O’qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o’rni
“Proffessor Unrat” qissasida “gimnaziya” o`qituvchisi obrazining talqini
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ (1)
1.4. “Proffessor Unrat” qissasida “gimnaziya” o`qituvchisi obrazining talqini “Proffessr Unrat” asari Haynrix Mann ijodidagi tanqidiy realistik davrning boshlang`ich pallasida yaratilganligi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi.
44
“Proffessor Unrat” asarining muallifi bo`lgan Haynrix Mann o`zi o`qib yurgan gimnaziya va maktablarda boshidan kechirgan hayotiy voqealar asosida hukmdorlarga malaylarcha mute bo`lib ketgan muallimlarning tipik qiyofasini yrata bilgan. Uning ushbu asardagi qahramonlari orasidagi sog`lom fikrli tarbiyachi yoki katta yoshdagi ijobiiy fikrlay oladigan va kelajak avloddan insoniy kamolot yo`lini ko`rsata oladigan tarbiyachilar deyarli yo`q. Chunki urush vasvasasi boshlanib kelayotgan va yosh avlodni dunyoga hukmron bo`lishga intiluvchi hukmdorlarning buyrug`iga so`zsiz itoat qiladigan yugirdaklarni, boshqacha aytganda sohta vatanparvarlarni tarbiyalash ishiga da`vat qilgan ta`lim tizimida adolatparvar va tinchliksevar muallimlarga joy topilmas edi.
Muxtaram yurtboshimiz I.A.Karimov 2-jahon urushida fashistik Germaniya ustidan qozonilgan g`alabani 70 yilligiga bag`ishlangan va Toshkentdagi Xotira hiyobonidagi Ommaviy Axborot Vositalari muxbirlariga bergan intervyusida qayta-qayta ta`kidlanganidek , mustaqil mamlakatimiz ta`lim-tarbiya tizimi oldida kelajak egasi bo`lmish yosh avlodni mehnatsevar, to`g`riso`z, halol, elparvar va bag`ri keng insonlarni tarbiyalashdek vazifa turadi. Ana shu ezgu maqsad yo`lida mamlakatimiz ta`lim tizimining hamma bo`g`inlarini yuqoridagi oliyjanob vazifani og`ishmay bajarish yo`lida barcha ishlar tashkil qilinganligini guvohimiz.
Yuqoridagi bajarilgan tahlilga qo`shimch tarzda Haynrix Manning boshqa asarida markaziy qahramonining tarbiyachilari bilan uning orasidagi munosabatni bajargan tahliliy tajribamizga qiyoslab ko`rsak, chiqarmoqchi bo`lgan xulosmiz uchun yetarli dalillar keltirgan bo`lamiz. Bunda gap Haynrix Mann hajviy ijodining yuksak cho`qqisi hisoblanmish “Sodiq fuqaro” romani haqida ketadi. „Haynrix Mann hajviyotining «Imperiya» trilogiyasining birinchi romani «Sodiq fuqaro» (1914)dir. Unda zo`ravonlik va monarxiya tartiblarining himoyachisi, «mas`uliyatni his etmaydigan shovinist» obrazi yaratiladi. Romanning bosh qaxramoni Didrix Gessling. Ijtimoiy hayotdan uzoq, qo`rqoq, filistr-meshchan bu odam ekspluatator bo`lib qolgach, jamiyat taraqqiyoti uchun xavfli kishiga aylanadi. 45
Yozuvchi, Didrix Gessling xarakterini yuzaga keltirgan yaramas muhitni, yomon ta`sirni ko`rsatadi. Kichik bir qog`oz fabrikasiga xo`jayinlik qilgan otasi oilada qo`pol bir odam bo`lgan. Lapashang Didrix otasidan qo`rqadi va shu tufayli hurmat qiladi. Didrix maktabga ham yig`lab borardi. Darslarini bilmagan vaqtda ko`zlariga yosh oladi. Bunday holat naf keltirgach endi bu narsa odat tusiga kiradi. Maktabni bitirgach, Berlinga o`qishga boradi. U yerda millatchi burjua yoshlar tashkiloti «Yangi tevtoniya» safiga kiradi.. Didrix voyaga yetgach, uyida zulm o`tkazuvchi zolim erga aylanadi. U xotinini o`ziga tobe tutadi, ona esa bolalarini o`ziga bo`ysundiradi. Didrix bolalarini kichik xonaki itga ozor berishga o`rgatadi. Otasi vafotidan so`ng o`zini erkin tutgan Didrix fabrikaning egasi bo`ladi va ishchilarni qattiq ekspluatatsiya qilishi natijasida katta foyda ola boshlaydi. Didrix o`ziga bo`ysunuvchilarga nisbatan o`ta qo`pol va shafqatsiz, aksincha o`zidan yuqori turuvchi amaldorlarga esa, itoatkor shaxs. Bir kuni u Berlinda kayzerning o`tib ketayotganini ko`rib qoladi. Turgan joyi balchiq bo`lishiga qaramay, o`sha yerda tiz cho`kib, imperator Vilgelmga ta`zim qiladi. Bu esa unga sodiq fuqaro ekanini bildirar edi. Didrix ishchilarga «ichki dushman» deb, ularning o`z ahvollarini yaxshilashga qaratilgan har bir harakatiga «isyon» deb qaraydi, ularni «yanchib tashlash»ga undaydi. «Biz qo`rqmaymiz, kayzer biz bilan», deb chiranadi. Unda agressorlik kuchli, ayni chog`da mehnatchilardan qattiq qo`rqadi ham. «Sodiq fuqaro» romanida Haynrix Mann nemis meshchanlarining ayanchli hayotini, burjuaziyaning millatchilik, bosqinchilikdan iborat siyosatini masxara qildi. Didrix Gessling nemis hukmron tabaqalarining munofiqlik va yovuzliklarini aks ettirgan tipik obrazdir.
Takror keltirilgan yuqoridagi dalillar asosida dastlabki xulosa qilish mumkunki, XX asr dastlabki choragida Germaniya ta`lim-tarbiya tizimida shunday bir yagona qoidaga amal qilingan edi. Bu tamoilga amal qilingan ta`lim- tarbiya siyosati tajavuskor millatchilik va bosqinchilik siyosatni ro`yobga chiqaruvchilarni tarbiyalab yetishtirishga yo`naltirilgan edi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling