78
Ma’ruza № 7
Mavzu: Interfeysni tashkil qilish
Reja:
1. Interfeys tushunchasi va unga qo’yiladigan talablar
1.
WIMP- interfeyslar
2. Interfeysni standartlashtirish
3. Instrumental vositalar
Darsning maqsadi:
a) Interfeys turlarini tahlil qilish va qulayliklarini ko’rsatish
b) WIMP-interfeyslar elementlarini chuqurroq o’rganish
d) Interfeysni loyihalash instrumental vositalari xususiyatlarini namoyish etish
Tayanch iboralar: interfeys, interfeys turlari,
muloqotni loyihalash, WIMP-
interfeyslar, piktogramma, IBM-standarti, standartlash.
Dars o’tish vositalari: sinf doskasi, o’quv uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza
matnlari, kompyuter, ma’ruza bo’yicha slaydlar.
Dars o’tish usuli: namoyish- dasturiy vositalarni ishlatish,
jonli muloqotli
ma’ruza
Darsning xrono xaritasi- 80 minut
1. Tashkiliy qism: Xonaning tozaligi jihozlanishi, sanitariya holati,
talabalarning davomati. (2 minut)
2. Talabalar bilimini baholash: o’tilgan mavzuni qisqacha takrorlash, talabalar
bilan savol javob o’tkazish. (10 minut)
3. Yangi mavzuning bayoni: Mavzuni jonli muloqotli tushuntirish (55 minut)
4. Mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash: Shu mavzu bo’yicha qisqa savol
javob o’tkazish. (8 minut)
5. Uyga beriladigan topshiriqlar va adabiyotlar muhokamasi: Topshiriqlar,
adabiyotlar va internet- resurslarni tahlil qilish. (5 minut)
Ma’ruza bayoni
Foydalanuvchi iterfeysi va unga qo’yiladigan talablar. Ixtiyoriy programma tiz-
imini ikkita kriteriya asosida baholash mumkin. Birinchisi,
aniqlik, ya’ni berilgan
ma’lumotlar asosida aniq natijalar olish. Ikkinchisi,
qulaylik, ya’ni tizim yoki pro-
gramma bilian ishlash qulayligi. Bu xususiyat asosan
tizim bilan foyda -lanuvchi
orasidagi hamkorlik - foydalanuvchi interfeysi bilan xarakterlanadi [4].
Programma ta’minotini yaratishda interfeys elementlarini, ya’ni
kiritilishi va
chiqarilishi kerak bo’lgan ma’lumotlar to’plami va ko’rinishini alohida loyihalash
maqsadga muvofiq. Muloqot ko’rinishini tabiiy, foydalanuvchiga tushunarli va
ixcham tashkil qilinadi.
Agar tizim murakkab iyerarxik strukturaga ega bo’lsa,
u holda foydalanuvchi
ixtiyoriy paytda strukturaning qaysi bosqichida ishlayotganligini bilishi kerak.
79
Interfeysga qo’yiladigan talablarning yana bittasi bu
adaptatsiya konsepsiya-
Do'stlaringiz bilan baham: