O‘quv dastur


O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar


Download 0.89 Mb.
bet162/170
Sana13.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1266245
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   170
Bog'liq
40920101 - Tibbiy-ijtimoiy ishlar (2)

1. O‘quv dasturiga qo‘yiladigan talablar



O‘quv dasturining nomi

Malakaviy amaliyot

Ajratilgan soat

72 soat

Mavzular soni

12

Dasturning maqsadi

Malakaviy amaliyot shahar, tuman, viloyat Davolash profilaktika muassasalarida o‘tkaziladi. Malakaviy amaliyot bo‘lajak mutaxassisning mutaxassislik mahoratini oshirishga, mehnatga ongli munosabat ko‘rsatishga, mehnat intizomiga rioya qilishga, jamoada o‘zini tuta bilishi, do‘stona hamkorlikda ishlashga o‘rgatadi.
Malakaviy amaliyotni o‘tkazishni aniq tashkil qilish, to‘g‘ri uslubiy rahbarlik va doimiy nazorat o‘quvchilarning amaliy tayyorgarligini yuqori pog‘onaga ko‘taruvchi shartlardan biridir. O‘quvchilarning amaliy o‘qitish sifati ko‘p jihatdan amaliyot o‘tkaziladigan bazalarning to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liqdir. Dastur o‘z tuzilishiga ko‘ra amaliy ta’limning barcha turlarini o‘zida mujassamlashtirib, o‘quvchilarda mutaxassislik ko‘nikmalari va mahoratini shakllantirishni bir tizimga birlashtirish imkonini beradi.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

- oilaviy shifoxona va davolash bo‘limlari tarkibiy tuzilmasi va ish faoliyati bilan tanishadilar;
- oilaviy shifoxonada ro‘yxatxona, sterillash bo‘limi, oilaviy shifokorlar xonasi va tor mutaxassis shifokorlar bo‘limlarida me’yoriy hujjatlar bilan ishlash o‘rganiladi;
- bolalar va kattalarga patronaj tizimi ishlarida ishtirok etadilar;
- aholi orasida sanitariya-oqartuv ishlarida va sog‘lom turmush tarzi targ‘ibot ishlarida qatnashadilar;
- insonga, oilaga va jamoada yashovchi insonlarga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordam jarayonini o‘rganadilar;
- kunduzgi stasionar yoki uydagi stasionardagi tibbiy-ijtimoiy xodim faoliyati bilan tanishib, ish olib boradilar;
- yotoqli bemorlarni va nogironlarni parvarishlashda, yuqumli kasalliklarni oldini olishda qatnashadilar;
- bolalarda profilaktik emlash ishi tartibi bilan tanishib, unda ishtirok etadilar.

Bilim

- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining oilaviy shifoxonada onalik va bolalikni muxofaza qilish bo‘yicha buyruqlarini;
- oilaviy poliklinikaning strukturasi va vazifasi, bajaradigan ish faoliyati, asosiy yuritiladigan hujjatlari;
- oilaviy shifoxonalarda nogironlarga va keksalarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam turlarini;
- aholi turar joylari, davolash profilaktika
muassasalari, madaniy – maishiy xizmat uylariga
qo‘yiladigan sanitariya – gigiyenik talablar;
- reproduktiv salomatlik tamoyillari to‘g‘risida OITSni oldini olish chora-tadbirlarini;
- ayollar, bolalar va o‘smirlar bilan ishlash;
- tibbiy, ijtimoiy-huquqiy maslahatlar tashkillashtirish;
- maslahatlar;

  • erta nikoh va erta homiladorlikni oldini olish;

  • homiladorlikni erta aniqlash va homilador ayol patronajini amalga oshirish;

  • chilla davrida tuqqan ayol va yangi tug‘ilgan chaqaloqni patronaj qilish, kuzatish va parvarishlash;

aholini sog‘lomlashtirishda faol ishtirok etish;
- nogiron va bemor bolalarga patronaj xususiyatlari va ularni umumiy parvarishi;




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling