qariyalarni to‘liq yoki qisman sanitariya tozalovidan o‘tkazish;
qariyalarni kreslo-katalkada bo‘limga olib borish;
tibbiy hujjatlarni yuritish;
qariyalarning tana haroratini, pulsini, arterial bosimni, onglilik darajasini aniqlash, nafas olishini o‘lchash va qayd etib borish;
a’zo va tizimlarni fizikal tekshirish;
hayot anamnezi va kasallik anamnezini yig‘ish;
tekshiruv maqsadi bilan tanishtirish va tekshiruvga tayyorlash(endoskopik, rentgenologik);
tekshiruvda yordam ko‘rsatish, tekshiruv vaqtida va tekshiruvdan keyin kuzatish;
nafas olish a’zolari faoliyatini kuzatish, baholash, qayd qilish;
og‘iz bo‘shlig‘i gigienasini (tish protezlarini parvarish qilish usullari bilan birga) ta’minlash;
qon aylanish a’zolari faoliyatini kuzatish, o‘lchamlarni qayd qilish;
siydik ajratish va tanosil a’zolari faoliyatini kuzatish;
siydik kateteri olib tashlangandan so‘ng fiziologik chiqaruvlarda o‘z-o‘zini parvarish qilish bo‘yicha tavsiya berish;
endokrin tizim va moddalar almashinuvi a’zolari faoliyatini kuzatish, parvarishlash, o‘lchamlarni qayd etib borish;
ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatini kuzatish, kundalik hayotda o‘z-o‘zini parvarish qilish bo‘yicha tavsiya berish;
bosh miya va asab tizimi faoliyatini kuzatish, yozuvlar olib borish;
yoshidan, kasallik turidan kelib chiqqan holda tana uchun qulay va behavotir vaziyat yaratish va tana vaziyatini o‘zgartirish usullari;
gemiplegiya bilan og‘rigan bemorlarda kundalik hayotiy faollikni (nutq buzilishida, ovqat qabul qilish buzilganda) tiklashga yo‘naltirilgan
reabilitasion parvarish ko‘nikmalari;
-sezgi a’zolari faoliyatini kuzatish, parvarish qilish, yozuvlar olib borishni (eshitishi buzilgan, ko‘zi ojiz keksalar);
- kundalik hayotda o‘z-o‘zini parvarish qilish qobiliyatini baholash;
- demensiya holatidagi keksa bemorlar bilan muloqot qilish usullarini; demensiya holatidagi bemorlarning kundalik hayot faoliyatida parvarish
qilishni (gigienik muolajalar, ovqatlanish, havfsizlik, fiziologik chiqaruvlarda yordam)
|