O’qituvchining kompyuter savodxonligi zamonaviy ta’lim tizimining muhim talabidir


Download 20.62 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi20.62 Kb.
#1527112
Bog'liq
mustaqil ish


O’qituvchining kompyuter savodxonligi zamonaviy ta’lim tizimining muhim talabidir

Jamiyatni ma’naviy yuksaltirish hamda shaxsning ma’naviy kamolotga erishuvini ta’minlash mustaqillikning ilk yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan belgilab olingan «o‘zbek modeli» deb nomlangan, jahon hamjamiyati tomonidan alohida e’tirof etilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘limizning uzviy bo‘lagini tashkil etadi. Shu bois yurtimizda yosh avlodga zamonaviy bilimlar berish, kasb-hunar o‘rgatish, iqtidori, qobiliyati va intellektual salohiyatini o‘stirish uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyatlarni yaratish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ezgu fazilatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash ustuvorlik kasb etmoqda. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, «Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi»ning hayotga tatbiq etilishi zamirida farzandlarimizni komil insonlar qilib tarbiyalash orqali ertangi taraqqiyotning mustahkam poydevorini qo‘yish, yurtning buyuk kelajagini bunyod etishdek ezgu maqsadlar yotadi.
Ta’lim tizimini isloh etish, moddiy-texnik bazsini mustahkamlash, axborot texnika asrida o‘z o‘rnini topa oladigan, jahon andozalariga mos raqobatdosh, yuqori intellektual salohiyatli kadrlarni tayyorlashda davlat bosh islohotchi sifatida namoyon bo‘ldi.
Prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida odomzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni, inson va jamiyat hayotidagi o‘rni, bu murakkab, serqirra tushunchaning nazariy, amaliy tomonlari keng qamrovli fikr va xulosalar orqali chuqur tahlil etiladi. Jahonda voqealar shiddat bilan kechayotgan bir paytda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, internetning beqiyos imkoniyatlaridan keng foydalanishga erishish hamda komil insonni tarbiyalash pedagog xodimlarning faoliyat mezoniga aylanishi zarurligi takidlanadi.
Darhaqiqat, XXI asrda axborot texnologiyalariga oid bilimlarga ega bo‘lmay turib hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirib bo‘lmaydi. Shunga muvofiq zamonaviy ta’limning maqsad va vazifalari ham o‘zgarib, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limustuvorlik kasb etmoqda. Bunday yondashuv asosida o‘quvchi shaxsining to‘la rivojlanishi, tez o‘zgaruvchan hayotga har tomonlama tayyor bo‘lishini ta’minlash, mustaqil bilim olish ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, ulkan axborot makonida informatsiyani tanqidiy nuqtai nazaridan to‘g‘ri izlash, tanlash, mauammolarni nafaqat ko‘ra bilish, balki ularni ifodalash va hal eta olish layoqatini shakllantirish kabi vazifalar mujassamdir.
Bunday talab darajasidagi yosh avlodni kamolga yetkazish uchun pedagoglar nafaqat faoliyatni osonlashtiruvchi dasturiy-texnik vositalarni o‘zlashtirishi va amalda qo‘llashi, balki fanga oid intellektual va ijodiy masalalarni hal eta oladigan dasturlardan foydalana olishi ham zarur. Ayni paytda barcha fan o‘qituvchilarini o‘quv jarayonida AKTdan samarali foydalanuvchi mutaxassisga aylantirish uchun Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid o‘quv-kurslari tashkil etilayotir.Ularning maqsadi AKTdan quyidagi faoliyatlarda samarali foydalanishga qaratilgan:
• o‘quv jarayonida;
• boshqaruvda;
• rahbariyat ish faoliyatida;
• o‘qituvchining ish faoliyatida;
• maktabdan tashqari o‘quv jarayonida;
• maktabgacha ta’limda;
• kutubxonada.
Buning uchun Xalq ta’limi vazirligining «Umumta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishni tashkil etish to‘g‘risida»gi 61-sonli (2011 yil 23 mart), «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalanish bo‘yicha malakasini oshirishni tashkil etish to‘g’risida»gi 125-sonli (2012 yil 21-aprel) buyruqlari qabul qilindi. Kurslarga ta’lim muassasasi rahbarlari, amaliyotchi o‘qituvchilar, mutaxassislar jalb etlayapti. Jarayon ta’lim tizimidagi barcha xodimlarda AKTni o‘quv jarayoniga tatbiq etish layoqati shakllangunga qadar davom etadi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini ta’limga joriy etish o‘qituvchilardan muayyanko‘nikma va malakalarga—kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishni talab etadi: didaktik materiallarni va faoliyatiga oid hujjatlarni tayyorlashda matn muharriridan samarali foydalanish, multimedialitaqdimotlarni tayyorlash, tarmoq ichida ma’lumotlarni izlash hamdamuloqot qilishva hokazo.
«Kompyuter savodxonligi» keng qamrovli tushuncha bo‘lib, qator ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Ular orasidan eng zarur tayanch qismini ajratib olish muhimdir. Axborot texnologiyalari zamonaviy o‘qituvchi faoliyatidagi vazifalar (dars rejasini tuzish, taqdimotlar yaratish, internet tarmog’idan o‘z faniga oid materiallarni to‘plash)nigina bajarish uchun emas, balki fan yuzasidan didaktik materiallar yaratish, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini tashkil etish (kompyuter tarmog‘i orqali turli vazifalar berish, internet resurslarini yaratish va ularda ta’lim materiallarini joylashtirish) uchun ham xizmat qilishi kerak.
Fan o‘qituvchilari egallashi lozim bo‘lgan minimaltayanch ko‘nikmalar:
1. Kompyuter haqida tushunchaga ega bo‘lish va uning ishlash prinsiplarini bilish(asosiy va qo‘shimcha qurilmalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish):
· Kompyuter nima?
· Kompyuter nimalardan tashkil topadi (arxitekturasi qanday)?
· Kompyuter qanday ishga tushiriladi va ishi to‘xtatiladi?
2. Dasturiy ta’minot haqida bilimga ega bo‘lish:
· Windows operatsion tizimidaishlash (fayl va kataloglarni tashkil etish, ular ustida turli amallarni bajarish);
· amaliy va o‘rgatuvchi dasturlarni o‘rnatish va kompyuter xotirasidan o‘chirish.
3. Didaktik materiallar va ishchi hujjatlarni tayyorlashda matn muharrirlari, elektron jadvallar va boshqa amaliy dasturlar paketidan foydalanish:
· matnli hujjatlarni yaratish, ularni formatlash, bosmaga chiqarish va uzatish;
· matn muharrirlarida jadval, rasm va diagrammalar bilan ishlash;
· elektron jadval muharrirlarida jadvallarni tashkil etish, formulalar bilan ishlash, grafika va diagrammalar yasash;
· multimedia dasturlari yordamida pedagogik taqdimotlarni yaratish;
· grafik muharrirlar yordamida rasmlarni tahrirlash.
4. Internet tarmog’i imkoniyatlaridan foydalanish:
· internet tarmog’ida ta’lim jarayoniga oid materiallarni,ma’lumotlarni izlash, ularni yuklab olish va kompyuterda saqlash;
· tarmoq orqali veb-forumlarda va veb seminarlarda (internet tarmog’i orqali o‘tkaziladigan seminarlarda) ishtirok etish;
· elektron pochta xizmatidan foydalanish;
· internet tarmog’i orqali muloqotlarni amalga oshirish;
· ijtimoiy tarmoq imkoniyatlaridan foydalanish.
Umumta’lim muassasasi xodimlari AKT savodxonligi bilan chegaralanmay, undan ta’lim samaradorligini oshirish yo‘lida oqilona foydalanish metodikasiga ham ega bo‘lishi zarur. Ya’ni, har bir fan o‘qituvchisi darsda kompyuter qurilmalaridan didaktik vosita sifatida foydalana olishi zarur. Shu sababli malaka oshirish kurslarida AKTdan foydalanish metodikasiga oid mavzularni ham o‘qitish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki kompyuter savodxonligiga ega bo‘lish undan amalda samarali foydalanilayotganini bildirmaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, savodxonlikkaega bo‘la turib, ba’zi o‘qituvchilarningdars jarayonida AKTdan samarali foydalana olmasligi ko‘plab davlatlar ta’lim tizimiga xos muammo.
Mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalaridan ustalik bilan foydalanish metodikasiga oid ko‘nikmalarga pedagogik vositalar yaratishda matn va jadval muharrirlarining didaktik imkoniyatlaridan foydalanish (matn muharririda formulalar kiritish, jadval muharrirlarida funksiyalarning grafiklarini yaratish va boshqalar)ni ta’kidlab o‘tish mumkin. Bundan tashqari, ushbu metodika AKT vositalaridan darsning qaysi qismida, qancha vaqt davomida foydalanishni bilishni nazarda tutadi.
Xulosa qilib aytganda zamonaviy o‘qituvchi o‘quvchilarda AKTdan foydalanishda hamkorlik qilish, vujudga kelgan muammolarni hal etish, bilimlarni izlash, turli manbalardan olingan ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qila olish va umumlashtirish kabi ko‘nikmalarni hosil qilishga qodir bo‘lishi kerak.

Matematika so‘zi qadimgi grekcha - mathema so‘zidan olingan bo‘lib, uning ma'nosi «fanlarni bilish» demakdir. Ma'lumki, matematik fanlarning sohalari turlituman bo‘lishiga qaramay, ular umumiylik belgisi ostida bitta predmetga birlashtirilgan. Bu umumiylik belgisini quyidagi matematikaga berilgan ta'rifdan yaqqol ko'rish mumkin. Matematika faning o‘rganadigan narsasi (obyekti) materiyadagi mavjud narsalarning fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iborat Matematika o‘qitishda kompyuterlarni qulayligini yana bir yo‘nalishi ayrim o‘quv holatlarini modellashtirishdir. Modellashtirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o‘qitishning boshqa usullari qo‘llanganda tasavvur qilish, ko‘z oldiga keltirilishi qiyin bo‘lgan materiallarni tushunarli bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o‘quvchilarga ma’lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko‘rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matem-atikani chuqur o‘rganish va o‘quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo‘ladilar. Ko‘p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o‘z kasbi bilan bir vaqtda ma’lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo‘lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin. Matematika fanlarini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi. Matematika fanlarini o‘qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta’minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Kompyuter texnikalarinita’limmuassasalariga tatbiq etish, o‘qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo‘l ochib beradi. Keyingi o‘n yillikda matematika fanini o‘qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo‘nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o‘rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o‘yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi. Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo‘lgan ehtiyoj so‘z, yozuv, tasviriy san’atda, 218 kitob chop etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda. Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, qog‘ozlarda, magnit tasmalarida, ya’ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur’atlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir. Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o‘xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarni o‘qitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda. Haqiqatdan o‘qituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, Power Point, Internet, Excel va boshqa maxsus amaliy dasturlar, Multimedia vositalari yordamida yengilgina o‘z darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin. Buning natijasida o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqish ortadi, o‘tilgan mavzuni tushinish, kerakli tushunchani anglash va o‘zlashtirish jarayoni tez kechadi. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo‘ljallangan bo‘lsada. Uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo‘yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta yordam beradi. Umumta'lim maktabida faoliyat yuritadigan o'qituvchi o'z ixtisosligiga doir bilimlarni chuqur biladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan, dunyoviy, diniy ilmlardan ham xabardor, ma'naviy barkamol bo'lmog'i lozim. O'quvchining o'qishga bo'lgan munosabatinig zarur bo'lgan o'qish savodxonligi, turli ma'lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish va ularni kundalik hayotda qo'llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o'z-o'zini boshqarish, jamoada o'zini tuta bilish, yozma va og'zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, ta'limiy faoliyatni tashkil etish kabi ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini o'quv jarayonida keng qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an'anavi ta'limda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, boshlang'ich ta'limda zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bil im olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Matematika fani o'qituvchisining kasbiy salohiyati va ma'lumot darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon boshlang'ich ta'lim metodikasini bilishi hamda o'qituvchi tinmay o'z ustida mustaqil ishlashi fandagi barcha yangiliklardan xabardor bo'lishi ilg'or metodikalarga ega bo'lgan tajribali metodist-o'qituvchilar bilan o'z tajribalari to'g'risida o'rtoqlasha olishi, samarali o'qitish metodikalarini namoyish eta olishi lozim. Barcha umumta'lim maktablarining boshlang'ich ta'lim sifat va samaradorligini oshirish zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, ilg'or ishtajribalarini ommalashtirishni taqozo etadi. Masalan:"Tanishuv" "Muzyorar" mashqlaridan foydalanib, o'quv jamoasi ishtirokchilarini bir-birilari bilan tanishtirish. Do'stona, samimiy munosabatni va ijodiy muhitni vujudga keltirish. Trening qatnashchilarining ishtirokini jadallashtirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini va shaxsiy sifatlarini ochish. Jamoa bo'lib ishlash uchun qulay sharoit yaratish. Jamoada do'stona muhitni yuzaga keltirish. Guruh dinamikasini jadallashtirish. Yakka, guruhda, jamoada ishlashni talab etadi. Axborotni taqdim etishning vositalari va usullarini qo'llash - hozirgi axborot texnologiya vositalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to'g'ri va samarali foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash ko'nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda axborot texnologiyalari alohida ahamiyat kasb etadi. Matematika fanlarini o'qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni ta'minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Kompyuter texnikalarini ta'lim muassasalariga tatbiq etish, o'qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo'l ochib beradi. Keyingi o'n yillikda matematika fanini o'qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo'nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamidabilimni baholash, turli tipdagi o'rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o'yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi. Matematika o'qitishda kompyuterlarni qulayligining yana bir yo'nalishi ayrim o'quv holatlarini modellashtirishdir. Modellashtirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o'qitishning boshqa usullari qo'llanganda tasavvur qilish, ko'z oldiga keltirilishi qiyin bo'lgan materiallarni tushunarli bo'lishini ta'minlashdan iborat. Modellashtirish yordamida o'quvchilarga ma'lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi ko'rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur o'rganish va o'quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga moyil bo'ladilar. Ko'p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o'z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo'lgan matematik sistemalar yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin. Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo'lgan ehtiyoj so'z, yozuv, tasviriy san'atda, kitob chop etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda. Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, qog'ozlarda, magnit tasmalarida, ya'ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur'atlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir. Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o'xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, kimyo, biologiya va boshqa fanlarni o'qitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda. Haqiqatdan, o'qituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, Power Point, Excel va boshqa maxsus amaliy dasturlar, Multimedia vositalari yordamida yengilgina o'z darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin. Buning natijasida o'quvchilarda fanga bo'lgan qiziqish ortadi, o'tilgan mavzuni tushinish, kerakli tushunchani anglash va o'zlashtirish jarayoni tez kechadi. Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo'ljallangan bo'lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo'yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta yordam beradi. Elektron jadval yordamida berilgan algoritm asosida masalalarni hal etish, jadvaldagi qiymatlar bo'yicha turli shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini bajarish mumkin. Exceldagi avtomatik to'ldirish imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadvallashtirishda katta yordam beradi. Funksiya qiymatlarini ma'lum qadam bilan hisoblash matematikaning juda ko'p bo'limlarida uchraydi. Ayni shu imkoniyatlardan foydalanib matematika fakultetidagi talabalar funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim murakkabroq funksiyalarning xossalarini ekranda aniq ko'rishlari mumkin. Exceldagi funksiya ustasi funksiya va uning argumentlarini yarim avtomatik tartibda kiritishga yordam beradi. Funksiyalar ustasini qo'llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to'g'ri tartibda kiritilishini ta'minlaydi. Bu esa o'z navbatida talabalarning funksiyalarning xossalarini qiynalmay va tezda o'rganishlariga juda katta yordam beradi. Ma'lumotlarni diagrammalar shaklida namoyish etish, bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez hal etishga yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni ko'rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda judafoydalidir. Xulosa qilib aytish kerakki, zamonaviy o'qituvchi axborot texnoligiyalaridan foydalanishda hamkorlik qilish, vujudga kelgan muammolarni hal etish, bilimlarni izlash, turli manbalardan olgan ma'lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qila olish va umumlashtirish kabi ko'nikmalarni shakllantirish - bu asosiy yutug'idir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Tolipov O'., UsmonboyevaM.Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari - T.:2006.
2. Umirbekov A.U., SHoabdalov SH.SH. Matematikani takrorlash -Toshkent: "O'qituvchi", 1989.
3. Ishmuhamedov R. O‘quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uslubiyati. T.: RBIMM, 2008.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Yunusova D. Matematikani o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari. Darslik. – T.: Fan va texnologiya, 2011
2. Journals.uz/wp-content/uploads/2020/10/conf_21_2020. 7-b.
3. Ziyouz.com
Download 20.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling