1. O‘quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Anatomiya,fiziologiya va patalogiya
|
Ajratilgan soat
|
90
|
Mavzular soni
|
18
|
Dasturning maqsadi
|
O‘quvchilarga odam organizmining shaklini, tuzili-shini, uning rivojlanish jarayonini o‘rgatadi va ayni vaqtda har bir shaxsga, jinsga, yoshiga xos morfo-fiziologik va ruxiy o‘zgarishlari, shuningdek muxit sharoitlarining a’zolar tuzilishi, vazifalariga ta’siri haqida ma’lumot berish, olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llab bemorlarni tekshirish, kasalliklarni aniqlash, bemorlarni parvarish qilishda qo‘llash haqidagi bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirish.
|
O‘zlashtirish natijalari
|
organizmning to‘qima va xujayradan tashkil topganini bilib oladilar;
organizmning tuzilishi, uning tizimlardan tashkil topganini bilib oladilar;
a’zolardagi o‘zgarishlarni va moddalar almashinuvi jarayonini bilib oladilar;
a’zolarning aniq joylashishini va topografiyasini ko‘rgazmali qurollardan foydalanib bilib oladilar;
a’zolarning bajaradigan vazifalarini bilib oladilar;
a’zolarni lotin, rus va igliz tillarida nomlanishini yodlab oladilar;
torslarda, anatomik atlas, mulyaj, fantom, planshet, rangli chizmalar, jadvallarda a’zolarning tuzilishi va joylashuvi ketma - ketligini ko‘rsatib beradilar;
har bir tizimga oid kasalliklar ularning mohiyati, sabablari va oldini olish – chora tadbirlarini bilib oladilar;
daftarlariga a’zolarni rasmini chizib, ko‘nik-malarga ega bo‘ladilar.
|
Bilim
|
anatomiya, fiziologiya va patologiya fanining vazifalari, tarixi, tibbiyotda tutgan o‘rni haqidagi bilimga ega bulish;
anatomiyani o‘rganish usullari to‘g‘risida bilimlarga ega bulish;
organizmning bir butunligini, organizmni tashkil etgan tizimlarning tuzilishi va joylashuvi, bajaradigan vazifalari tug‘risida bilimlarga ega bulish
salomatlik va kasallik. Kasallik etiologiyasi, patogenezi, organizmga tashqi va ichki muxit omillari, zararli odatlar ta’siri, kasallik davrlari va oqibatlari, uning oldini olish chora tadbirlari to‘g‘risida bilimlarga ega bulish;
yallig‘lanish uning sabablari, turlari tug‘risida bilimlarga ega bulish;
organizm butunligining buzilishi natijasida shikastlanishning kelib chiqishi tug‘risida bilim-larga ega bulish;
tayanch-harakat apparati suyaklar turlari, tasnifi, umumiy tuzilishi, joylashishi, vazifalari suyak-larni shikastlanishi va uni oldini olish chora tadbirlari haqida tasavvurga ega bulish;
bug‘imlar ularning turlari, tuzilishi haqida bilimga ega bulish;
mushaklar umumiy tuzilishi, turlari, shakli joylashuvi, bajaradigan vazifalari tug‘risida bilimga ega bulish;
ovqat hazm qilish sistemasi a’zolarning tuzilishi va joylashuvi ularning ketma – ketligi, bajaradigan vazifalari hamda kasalliklari to‘grisida bilimga ega bo‘lish;
nafas sistemasi a’zolarning tuzilishi va joyla-shuvi va ularning ketma – ketligi, bajaradigan vazifalari hamda kasalliklari tug‘risida bilimga ega bulish;
ayirish va reproduktiv a’zolar sistemasi. A’zolarning tuzilishi va joylashuvi, bajaradigan vazifalari hamda kasalliklari tug‘risida bilimga ega bulish;
organizmning ichki muxiti - hujayra sitoplazmasi, to‘qima suyukligi, limfa va qon. Kon tarkibi. Fiziologiyasi. Qon quyishda uchraydigan asoratlar, qon ivish xususiyatining buzilishiga oid kasalliklar moxiyati, sabablari, asoratlari va ularni oldini olish chora tadbirlari tug‘risida bilimga ega bulish;
moddalar va energiya almashinuvi, termorngulyatsiyani inson organizmi uchun ahamiyati. Oqsil, yog, uglevod-lar, suv - tuz almashinuvi va ularning buzilishlari tug‘risida bilimga ega bulish;
endokrin bezlar tuzilishi, tasnifi, joylashuvi bajaradigan vazifalari hamda kasalliklari tug‘risida bilimga ega bulish;
yurak qon tomir va limfa tizimi a’zolarining tuzilishi, joylashuvi, bajaradigan vazifalari hamda kasalliklari to‘g‘risida bilimga ega bulish;
asab tizimi taraqqiyoti rivojlanishi qismlari, tuzilishi, joylashuvi, bajaradigan vazifalari hamda kasalliklari to‘g‘risida bilimga ega bulish;
sensor tizimi – ko‘ruv va eshituv – muvozanat analizatori, terining tuzilishi, joylashuvi, baja-radigan vazifalari hamda kasalliklari to‘g‘risida bilimga ega bulish;
|
Ko‘nikma
|
skeletda alohida suyaklarni ko‘rsatib berishni bilish va mavzuga oid rasmini chizish. Suyak singanda birinchi yordam ko‘rsatishni bilish:
mushaklarni mulyaj, planshet, anatomik atlas va jadvallarda ko‘rsatib berishni bilish va mavzuga oid rasmini chizish:
nafas a’zolarni mulyaj, tors, stendda anatomik atlas, planshetda ko‘rsata olish va mavzuga oid rasmini chizish, o‘pka ekskursiyasini aniqlash, spirometr asbobida o‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash. Vaqt birligi ichida nafas olish tezligini, sog‘lom va patologik nafas tiplarini aniqlash. Tinch xolatda va jismoniy mashkdan sung nafas tezligini aniqlash. Fonendoskop yordamida o‘pka faoliyatini eshitish. Nafas olish va chiqarish mexanizmini, birinchi bor nafas olish mexanizmini chizmalar yordamida o‘rga-nish, nafas a’zolar kasalliklaridagi patomor-fologik jarayonni jadvallarda o‘rganish;
ovqat hazm kilish a’zolarini ketma-ketligini mulyaj, stend, anatomik atlas, planshetda ko‘rsata olish va mavzuga oid rasmini chizish.Tishlarni farqlay bilish, tishlarning anatomik klinik formu-lasini bilish, jigarni paypaslab chegaralarini va konsistensiyasini aniqlash, ovqat hazm kilish a’zolar kasalliklaridagi patomorfologik jarayonni jadvallarda o‘rganish:
siydik ayirish va reproduktiv a’zolarni mulyaj stend, anatomik atlas, planshetda ko‘rsata olish, siydik tarkibi, siydik xosil bo‘lish va ajralish mexanizmini, diurez va patologik diurezni farqlash, siydik tahlil qog‘ozini o‘qishni, siydik ayirish va reproduktiv a’zolar kasalliklaridagi patomor-fologik jarayonni jadvallarda o‘rganish, mavzuga oid rasmini chizish:
bemordan qon olish va surtma tayyorlashni, gemoglobin miqdorini aniqlash, qon guruxlari va rezus faktorni aniqlash, qon ivish vaqtini aniqlash, mavzularga oid rasmlarni chizishni;
endokrin bezlari joylashuvini mulyaj, anatomik atlas, stend, planshetda ko‘rsata olish va mavzuga oid rasmini chizish. Qalqonsimon bezni paypaslashni bilish. Endokrin bezlar kasalliklaridagi patomor-fologik jarayonni jadvallarda o‘rganish;
yurak kon tomirlar limfa tizimini stend, anatomik atlas, planshet, mulyajlarda ko‘rsata olish va mavzuga oid rasmini chizish. Yurak chegaralarini aniqlashni yurak tonlarnini fonendoskop yordamida eshitishni, tinch holatda va jismoniy mashqdan so‘ng pulsni va qon bosimini o‘lchashni, EKGni standart usullar yordamida chizishni, qon to‘xtatish uchun jgut quyishni, sun’iy nafas oldirish va yurakni massaj qilish, yuza joylashgan venalarni aniqlash, yurak kon tomirlar limfa tizimi kasalliklaridagi patomorfologik jarayonni jadvallarda o‘rganish:
Asab tizimi bosh va orqa miya tuzilishini, joylashuvini mulyaj, planshet, anatomik atlas, jadval, fantomda ko‘rsata olishni, orqa miyadan chiquvchi nervlarni chiqish joylarini umurtqa pog‘onasida ko‘rsata olish, bosh miyadan chiquvchi nervlarni chiqish joylarini bosh suyagida ko‘rsatish, o‘quvchilar o‘zlarida tizza pay reflekslarini kuzatish, mavzuga oid rasmlarni chizish, asab tizimi a’zolar kasalliklaridagi patomorfologik jarayonni jadvallarda o‘rganish;
sensor tizimi a’zolarini mulyaj, planshetda stend, anatomik atlas vositasida, fantomlarda ko‘rsata olish. Ko‘z qorachig‘i refleksini aniqlashni, ko‘ruv o‘tkirligini Sivsev jadvali yordamida aniqlash, igna yordamida terining sezuvchanligini aniqlash, mavzuga oid rasmini chizish, sensor tizimi a’zolari kasal-liklaridagi patomorfologik jarayonni jadvallarda o‘rganish ko‘nikmalarini egallaydi.
|
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fan nomi
|
Farmakologiya va reseptura
Tibbiy terminologiya va lotin tili
Tibbiyot biologiyasi va odam genetikasi
Hamshiralik ishi
Terapiyada hamshiralik ishi
Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi
Jamoada hamshiralik ishi
|
O‘qitishning tashkiliy shakli
|
N – Nazariy ta’lim
A – Amaliy ta’lim
|
Dasturga qo‘yilgan talab
|
Majburiy
|
O‘qitish tili
|
Guruhga tayinlangan dars tili asosida
|
Baholash tartibi
|
Joriy baholash tartibiga asoslanib
|
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
|
Yozma, og‘zaki, savol-javob, munozara, test, amaliy topshiriq.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |