikrlarimizga bizning qahramon Elmurod yaxshigina misol bo`la oladi. Chunki bu davrda insitutni tamomlagan proffessorlar u yoqda tursin, SBni tamomlagan kishilar ham barmoq bilan sanalar edi. Xalqni esa savodsizlikdan olib chiqish zarur edi. Buning uchun muallimlarlar sidqi dildan xizmat qilar edilar. Germaniya o`qituvchilarida ham, bizning o`qituvchilarimizda ham bir xil maqsad, ya`ni bolaga ta`lim-tarbiya, bilim berish asosiy ish bo`lgan.
Ammo ta`lim sohasida ham poraxo`rlikka mukkasidan ketgan insonlar ozchilikni tashkil qilmas edi. Muallimlar ta`lim oluvchilar orasidagi baland martabali odamlarning bolalariga qattiq gapirmas, ularni boshqalar kabi jazolamas edilar. Chunki ularning otalari domlalarni tezda-tezda yo`qlab turar va har gal kelganlarida nimadir ko`tarib kelardilar. Domlalar shu nazrlar evaziga kun ko`rardilar.
Bunga misol tariqasida “O`qituvchi” romanidan bir parchani keltirmoqchiman:
Otinoyi tandirdan yangi uzilgan non va oshqovoq somsalardan sanab barkashga terdida, dasturxonga o`radi. Bitta non bilan ikkita somsani alohida o`rab, Elmurodga: — Barkashdagisini domlasiga bersin. Ro`molchadagisini o`zi yesin. Sayfulla akangning o`z qo`liga ber. Eshitdingmi?— deb tayinladi. — Eshitdim!— dedi Elmurod. Otinoyi yana tayinladi: 38
— Maktabxona darchasidan mo`ralab sekin yo`talib qo`y. Uzi chiqqib qoladi. Ma, obora qol, bolam! Elmurod Sayfulla o`qiydigan maktabni bilar — hovlidan o`tadigan suv qurib, hovuz suvi g`urbaqa sallasi bilan ko`karib ketganida maktabxona oldidagi machit hovuzidan chelaklab suv tashir va har gal borganida pastakkina darchasiga sariq moyli QOROZ yopishtirilgan uydan qurbaqalarning sayrashiga o`xshash guvillagan tovush chiqayotganini eshitar edi. Bu maktabxona bo`lib, mullavachalar haftiyak yodlashardilar. Bundan tashqari maktabxona bilan bir qatorda, «tobutxona» deb atala-digan kichkina bir ayvon ham bo`lib, Elmurod shu ayvondan odamlarning goho tobut ko`tarib chiqayotganlarini ko`rardi. Maktabxona va tobutxona deb ataladigan bir-biriga o`xshash bu ikki xunuk bino va bu erdan eshitilayotgan shovg`in Elmurodning vujudida ko`p yoqimsiz ta`sir qoldirar edi. Bugina emas, Elmurod «maktabxona» deb ataladigan binoning «azobxona», «qiynoqxona» ekanini tasdiqlaydigan gaplarni ham eshitardi. Sayfulla kun sayin bir yangilik topib kelardi. — Tohirni domla Mansurga ko`tartirib qo`yib, qamchi bilan quymichiga xo`p savaladi... — Shokirning qulog`ini ombir bilan buradi... — Fozilni hovliga yalang`och o`tqazib qo`yib, ustidan sovuq suv quydi... — Ahmadning kallasiga tayoq bilan soldi. Pirimqulni tepdi. Otaboyning jag`iga tarsaki qo`yib yubordi... Sayfulla bunday gaplarni namoyishkorona gapirar, go`yo Elmurodga: «dunyoda shundaqa jazolar bor, bunga tobing qalay?» deb po`pisa qilayotganga o`xshardi. Elmurod eshitgisi kelmay, parishon hol erga qarardi. U birovlarning jazolanganiki zavq bilan gapiradigan Sayfullani o`lgudek yomon ko`rardi. Bir qo`li bilan barkashli dasturxonni qo`ltiqlab, bir qo`lida tugunni ko`targak Elmurod machkt hovuzi oldidan o`tib, har galgiday shovg`in-suroni eshitilib turgan «maktabxona» oldiga keldi-da, asta borib, kunlar isigani uchun qog`ozi yirtkb tashlangan darchadan mo`raladi va bo`layotgan hodisaga tikilib qoldi... 39
Bolalar ikki qarich balandligidagi paxsa devor ichida go`yo oxurga tushganday o`tirardilar. Joy etishmaganidan bir necha bola yuzma-yuz o`tirishardi. Bolalar sallali, sallasiz, do`ppili edilar. Hammalari boshlarini haftiyak ustiga egib, bir maqomda silkinib, xilma-xil ovoz chiqarardilar. Xonankng to`ridagi po`stak ustida ogshog` soqoli ko`ksiga tushgan katta sallali, ola choponli domla o`tirardi. Domlaning oldida bir necha uzun tayok yotibdi. Bir ko`zkga oq tushgan domla dam-badam bolalarga o`g`rayib, qo`lini tayoqlarga yugurtirib qo`yadi. Maktabxonadagi ahvol Elmurodga qizig` bir tomosha bo`ldi. Sayfulla darcha tagida o`tirgan bo`lsa kerak, ko`rinmaganidan Elmurod ham shoshilmay qarab tura berdi. Bolalarning boshlari bir maqomda silkinar, bir nimalar deb vaysashar, lekin kitobga qaramas, hatto ba`zilarining ko`zlari yumiq, ba`zilari esa Ko`z qirlari bilan domlaga tikklishgan holda tirsaklari bilan bir-birlarini turtishar, ko`z qisishar edilar. Ular zerikkanlikdan, bir xildagi so`zlarni takrorlashdan bezganlaridan shunday qilishardilar. Qora qosh, puchuq bir bola bosh silkitib vaysagan hg`olda, yonidagi qizil do`p-pili sariq bolani elkasi bilan nuqib imladi va ular domlaning ko`zini shamg`alat qilib, taglaridagi bo`yradan cho`p sindkrib oldilar. Domlani ko`z qirlari bilan kuzatgan zg`olda bo`yracho`pning bir yonidan jindek kertik qilib, «qo`chqor» yasadilar. So`ng ikkovi «qo`chqor urishtira boshladi». «Qo`chqorlar» endi suzisha boshlagan edi, avval puchuq bola, so`ngra sariq bola boshida uzun tayoq o`ynab, «shast-shak» etgan tovush eshitilib qoldi.
Shovqin to`xtadi. Quchkorbozlarning gavdasi oxurga, boshlari oyoqlari o`rtasiga kirib ketdi. Bu orada Elmurod ham qo`rqib boshini darchadan pastga qilib oldi. — Bu yoqqa kel, haromi!—dedi domla, puchuq bolani tayoq bilan turtib. Bola bo`yin egib domlaning oldiga kelgan edi, elkasidan bir tortib, bolani oldiga yiqitdi-da, bo`ynidan qisib oldi. So`ng bolaning ochilib qolgan orqasiga savalay boshladi. 40
— Yana qo`chqorbozlik qilasanmi!— derdi domla, savalarkan. Bola tavba qilib, bo`kirib yig`lardi. Elmurod toqat qilolmay, yuzini darchadan chetga o`girdi. Kimdir uni turtdi. Bu «xalta ko`ylak» kiygan, qoragina bir bola edi. Aftidan nimadandir qo`rqib turganga o`xshardi. — Nima qib turibsan? Kim kerak?—deb so`radi bola, — Siz ham shu erda o`qiysizmi, aka?—dedi Elmurod. — Nimaydi? — Sayfulla akamni imlab qo`ysangiz. -— Domlagayam ozodlik opkeldingmi?—dedi bola dam dasturxonga, dam tugunga tikilib va dadil yurib, ochiq eshikka bordi. Bu vaqit ichkarida tartib o`rnatilib, boyagiday shovqin-suronli vaysash boshlangan edi. Lekin bola ichkari kirishi bilan domlaning: — Nega kecha kelmading?—degan o`kirig`i eshitilib, vaysash yana to`xtab qoldi.
Elmurod yana mo`raladi. Haligi bola eshikka yaqin joyda bo`ynini egib turardi. — Qani aytchi, nega kecha kelmading?— deb yana o`kirdi domla. — Onam betob bo`lib qoluvdi, ro`zg`orga qarashdim,—-dedi asta. Uning yelkalari titrar edi. — Yolg`on aytasan, ko`chada o`ynab yugurasan, ablah!— dedi domla. — Yo`q, taqsir, yolg`on bo`lsa kalomulla ursin. Surishtirib ko`ring. Onam betob,—deb yolvordi bola. Elmurod bolaning elkalarigina emas, butun gavdasi titrayotganini ko`rib: «Sho`ring qurg`ur kelmay qolganiga qo`rkib turgan ekan-da!» deb o`yladi. — Paloq!—deb buyurdi domla. Bolalar jim bo`lib qolishgan edi. Bu gap bilan hammalariga jon kirib, oxurlardan irg`ishib chiqishar ekan: — Paloq,
41
paloq!—deyishib chug`urlashdilar. Sayfulla supaga chiqib, shiftdagi yog`och qoziqdan ikki yeridan qayish o`tkazilgan tayoqni oldi. — Endi nima qilishar ekan?— deb o`yladi Elmurod o`zicha. Mullavachchalar bolani hovliga olib chiqib, tobutxona eshigi oldiga o`tqazishdi. — Oyoqlariga paloq soling!—deb o`kirdi domla. Sayfulla bilan yana bir mullavachcha bolaning oyoqlarini qayishdan o`tqazib tayoqni ko`targan holda ikki boshidan burashdi. Yana biri bolaning kuragidan bosib turdi. — Voydod, tavba qildim!—deb faryod soldi bola. Domla bolaning tovonlariga qamchi bilan tars-tars ura boshladi. Bola yana qattiqroq voydodladi. Elmurodning butun vujudi uvishib ketdi. Mudhish «tomoshani» ko`rishga toqat qilolmay, yuzini teskari qildi. Uning yuragi gupillab urar, ko`zlari kosasidan chig`ayozgan, haddi sig`sa hozir bolani ajratib olgudek vaziyatda edi. Jazo marosimi tamom bo`lib, bolalar ichkariga kira boshlagach, Sayfulla Elmurodning oldiga kelib dasturxonni oldi. — Mana bu barkash dasturxon domlangizga ekan! — deb tayinladi Elmurod va ketish oldida ayvonga yana bir mo`ralagan edi, eshik oldiga yaqin bir joyda yig`la-ginicha kitobga engashgan haligi sho`rlikni ko`rib qolib, yuragi yana jizilladi. Sayfullaning qo`lidan suyunib dasturxonni olayotgan badjahl domlaga, uning qamchi va tayoqlariga ko`z yugurtirdida, ko`ngli g`ash bo`lib qaytdi. Tez odimlar ekan: «Shunday qilib o`qigandan ko`ra, o`qimasa nima bo`lar ekan bu bolalar?»—degan fikr keldi. Hovuz oldidan o`tayotgan edi, qorachagina bir bolani ergashtirib, maktabxonaga tomon borayotgan birovni ko`rib qoldi. Hozir bo`lgan voqeani ularga gapirgisi kel-ganday to`xtalib, beixtiyor tikildi. Bolaning niyoz qilingan kokilining uchi do`ppisidan chiqib, qulog`i orqasidan kalamush dumidek osilib turardi. Ikkovi ham oq bo`zdan bir xilda yaktak kiyganlarini ko`rib, Elmurod ota- bola ekanliklariga shubha qilmadi, Yalang oyoqlarini ko`rib: «kambag`allardan ekan» deb qo`ydi va shuning uchun ularni o`ziga yaqin olib, azobxonaga borayotganlariga achindi. — O`g`lini o`qishga olib keldi shekilli, qani, borib ko`ray-chi?— deb qiziqdi Elmurod va yana darcha yoniga 42
bordi.. Haligi kishi o`g`li bilan domla ro`parasida bo`yra ustida tiz cho`kib o`tirar edi — Mana, qulvachchangizni olib keldim, taqsir!—de-di bolaning otasi va domlaga qanchadir buklangan qog`oz pul uzatdi» — Xo`sh, xo`sh!—dedi domla, pulni olarkan va «muncha oz!» deganday ko`zlarini katta ochib, pulga tikilibqoldi. — Oz bo`lsa ham ko`p o`rnida ko`rasiz, taqsir, qolganiga biz qarzdor. Domla pulni choponi ichidan boylangan belbog`iga qistirdi-da, sinovchi nazar bilan xo`mrayib bolaga bir nafas tikilib turdi. — O`g`lingiz beadab bolalardan emasmi?—deb so`ragan edi, haligi odam javobni ilgaridan o`ylab qo`yganday donalab dedi: — Qo`limizdan kelgancha adab berdik. Endi bundan buyon qulvachchangizning ixtiyori qo`lingizda — qandog` ta`lim, qandog` adab lozim bo`lsa, ayamang, taqsir. Eti sizniki, suyagi bizniki... — Voy, shunaqa otalar ham bo`lar ekan!—deb ajab-landi Elmurod, qaytar ekan.—«Eti sizniki, suyagi bizniki!» deydiya. Domla bolasining etini yesayam maylimish...
Sayfulla maktabdan keldi. Oshxona oldida o`tin yorayotgan Elmurod ona- bolaning gapiga quloq soldi. — Domlang kimni urdila?— deb so`radi otinoyi. — O`g`ri ko`chadagi mahsido`zning o`g`li Salimni. Ayb o`zida. Bir kun kelmay qoldi. Kelmagandan keyin domlaga «ozodlik» olib kelish kerak-da. Bu bo`lsa shumshayib, ikki qo`lini burniga tiqib keldi. Domla uch miri pul yo bitta qatlama keltirib qo`yganga sira indamaydilar. Sho`xlik qilsa ham indamaydilar. Bo`lmasa sal bahona bilan uraveradila. — Ha, axir, domlayam o`lsinmi? Qo`lga qaraydi, berganga yarasha muomila qiladi-da. Kambag`aldirda, sho`rlik... Bitta nonga zor odamlar ko`p. Kim? Miskarni o`g`li dedingmi? 11
11 Parda Tursun “O`qituvchi” T-1972. 70-71b. 43
Elmurod bilsa, maktabda kaltak ko`proq domlaga «ozodlik» keltirmaganlar boshiga tushib turar ekan. Muallimlar tomonidan olinadigan bu kabi poralardan va amaldorlarga “paxta” qo`yishliklardan gimnaziya proffessorlari ham istisno emas edi. Asarlar mazmunidan ko`rinib turibdiki ta`lim oluvchilarni jazolash har ikkala millat muallimlariga ma`lum davrda xos bo`lgan usuldir. Bu usul esa o`quvchilarni jazolanishdan qo`rqitib bo`lsa ham, yaxshi o`qishga undagan omillardan bo`lganligi ravshanlashadi. Madaniy inqilob davrida yurtimizda bolsheviklar yurgazgan ta`lim-tarbiya siyosatini ijrochisi bo`lgan Elmurod kabi ilg`or pedagoglar o`zlari guvohi bo`lgan eski maktab tarbiya usullaridan, ayniqsa jazolash usulidan voz kechganligi namoyon bo`ladi. Aksincha u rag`batlantirish usuliga tayanishi asarning ko`p voqealari misolida oydinlashadi. Qiyosiy usul bilan tahlil qilinayotgan bu ikkala asar bosh qahramonlari qiyofasida ular bajarayotgan ijtimoiy vazifa tufayli o`xshash xususiyatlari bilan bir qatorda ularga berilgan ijtimoiy topshiriq xojayinlari bolmish siyosiy tuzum tabiatidan kelib chiqadigan alohida xususiyatlar ham ya`ni farqlar ham mavjud bolishi tushunarli xoldir. Mazkur BMI doirasida tahlil qilinayotgan ikki asarning markaziy obrazlariga umumiy bo`lgan belgilar umum e`tirof etilgan xolatlardan kelib chiqadi. Bunday mushtarak sifatlar va oxshashliklar anchagina ko`lamda namoyon bo`ladi. Birinchidan ta`limiy mavzudagi bu prozaik asarlarning yetakchi qahramoni bolmish har ikkala o`qituvchi orginalchilar ikki asarda ``Schulpressor`` ya`ni ta`lim muassasasining professori, “O`qituvchi” romanining yetakchi qahramoni muallim degan nom bilan tanildi.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling