«O’qituvchining barcha hatti harakatlari ezgulikdan iborat bo’lmog’i lozim»
Download 51 Kb.
|
Maqola
«Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta’lim tizimi yosh avlodni barkamol ma’naviy yetuk inson sifatida shakllantirishga qaratilgandir» — deyiladi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Ana shunday barkamol insonni tarbiyalash masalasi o‘qituvchining pedagogik mahoratiga ko‘p jihatdan bog’liq. Buyuk alloma inson ruhiyatining muhandisi Abu ali Ibn Sino o’zining «Tib qonunlari» asarida shunday fikr bayon qiladi: «O’qituvchining barcha hatti - harakatlari ezgulikdan iborat bo’lmog’i lozim». Ezgulik avvalo bola qalbiga yo’l topishdan boshlanadi. U bilan g’amxo’r, hamnafas bo’lish, beg’ubor qalb egasini hurmat qilish, hohish - istaklariga befarq bo’lmaslik, bir so’z bilan aytganda bolajon bo’lish zarur. Bola tafakkurini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashini shakllantirishda yangi zamonaviy bilimlarni keng ko’lamli olib borilishi kerak. Chunki bolaning bilish, yangiliklarni qabul qilish doirasi keng, undan to’g’ri samarali foydalanish esa ta’lim berayotgan ustozlarning vazifasidir. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o’qituvchi pedagogik mahoratga ega bo’lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo’ladi. Shunday ekan qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lishi mumkin. Biror kasbda haqiqiy yetuk kadr bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo’lishi kerak. Pedagogning o’qituvchilik faoliyatini, yoshlarni o’qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarishi, ota - onalar va bolalarning izzat - hurmatiga sazovor bo’lishi uchun ham unda qobiliyat, mahorat, qiziqish bo’lmog’i lozim. O’qituvchi pedagogik mahoratini oshirish uchun o’z - ustida ishlashi, tinmay mehnat qilishi, izlanishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida ish olib borishi lozim. Zamonaviy pedagogik texnologiya o’zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog’liq xususiy nazariyasiga ega: O’quv — tarbiyaviy jarayonni ilmiy asosda qurish o’qitishning axborot vositalaridan va didaktik materiallardan, ta’limning faol metodlaridan keng foydalanishga asoslangan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. O’qituvchining pedagogik mahoratini doimiy oshirib borish va uni rivojlantirishda maktab va oliy ta’lim dargohlaridagi metod birlashmalar hamda kabinetlarning xizmati katta. Metod birlashmalarda o’qituvchilar fikr almashadilar: o’zaro kuzatilgan darslar muhokama qilinadi. Yosh va tajribasiz o’qituvchilarga maslahatlar uyushtiriladi, ilg’or tajribalarni keng ommalashtiradilar. Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati o’quvchiga u yoki bu yuksak axloqiy fazilatlarning mohiyatini anglatish jarayonida qo’llaniladigan o’qituvchining ish usullaridan biridir. Pedagogik ta’sir ko’rsatishning eng samarali usullaridan ertaklar, dostonlar, she’rlar, maqollar aytishdir. Masalan: "Ota o’zining 10 yashar o’g’li bilan daladan qaytayotib, yo’l ustida tushib yotgan bir taqani ko’radi va unga deydi: - Taqani ol. - Eski taqa uchun egilib o’tiramanmi - deb gap qaytaradi o’g’li. Otasi indamasdan o’zi egilib taqani oladida, yo’lida davom etadi. Kun issiq edi. Bola chanqay boshladi. Bir oz yo’l yurgandan keyin olcha sotib o’tirgan baqqol ko’rinadi. Otasi boyagi taqani olchaga almashtirib belbog’iga tugib oladi. O’g’liga ko’z - ko’z qilib bir dona olchani og’ziga tashladi-da, bir donasini yerga tashladi. O’g’li darrov egilib olchani oladi va chanqog’ini bostirmoqchi bo’lib og’ziga soladi. Otasi olchani ketma - ket tashlaydi. O’g’li 10-15 marta egilib olchalarni terib olib yegandan so’ng nihoyat otasi to’xtaydi va belbog’ida qolgan olchalarni o’g’liga uzata turib deydi: "Ko’rdingmi o’g’lim, sen taqani ko’tarib olish uchun bir marta egilishga eringan eding, olchalarni terib olish uchun 10-15 marta egilding, agar yengil mehnatni og’ir deb hisoblasang, undan battar og’iriga duch kelasan!" Bu hikmatning pedagogik ta’sirini salbiy va ijobiy ko’rinishlarini bolalarga izohlashda o’qituvchi quyidagi savollar orqali murojaat qilishi mumkin: - Otaning talabi to’g’rimi yoki yo’qmi? Sababini ochib bering. - Otaning bolaga mehnatdan bosh tortmasligi uchun tutgan ishi to’grimi? - Bolaga dastlab o’z harakati bilan o’rnak bo’lib, so’ng xatosini tushuntiradi. Bu borada sizning fikr - mulohazalaringiz qanday? O‘quvchilarga shu tarzda savollar bilan murajaat qilinsa, ular oz fikir va mulohazalarini bayon etishadi va o’quvchilarni dars jarayoniga qamrab olish osonroq kechadi. Bu metoddan foydalanishning afzalliklaridan biri shundaki, dars jarayoniga befarq bo’lib o’tirgan talaba xam burdaniga munozaraga kirishib ketadi. Download 51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling