O‘qituvchining F. I. Sh
Talabalar bilimini baholash mezonlari
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
INTRODUCTION TO THE THEORY OF PRIMARY EDUCATION (UZB) 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Akademik hulq-atvor va etika
Talabalar bilimini baholash mezonlari “A+”, “A”, “ B+” baholari o‘quv materiallarni erkin o‘zlashtira oluvchi, xatolarga yo‘l qo‘ymaydigan, to‘liq va aniq javoblarni shakillantira oluvchi barcha jarayonlarda faol ishtirok eta oluvchi talabaga qo‘yiladi. “V”, “S+”, “S” baholari o‘quv materiallarni mustahkam egallagan, ularni savodli va mohiyatiga ko‘ra aniq izohlab bera oluvchi, barcha jarayonlarda faol ishtirok etuvchi, to‘liq va aniq javoblarni shakillantira oluvchi,ammo ayrim juz’iy nuqson va kamchiliklarga yol qo‘ygan talabaga qo‘yiladi. “D+”, “D” baholari asosiy materialldan xabardor bo‘lgan, ammo uning mohiyatini o‘zlashtira olmagan, noaniqliklarga yo‘l qo‘yuvchi, javoblarda etarlicha to‘g‘ri ma’lumotlarni keltira olmagan, ma’lumotlarni bayon qilishda mantiqiy ketma- ketlik kuzatilmagan,muloqat jarayonida qiyinchilikni his etuvchi talabarga qo‘yiladi. “F” (FAIL) bahosi savol mohiyatini tushunmagan, javob bera olmagan, muloqat jarayonida ishtirok etmagan talabaga qo‘yiladi. Talaba faoliyatini semestir davomida baholashda quyidagi jihatlarga ahamiyat beriladi: - Mashg‘ulotlarga qatnashishiga; - Mashg‘ulotlarlardagi faolligi va mahsuldorligiga; - Asosiy va qo‘shimcha Adabiyotlarlardan foydalanishiga; - Mustaqil ishlarni bajarishiga; - Barcha topshiriqlarni o‘z vaqtida topshirishiga. Uzurli sabablarsiz umumiy dars soatlarining 20% dan orti g‘iga ishtirok etmagan talabalar yakuniy nazoratni topshirishga qo‘yilmaydi. Akademik hulq-atvor va etika K o‘chirmachilik va boshqa shakildagi noxaqqoniy ishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Test topshiriqlari, loyihalar, mustaqil ishlar, oraliq nazorat hamda yakuniy nazorat ishlarini topshirish jarayonida ko‘chirib olish, bir-birlariga aytib berish, boshqa shahslar tomonidan echilgan masalalarni ko‘chirib olish, boshqa talaba o‘rniga imtihon topshirish kabi ishlarga qat’iyan yo‘l qo‘yilmaydi. Kursning istalgan axboratini sohtalashtirishga uringan talaba «F» bahosi bilan baholanadi. Dars jarayonida mobil aloqa vositasidan va boshqa elektron qurilmalardan foydalanish man etiladi. Dars jarayonida turli ichimliklar ichish, ovqat istemol qilish, saqich chaynash qat’iyan man qilinadi. Ba g‘ri keng bo‘ling, o‘zgalar fikrini hurmat qiling, atrofdagilarga nisbatan odobli va xushmuomila munosabatda bo‘ling. Ko‘mak*: Mustaqil ishlarni bajarish, ularni topshirish va himoya qilish, shuningdek O‘tilgan materiallar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish va darsga aloqador boshqa barcha savollar yuzasidan o‘qituvchiga quyidagi ofis –soatlarida murojat qilishingiz mumkin: № Hafta kunlari Qabul soati Auditoriya 1 Chorshanba Juma 15:00 A blok 4-08 2 * Izoh: ushbu blok namunaviy sillabusga asosan har bir o‘qituvchi tomonidan shahsiy sillabusni tuzish jarayonida alohida to‘ldiriladi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling