- OQSILLAR XIMIYASI OQSILLARGA XOS RANGLI RYEAKSIYALAR
- Biologik ob‘ektlar yoki turli eritmalarda oqsil mavjudligini rangli reaktsiyalar yordamida aniqlash mumkin. Bu reaktsiyalar oqsil tarkibidagi turli xil aminokislotalar spitsefik funktsional gruppalar yoki peptid bog’larining xossalariga asoslangan.
- Bir qancha ximiyaviy moddalar oqsilga ta‘sir etganda reaktsiya mahsuloti sifatida turli rangli birikmalar hosil qiladi. Xuddi shu reaktsiyalar asosida oqsillar va ularning tarkibidagi aminokislotalarni sifat va miqdor jihatdan aniqlash usullari ishlab chiqilgan.
- Rangli reaktsiyalar tabiatiga ko’ra ikki xil: universal va o’ziga xos rangli reaktsiyalarga bo’linadi. Birinchi turdagi reaktsiyalar hamma oqsillar uchun (biuret va ningidrin) xos bo’lib, ikkinchi xili esa oqsil molekulasida u yoki bu xil aminokislota qoldiqlari borligini aniqlashga (ksontoprotein, Million, Fol, Adamkevich reaktsiyalari va boshqalar) qaratilgan. Aminokislotalarni biologik suyuqliklar yoki to’qima ekstratlarida shu o’ziga xos reaktsiyalar yordamida aniqlash mumkin. Rangli reaktsiyalarni tuxum oqsili, jelatina eritmalari, bir necha marta suyultirilgan qon zardobi, turli hayvon va o’simlik to’qimalari ekstraktlari bilan amalga oshirish mumkin.
1 – ISH. OQSILLARGA XOS RANGLI REAKSIYALAR. - Kerakli asbob va reaktivlar. SHtativ, spirt lampa yoki gaz gorelka, pipetkalar, tuxum oqsilining 1% li eritmasi, 5 marta suyultirilgan qon zardobi, bug’doy oqsilining 1% li eritmasi, natriy gidroksidining 10% li eritmasi, mis (II) – sulfatning 1% li eritmasi, alanin eritmasi, ningidrinning 0,5% li eritmasi, tirozinning 0,1% li eritmasi, Millon reaktivi, natriy gidroksidning 30% li eritmasi, qo’rg’oshin atsetatning 5% li eritmasi, argininning 0,05% li eritmasi, naftolning spirtdagi 0,1% li eritmasi, natriy gipobromitning 2% li eritmasi, triptofanning 0,05% li eritmasi, muz-sirka kislota, kontsentrlangan sulfat kislota.
- 1-Tajriba. Beuret reaktsiyasi.
- Beuret reaktsiyasi yordamida oqsil va polipeptidlar tarkibidagi peptid bog’lari ФОРМУЛА aniqlanadi. Beuret reaktsiyasini eng kamida 3 ta aminokislota qoldig’i, ya‘ni ikkita peptid bog’i bor moddalar berishi mumkin.
- Kuchli ishqoriy sharoitda Beuret (NH2-CO-MH-CO-NH2) оксамид (NH2-CO-CO-NH2), polipeptid va oqsil eritmalariga mis tuzlari qo’shilsa, ko’k binafsha, qizil-binafsha rang hosil bo’ladi.
- Peptid bog’ni hosil qiluvchi gruppa (CO-NH-) ishqoriy muhitda tautomer yenol formasida bo’ladi.
- Kuchli ishqoriy muhitda hosil bo’lgan gidroksogruppa dissotsialanadi, natijada manfiy zaryad hosil bo’ladi, bu esa mis ioni bilan tuzsimon bog’ hosil qilishiga imkon beradi, bundan tashqari, peptid bog’ni hosil qilishda ishtirok etayotgan azot atomlari bilan ham koordinatsion bog’ hosil qiladi. Bu misli kompleks barqaror birikma bo’lib, paydo bo’lgan rang ancha uzoq saqlanadi. Polipeptidlarning misli kompleksini sxematik ravishda quyidagicha ifodalash mumkin.
- Beuret kompleksi rangining ravshanlik darajasi oqsil kontsentratsiyasiga, eritmadagi mis tuzining kontsentratsiyasiga bog’liq.
- Ishning bajarilishi. 3 ta probirka olib, birinchisiga 5 tomchi tuxum oqsilining 1% li eritmasi, ikkinchisiga 5 tomchi 5 marta suyultirilgan qon zardobi, uchinchisiga ham shuncha miqdorda bug’doy oqsilining 1% li eritmasi solinib, hamma probirkaga 10 tomchidan 10% li o’yuvchi natriy eritmasi va 1 tomchidan mis sulfat eritmasidan qo’yiladi. Uchala probirkada ham qizil-binafsha yoki ko’kish-binafsha rang hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |