O’qtuvchi: Axmedov. Q. Semenar savollari A. Maslouning ehtiyojlar nazaryasi


Download 21.1 Kb.
Sana13.12.2020
Hajmi21.1 Kb.
#165731
Bog'liq
boshqaruv 4


OzMU ijtimoiy fanlar fakulteti ijtimoiy ish yonalishi 3-kurs talabasi Xushvaqtova Shahrizodaning boshqaruv organlari va tashkilotlarida ijtimoiy ish menejmenti fanidan tayyorlagan semenar savollariga


Javoblari
Mavzu: Ozini-ozi boshqarish tizimi va amalyotida motivlashtirish va nazorat.

O’qtuvchi: Axmedov. Q.

Semenar savollari

1.A.Maslouning ehtiyojlar nazaryasi.

Abraham maslou XX asrning 40-yillarida o’zining ehtiyojlar ustunligi nazaryasini yaratib, kishilar o’z motivlari jarayonida ehtiyoj va qiziqishning 5 turiga tayandilar deydi. Uning ehtiyojlar nazariyasi quyidagi ko’rinishga ega:



Maslouning figriga ko'ra: birinchi o’rindagi ehtiyojlar, ya’ni, yashashni ta’minlash uchun zarur bo’lgan ehtiyojlar. A. Maslouning fikricha, inson eng avvalo ana shu basis ehtiyojlarni qondirish uchun ishlaydi. Bazis ehtiyojlar, oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, uy-joyga uyquga bo’lgan ehtiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi ehtiyojlar ham asta-sekin ahamiyat kasb etib boradi.

Masalan, xavfsizlikka, ya’ni tinchlik, tartib, himoyaga bo’lgan ehtiyoj ham birlamchi bosqichdagi ehtiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir. Biron ijtimoiy guruhda bo’lish, boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyoji iearxiyaning uchinchi bo’g’iniga kiradi. Bu guruhdagi ehtiyojlarni sotsial ehtiyojlar deb ham yuritiladi.

Hurmatga bo’lgan ehtiyojlar piramidasining to’rtinchi bo’g’inini tashkiil etadi. Bu ehtiyojlar kishining boshqalar tomonidan tan olinishiga bo’lgan ehtiyoj, ya’ni, mavqe, nufuz, shon-shuhrat, muvaffaqqiyat, diqqat-e’tibor. O’zligini isbotlash ehtiyoji, ya’ni, Maslou iearxiyasidagi eng yuqori daraja yashirin imkoniyatlarning haqiqatga aylanishi, nimaga erishish mumkin bo’lsa shunga erishish. Bu ehtiyojlar shaxsning o’sishida o’z aksini topadi.



Birlamchi ehtiyojlar qondirilgach, boshqa zaruriyatlar kishilarni yuqori darajadagi ehtiyojlarga qarab harakat qilishga majbur qiladi.

Maslou o’zining 1943-yildagi “Inson motivatsiyasi nazariyasi” gazetasida va uning keyinchalik “ Motivatsiya va shaxsiyat” nomli kitobida o’z ehtiyojlari ierarxiyasi tushunchasini ilgari surdi. Ushbu ierarxiya odamlarning boshqa, ko’proq rivojlangan ehtiyojlarga qarab harakat qilishhdan oldin asosiy ehtiyojlarini qondirishga majbur qilganligini ko’rsatadi. O’sha paytdagi ayrim psixologik tahlillar va xatti-harakatlarga qaratilgan bo’lsa-da, Maslou odamlarni baxtli qiladigan narsalarni va bu maqsadga erishish uchun qilayotgan narsalarni o’rganishga ko’proq qiziqish ko’rsatardi. Gumanist sifatida Maslou odamlarning o’zini-o’zi bajarishi kerak bo’lgan tug’ma istagi borligiga , ya’ni, ularning barchasi bo’lishiga ishonardi. Biroq, bu asosiy maqsadlarga erishish uchun oziq-ovqat, xavfsizlik, sevgi va o’zini-o’zi qadrlash zaruriyati kabi bir qator asosiy ehtiyojlarni qondirish kerak. Uning piramidasida eng past darajasi eng asosiy ehtiyojlardan iborat, eng murakkab ehtiyoj esa piramidaning tepasida joylashgan.
Download 21.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling