O‘quv amaliyotning bajarilganligi to’g’risida hisobot
Download 8.81 Kb.
|
O\'quv amaliyot hisoboti 22-23
Fizika va astranomiya kafedrasi 5110200–Fizika va astronomiya ta’lim yo’nalishi 3-kurs 03/20 - guruh talabalari bilan o‘quv amaliyotning bajarilganligi to’g’risida HISOBOT Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 13-iyun 2022 yildagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini oʻtash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 202-sonli buyrugʻi, Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabalarining malaka amaliyotini oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom, 5110200–Fizika va astronomiya ta’lim yo‘nalishlari ishchi o‘quv rejalari hamda uch tomonlama (Muqimiy nomidagi QDPI-“Potensial ish beruvchi” -“Bitiruvchi-talaba”) tuzilgan shartnomalarga muvofiq 2022/2023 о‘quv yilining birinchi yarmida 5110200–Fizika va astronomiya ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabalari haftaning ikki kunida 2022-yilning 14-sentyabridan 2022-yilning 24-dekabriga qadar o‘quv jarayonidan ajralgan holda malakaviy-o‘quv amaliyotga chiqishlari, haftaning qolgan to‘rt kunida dars jadvali asosida darslarda ishtirok etishlari belgilangan. Amaliyot o‘tkaziladigan muassasalar va o‘quv amaliyoti uslubchilari aniqlangan buyruqqa asosan 5110200–Fizika va astronomiya ta’lim yo’nalishi 3-kurs 03/20 guruh talabalaridan Buvayda tumanidagi maktabda 4 ta talaba, Dang’ara tumanidagi umumta'lim maktablarida 9 ta talaba, Bog’dod tumanidagi maktabda 2 ta talaba, Uchko’prik tumanidagi maktabda 2 ta talaba, Furqat tumanidagi maktabda 2 ta talaba, O’zbekiston tumanidagi maktabda 4 ta talaba, Yozyovon tumanidagi maktabda 1 ta talaba, Qo’qon shahardagi maktabda 1 ta talaba, Rishton tumanidagi maktabda 1 ta talaba, Beshariq tumanidagi maktabda 1 ta talaba, Namangan viloyati Pop tumanidagi maktabda 1 ta talaba o’quv amaliyotini bajardilar. Talabalarning o’quv amaliyotini muvaffaqiyatli o’tkazishlari uchun ilmiy-metodik ko’rsatmalar berish bilan bir qatorda amaliyot ob’yektlari va muassasadagi shart-sharoitlar bilan tanishish muntazam yo’lga qo’yildi. Talabalar tomonidan qilingan ishlar YORIQNOMA va dasturda ko’rsatilgan baholash mezoni asosida 5 baholi tizim bo’yicha baholandi. Amaliyot natijasiga ko’ra, 28 nafar talabadan 12 tasiga “5” baho, 8 tasiga “4” baho, qolgan 8 tasiga “3” baho qo’yildi. Talabalar tomonidan 2022-yilning 14-sentyabridan 2022-yilning 24-dekabriga qadar o’tkazilishi belgilangan malakaviy o’quv amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi. Amaliyot rahbari: D.Sattorova Download 8.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling