O`qituvchisi to`ychiboyev tolibjonning


III.Yangi mavzuni bayon etish


Download 1.46 Mb.
bet3/4
Sana31.03.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1313283
1   2   3   4
Bog'liq
kuz nematlari 2 sinf

III.Yangi mavzuni bayon etish.
Darsning qiziqarli bo'lishiga erishish maqsadida o'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat etish maqsadga muvofiqdir:
1. Kuzda qanday mevalar pishadi?
2. Dalada qanday o'simliklar o'sadi?
3. Qaysi o'simliklarning mevasi yer ostida bo'ladi?
4. Sabzavotlar haqida qanday topishmoqlar bilasiz?
5. Dalada qanday o'simliklar o'sadi ?




Slayd namoyish etiladi. Slaydda kuz ne’matlari, kuzgi mehnat aks ettirilgan bo`ladi. Paxtadan olinadigan mahsulotlar ko`rsatiladi.





O'quvchilarga kuz fasli sentabr oyidan boshlanishi, kuzgi tengkunlik 23- sentabrdan boshlanishi, kuzda daraxtlar barglarining sarg'ayishi, to'kilishi haqida tushuncha beriladi. Kuzda shirin-shakar mevalar, qovun-tarvuzlar pishib yetiladi.
Bu dehqonlarning mashaqqatli mehnatlari evaziga bo'ladi.
Dehqonlarning mehnatini qadrlashga o'rgatish bilan halol mehnat
qilish sharaf ekanligi o'quvchilar ongiga singdiriladi.



Kuzda paxta ochiladi. Paxta o'zbek xalqining asosiy boyliklaridan biridir.
Paxta g'o'za o'simligining hosili ekanligi, g'o'za gullaridan
ko'saklar yetilib, chanoqlarda paxta ochilishitushuntiriladi.
Paxta chigiti alohida ajratib olinib, ezib ko'riladi. Undan yog'
dog'i qoladi. Chigitdan yog',sovun, kunjara, lak-bo'yoq,
spirt olinishi aytiladi. Paxta tolasidan esa qimmatbaho
materiallar, qog'oz, ip va gazlamalar tayyorlanishi uqtiriladi.
Mavjud rangli suratlardan foydalanish, paxtadan tayyorlanadigan
mahsulotlarning namunalarini ko'rsatish dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.Tarmoqlash usuli orqali paxtadan nimalar olish mumkinligi ko'rsatiladi. Sabzavotlar madaniy o'simliklardir. Pomidor, bodring, karam, sabzi, piyoz, kartoshka, lavlagi, rediska sabzavotlarga kiradi. Sabzavotlarda turli foydali vitaminlar juda ko'p. Shu sababli yangi uzilgan sabzavotlarni biz suyib iste'mol qilamiz. Hatto ba'zilarini konservalab qishga saqlab qo'yamiz.



Dalalarda qovun, tarvuz, qovoq, handalak kabi poliz ekinlari o'stiriladi.



Bu poliz ekinlari yerda palak otib o'sadi. Issiqlik va yorug'likni sevadi. Shuning uchun poliz ekinlarini issiqsevar o'simliklar deyish mumkin. Ularda ko'p miqdorda qand moddasi bor. Sabzavot va poliz ekinlari yig'ib olinganidan so'ng yer shudgor qilinadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling