T/R
|
O’QITUVCHINING FAOLIYATI
|
O’QUVCHINING FAOLIYATI
|
AJRATILGAN BALL
|
1.Tashkiliy qism.
|
O’quvchilar bilan salomlashamiz . Ularni hol-ahvolini so’rayman va kasallar yo’qmi deb savol beriladi va davomat aniqlaniladi. Ibratli videorolik qo’yiladi. ( 3-5 daqiqa)
|
O’quvchilar ham salom beradi. Savollarga javob berishadi.Videorolikni tamosha qilishadi va o’z fikrlarini aytishadi.
|
|
2.O’tilgan mavzu
|
O’tilgan mavzu bo’yicha quyidagi misollarni savol tariqasida beriladi:
4+4=8 5+3=8 2+6=8 7+1=8
1+2+5=8 2+3+3=8 3+4+1=8 4+2+2=8
5+2+1=8 6+1+1=8
Shu vaqtga o’tilgan mavzularni takrorlash maqsadida ‘’ Bargdagi misollar’’ dan ham foydalaniladi. (7-8 daqiqa)
|
Misollarni yechishadi va savollarga javob berishadi.
|
|
3.Yangi mavzu
|
Avval o’quvchilarda 9 raqamiga tushuncha beriladi, ularga bizni 9 barmoqlarim bor, kimdur oilada 9 kishi, 9ta qalam, 9ta kitob deb ularga ko’rsatib tushuncha beriladi. Undan so’ng 9 raqamini yozilishini havoda va doskada yozib ko’rsatiladi va daftarlariga 2 qator 9 raqamini yozdirib chiqiladi. Ular 9 raqamini tushunishganidan so’ng darslik bo’yicha misol va masalalar ishlanadi.
|
Tinglashadi va tushunishadi , 9 raqamini yozib chiqadilar. Darslik bo’yicha misol va masalalarni yechishadi.
|
|
4.Mustahkamlash.
|
O’quvchilar quyidagi gulni yasaydilar va yaproqlariga 9 soni hosil bo’ladigan misollar yozishadi.
|
O’quvchilar gul yasaydilar va misol tuzadilar.
|
|
5.Baholash.
|
O’quvchilarga tuzgan misollari va darsda faol ishtirok etishiga ko’ra baho qo’yiladi. ( 3-5 daqiqa)
|
O’quvchilar barchali baholanadilar.
|
|
6.
|
Yakuniy qismda o’quvchilarni rag’batlash va ularni darsga yanada qiziqtirish bilimga bo’lgan intilishlarini yana orttirish maqsadida ularga shokolad beriladi va dunyo tillarini o’rganishga yordam sifatida ‘’Head, shoulders, knees and toys’’ nomli musiqali harakatli mashq orqali yaxshi kayfiyatda dars yakunlanadi. (2 daqiqa)
|
O’qituvchi bilan birgalikda harakatli mashq bajaradilar va dars yakunlanadi.
|
|