Oqova suvni ifloslanishini


Oqar suvni kimyoviy usulda tozalash


Download 47.37 Kb.
bet13/14
Sana31.01.2023
Hajmi47.37 Kb.
#1143770
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1-laboratoriya

Oqar suvni kimyoviy usulda tozalash
Agarda oqar suvda kislota va ishqorlar miqdori ko‘payib ketsa, uni neytrallash yoki me’yorga to‘g‘ri keltirish uchun (rN miqdori 6.5-8.5 bo‘lishi shart) oqar suvni boshqa toza suv bilan almashlash lozim: ishqor miqdori ko‘p bo‘lsa, unga reagentlar qo‘shish natijasida tozalash, achchiq suvlarni neytral material yordamida filtrlash lozim, ishqorli suvlardan achchiq gazlarni o‘tkazish ham samara beradi.
Suvni qayta foydalanishga tayyorlash. Buning uchun suv tarkibiga temir sulfit, gidrosulfit natriy, gidrozin, oltingugurt yoki alyuminiy upasini solib, undagi simob, xrom, mishyak kabi zaharli birikmalar ajratib olinadi.
Ionlarni olib tashlash. Suvdagi og‘ir metallar reagent usul bilan tozalanadi. Simob, xrom, kadmiy, rux, qo‘rg‘oshin, mis va nikellar, suvga kalsiy gidrooksidi, karbonat, natriy sulfid va ferroxrom shlaklarni solish yordamida zararli ionlar suvdan ajratib olinadi. Mikro-organizmlar mikroblar bilan o‘zaro aloqada bo‘lib, ularni emiradi va uglerod qo‘sh oksidiga, nitrat va sulfit ionlariga aylantiradi. Bu vaqtda ulardan mikroorganizmlar qatlami yoki bioqobiq sifatida foydalaniladi. Bu usulda suvni tozalash tabiiy oqar suvlar oqadigan joylarda qo‘llaniladi.
Aerob tozalash. Bu usulda tozalashda suvdagi kislorodni mikroblar iste’mol qiladi, anaerob usulda tozalashda metantenkalarda kislorodsiz holatda suv tozalanadi, bu jarayonda atseton, karbon gazi, vodorod, metan va spirt hamda kislotalarni achitish usuli yordamida ish boradi.
Oqar suvni issiqlik yordamida tozalash. Bu usulda suvni qizdirib, bug‘lantirish yordamida zararli birikmalardan holi qilinadi. Qizdirish yoki istishda korxonada mavjud bo‘lgan ko‘pgina qoldiqlar suv maxsus 97

kondensatlarga solingach, qizdiriladi. Oqar suvni qattiq qizdirish natijasida undan polistirolni ajratib olish mumkin, ammo bu ish juda qiyin va harakati yuqori texnologik jarayon hisoblanadi.


Suvni ozonlar yordamida tozalash. Ozon kuchli bakterisid xossaga ega bo‘lgan o‘tkir oksidlovchi moddadir.
Ozon (O3) – havo rang gaz, noxush hid chiqaradi, suvda yaxshi eriydi. Ozon mikroblarga kuchli ta’sir qiladi, ularni parchalaydi va ularning tuzilishini buzadi, ozon suvni o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib juda tez zararsizlantiradi.
Suvga aralashgandan so‘ng o‘zidan hech qanday hid chiqarmaydi, uni rangsizlantirib, tabiiy va sun’iy hidlarni yo‘qotadi.
Ozon qo‘shilayotgan suvda pH ko‘rsatkichining boshqaligi, loyqaligi, harorati kabi xususiyatlarning ahamiyati yo‘q.
Ozonni sanoat korxonalarida ishlab chiqish mumkin. Buning uchun korxonada maxsus azotlar bo‘lsa kifoya. Ozonning xlordan ustunligi – u zararli birikmalar hosil qilmaydi va juda qisqa vaqtda ko‘p miqdorda suvni tozalab berishga imkoni bor.
Ultrabinafsha nurlar bilan tozalash. Oqar suvlarni ultrabinafsha nurlar bilan tozalashda bakteriyalar, mikroorganizmlarga bakterisid sifatida ta’sir qiladi. Ultrabinafsha nurlar mikroorganizmlarning hujayra protoplazma oksidini parchalaydi, bu vaqtda hujayrada modda almashinuv jarayonlari izdan chiqadi. Bu usul bilan bir necha soniya ichida suvni zararsizlantirish mumkin. Bu usul bilan suvni zararsizlantirishning o‘ziga xos talablari bor. Bu usul suv toza va tiniq bo‘lganda samara beradi, suv loyqa yoki bo‘yalgan bo‘lsa, ultrabinafsha nurlarning ta’siri yo‘qoladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir sanoat korxonasida o‘z imkonidan kelib chiqib, suvning zararsizlantirish miqdori, ko‘p-ozligi, mutaxassislar qaysi usulni foydali va arzon deb bilishlari to‘g‘risidagi xulosadan kelib chiqib tozalash usulini tanlaydilar.



Download 47.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling