O’qituvchisi yuldasheva muxabbatning matematika fanidan 4 “A” sinfida o’tkazgan


Mavzu: Ikki xonali songa yozma ko’paytirish usullari (umumiy hol). Noma’lum sonni ikki ayirma bo’yicha topishga doir masalalar


Download 422.44 Kb.
bet2/3
Sana26.11.2020
Hajmi422.44 Kb.
#153601
1   2   3
Bog'liq
222SEM


Mavzu: Ikki xonali songa yozma ko’paytirish usullari (umumiy hol). Noma’lum sonni ikki ayirma bo’yicha topishga doir masalalar

Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy: o’quvchilari ikki xonali songa yozma ko’paytirish usullari bilan tanishtirish ; noma’lum sonni ikki ayirma boyicha topishga doir masalalar yechish; TK1:fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish; FK:arifmetik amallarning algoritimlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida amallarni bajara olish;

  2. Tarbiyaviy: o’quvchilarda Vatanga bo’lgan mehr va g’ururni uyg’otish;TK4:atrofdagilar bilan o’zaro muloqot chog’ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash;

  1. Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mustaqil fikrlashini, misol va masalalarni yechish malakalarini rivojlantirish.FK2:o’rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritimlarni o’quv vaziyatlarda qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qila olish.

Dars turi: yangi bilim va tushunchalarni shaklantiruvchi.

Dars metodlari:savol –javob, ,,Moslashuv”, mantiqiy savollar, PISA testlar.

Dars jihozlari:darslik, tarqatmalar, ko‘rgazmalar, slaydlar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism. Sinf o’quvchilarini guruhlarga bo’lish. Guruhlarga bo’lishda tartib bilan 3 gacha sanaladi. 1, 2 va 3 sonlari to’g’ri kelgan o’quvchilar 3 qatorga o’tiradilar.

Kun hikmati:

Odamlarga aytiladigan yaxshi so‘z sadaqadir.(Hadisdan)

  1. O’tilgan mavzuni mustamlakash. O’tilgan mavzu ,,Moslashuv” o’yini orqali mustahkamlanadi. Guruh a’zolari berilgan misollarni javoblar bilan moslashtiradilar. Masalan:

1 – guruh: 2 –guruh: 3 – guruh:

20x 60 80 30x30 100 40x30 360

2400: 100 1200 3500:35 900 3600:10 1200

80x 80 24 40x40 1600 70x60 600

3200:40 6400 4200:70 60 4800:8 4200

90x90 8100 90x80 7200 150x100 15000

Misollarni tog’ri moslashtirgan guruh a’zolari rag’batlantiriladi.

,,Aqliy hujum” metodi:

1-guruhga:

Stol ustida 10 ta sham bor. Ulardan ikkitasini o‘chirsak, stolda nechta sham qoladi? (10 ta)



2-guruhga:

Bu narsa inson organizmda joylashgan. U umr bo ‘yi ikki marta chiqadi. Ammo 3-marta chiqishi uchun esa pul kerak bo ‘ladi. Diqqat savol. Bu insonning qaysi a’zosi?) (tish)



3-guruhga:

Shohidada 1 000 so‘m bor edi. U qancha sarflagan bo‘lsa, shuncha pul qoldi. Shohidada necha so‘m qoldi? (500 so‘m)



G‘olib guruh rag‘batlantiriladi.

Ozgina o‘yla, o‘zing topasan

Fikrlasang,bilib olasan.

1-guruhga:

Quyidagilar qaysi o‘lchov birligiga tegishli?



Sm, dm, mm, m, km

Yuqoridagi o‘lchov birliklarini o‘sib borish tartibida joylashtiring.



(Javobi: uzunlik o‘lchov birligi:mm, sm, dm, m, km).

2-guruhga:

Quyidagilar qaysi o‘lchov birligiga tegishli?



Kg, g , t, sr

Yuqoridagi o‘lchov birliklarini o‘sib borish tartibida joylashtiring



(Javobi:og‘irlik o‘lchov birligi:g, kg, sr, t).

3-guruhga:

Quyidagilar qaysi o‘lchov birligiga tegishli?



Oy, sutka, hafta, yil

Yuqoridagi o‘lchov birliklarini o‘sib borish tartibida joylashtiring



(Javobi:vaqt o‘lchov birligi:sutka, hafta, oy, yil).

Mantiqiy matematik topshiriqlar:







G‘olib guruh rag‘batlantiriladi.

Download 422.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling