O‘qquvchilarni adabiy talaffuzga tayyorlash mazmuni va usullari
Download 31.04 Kb.
|
metodika
O‘qquvchilarni adabiy talaffuzga tayyorlash mazmuni va usullari. Bola tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlar yordamida, shuningdek nutq yordamida bilib olish qobiliyatiga cga. Ammo bolalardagi intellekt, ya’ni ruhiy jarayonlar (xotira, tasavvur, xayol, tafakkur) shunchaki bola organizmining o‘sib borishi va takomillashishi bilangina paydo bo‘lmay, balki nutqining rivojlanishi bilan paydo bo‘ladi va takomillashadi. Agar bola kichik yoshidan boshlab to‘g‘ri gapirishga (so‘zlashishga) o‘rgatib borilsa, u vaqtda bunday bola normal holatda rivojlanadi, ya’ni avval tasavvur etish, keyin esa fikr yuritish, xayol qilish qobiliyati paydo bo‘ladi va bu qobiliyat har bir yosh bosqichida takomillashib boradi. Bolalarda intellekt bilan barobar (parallel) ravishda iroda kabi ruhiy jarayon ham takomillashib boradi. Ko‘pgina tajribalar shuni ko‘rsatdiki, nutqi rivojlanmagan bola to‘liq shaxs sifatida kamol topmaydi. Shunday ekan bolaning talaffuzini yoshligidanoq kuzatib, nutqiga alohida e’tibor berib borilishi zarur. Avvalo, o‘quvchilarni adabiy talaffuzga tayyorlar ekanmiz, ularning tovush talaffuzi ustida ish olib borishimiz zarur hisoblanadi. Buning uchun o‘qituvchi quyidagi vazifalarni o‘quvchilar bilan ishlashi zarur: 1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o ‘stirish, lug‘at ustida ishlash. 2. Nutqning grammatik tuzilishini shakllantirish. 3. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. 4. So‘zlashuv nutqini (dialog nutqni) shakllantirish. 5. Hikoya qilish (monolog nutq)ga o‘rgatish. 6. Bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish. Ko‘pchilik bola nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etish mumkin emas, deb hisoblaydilar. Lekin bu fikr to‘g‘ri emas. O‘z nutqi ustida doimiy va qat’iy ishlangan o‘quvchi nuqsonlarini bartaraf etishi mumkin. Ayniqsa, o‘z nutqida sirg‘aluvchi (s, z), shovqinli (sh, j, ch), sonor (1, r) tovushlar talaffuziga e’tibor berishi kerak. Agar tovush talaffuzida nuqsoni bo‘lsa, artikulatsiya apparati a’zolarining harakatiga, tovush talaffuzini takomillashtirishga yordam beruvchi mashqlarni bajarishi kerak. To‘g‘ri nafas olib, uni to‘g‘ri chiqarishi nutqning jarangdor, ohangdor boiishiga yordam beradi. U normal holdagi ovoz va tovushning hosil bo‘lishini ta’minlaydi, nutqning bir xilligi va musiqaviyligini saqlaydi, nutqning mazmundorligiga qarab ovoz kuchi va balandligini o‘zgartirish imkonini beradi. Diksiya ustida ishlash. Diksiya deganda — sof, aniq, ravshan nutqni, tovush talaffuzini tushunamiz. Yaxshi diksiyani hosil qilish uchun artikulatsiya apparati a’zolarining harakatlarini takomillashtirish va mustahkamlash kerak (lablarni sust harakatlanishini, tilning kam harakatchanligini va hokazolarni bartaraf etish), to‘g‘ri nafas olish va chiqarishga ahamiyat berish lozim. Buning uchun pastki jag‘, til, lablar harakatini rivojlantiruvchi maxsus mashqlarni bajarish kerak. Pastki jag‘ muskullari harakatini rivojlantirish uchun quyidagi mashqlarni bajarishi mumkin: 1. Pastki jag‘ni tishlar orasidagi oraliq ikki barmoq kengligida bo‘lguncha erkin ravishda qo‘yib yuborish. 2. Bir nafas chiqarishda unli tovushlarni talaffuz etish. 3. Unli tovushlarni (a, o, u, i) ovoz qo‘shib aytish. 4. Bir nafas chiqarishda bir nechta unli tovushni birgalikda cho‘zib talaffuz etish. 5. Unli tovushlarga boy bo‘lgan maqollar, tez aytishlar, topishmoqlar, so‘z o‘yinlarini aytish. Nutq orfoepiyasi ustida mashq qilish, nutqning adabiy talaffuzini o‘zlashtirish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Chunki talaffuz har doim ham qoida talabi asosida, ya’ni adabiy til normasi talablari darajasida bo‘lmaydi. Shuning uchun ham adabiy til normalari darajasidagi nutqni suxandonlardan, badiiy so‘z ustalaridan, namunali madaniy nutqqa ega bolgan kishilardan o‘rganish kerak. Ularning nutqlariga taqlid qilish lozim. Agar ayrim so‘zlarning to‘g‘ri talaffuz etilishiga, urg‘ularning ishlatilishiga shubha bo‘lsa, lug‘atdan foydalanish kerak. Xulosa qiladigan bo‘lsak, bolalarni adabiy talaffuz jarayoniga tayyorlash uchun alohida mashqlar va til xususiyatlarini egallash uchun ko‘nikma hosil qilinishi darkor. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Babayeva D.R. “Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi”-T.,”Barkamol fayz media”-2018. 2. Usmonova O'. Talaffuz niadaniyati. Т.. „Fan“, 1976- у. 3. Abdullayeva Q. Nutq o'stirish. T. ,,O‘qituvchi“, 1980- y. Download 31.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling