Oqova suvni ifloslanishini


Oqar suvni tozalash usullari


Download 47.37 Kb.
bet12/14
Sana31.01.2023
Hajmi47.37 Kb.
#1143770
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-laboratoriya

Oqar suvni tozalash usullari
Sanoatda suvdan juda ko‘p foydalaniladi, tarmoqlarda zarur ishlarning borishi uchun u – xomashyo, issiqlik yetkazuvchi, erituvchi, zarur joyda kislorod va vodorod manbai, bo‘yovchi, tozalovchi, tashuvchi hisoblanadi.
Suv o‘z vazifasiga ko‘ra, eng zarur mineral hisoblanadi, biosfe-rada suv yo‘q joyda hayot yo‘q, suv bor joyda tuproqda mikro-organizmlar tirik hayot nishonasini ko‘rsatadi.
Suv shunday zarur mineralki, avvalo insonning hayotiy jarayonida u eng birinchi zarur narsalar turiga kiradi, uni iste’mol qilishdan tashqari, o‘ziga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ham suv bilan pishiradi, tozalik-ozodalik ishlarida suv eng birinchi vazifani egallaydi. Bundan tashqari, suv tiriklik manbai bo‘lgan o‘simliklarni o‘sib rivojlanishida ham asosiy o‘rinni egallaydi.
Shuningdek, sanoatda ham suv ko‘pgina tarmoqlarda ish jara-yonining borishi uchun asosiy ahamiyatga egadir. Sanoatda suv sarfi juda katta bo‘ladi, shuning uchun uni tozalab, qayta o‘ziga ishlatish maqsadga muvofiqdir. Suvdan tejab foydalanilmasa, albatta, olingan mahsulotlarning tannarxi ortib boradi, shu bilan birga, suv orqali atmosferaga tashlangan zaharli moddalar miqdori ham ortadi, ekologik muvozanat buziladi.
Ichimlik suvining tarkibi mutlaq toza va zararsiz bo‘lishi hamda davlat nazorati 2874-82 ga to‘g‘ri kelishi kerak. Texnik suvlar ichishga yaroqsiz, ifloslangan bo‘lgani uchun, toza suvga nisbatan arzon bo‘ladi. Oqar suvni tozalamasdan ichib bo‘lmaydi, ammo qishloq xo‘jalik ekinlarini bemalol sug‘orish mumkin.
Energetik suv toza va tarkibida tuz bo‘lmasligi kerak, undan par hosil bo‘ladi. Markaziy isitish trubalarida suv par va suv holida erkin aylanishi uchun toza bo‘lishi talab qilinadi. Issiq suv trubalar va batareyalar orqali harakatda bo‘ladi. Suv tarkibida tuzlar bo‘lsa, truba devorlariga cho‘kindilar o‘tirib qoladi. Trubalardan suvning oson o‘tishi uchun doimo tozalangan bo‘lishi lozim. Sanoatda aylanma suv bir necha marta ishlatiladi. Texnologik suvlar ham maxsus talablarga javob berishi kerak

Sanoat korxonalarida toza suv ko‘pincha texnik suvga qo‘shiladi, bunga sabab, suvning ifloslanganlik me’yorini bir maromda ushlab turish. Suv me’yorini suv qo‘shib saqlash, uni tozalashga qaraganda arzon va oson, ammo suvdan foydalanishda xo‘jasizlikka yo‘l qo‘yiladi.


Korxonalardan suvdan qanday holda foydalanilmasin, isitiladimi yoki sovitiladimi, baribir suv parlanib, sochilib, tomchilab va boshqa sabablar natijasida yo‘qolib, kamayib boradi.
Suvning ifloslanishi uning sifatiga quyidagicha ta’sir qiladi:
● tarkibida sulfat va nitratlar miqdori oshib boradi;
● yer osti va daryo suvlarida kalsiy, magniy va kremniy ko‘payib ketsa, ular tez yuviladi. Achchiq kislotali yomg‘irlar yog‘ishi tog‘ jinslarini eritadi;
● oddiy suvda og‘ir metallar – qo‘rg‘oshin, kadmiy, simob, mishyak va fosfat, nitrat va nitritlarning bo‘lishi; 95

● yer ostidagi va ustidagi suvlarda oqova suvlar orqali tuzlarning ko‘payib borishi;


● suvda organik birikmalarning yoki biologik turg‘un uzoq saqla-nadigan pestitsidlar, super ekotoksikantlar, kanserogen va mutatsiya chaqiruvchi moddalarning bo‘lishi;
● toza ichimlik suvi tarkibida kislorodning kamayib ketishi;
● suv havzalarida viruslar, zamburug‘lar va yuqumli kasallik cha-qiruvchi bakteriyalarning bo‘lishi;
● toza tabiiy suvning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi;
● neft mahsulotlari, fenol, organik moddalar, yoqilg‘i moylash materiallari;
● eng xavfli zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi sanoat kor-xonalari, (zavodlar, sellyuloza-qog‘oz zavodlari, transport tashkilotlari oqovasi va boshqalar) suvni ifloslantiruvchi manba hisoblanadi.
Suvni tozalashning bir necha usullari mavjud bo‘lib, biz ularni ko‘rib chiqamiz.
Suvni tindirish yoki cho‘ktirish usuli bilan tozalash. Oqar suvlar, daryo, kanal va katta ariqlarning suvlari juda tez ifloslanadi, bunga sabab, atmosferadan gaz holida chang va qora kuyalar ko‘p miqdorda tushadi.
Oqar suvlarga chetdan qishloq xo‘jalik o‘simliklarini sug‘orishdan ortgan, tarkibida mineral o‘g‘itlar, pestisidlar, nitrit saqlaydigan suvlar, sanoat korxonalarida biron bir mahsulotni olish uchun ishlatilib, keyin yaroqsiz holga kelgan suvlar, yomg‘ir va qor bilan tushgan yomg‘ir suvlari kelib tushadi. Tabiiyki, bu suvlarning tarkibi har qanday toza suvni ifloslantirish imkoniga ega bo‘ladi.
Suvning tarkibida zarrachalar juda ko‘p bo‘ladi, ular kelish manbaiga qarab yirik va mayda bo‘lishi mumkin. Suvni cho‘ktirib yoki tindirib tozalashda zarrachalar yirik bo‘lib, suv sekin oqsa, u holda tozalash ishlari tezroq boradi.
Suv tindirgichlar yotiq to‘rtburchak shaklda bo‘ladi, tindirgich to‘siq quyiladi, shunda uning harakati sekinlashadi. Tindirgichdagi suvni to‘g‘ri taqsimlash uchun uning eni bo‘ylab teshikli to‘siqlar o‘rnatiladi. Yotiq tindirgichlarda suvdagi zarralar parallelogramma qonuni kuchiga binoan tindirgich tagiga cho‘kadi yoki suv oqimi bilan tindirgichdan chiqib ketadi. Bu esa, o‘z navbatida, ikki tezlikning o‘zaro nisbatiga bog‘liq bo‘ladi.

Tik tindirgichlar silindr, to‘rtburchak, konussimon, to‘nkarilgan piramida holida bo‘lib, unga suv markaziy quvurdan kiradi, 180 °S burilib pastga tushadi, so‘ngra yuqoriga harakatlanadi. Tindirilgan suv aylanma novlar orqali pastga tushib, filtrlovchi xonalarga oqib boradi.


Yopiq tindirgichlarda suv harakatining tezligi odatda 2-4 mm/sek, tik tindirgichlarda esa 1 mm/sek bo‘lib, suvning tindirgichdan o‘tish vaqti 4-8 soatga cho‘ziladi.
Tindirgichning iqtisodiy samaradorligi zamon talablariga uncha mos kelmaydi.

Download 47.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling