O’qituvchining kasbiy kompentensiyasining shaxsiy komponenti. Tayyorladi: Allanazorova Munisa


Download 146.72 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi146.72 Kb.
#1493868
1   2   3
Bog'liq
munisa

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blok bo’yicha talablar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» bloki bo’yicha bakalavrlar tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo’yilgan talablar» asosida belgilanadi. Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi fanlarini o’qitish metodikasi: Bakalavr: milliy g’oyaning ta’lim tizimidagi o’rni; jamiyatning ijtimoiy va ma’naviy hayotida milliy g’oya fanlarni o’qitilishining ahamiyati; huquq ta’limining ahamiyati; umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’limda huquqshunoslik fanlarining o’rni; O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining ta’lim tizimida o’qitilishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi; milliy g’oya va huquqshunoslik fanlarini o’qitish metodikasining obyekti; milliy g’oya va huquqshunoslik fanlarini o’qitish metodikasi ta’limi mazmuni, uning ta’lim turlari bo’yicha taqsimoti;

Bakalavr ixtisosligiga qo’yiladigan muayyan talablar kadrlar buyurtmachi-larining talablari va bakalavrlar tayyorlashning ushbu yo’nalishi bo’yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Bitiruv malakaviy ishlariga qo’yiladigan talablar: Bitiruv malakaviy ishida bakalavr tugallangan kasbiy vazifalarni hal qiladi va bunda barcha blok fanlari bo’yicha olingan bilimlardan foydalaniladi. Bu ishda bakalavr: o’rganilayotgan masalaning holati va tarixini tahlil qiladi; ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik masalani aniqlab oladi, uning yechilishidagi bir necha variantlarni ko’zda tutadi va ulardan eng muhim variantini tanlaydi;

Bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari zamonaviy fan yutuqlari va texnologiyasini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasasining mutaxassis tayyorlovchi kafedralari tomonidan tuziladi. Bitiruv malakaviy ishlari mavzusi ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik yo’nalishga qaratilgan bo’lishi mumkin. Bitiruv malakaviy ishining mavzusi bo’yicha vazifalar odatda uchinchi kursni bitirish chog’ida beriladi. Ish umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining o’rganilishi darajasiga ko’ra to’rtinchi kurs davomida ishlab boriladi va ushbu standartda ko’zda tutilgan bitiruv malakaviy ishiga ajratilgan vaqt davomida bajariladi.


Download 146.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling