O‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar yangilanishining ta’siri


Download 252.85 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi252.85 Kb.
#1587954
Bog'liq
Ad.o\'q.Metodika

Mavzu: Istiqlol davrida o’rta maktab, Akademik litsey va kollejlarda adabiy ta’lim usulini va mazmunini yangilash bo’lgan yondashuvlar


Reja:

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida ta’lim sifati monitoringini tashkillashtirish.

O‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalar yangilanishining ta’siri.

O‘qituvchining pedagogik mahorati tajribasida ta’lim metodlari samaradorligini oshirish yo‘llari

Elektron o‘quv adabiyotlarni ishlab chiqishga qo‘yilgan talablar.

Xulosa.
XX asrning boshlarida yurtimizda yangicha ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy harakat – jadidchilik vujudga keldi. Ushbu harakatning ishtirokchilari – shoir, yozuvchi, mudarris yoxud tarixchi boʻlib, ular xalqni maʼrifatli qilishga, oʻtmishdan xulosa chiqarib, kelajakka oʻzgacha nazar bilan qarashga undashgan. Buning uchun esa birinchi galda tafakkur va dunyoqarashni oʻzgartirish kerak edi. Shu bois jadidlar, avvalo, ziyo maskanlari – maktab va teatrlar ochishgan, bir necha gazeta va jurnallarni taʼsis qilishgan, maxsus darslik va oʻquv qoʻllanmalari tuzishgan.


Millatparvarlarning yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniy haqida oʻqir ekansiz, uning dastur va darsliklari gumanistik va erkin tarbiya asosiga qurilgani, eng avvalo, dunyoviy va ilgʻor ilm-fanni bolalarga oʻrgatish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy qobiliyatini shakllantirish kabi ulkan maqsadlar qoʻyilganiga guvoh boʻlasiz.


Bugun-chi? Bugun ham millat ziyolilari taʼlim va tarbiya yoʻlida bir dam toʻxtagani yoʻq. Innovatsion oqimlar inson ongu shuurini zabt etishga ulgurgan bir pallada hech bir kishiga oson tutib boʻlmaydi. Ammo gap oʻquv kitoblari, xususan, adabiyot darsliklari haqida borar ekan, arzimas koʻringan zarraday kamchiliklardan ham koʻz yumib boʻlmaydi.
Xoʻsh, bugungi kundagi adabiyot darsliklari qay ahvolda? Ular davr talabiga javob bera oladimi?
Darsliklar yaratish masʼuliyatli va murakkab ishligini hisobga olsak, uzluksiz taʼlim tizimi uchun tayyorlangan darsliklar bir-birini takrorlamasligi, aksincha mazmunan toʻldirishi, oʻquvchi bilimini bosqichma-bosqich yuksaltirishga xizmat qilishi lozim. Hozirgi davr maktab darsliklari katta fundamental ish sifatida eʼtirofga loyiq. Lekin darsliklardagi ayrim oʻrinlar xususida mulohazalar borki, ularni aytib oʻtishni lozim topdik.
Amaldagi 5-9-sinf adabiyot darsliklarida oʻquvchilar 67 nafar oʻzbek hamda jahon adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodi, shuningdek, turli adabiy janrlar, badiiy tasvir vositalari haqidagi maʼlumotlarga ega boʻlishadi. Har bir mavzu oxirida keltirilgan savol va topshiriqlar oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi.
Avvalo, adabiyot darsliklari oʻquvchilarning yosh xususiyatlari va ruhiy dunyosiga mos boʻlmogʻi kerak. Shuni inobatga oladigan boʻlsak, 5-6-sinf oʻquvchilari hali turli oʻyinlarga qiziqadigan, har xil sarguzashtlarga boy ertak va rivoyatlarni eshitishni xush koʻradigan, multfilmlarni tomosha qilib charchamaydigan yoshda boʻladi. Maqolani yozish jarayonida chet el adabiyot darsliklarini oʻrganib chiqdik. Masalan, 5-6-sinf rus bolasi A.Dyuma, J.Vern, M.Tven, E.Seton-Tompson, A.Gofman, L.Tolstoy, A.Pushkin kabi adiblarning bolalarbop sarguzasht asarlarini oʻqiydi. Oʻzimizdagi adabiyot darslik­lariga ham oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olib, ertak va afsonalar, bolalar yozuvchilari tomonidan yaratilgan sarguzasht asarlar kiritilishi maqsadga muvofiq, deb oʻylaymiz.
Toʻgʻri, 5-6-sinf darsliklarida shunday asarlar bor. Ammo ularning safini kengaytirish lozim. Shu maqsadda, ushbu sinflarda oʻzbek yozuvchilaridan Nosir Fozilov, Erkin Malik, Anvar Obidjon, Qambar Ota hamda jahon adabiyotidan L.Tolstoy, A.Pushkin, I.Krilov, J.Vern, Lafonten, aka-uka Grim kabi ijodkorlarning bolalarga atalgan asarlaridan namunalar berish ayni muddao boʻlardi. Yuqorida nomlari zikr etilgan ijodkorlar haqida oʻquvchilar eshitgan boʻlishi mumkin, ammo ular bu adiblarning ijodi bilan tanish emaslar.
Toʻgʻri, bu ijodkorlarning kitoblari nashr etilmoqda, balki maktab kutubxonlariga ham yetib borgan. Ammo oʻquvchilar ularning asarlari haqidagi maʼlumotlarni eng avvalo maktab darsligi orqali bilib olishlari kerak emasmi?
Adabiyot darsliklarida berilgan ijodkorlarning tarjimai holi haqidagi maʼlumotlar xususida toʻxtalib oʻtsak. Ayrim shoir-yozuvchilarning hayot yoʻli bayonida faqat maʼlumotboz­lik boʻy koʻrsatadi. Ijodkor hayoti va ijodiga oid matnlarda sanalar, joy hamda asarlar nomi koʻpligidan, nafaqat oʻquvchi, hatto oʻqituvchi ham shoshib qoladi. Masalan, 5-sinfda Maqsud Shayxzoda, 6-sinfda Turob Toʻla, 7-sinfda Mirmuhsin va Oʻlmas Umarbekov, 8-sinfda Fitrat, 9-sinfda Furqat kabi ijodkorlar hayoti haqidagi maʼlumotlar shu qadar koʻp va quruq holatda berilganki, bu oʻquvchini toliqtirishi, chalgʻitishi tabiiy.
Quyidagi iqtibosga eʼtibor bering: “…yoshlar gazetasida adabiy xodim, Oʻzbekiston Davlat radioeshittirish qoʻmitasida muharrir va suxandon, Oʻzbekiston Davlat nashriyoti (Oʻzdavnashr) muharriri, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida ssenariy boʻlimi mudiri, Respublika Kinochilar uyushmasida kotib, Madaniyat vazirligi sanʼat ishlari boshqarmasi boshligʻi, Hamza nomidagi teatr direktori, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi Adabiyotni targʻib etish markazi rahbari” (6-sinf, 1-qism, 27-bet). Bu – shoir Turob Toʻlaning tarjimai holidan parcha. Oʻquvchiga ijodkorning qaysi mansabda ishlagani emas, qanday asar yozgani, uning mazmun-mohiyati ahamiyatli (aslida, bu yoshdagi bola bu lavozimlarning farqiga bormaydi ham).
Ayrim ijodkorlar haqidagi mavzular sinf­dan sinfga oʻtarkan, hech oʻzgarishsiz, qoʻshimcha va toʻldirishlarsiz koʻchiriladi. Masalan, 6-sinfda keltirilgan Muqimiy hayoti haqidagi maʼlumotni olaylik. Shoirning vafotidan keyin, uning 4-5 ta toʻplami nashr qilingani haqida aytmasak, 5-sinf darsligida berilgan maʼlumotlar shundayligicha takrorlangan. Shuningdek, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Oʻtkir Hoshimov kabi ijodkorlarning ham tarjimai hollari oʻzgarishsiz, yangi maʼlumotlarsiz darslikdan-darslikka koʻchib oʻtavergan.
Hazrat Alisher Navoiy – maʼnaviyatimiz quyoshi, ulugʻ mutafakkir. Ul zoti sharifning ibratlarga toʻla hayot va ijod yoʻli maktabgacha taʼlim muassasalari hamda boshlangʻich taʼlim jarayonidan yosh avlodga oʻrgatilib kelinayotgani tahsinga loyiq.
Ammo darsliklarda Navoiy ijodi haqidagi mavzular, bizningcha, tizimli ravishda berilmagan. Masalan, 5-sinfda ulugʻ shoir hayoti va ijodi haqida ikki sahifa, 6-sinfda esa bir sahifagina maʼlumot berilgan boʻlib, barchasi umumiy gap­lardan iborat boʻlib qolgan. Vaholanki, 6-sinfda oʻquvchilar Alisher Navoiy haqida avvalgi sinfda berilmagan maʼlumotlarni oʻqish­lari, ul zotning hayoti va ijodiga taalluqli yangi bilimlarga ega boʻlishlari kerak edi.
Ayni shu 6-sinfdagi Alisher Navoiy mavzusidan keyin berilgan savol va topshiriqlar qismida “Alisher Navoiy siymosi aks etgan qanday badiiy kitob va boshqa sanʼat asarlarini bilasiz?” degan savol bor. Toʻgʻri, 5-sinfda adib Mirkarim Osim qalamiga mansub “Zulmat ichra nur” qissasidan parcha berilgan. Oʻquvchilar, agar yaxshi oʻqigan boʻlishsa, shuni aytishlari mumkin. Ammo 6-sinfning oʻzida shoir tarjimai holida bu haqda biror gap aytilmagan. Oʻquvchi bu savolga qanday javob berishi mumkin?! Darslikning keyingi nashrlarida Alisher Navoiy siymosi aks etgan badiiy kitob va boshqa sanʼat asarlari haqidagi maʼlumotlar ham kiritilsa maqsadga muvofiq boʻlar edi. Shuningdek, 6-sinf darsligida xuddi quyi sinfdagidek Navoiy haqida yozilgan biror asarni berish foydadan xoli boʻlmaydi. Masalan, Oybekning “Alisherning bolaligi” asaridan parchalar berilsa, buyuk bobokalonimizni quruq faktlar bilan emas, badiiy tasvir orqali yaxshiroq tanitgan va oʻquvchilarda ul zotga nisbatan mehrni yanada oshirgan boʻlardik.
Hozirgi oʻquvchilardan hazrat Navoiyning qaysi gʻazallarini bilasan, deb soʻrasangiz, “Kecha kelgumdir debon…”, “Koʻrgali husnungni zoru…” kabi gʻazallari, “Gʻurbatda gʻarib…”, “Zohid sanga huru…” singari ruboiylarinigina aytishadi, xolos. Afsuski, buning asosiy sababi bir necha yildan beri oʻzgarmasdan, shunda ham faqat 8-sinf darsligidagina berib kelinayotgan “dejurniy” sheʼrlar. Aslida, darsliklarda Alisher Navoiy ijodidan namunalarning berilish tizimi ham munozarali. Eʼtibor bering: 5- va 6-sinflarda hazratning “Hayrat ul-abror” va “Mahbub ul-qulub” asarlari, 7-sinfda “Sabʼai sayyor” dostonidan parchalar, 8-sinfda bir turkum gʻazal hamda qitʼalari, 9-sinfda esa “Farhod va Shirin” dostonidan parchalar berilgan. Nahotki, butun bir yosh avlod faqat 8-sinfda akasi, opasi, amakisi, xolasi yodlagan gʻazallarni yodlashi kerak!? Axir, hazrat Navoiyning oʻzbek tilida yozilgan 2600 dan oshiq gʻazali bor-ku!
Shu maqsadda har bir sinf darsligiga shoir gʻazallariyu ruboiylaridan, qitʼalari va tuyuqlaridan namunalar hamda ularning tahlillarini kiritish lozim.
7-sinfda “Sabʼai sayyor” dostonidan parcha berilgan. Bizningcha, birinchi galda asar nima uchun “Yetti kezuvchi” deb nomlangani, uning asosiy syujeti va mazmun-mohiyati haqida oʻquvchiga tushuncha berilishi kerak edi. Ammo bu asarning gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari, tuzilishi haqida bir jumla boʻlsa-da, maʼlumot berilmagan. Shoir hayoti tugaroq, “Beshinchi iqlim yoʻlidan kelgan musofirning doston oroligʻi”, deb Mehr va Suhayl haqida voqealar boshlanib ketgan. Aslida bu asar shoh Bahrom hamda uning husn va tafakkurda tengsiz boʻlgan yori Dilorom haqida boʻlib, Bahromning shoshqaloqligi va kaltabinligi oqibatida Diloromdan ayrilgani, Bahromni chalgʻitish uchun turli rangdagi yettita qasr qurilib, yetti kecha unga turli rivoyatu afsonalar aytilgani, Mehr va Suhayl haqidagi rivoyat beshinchi kecha – chorshanba kuni moviy qasrda bir jahongashta sayyoh tomonidan aytilganini oʻquvchilar bilmay ulgʻa­yishmoqda. Shunday ekan, “Sabʼai sayyor” qanday asar, deb soʻraganingizda, Mehr va Suhayl haqida deyishsa, hech ajablanmang…
Darslik yaratish mushkul ish. Buning uchun katta bilim va salohiyat, mehnat qilish kerak. Shu bois kitoblar bir nechta muallifdan tarkib topgan jamoa tomonidan yozilgan. Amaldagi darsliklarning mualliflari ham taniqli, chuqur bilimga ega boʻlgan adabiyotshunos olimlar. Darsliklar 4-5 yilda yangilanadi (oxirgi oʻn yillikdagi yangilanish­lar unchalik farq qilarli darajada emas). Ammo mualliflar oʻzgarmaydi. Bizningcha, maktab darsliklarini tuzadigan mualliflar tarkibini qayta shakllantirish, toʻldirish kerakday. Bu bilan hozirgi darsliklarning muallifi boʻlgan hurmatli olimlarimizni qatordan chetlatish kerak, demoqchi emasmiz. Faqat kitoblarning saviyasini va mavzu mundarijasini yana yuksaltirish uchun mualliflar safini kengaytirish tarafdorimiz, xolos. Dunyoni teran anglaydigan, uygʻoq fikrli kitobxonlarni tarbiyalab voyaga yetkazish adabiyot taʼlimining kechiktirib boʻlmas birlamchi vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu maʼnoda, ilm-fanning eng soʻnggi yutuqlari, adabiyotshunoslikning yangi soʻzi asosida zamonamizning yuksak surʼati va shiddatli tafakkuri darajasiga munosib boʻlgan, mukammal darsliklar yaratish lozim. Bu ishga millat bolalarini sevgan, ularning kelajagi va maʼnaviy dunyosi uchun oʻzini javobgar deb biladigan har bir ezgu niyatli kishi daxldor boʻlishi kerak.
Shu maqsadda, darslik-majmualarda adabiyotning turli sohalari – nasr, nazm va dramaturgiya yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot olib borayotgan, turli oliy oʻquv yurtlarida adabiyot ilmi boʻyicha saboq berayotgan, adabiyot oʻqitish metodikasi bilan muntazam shugʻillanayotgan yuksak salohiyatga ega fan doktorlari va professorlarni ham jalb qilish lozim. Bunday deyishga ham sabab bor. 9-sinf adabiyot darsligida mumtoz adabiyot vakillaridan Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiy, Furqat kabi ulugʻ shoirlar bor. Ammo darslik mualliflari safida na navoiyshunos, na boburshunos, na ogahiyshunos, umuman olganda, mumtoz adabiyot olimlari bor. Agar ushbu darslik mualliflari navoiyshunos olimlarni ijodiy hamkorlikka chorlab, birga ishlaganlarida edi, “Farhod va Shirin” dostonidagi “Mashaqqatdin yigitni el qori der/ Ki, qozilmish iki-uch yuz qori yer” bayti “Mamlakatdin yigitni el qari der/ Ki, qozilmish iki-uch yuz qari yer” deb tushunarsiz holda darslikka kiritilmasdi. Yoki boʻlmasa, 5-sinfda Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi mavzuda shoirning “Hajringda bu tun koʻngilda qaygʻu erdi / Vaslinggʻa yetishmadim, jihat bu erdi / Ohim tutuni birla koʻzimning yoshidin / Yoʻl balchiq edi, kecha qorongʻu erdi” ruboiysining oxirgi ikki misrasi shunday izohlanadi: “Keyingi ikki satrda shoir hazil-mutoyibaga oʻtadi. Fojia hazil bilan beriladi…” Bizningcha, bu yerdagi holatni fojia deyish va shoirning izohini mutoyibaga yoʻyish toʻgʻri emas. Oh tutun kabi atrofni tuman kabi zim-ziyo qilishi, koʻzidan oqqan tinimsiz yosh sabab hammayoq loy-balchiq boʻlishi – bu mubolagʻa, boʻrttirish sanʼatidir.
Shuningdek, darsliklarda berilgan xalq ogʻzaki ijodiga doir namunalar – turli xalq qoʻshiqlari, maqol va topishmoqlar, dostonlarning tahlilida ham folklorshunos olimlarning koʻmagidan foydalanish mumkin edi…
Adabiyot darsliklarida bir qancha ilmiy-­uslubiy, imloviy xatolar ham mavjudki, ularni tuzatish maqsadga muvofiqdir. Quyidagilarga eʼtibor bering:

5-sinf darsligida Imom al-Buxoriyning “Al-jomeʼ as-sahih” kitobi toʻgʻrisida fikr yuritilib (31-bet), ushbu kitobga 600 ming hadisdan 7397 ta hadis kiritilgani aytilgan. 7-sinf “Oʻzbekiston tarixi” darsligining 102-betida “Al-jomeʼ as-sahih”ga kiritilgan hadislar soni 7275 ta deb koʻrsatilgan. Bir necha yil boʻldiki, bu tafovut hech kimning eʼtiborini tortmadimi, shundayligicha qolib ketayotir. Faraz qiling, oliy oʻquv yurtiga kirish imtihonidagi abituriyentga ona tili va adabiyot, tarix hamda chet tilidan iborat testlar toʻplami keldi. Ikki fandan tuzilgan testlarda ham bir xil – Imom Buxoriyning “Al-jomeʼ as-sahih” kitobiga qancha hadis kiritilgan, degan savol berildi deylik. Oʻz-oʻzidan maʼlumki, abituriyent ikkala fan kitobida qanday yozilgan boʻlsa, oʻshani belgilaydi.



Xoʻsh, oʻquvchilarni chalgʻitayotgan maʼlumotning aslida qaysi biri haqiqatga yaqinroq? Bu savolga toʻgʻri javobni 2017 yili “Oʻzbekis­ton milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan “Islom” ensiklopediyasidan topamiz: “Undan (“Al-jomeʼ as-sahih” – H. M.) Imom Buxoriy tomonidan toʻplangan 600 mingga yaqin hadis orasidan ishonchli hadislar sifatida tanlab olingan 7275 hadis (takrorlanadiganlari bilan birga) joy olgan. Toʻplamda takrorlanmaydigan hadislar soni 4000 dan iborat” (415-bet). Ushbu ensiklopediya bir necha tarixchi olimlar, islomshunoslar, diniy ulamolar tomonidan tayyorlangan. Demak, hadislarning 7275 taligi haqiqat. Shunday ekan, 5-sinf adabiyot darsligining keyingi nashrida bu maʼlumot toʻgʻrilanadi, degan umiddamiz.
– 5-sinf adabiyot darsligining 2-qismida Alisher Navoiy 90 yoshli Lutfiy bilan koʻrishganida 12 yoshda ekani aytiladi. Hazrat Navoiyning tugʻilgan yilidan kelib chiqsak, bu voqea 1453 yilda yuz bergan. 8-sinf adabiyot darsligida Lutfiyning tugʻilgan sanasini 1366 yil deb koʻrsatilgan. 1366 ga 90 ni qoʻshsak, 1456 hosil boʻladi. Demak, bu maʼlumotda ham tafovut bor.
– 5-sinfda turli afsona va rivoyatlardan iborat hind eposi sifatida “Panchatantra” va “Kalila va Dimna” alohida asarlar sifatida sanab oʻtilgan. 8-sinfda esa u bitta asar sifatida izohlangan: “…sanskrit tilida mashhur “Panchatantra”, yaʼni keyinalik “Kalila va Dimna” nomi bilan mashhur boʻlib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi” (72-bet).
8-sinfdagi maʼlumotga tayanilsa, ikkala asar bitta ekanligi oydinlashadi. Koʻrinib turibdiki, maʼlumotlar bir-birini inkor qiladi.
– 6-sinfning 1-qismida Turob Toʻlaning “Yetti zogʻora qissasi” asaridan olingan “Doʻnan” nomli hikoyaning hajmi toʻrt sahifa. Ammo hiqoya haqidagi tahlil undan katta – olti sahifani egallagan. Bizningcha, tahlilning haddan ziyod koʻpligi oʻquvchining fikrlashi uchun imkon qoldirmaydi.
– 6-sinfda Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” qissasi berilgan boʻlib, mavzu oxirida shunday savol keltirilgan: “Adabiy asar asosida yaratiladigan kinofilm yoki spektakllar oʻsha asar bilan bir xil boʻlishi kerak, deb hisoblaysizmi? Kinofilm va qissaning oʻziga xos hikoya yoʻsinini solishtirishga harakat qiling”. 12 yoshli bolaga bunday savol bilan murojaat qilish toʻgʻrimikan?!
– 9-sinfda berilgan “Farhod va Shirin” dostonida ham mazmunga putur yetkazadigan bir qancha imloviy xatolar bor. Masalan: “Bu farni hodiyi baxt yetgach irshod, Ravon shahzoda otin qoʻydi “Farhod” (aslida “Bu farni hodiyi baxt etgach irshod, Ravon shahzoda otin qoʻydi “Farhod”); “Bu jalvalkim, chekibdurlar aroda, Ariq qozmoq qilibdurlar iroda” (aslida “Bu jadvalkim, chekibdurlar aroda, Ariq qozmoq qilibdurlar iroda”); “Ne imkonim qaror oʻlgʻay koʻngulga, Tasalli oshkor oʻlgʻay koʻngulga” (aslida “Ne imkonkim qaror oʻlgʻay koʻngulga, Tasalli oshkor oʻlgʻay koʻngulga”).
– Yana shu sinfda mustaqillik davri oʻzbek adabiyoti haqidagi mavzuda “Shoirning toʻyi”, “Chapaklar va chalpaklar mamlakatida” nomli asarlar muallifi sifatida “A.Aʼzam” degan ism-sharif koʻrsatilgan. Zamonaviy oʻzbek adabiyotidan boxabar boʻlgan kishi bu asarlar Ahmad Aʼzamga emas, Erkin Aʼzam qalamiga mansubligini biladi.
– 5-sinfda Saʼdiy Sheroziy hayoti va ijodidan keyin berilgan topshiriqlarda shunday savol bilan murojaat qilinadi: “Tabʼi aybjoʻylik boʻlsa agar bas, Tovus oyogʻidan boshqasin koʻrmas” satrlari maʼnosini tushuntirib bering”. Xoʻsh, 12-13 yoshli bola shu savolga javob topa oladimi? Aslida, Shayx Saʼdiyning asarlaridan olingan sheʼriy parchalarni birinchi galda tahlil qilish, oʻquvchilarga soddaroq tilda tushuntirish lozim edi. Ammo mualliflar bundan chekinib, yuqoridagi kabi savollar bilan oʻquvchini oʻylantirib qoʻyishmoqda.
Shu oʻrinda muhim bir masalaga toʻxtalsak. Til va adabiyot sohasining ham ilmiy, ham amaliy jabhasi boʻlgan muassasalar – Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi tasarrufidagi Oʻzbek tili, adabiyoti va folk­lori instituti, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti nega darslik yaratish jarayoniga jalb qilinmaydi? Kelajak egalarining tafakkurini rivojlantirish va ularning koʻngliga ezgulik hamda toʻgʻrilik urugʻlarini qadashda, nahotki, sanoqli mutaxassislarning maqolalariyu taqrizlari yetarli boʻlsa?! Bizningcha, bu ishda koʻpchilik boʻlib, bahamjihat ishlagan maʼqul. Shu boisdan ham, yuqorida sanab oʻtilgan tashkilotlarni darslik yaratish jarayonida bevosita ishtirok etishlari, oʻz fikr-mulohazalari bilan darsliklarning yanada mukammalroq boʻlishiga hissa qoʻshishlari kerak.
… Yaqinda oliy oʻquv yurtiga kirish uchun repetitorga qatnaydigan bir yigit bilan suhbatlashib qoldim. Adabiyot sohasiga yaqinligimni bilib, “Hozir ham tirik shoirlar bormi?” deb qoldi. Dafʼatan kulib yubordim. Kulganimdan xijolat boʻldimi, “Toʻgʻri-da, darslikdagi hamma shoirlar vafot etgan. Hozir ham yashab ijod qilayotganlari kiritilmagan, demoqchiman”, dedi. Bu gapdan keyin esa kulolmasdim, aksincha, ich-ichimdan xoʻrsindim. Negaki, bu yigit darslikka qarab, bugungi kunda adabiy asarlar yaratilmayapti, bosh­qa shoir-yozuvchi yoʻq ekan, degan xayolga borayotir.
Afsuski, bunday yoshlar (abituriyentlar) koʻplab topiladi. “Bularning hozirgi adabiy jarayondan uzoqligiga oʻzlari aybdor, gazeta-jurnal oʻqishmaydi, televideniyedagi badiiy-maʼrifiy koʻrsatuvlarni koʻrishmaydi”, deydiganlar ham topilsa kerak. Balkim.
Yaxshiyamki, oliy oʻquv yurtlaridagi kirish imtihonlarida ona tili va adabiyot fani qoʻyilgan ekanki, koʻpchilik yoshlar test uchun boʻlsa-da, shoir-yozuvchilarimizning hayoti va ijodini oʻqib, yodlashmoqda.
Shu maʼnoda, adabiyot darsliklari bugungi adabiy jarayon darakchisi boʻlishi ham kerak. Omon Matjon, Muhammad Ali, Halima Xudoyberdiyeva, Murod Muhammad Doʻst, Erkin Aʼzam, Xayriddin Sultonov, Yoʻldosh Eshbek, Usmon Azim, Xurshid Davron, Azim Suyun, Mirza Kenjabek, Xurshid Doʻstmuhammad, Eshqobil Shukur, Sirojiddin Sayyid, Nazar Eshonqul, Iqbol Mirzo, Shoyim Boʻtayev, Luqmon Boʻrixon, Isajon Sulton, shuning­dek, marhum ijodkorlardan Muhammad Rahmon, Matnazar Abdulhaqim, Aʼzam Oʻktam, Ravshan Fayz kabi shoir-yozuvchilarning borligi, ularning ajoyib asarlari oʻzbek adabiyotining eng yaxshi namunalari ekanligidan bexabar avlodning koʻpligiga ham ayni shu hol – maktab darsligida zamonaviy oʻzbek adabiyoti vakillarining, “tirik” ijodkorlarning yoʻqligi sabab boʻlayotir. Bundan tashqari, Shukur Xolmirzayev, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon kabi ijodkorlarning yurt va millatni sevishga undaydigan, erk va ozodlik kabi muqaddas tuygʻularni oʻz asarlarida bosh gʻoya sifatida aks ettirgan asarlari negadir darslikdan tushib qoldi… Ularning oʻrniga kiritilgan Saida Zunnunova, Xayriddin Saloh, Turob Toʻla, Mirmuhsin kabi ijodkorlarga ehtirom koʻrsatgan holda ismlari avvalroq keltirilgan shoir-yozuvchilar haqida ham oʻquvchilar bilishi, asarlarini oʻqib oʻrganishlari lozim, deb hisob­laymiz.
Toʻgʻri, 9-sinf darsligining oxirgi mavzusida mustaqillik davri oʻzbek adabiyoti haqida muxtasar maʼlumot berilgan. Ammo ushbu mavzu may oyining oxirlariga toʻgʻri kelishini inobatga olsak, bu mavzuning oʻtilishi gumon (ushbu mavzu matni mustaqillik davridagi oʻzbek adabiyotining ahvoli haqida xorij jurnalida eʼlon qilish uchun yozilgan taqrizga oʻxshaydi: muallif va asar nomlari koʻp, umumiy gaplardan iborat). Qolaversa, oʻquv yili oxirida darslar taʼtil kayfiyatida oʻtilishi sir emas. Ayniqsa, 9-sinf oʻquvchilari bitiruv imtihonlariga tayyorgarlik koʻrib, nafaqat adabiyot, balki boshqa fanlarni ham diqqat bilan oʻqib, oʻzlashtirishmaydi. Shuning uchun hech boʻlmaganda 7-, 8-, 9-sinflarda yuqorida nomlari sanab oʻtilgan ijodkorlarning hayoti va ijodini yoritish ayni muddao boʻlar edi.
Shu oʻrinda yana bir narsani eslab oʻtish kerak. Akademik litseylarning 3-bosqich adabiyot darsligining oxirgi boʻlimida mustaqil oʻqish uchun hozirgi adabiy jarayon vakillari asarlari berilgan. Ammo bular ham oʻquvchilar tomonidan katta qiziqish bilan oʻqilmaydi. Sababi boʻlimning nomidan bilinib turibdi: mustaqil oʻqish uchun! Shuning uchun ham hozirgi davr ijodkorlarini maktab darsliklariga kiritish zaruriy holga aylandi.
Yuqoridagi barcha fikrlar oddiy bir kitobxonning mulohazalari deb qaralishini istardik. Biz darsliklar mualliflarini tanqid qilish yoki ularga aql oʻrgatish iddaosidan yiroqmiz. Istagimiz, ushbu fikrlar taklif sifatida qabul qilinib, agar maʼqul boʻlsa, keyingi nashrlarda eʼtiborga olinsa…
O’zbekiston ta’lim muassasalarida amal qilinayotgan adabiyot o’qitish metodlarini xorijdagi o’qitish metodlari bilan qiyoslab o’rganish.
Reja:

O’zbekistonda amal qilayotgan adabiyot o’qitish metodlari

Xorijdagi adabiyot o’qitish metodlari
Oʻzbek adabiyoti ta‘limi mazmunida uzviylik va uzluksizlikni ta‘minlash — murakkab va keng qamrovli muammolardan. Shu bois bu borada yanada samarali natijalarni qoʻlga kiritish uchun, avvalo, xorijiy tajriba asosida uning ilmiy va metodik asoslarini yaratish lozim. Bugun maktablarimizda adabiyot ta‘limida kо'proq shaklga e‘tiborberilayotgani kuzatilmoqda.

Oʻzbek adabiyoti ta‘limida mazmuniy uzviylikni ta‘minlashda tabiiyki, oʻquv-uslubiy adabiyotlar, darsliklar sifatini yaxshilash, adabiyot fanidan beriladigan bilimlarning bosqichlararo uzluksizligini ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, oʻquvchi-talabalarning yosh xususiyatini ham hisobga olish zarur. Ushbu masalaning samarali yechimlari adabiyot fanlarini integrasiyalash va uzviylikka yordam beradigan oʻqitish turlarini aniqlashda ham aks etadi.


Bugun ta‘limi rivojlangan koʻplab xorijiy mamlakatlarda adabiyot oʻqitilish, shu jumladan badiiy asar tahliliga yondashuvlarda bizdan farq qiladigan bir qancha jihatlari bor. Ta‘lim standartlari oʻquvchilar egallashi lozim boʻlgan kompetensiyalarni belgilaydi. Ulardagi kompetensiyalar aniq va obyektiv belgilanib, spiralsimon shaklda rivojlanib boradigan kichik kompetensiyalarga boʻlinadi. Masalan, oʻquvchi asar syujetining tarkibiy elementlari, (perspektiva, retrospektiva, badiiy asardagi stilistik figuralar (metafora, metonimiya kabi), ayrim epizodlarning badiiy matn mazmuniga ta‘sirini izohlay olish koʻnikmalariga ega boʻladilar. Shuningdek, standartlar oʻquvchida badiiy asarni toʻliq oʻqish koʻnikmasini shakllantiradi. Bunda oʻqituvchilarga oʻquvchilar oʻqishi uchun tavsiya qilingan mualliflar va asarlar roʻyxati beriladi. Oʻqituvchi tavsiya qilingan roʻyxatdagi adiblar va asarlarni oʻquvchilarining qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda oʻzi tanlaydi. Bunda oʻquv yili davomida oʻtilgan asarlar soni muhim rol oʻynamaydi, tanlangan asarlar toʻliq oʻqiladi va badiiy matn atroflicha tahlil qilinadi. Qolaversa, koʻplab gʼarbmamlakatlaridagi adabiyot darsliklarida ―asar haqida" degan boʻlim berilmaydi, balki savol va topshiriqlar vositasida oʻquvchining asarga munosabati shakllantiriladi. Savol va topshiriqlarning oʻquvchilarni asargaqiziqtirishi, asar mazmunini tushunishga tayyorlashi, badiiy matnni tushunish — tahlil qilishga, mustaqil fikrlashga, badiiy asar ustida chuqur mushohada yuritishga, adabiyotni san‘atning boshqa turlari, boshqa fanlar va oʻquvchi hayoti bilan aloqasini ta‘minlash, oʻquvchida ogʼzaki va yozma nutqni, ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga qaratilganligi bilan oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Masalan, Angliya va Amerikada nashr qilingan adabiyot darsliklarining deyarli barchasida ―Think critically (tanqidiy tafakkur), ―Connect to life‖ (asarning bugungi kun bilan bogʻiqligi) ―Extend interpretation‖ (Keng koʻlamli talqin) kabi qismlar mavjud boʻlib, bularning barchasi oʻquvchining tafakkuri rivojiga xizmat qiladigan savol va topshiriqlardan iborat boʻladi. Ularda badiiy matn bilan ishlashning muayyan bosqichlari (asarni oʻqishdan oldin, oʻqish davomida va oʻqishdan keyin) mavjud.Har bir bosqichning оʼz maqsadi va uslublari bor.
Xorijda adabiyot oʻqitilishining bizdan farq qiladigan yana bir jihati – adabiyot oʻqitish metodikasida badiiy matn bilan ishlashning muayyan bosqichlari (asarni oʻqishdan oldin, оʼqish davomida va оʼqishdan keyin) mavjudligi. Har bir bosqichning оʼz maqsadi va uslublari bor. Оʼqishdan oldingi mashqlar оʼquvchini asarga qiziqtirish, asar mazmunini tushunishga tayyorlashga xizmat qilsa, оʼqish davomida bajariladigan mashqlar bevosita badiiy matnni tushunish — tahlil qilishga qaratiladi. Bunda asar tahlili faqat syujetni qayta hikoyalash bilan cheklanmaydi.
Оʼqishdan keyingi mashqlar esa asar ustida chuqur mushohada yuritish, adabiyotning, san‘atning boshqa turlari, boshqa fanlar va оʼquvchi hayoti bilan aloqasini ta‘minlash, оʼquvchida ogʼzaki va yozma nutqni, ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga qaratiladi.
Оʼzbek adabiyotini оʼqitish metodikasi bugun ―mahalliy‖ оʼqitish strategiyalardan оʼqituvchi va оʼquvchining adabiy ta‘lim haqidagi fikrlarini tiniqlashtirishga xizmat qiladigan global yondashuvlar tomon qadam tashlashi, adabiy matnni qanday оʼrganish emas, nima uchun оʼrganish kabi muammolarni masala qilib qоʼyishi va badiiy asar mazmunini chuqurroq tushunishga olib borish yоʼllarini kashf etishi talab etiladi. Ma‘lumki, badiiy estetik jihatdan san‘at darajasiga kоʼtarilgan, chuqur ijtimoiy gʼoyaviy mazmunga ega badiiy asarlargina оʼquvchilar tafakkuri, dunyoqarashi va adabiyot haqidagi fikrlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu borada оʼzbek adabiyoti ta‘limidagi murakkab va keng qamrovli muammolardan biri bоʼlgan uzviylik va uzluksizlikni mantiqan tоʼgʼri ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Оʼzbek adabiyoti ta‘limida mazmuniy uzviylikni ta‘minlashda, tabiiyki, оʼquv-uslubiy jonliroq bоʼlishini ta‘minlaydi. Ikkinchidan, ta‘lim bosqichlarida badiiy asar mutolaasiga erkin yondashuv shakllanadi.
Bugungi yoshlar virtual olamda ulgʼayaptilar. Virtual, texnika olamining bir qancha ijobiy xislatlari barobarida uning salbiy oqibatlari kоʼplab balogʼat yoshidagi farzandlarimizni ―siylab оʼtayotgani ham ma‘lum haqiqat. Оʼn yetti, оʼn sakkiz yosh yuqori sinf оʼquvchilari ongidagi оʼzgarishlarning eng muhim davri hisoblanadi. Bu davrda ular umid va umidsizlik, topish va yоʼqotish, sevgi va nafrat, sadoqat va xiyonat, qadriyat, insoniylik kabi masalalar mohiyatini toʻgʻri va atroflicha anglashga ehtiyojmand boʻladilar. Kоʼpchiligi esa ―pul hamma narsani hal qiladi qabilidgi notoʻgʻri qarashlarga ergashib boshi berk kоʼchalarga kirib qoladi. Moddiylik gʼam alamni, gunohni, yоʼqotishlarni, umidsizlik bilan bogʼliq muammolarni hal qila olmasligini anglashda esa ulardagi hayotiy tajriba yetmaydi. Mana shunday davrda ular ongidagi ma‘naviy bоʼshliqni adabiyot tоʼdiradi. Adabiyot ularga najot quroli bоʼlib xizmat qiladi. Zotan inson huquqlarini ilk bora himoya qilish va ularni zalolatdan qutqarish maqsadida nozil bоʼlgan Allohning kalomi QURʼONI karim yaratilgandan davrdan boshlab sоʼz san‘ati insoniyatning ogʻir kechmishi, qirgʼin va halokatida, unga ozodlik, erkinlik, оʼzlikni anglash kabi eng ulugʼ tuygʼularni in‘om etib, muallimlik qilganligi isbotlangan.
Hayot hech kimga ―qanday qilib‖ degan savolga javob bermaydi, shuningdek, inson muammolarining yechimiga kоʼrsatmalar berish imkoniga ham ega emas.

Badiiy asar, jumladan roman, hikoya yoki drama ham bugun yoshlarimizni оʼrab olayotgan muuammolarni bartaraf etish imkoniga ega emas. Aniqroq qilib aytganda, adabiyot davolash shakli emas, ammo оʼrganish vositasidir. Chunki asarlarda savob va gunohlar, hayotiy yоʼqotishlar, adolat, yaxshilik, yomonlik va yana bir qancha umuminsoniy xususiyatlar aks etgan voqea hodisalar bayon qilinadi. Keng doiradagi nuqtai nazarlar, konsepsiyalar, munosabatlar, tushunchalar eshigini ochadiki , badiiy asarda aks etgan voqea hodisalar orqali оʼquvchi eng kamida оʼzini taftish etish, tahlil qilish majburiyatini his qiladi, hayot haqidagi chalkash tushuchalarning asl mohiyatini anglaydi. Оʼzi sevib, ma‘naviy ehtiyoji оʼlaroq mutolaa qilgan badiiy asar namunasi va undan olgan xulosalari оʼquvchining hayot haqidagi qarashlarini, konsepsiyalarini tartibga solishda, tоʼgʻri tushunchalar strategiyasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy asar orqali оʼquvchi yangi dunyoni kоʼrishni оʼrganadi.


Adabiyot darslarida ―nima uchun bu asarni оʼqishimiz kerak? yoki ―falon asar оʼrniga falon asarni оʼrgansak bоʼlmaydimi? degan savollarni kоʼp eshitamiz.Оʼqituvchining mazkur savolga javobi – оʼquvchining notanish badiiy asarga mehr-muhabbatini uygʼotishga bоʼlgan dastlabki qadam. Оʼqituvchining savolga munosabati talabalarni adabiyotga yaqinlashtirish va ularni badiiy asarga bogʼlashga, qiziqishini orttirishga ragʼbat berishi kerak. Zotan adabiyot оʼqituvchisi boshqa fan оʼqituvchilariga nisbatan maxsus intizom va tartibga, muayyan kognitiv maqsalargaega bоʼladi. Uning eng muhim, fundamental maqsadlaridan biri mudom ma‘naviy, intellektual va ijtimoiy rivojlanishda bоʼlishdan iboratdir. Adabiyot оʼqituvchisi bergan ta‘lim ragʼbati yoki Qodiriy, Chоʼlpon, Tolstoyni оʼqish jarayonlaridagi ta‘limiy yondashuvlar ularni bir kun kelib adabiyot оʼqituvchisi bоʼlish orzulariga katta turtki beradi.
Adabiyot оʼqitish metodikasi ham boshqa fanlar kabi оʼzgaruvchan, rivojlanish xususiyatiga ega. Qolaversa, bugun zamonaviy оʼzbek adabiyoti shakl va ham mazmun jihatdan rivojlanib, sharq va gʼarb tajribasiga asoslangan оʼziga xos badiiyasar namunalari yaratilmoqda. Bugungi zamonaviy adabiyot jahoniy tafakkur natijasi оʼlar yaratilayotgan ekan, uni оʼrganishda, san‘at darajasidagi jihatlarni kashf etishda ham yangicha yondashuvlar, jahon adabiy ta‘limining ibratli nazariyalari, ilmiy metodologik qarashlar asosidagi yondashuvlaridan foydalanib, adabiyot оʼqitish metodikasini yuqori bosqichlarga olib chiqish vaqti keldi, bizningcha.

Keyingi оʼn yil badalida jahon adabiy ta‘limi maydonlarida adabiyot fanlarini оʼqitishning zamonaviy tamoyillari, xalqaro strategiyalari, adabiy ta‘limning jahon standartlari darajasidagi ilmiy-nazariy, ilmiy-metodologik asoslari aks etgan kоʼplab tadqiqotlar yaratildi va hanuz yaratilmoqda. Ta‘lim berish (adabiy ta‘lim nazarda tutilmoqda) nazariyalarining takomillashi barobarida о„rganishning konstruktivizm, bixevorizm, gumanizm kabi yangicha yondashuvlari, о„rganish uslublariga xos klassifikasiyalar, badiiy tahlilga kulturologik yondashuv, badiy tahlilda metatil tushunchasi, tranzaksiya nazariyasi (ayrim manbalarda reseptiv estetika, kitobxon javobi nazariyasi deb berilgan) kabi kоʼplab yangi tushunchalar, nazariyalar paydo bоʼlyaptiki, milliy metodika yuqoridagi global ta‘lim imkoniyatlaridan bebahraAdabiyot оʼqitish metodikasi ham boshqa fanlar kabi оʼzgaruvchan, rivojlanish xususiyatiga ega. Qolaversa, bugun zamonaviy оʼzbek adabiyoti shakl va ham mazmun jihatdan rivojlanib, sharq va gʼarb tajribasiga asoslangan оʼziga xos badiiy asar namunalari yaratilmoqda. Bugungi zamonaviy adabiyot jahoniy tafakkur natijasi оʼlaroq yaratilayotgan ekan, uni оʼrganishda, san‘at darajasidagi jihatlarni kashf etishda ham yangicha yondashuvlar, jahon adabiy ta‘limining ibratli nazariyalari, ilmiy metodologik qarashlar asosidagi yondashuvlaridan foydalanib, adabiyot оʼqitish metodikasini yuqori bosqichlarga olib chiqish vaqti keldi, bizningcha


Badiiy asar ustida ishlash


Reja:

1. Badiiy asar ustida ishlash bosqichlari.

2. Badiiy asarni o’qishga tayyorgarlik.

3. Badiiy asar matni ustida ishlash

Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o'qituvchi badiiy asarning san'at asari sifatida o'ziga xos xususiyatlari va o'quvchilarning tayyorgarlik darajasini nazarda tutadi.

Badiiy asarda barcha qismlar (g'oyaviy asos, kompozitsiya, sujet, tasviriy vositalar) o'zaro bog'liq bo'ladi. Sujet rivoji asosida asar qahramonlarining yangi-yangi qirralari ochila boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o'qish va idrok etishni talab etadi.

O'quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o'rgatish ularda adabiy-cstetik tahlil malakasini shakllantirish va o'stirish orqali ta'lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissi-oti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg'otadi. Asar tahlili o'qituvchidan o'quvchilar faoliyatini ma'lum maqsadiga yo'naltirishni taqozo qiladi.

,,Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan hayotiy voqeani yoritish orqali o'quvchilarni badiiy adabivot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. O'quvchilarning yozuvchi oldinga surgan g'oya, muammolarni to'liq tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlarni tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo'lmaydi"1.

O'quvchi asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mu­tolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma'noni chuqur o'rganishga yordam beradi.

O'qituvchi badiiy asar ustida ishlashda quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:


Asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishi.

Asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olishi.

Har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi.

Asarni qanday metodiar asosida o'rganishni aniqlashi.

5. O`quvchilar egallaydigan bilim, ko'nikma va malakalar doirasini belgilab olishi.


Boshlang`ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bos-qichga boiinadi:

Birinchi bosqich (birinchi sintez). Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat.

Ikkinchi bosqich (analiz)- Bu bosqichning vazifasi va ish mazmuni voqealar rivojining bog'lanishini belgilash, ishtirok etuvchi shaxslaraing xulq-atvori va ularning asosiy xususiyatlarini aniqlash (nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini ochadi), asar kompozitsiyasini ochish (tugun, kulminatsion nuqta, yechim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil qilish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat.

Uchinchi bosqich (ikkinchi sintez). Bu bosqichning ish mazmuni ishtirok etuvchi shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlarni taqqoslash va baholash, asarning g'oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish manbai va san'at asari sifatida baholash (qanday ma'lumotlarga ega bo'ldik, asar nimaga o'rgatadi, muallif o'z fikri va taassurotlarini qanday qilib aniq-ravshan va ta'sirli tarzda yetkazadi va hokazo)dan iboratdir.


Ikkinchi sintezdan so'ng o'qilgan asarga bog'liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o'tkaziiadi.

Asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, o'quvchilar faolligi ortadi, chunki asarni tahlil qilish ular uchun ijodiy jarayondir.

Badiiy asarni o'qishga tayyorgarlik

Asarni o'qishga kirishishdan oldin o'quvchilarni badiiy asarni o'qishga tayyorlash lozim bo'ladi. Chunki o'quvchilar asar mazmunini to'g'ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma'lum tasawurga ega bo'lishlari zarur. Buning uchun tayyorgariik ishlari o'tkaziiadi.

Ma'lumki, sinfda o'qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi. O'quvchilarni matn bilan tanishtirish o'qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi.

Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma'lumot berish, o'quvchilarni asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko'p ma'noli so'zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash kabi masalaiarni o'z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo'lsa, tabiat qo'yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o'qish muvaffaqiyatini ta'minlashga xizmat qiladi.

Matn bilan dastlabki tanishuvdan so'ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda o'quvchilarning faolligini oshiradi:

/. Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb o'ylaysiz?


2. Hikoya qahramonlaridan qaysi binning xatti-harakatini ma'qul-
laysiz? Qaysi birining fe 'l-atvori, o'zini tutishi sizga yoqmadi?

3. Hayotda shunday kishilarni uchratganmisiz?


Tayyorgarlik ishlarining vazifalari quyidagilar:

O'quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi


tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta'sir etadigan yangi
ma'lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan dalillarni o'quvchilarning
o'z hayotida kuzatganlari bilan bog'lay olishlariga sharoit yaratish.

Yozuvchining hayoti va ijodiga qiziqish uyg'otish. Masalan,


4-sinfda Zafar Diyorning hayoti va ijodi haqida quyidagicha ma'lumotlar
berish mumkin: Zafar Diyor Namangan viloyatining Chust tumanida
tug'ilgan. Ota-onasi dehqon bo'lgan. Uiar kambag'allikda kun ke-
chirishgan. Zafar Diyor to'rt yoshga to'lganda uning oilasi Toshkentga
ko'chib keladi. Onasi bosmaxonada ishlaydi. Shoirning o'zi esa eski
maktabda o'qiydi. Keyinchalik Toshkentdagi 7-bolalar uyida tarbiyala-
nadi. Shoirning birinchi she'rlar to'plami 21 yoshida bosilib chiqadi.

O'quvchilarni asarni hissiy idrok etishga tayyorlash.

Asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so'zlarning lug'aviy
ma'nolarini tushuntirish. Masalan, 4-sinf ,,0'qish kitobi"dagi ,,Xarita"
matni ustida ishlaganda so'z va iboralar lug'ati quyidagicha bo'lishi
mumkin:

Og'zing ochilib qolsin — hayron bo 'lib qolgin

Qolipdan chiqqan g'ishtdek — hamma tomoni birdek tekis

Loqayd —befarq

Kashfiyot — izlanishlar natijasida yarailgan narsa; ixtiro

Ayilday botdi — qattiq tegdi, ranjitdi

Pisanda qilmoq — oldindan biror shart qo ymoq; ta 'kidlamoq.
Tayyorgarlik ishlarining ta'limiy shakllari xilma-xil boiib, o'qituvchi asar mazmuni va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tay­yorgarlik davrida nimalar haqida ma'lumot berish maqsad qilingan bo'lsa, avvalo, o'quvchilarning o'zlaridan ular haqida bilganlari so'rab aniqlanadi. Masalan, ,,Kitobga ixlos" asarini o'qishga tayyorgarlikda o'quvchilarning dastlabki bilimlari quyidagicha aniqlanadi:

o`qituvchi: — Bugun biz Vatanimizning o`tmishiga sayohat qilamiz. Sayohatimiz Buxoro shahriga bo'ladi. Sayohatchilar ikki guruhga bo'linadi. Buxoro darvozalari ochilishi uchun bir necha tilsimlarni yechishimiz zarur. Buning uchun har bir guruh o'ziga berilgan savol-topshiriqlami bajarib, shohsupaga ko'tarilishi zarur.

1-guruh uchun savol-topshiriqlar:

Tarixda yashagan buyuk olimlar, shoirlar, yozuvchilar, sar-


kardalardan kimlarni bilasiz?

Buxoroda qaysi buyuk shaxslar yashagan?

Buxorodagi tarixiy binolar, joylar nomini ayting.

2-guruh uchun ham shu tarzdagi savol-topshiriqlar beriladi yoki har ikkala guruh uchun shu savol-topshiriqlar berilib, ,,Kim oldin shohsupaga etib boradi?" sharti qo'yiladi.


Xattaxtaga buyuk shaxslar portreti, tarixiy joylar tasvirlangan rasmlar ilib qo'yiladi.

Tayyorgarlik shakllaridan biri — ekskursiyadir. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag'ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga, kasbga doir mavzular va tarixiy asarlar o'rganilganda foydalanish mumkin. Ekskursiya o'quvchilarning asarda ifoda etilgan hodisalarni aniq va ongli o'zlashtirishlariga yordam beradi, bilimlarini chuqurlashtiradi, tabiat hodisalarini kuzatish va ularni aniq tasvirlash ko'nikmalarini shakllantiradi.

Ekskursiya bolalarda tabiatga mehr uyg'otadi, uni sevish va tabiat ehsonlarini asrash hissini tarbiyalaydi.

Ishlab chiqarish korxonalariga, muzey va boshqa joylarga ekskursiyalar esa tarixiy voqealarni to'g'ri idrok etishlarini ta'minlaydi, kattalar mehnati bilan tanishtiradi, o'quvchida mehnatga muhabbat uyg'otadi, kasbga yo'naltiradi.

Film namoyish qilish. Tarixiy materiallarni, asar muallifi hayotini o'rganishdan oldin film namoyish qilinsa, o'quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. Masalan, 2-sinfda ,,Gulzorda" hikoyasini o'qishda ,,Mehrobdan chayon" filmidan parcha ko'rsatilishi, 3—4-sinflarda Ibn Sino haqidagi asarlarni o'rganishda ,,Ulug'bek xazinasi", Alisher Navoiy haqidagi asarlar bilan tanishtirishda ,,Alisher Navoiy" filmi namoyish etilishi mumkin.

Kinofilm va diafilmlardan o'quvchilarni asarni o'qishga tayyorlash davrida foydalaniladi. Ular o'quvchilarning tasavvur qilislilariga, tushunchalarini oydinlashtirishga, ongli o'qish va hissiy idrok etishlariga yordam beradi. O'quvchilarning film namoyishida tug'ilgan ayrim savollariga ularning o'zlari yangi o'qiydigan asarlardan javob topadilar. Tayyorgarlik ishlarini bunday uyushtirish o'quvchilarning o'qishga bo'lgan qiziqishlarini ham oshiradi.

O'qituvchi hikoyasi. Bu metod asar muallifi haqida ma'lumot bcrishda eng samarali hisoblanadi. Asar muallifi shoir va yozuvchilar haqida so'zlab berilayotganda uiarning portretlari, bolalar uchun yoz-gan asarlari namoyish etiisa, o'quvchilarning muallif ijodiga qiziqishlari ortadi. Boshlang'ich sinfda shoir, yozuvchilarning o'z tilidan o'qigan asarlari yoki ular haqida boshqalar aytgan fikrlarni magnit tasmasidan eshittirilsa yoki video tasmadan ko'rsatilib, unga o'qituvchi hikoyasi qo'shilsa, darsning samaradorligi yanada oshadi. Masalan, 4-sinfda Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi aytilgach, A.Oripovning o'zi aytgan ,,O'zbekiston" she'ri qo'yib eshittirilishi mumkin.
O'qituvchi yozuvchi va shoirlar haqidagi ma'lumotlarni o'quvchilar saviyasiga mos qilib, hayajonli qilib hikoya qilsa, o'quvchilarning badiiy asarni o'qishga ichki istagi kuchayadi, ularda kitob o'qishga mtihabbat ortadi. Yozuvchi haqidagi ma'lumot 1-sinfdan 4-sinfga borgunga qadar ko'paytirilib, chuqurlashtirilib boriladi.

Asarni o'qishga tayyorgarlik bevosita o'quvchilarning mustaqil izlanishlari asosida ham tashkil etiladi. Masalan, ,,Kitobga ixlos" (4-sinf) asarini o'qishga tayyorgarlikda o'quvchilarning o'tmishda yashagan tarixiy shaxslar haqidagi tushunchalari aniqlangach, o'quvchilar xa-yolan sayohatga olib chiqiladi. O'qituvchi o'quvchilarni Buxorodagi tarixiy muzeyga taklif etadi. Muzeyda o'quvchilar Abu Ali ibn Sino portretini kuzatadilar, u haqdagi yozuvlarni o'qiydilar (Muzey uchun sinfning biror qismi ajratiladi).

Abu Ali ibn Sino — ma'rifatparvar alloma
Abu Ali ibn Sino — buyuk hakim

Men kechalari kam uxlar, kunduzlari ham ilmdan

boshqa narsa bilan shug'ullanmas edim. (Ibn Sino)

Bir kuni shohdan kutubxonasiga kirishga va u yerda tibga oid kitobiarni mutolaa qilishga ruxsat so'radim.

Shoh menga ruxsat berdi. (Ibn Sino)
Ibn Sino dorivorlar tayyoiash, yurak kasalligi, jarrohlik va boshqa sohalarga doir 400 dan ziyod asar yozgan
O'quvchilarni mustaqil izlanishga o'rgatishning yana bir usuli o'quvchilarga oldindan yozuvchi yoki asar yozilgan davr haqida kitoblar, manbalar tavsiya etib, ulardan ma'lumotlar to'platish, albomlar tayyorlatish, so'ng o'quvchilar o'zlari aniqlagan ma'lumotlarni o'qib, so'zlab berishidir.

Sinfdan sinfga ko'chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o'quvchilar bilimi ortib boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo'yilgan talablar ham ko'payadi. O'qituvchi qisqa ma'lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan to’liqroq tanishtirishga o'tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va lining asarlaridan nimalarni o'qiganligini hisobga oladi.

Asar bilan tanishtirish

Tayyorgarlik davridan so'ng 1-bosqich arnalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi asar mazmuni bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo'lgani uchun maktab tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o'rganishga mo'ljallangan qismi yaxlit o'qish usulida tanishtiriladi.

Hikoya, masal, she'rning mazmunini to'g'ri idrok etish, shuningdek, matnning hissiy ta'sirini oshirish uchun ifodali o'qish katta ahamiyatga ega.

Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar:

1. Matn o'qituvchi tomonidan ifodali o'qib beriladi (ba'zan asar matni magnitafon orqali ham eshittirilishi mumkin). O'quvchilar matn mazmuni bilan tanishtirilgach, o'qituvchi ularga boshlang'ich taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi.

Masalan, ,,Hikoyaning qaysi o'rni sizga yoqdi?", „ Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?", „Hikoya o 'qilganda siz qaysi o 'rinda juda xursand bo'Idingiz?" kabi va hokazo. Kirish suhbati, birinchidan, asarning o'quvchilarga qanday ta'sir qilganini bilish, ikkinchidan, bolalarni asar matnini tahlil qilishga qiziqtirish, darsda o'quvchilar faolligini oshirish maqsadini ko'zda tutadi.

Yaxshi o`qiydigan o'quvchiga o`qitish. o`quvchini oldindan
o'qituvchi o'qish yo'llari bilan tanishtiradi va uning o`qishini o`zi
kuzatadi, xato va kamchiliklarni bartaraf etadi. Shundan so'ng tayyor-
langan o`quvchi sinf jamoasiga o`qib beradi.

Og`zaki qayta hikoyalab, so'zlab berish. Bu o`qituvchidan alo-


hida tayyorgarlikni talab etadi. Chunki asar matniga yaqinlashtirib,
badiiy vositalarini to'liq saqlagan holda hikoyalash zarur, aks holda
o`quvchilarning badiiy asarni o'qishga bo'lgan qiziqishi susayadi.

Yoddan ifodali aytib berish. She'riy asarlar yoddan aytib berish


orqali tanishtirilsa, o`quvchi o`qituvchining mahoratini yuqori baho-
laydi, o`zida ham yod olishga qiziqish paydo bo'ladi.

Asarning muhim dialogli o`rinlarini yoki butun asarni sahna-


lashtirish orqaii tanishtirish.

Asarning bir qismini (muammoli o`rnini) o`qituvchining o`qib


berishi, qolgan qismini o`quvchilarning ichda mustaqil o`qishi.

7. Asar bilan tanishtirishda texnika vositalaridan ham unumli


foydalanish.
8. Asarni musiqa sadolari ostida o`qib berish. Bu asarning ta'sirini

kuchaytiradi, o`quvchilarning estetik didini tarbiyalaydi, ularni toli-


qishdan saqlaydi.
Umnman olganda, asarning janriy xususiyati hisobga olingan holda u bilan tanishtirishning o`ziga xos usullarini tanlash lozim.

Badiiy asar matni ustida ishlash


Boshlang`ich sinflarda to'g'ri, tez, ongli va ifodali o'qishga o`rgatish vazifasi o'quvchilarda asarni tahlil qilish ko'nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O'qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o'zaro bog'liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi.

Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning asosiy yo'nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g'oyasini aniqlash hisoblanadi.

Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodaviy vositaiari bilan bogiiq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo'nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qiiish uchun ularga beriladigan savoilarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi.

Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:

Tanlab o'qish. Bunda o'quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o'qiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog'lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o'qilgan matnga o'z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo'lishi mumkin. Masalan, 4-sinfda ,,Oltin kuz" matnidan ,,Tabiatdagi o'zgarishlar berilgan qismlarni topib o'qing", ,,Baqa va taqa" ertagidagi ,,Taqachining nasihati berilgan joyni topib o'qing" kabi topshiriqlar berilishi mumkin.

Tanlab o'qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o'qishdan matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyinchilikda, murakkablikda foydalaniladi. U o'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlarini o'stirish bilan birga ularning ijodiy tasavvuri, nutqi va zehnini o'stirishga yordam beradi. Eng oddiy tanlab o'qish asar mazmuni yuzasidan bo'ladi. Masalan, 4-sinfda „Toshkentnoma" (M.Shayxzoda) asari yuzasidan tanlab o'qish uchun quyidagi topshiriqlar beriladi:

— She'rdan o'zbek xalqining mehmondo'stligi tasvirlangan o'rinni
topib o'qing.

— Yoz faslining zo'rligi tasvirlangan o'rinni topib o'qing.


,,Dehqonbobo va o'n uch bolakay qissasi" (A. Oripov) asari matni yuzasidan „Matndan Dehqonboboning Vatan haqidagi gaplarini topib o'qing" kabi topshiriq berilishi mumkin.


Tanlab o'qishning yana ham murakkabroq turlari matndan sabab-natija munosabati bilan bog'langan dalillarni taqqoslashni, umumlashtirishni talab qiladigan o'rinlarini topib o'qish hisoblanadi. Masalan, ,,Xarita" (N.Norqobilov) hikoyasi yuzasidan topshiriqlar quyidagicha bo'lishi mumkin:

Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qo'ydi? Shu


o'rinni topib o'qing.

Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan o'rinni topib


o'qing.

Bunda o'quvchi biror qatnashuvchi shaxs o'zini qanday tutishini, nima uchun u shundayiigini tasdiqlash uchun matndan material tanlab o'qiydi.


Tanlab o'qish ongli va ifodali o'qish malakasini shakllantirishni matn ustida ishlash ko'nikmasini shakllantirish bilan birga qo'shib olib borishga, bolalarning ijodiy tasawurini, nutqi va zehnini o'stirishga inikon beradi. Shuning uchun undan o'qish darslarida keng foydalaniladi.

Tanlab o'qish matn rejasini tuzishda (matn qismiga uning mazmu-nini ifodalaydigan gapni, ya'ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (matndan qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar tanlash)da, asar g'oyasini aniqlash (g'oyani anglatgan o'rinni topib o'qish)da tatbiq etiladi.

O'quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o'z so'zlari bilan javob berishi. Mashqning bu turi o'quvchilarda o'qilganlar yuzasidan muhokama yiiritish ko'nikmasini o'stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g'oyasi o'rtasidagi bog'lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma'lum maqsadga yo'naltirilgan va muayyan izchillikda bo'lishi, o'quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi lozim. Boshlang'ich sinf o'qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi maqsadga yo'naltirilganiga ko'ra quyidagicha tasnif qilinadi:

1. Asar mazmunini o'zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol-


topshiriqlar.


2. Asar tilini o'rganish va o'zlashtirishga doir savol-topshiriqlar.

Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi. Agar o'qituvchi asar g'oyasini tushunishda o'quvchilarga yordam berishni ko'zda tutsa, savol sabab-natija tarzida bo'ladi. Anvar Obidjonning ,,Odobli bo'lish osonmi?" ertagi (4-sinf) g'oyasi o'quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala madaniyatini tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun o'qituvchi ,,Anvar Obidjon aytmoqchi bo'lgan salom berish mavridlarini o'z so'zingiz bilan aytib bering", ,,Nima uchun echki sichqonga nasihat qildi?", ,,Toshbaqaning sichqoncha haqidagi fikrini gapirib bering" kabi savol-topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Qambar O'tayevning ,,Non qayerdan keladi?" (4-sinf) she'ri asosida esa ,,Non nima? Uni ta'riflang", ,,Non qayer­dan kelar ekan?", ,,Nonni nima uchun qadrlash kerak?" kabi savol-topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.


Boshlang'ich sinflarda savol-topshiriqlarga javob berishga katta o'rin berilgan. O'qituvchining vazifasi ana shu savol-topshiriqlar ustida ishlash usullarini oldindan belgilab olishdir. Ijodiy xarakterdagi savollar o'quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. 4-sinf ,,O'qish kitobi"dan o'rin olgan ,,Qodir bilan Sobir" matni yuzasidan o'quvchilarni o'z likrini aytishga undovchi ,,Sobir o'qishdan kechikish sababini ochiq aytib to'g'ri qildimi?", ,,Uning o'rnida siz bo'lganingizda nima qilardingiz?" kabi savollar o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, og'zaki mitqini o'stiradi va matnni yaxshi o'zlashtirishlariga yordam beradi. Asardagi voqealar tizimiga oid savol-topshiriqlar tuzish va undan tahlil jarayonida ijodiy foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, 4-sinf ,,O'qish kitobi"dagi Qudrat Hikmatning ,,Bahor" she'ri asosida ,,She'rda dastlab nimalar haqida gapiriladi?", ,,She'rdagi fikr yuritilgan narsalarni ketma-ket aytib bering", ,,Shoir bahorni tasvirlashda qanday tasvir usullaridan foydalangan?" kabi savol-topshiriqlardan foydalanish o'quvchilar faolligini oshiradi.

Savol-topshiriqlar ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlash mumkin.

O'quvchilarni savol tuzishga o'rgatish. O'quvchilarni savol tuzishga o'rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, to'g'ri berilgan savolda yarim javob tayyor boiadi. O'quvchilar matnni ongli o'zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. O'quvchilarga savol tuzishni o'rgatishni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir.

O'quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o'rgatish uchun o'qituvchi matnga o'zi tuzgan yoki ,,0'qish kitobi"da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun ,,Nega u yoki bu savol qo'yilgan?", ,,Unda kim yoki nima haqida gap boradi?", ,,Savol ko'proq qaysi so'zlar bi­lan boshlanadi?" kabi savollarni ishlatadi va matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni o'rgatadi. Ikkinchidan, o'qituvchi o'quvchilar e'tiborini matnga savol tuzish yo'liga qaratadi va savol tuzishdan oldin matnni diqqat bilan o'qish, qatnashuvchi shaxslarni ko'rsatish, savol tuziladigan qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga o'rgatishning boshlang'ich bosqichida bu mashq ja­moa bo'lib bajariladi va ta'limiy xarakterda bo'ladi; buning uchun qulayroq savol ajratilib, nima uchun u qiziqarli ekani yoki, aksincha, noqulay bo'lsa nima uchun noqulayligi tushuntiriladi. Masalan, 3-sinfda „Ahillik ulug` baxt" ertagida „ Odamlarning cholning bolalari haqidag ifikr iyuzasidan savol tuzing" topshig’i berilgach, o'quvchilar ,,Odamlar aqlli cholning bolalari haqida nima deyishdi?" kabi savol tuzishlari mumkin.

4-sinfda ,,Qovun sayli" (Sh. Sa'dulla) hikoyasi yuzasidan quyidagicha savol tuzish topshirig'i beriladi:

- Hikoyadagi birinchi xatboshini o'qing va shu qism yuzasidan


savol tuzing.


- Hikoyadagi birinchi xatboshida qo'llangan so'zlarning ma'-

nosini izohlash bo'yicha savol-topshiriqlar tuzing. {Bejirim, serto'r


so'zlarining ma'nosini izohlang)
— Hikoya qahramonlari yuzasidan savollar tuzing.

Keyinchalik o'quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham o'zlashtirib oladilar.

Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo'lib, o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to'g'ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o'quvchilar aniq tasawur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki xil tasvirlash mumkin:

1) so'z bilan tasvirlash;

2) grafik tasvirlash.

So'z bilan tasvirlash o'ziga xos murakkab ish turi bo'lib, unda manzarani so'z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So'z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o'quvchi matnni, undagi voqea sodir bo'lgan vaziyatni, qatnashuvchilarning tashqi ko'rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur. So'z bilan tasvirlashda so'zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o'quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi.


Tasvirlashdan o'qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda foydalanadi. Tasvirlashdan mustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o'qituvchi matnning ma'lum qismidan o'quvchilarga juda ma'qul bo'lgan manzarani so'z bilan yoki grafik tasvirlashni, unga muallif so'zini tanlashni hamda turli tabiat man-zaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko'rinishini, voqea sodir bo'lgan joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin.

Matnni so'z bilan tasvirlashga o'rgatishni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos qism bilan taqqosiab tasvirlashdan boshlash kerak.

So'z bilan tasvirlash bosqichma-bosqich, maxsus tayyorgarlikdan so'ng amalga oshiriladi:

Matndan manzara, vaziyat yoki qahramonlarning tashqi ko'-


rinishi tasvirlangan o'rinlar aniqlanadi.

Nisbiy tugallangan o'rinlar ajratiladi.

Tasvirlashga leksik-uslubiy tayyorgarlik ko'riladi, ya'ni yozuvchi, shoir qo'llagan lug'aviy birliklarga o'quvchilar diqqati tortiladi va ular tahlil qilinadi. Tasvirlashda so'zni aniq tanlashga yordam beriladi.

4. So'z bilan tasvirlashga o'rgatishning dastlabki paytida xattaxtaga


loydalaniladigan so'zlar yozib qo'yilishi zarur. So'z bilan tasvirlash
(qayta hikoyalashga aylanib qolmasligi lozim.

Grafik tasvirlash ko'proq uyda bajariladi. Buning uchun o'quvchilar tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o'qib shiqadilar, mazmunini o'zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o'quvchilar bilan qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifodalaydigan ma'nolar bo'yicha suhbat o'tkaziladi. Rasmlar ko'rgazmasi tashkil etiladi. Har bir rasm muallifi o'zi chizgan rang tasvirini izohlab lu'radi. Kompyuterlashtirilgan sinflarda grafik tasvirlash sinfda ham lujartirilishi mumkin. Bunda o'quvchilarning ijodiy yondashuvlariga imkon beriladi.


O'quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan muhim fikrlarni yozib qo'yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to'liq qayta hikoyalash, shuningdek, o'qilgan hikoya, maqolaning rejasini tuzish, matn mazmunini, uning tasviriy vositalarini bilib olishga yordam beradi.

Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishda, asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda,


matn qismlarining o'zaro boglanishini tushunishda o'quvchilarga
yordam beradi. Reja ustida ishlash o'quvchilar nutqi va tafakkurini
o`stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo’lishga
va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq sarlavha
topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o'rganadilar.
Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o'rgatish davridayoq boshlanadi. Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini topib qo'yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o'rgatishda o'qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini la'kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga layyorgarlik ishining ikkinchi turi o'qituvchi rahbarligida tanlab uqish hisoblanadi, bolalar matndan o'qituvchi bergan savolga javob I'oiadigan o'rinni topib o'qiydilar.

Reja tuzish ,,oddiydan murakkabga" tamoyili asosida asta-sekin murakkablashtirilib, muayyan izchillikda o'tkazib boriladi. O'quvchilar 1-sinfda o'qilgan kichik matnga o'qituvchi rahbarligida so'roq gap tarzida sarlavha tanlashlari, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o'qituvchi rahbarligida so'roq yoki darak gap tarzida tuzishlari, 3-sinfda o'qilgan matn rejasini jamoa bo'lib tuzishlari, 4-sinfda mustaqil reja tuza olishlari kerak.

Rejaning eng oddiy shakli rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun avval bolalar kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tanlashga va uni nomlashga o'rgatiladi, keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalarning o'zlari so'z bilan tasvirlaydilar. Hikoya o'qiladi va qismlari bo'yicha tahlil qilinadi, so'ng o'quvchilar matnning 1-qismini o'qiydilar, o'qituvchi ulardan qanday rasm chizish mumkinligini so'raydi. Qolgan qismlari ustida ham ishlar shu tarzda ishlanadi. O'quvchilar chizgan rasmlariga nom (sarlavha) qo'yadilar. Ular qo'ygan nom sarlavha xattaxtaga reja qismi tarzida yozib boriladi.

O'quvchilar rasmli reja tuzishdan mantiqiy reja tuzishga o'tadilar. Bunday reja tuzish quyidagi izchillikda o'rgatiladi:


O'qituvchi qismlarga bo'lingan matnga tanlab reja tuzadi va


matn rejasining o'rnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap
tomoniga yozib qo'yadi. O'quvchilar matnning I-qismini o'qiydilar,
shu qism mazmuniga mos sarlavhani topadilar, uni o'qituvchi xat­
taxtaning o'ng tomoniga yozadi. Ana shu tarzda xattaxtada o'qilgan
matnning rejasi hosil bo'ladi.

Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'qituvchi


rahbarligida har bir qismdagi asosiy g'oyani aniqlaydilar va unga sar­
lavha topadilar, o'qituvchi sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib
boradi.

Qismlarga boiinmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi


tartibida xattaxtaga yoziladi. O'quvchilarga berilgan sarlavhalardan
foydalanib, matnni qismlarga bo'lish topshiriladi. Ular matnni
o'qishadi va sarlavhalarga tegishli qismni ajratadilar.

Qismlarga bo'linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarz­


da xattaxtaga yoziladi. O'quvchilarga yuqoridagiday qismlarga bo'lish
topshiriladi. O'quvchilar matnni o'qib, nisbiy tugallangan qismni
ajratadilar va unga mos sarlavhani xattaxtadan tanlaydilar. Ish shu
tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi.

O'quvchilarda reja tuzish ko'nikmasi hosil bo'lgach, 3—4-sinflarda ular matnni mustaqil ravishda qismlarga bo'ladilar, har bir qismga reja tuzadilar. Rejani darak va atov gap tarzida shakllantiradilar, unda har bir qism bir turdagi gaplar shaklida bo'lishi lozim.


O'quvchilar lug'atini boyitish, nutqining hissiy ta'sirini kuchaytirish, badiiy vositalardan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish, nutq madaniyatini o'stirish maqsadida asardagi badiiy vositalar ustida ishlanadi. Masalan, 4-sinf ,,O'qish kitobi" darsligidagi ,,Kitobga ixlos" nuitnidagi badiiy vositalar ustida quyidagicha ishlash mumkin:

Kartonga ko'chma ma'noli so'zlar yozib qo'yiladi. Ularning ma'nosini izohlash bo'yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi:

— Birikmalarni o 'qing. Tagiga chizilgan so 'zlarning ma 'nosiga diqqat

qiling. Ularning qaysi ma 'noda qo 'llanganini izohlashga harakat qiling.

olovning qip-qizil tillari — gurullab yonayotgan olovning yuqoriga bo'ralab-bo'ralab ko'tarilishi;

olovning ... tillari osmonni yalar — baland ko'tarilar;

o'zini o'tga urmoqchi — olovning ichiga kirmoqchi.
O'quvchilargayordam berish maqsadida shu so'zlarni o'z ma'nosida qo'llab, taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin:

olovning tili — odamning tili;

odam tili bilan yalaydi — olov tili bilan osmonni yalaydi;

o'tga urmoqchi — bolani urmoqchi.


Qaysi birikmada ,,til", ,,yalaydi", ,,uradi" so'zlari o'z ma'nosida, qaysi birikmada ko'chma ma'noda qo'llanganligi aniqlanadi.

O'xshatishlar ustida quyidagicha ishlanadi: gaplar oldindan xattaxtaga yoki kartonga yozib qo'yiladi va ular yuzasidan topshiriq beriladi:


— Gapni o'qing. Alanga nimaga o'xshatilyapti?

... yong'in borgan sari kuchayar, qimmatli kitoblarni ajdahodek yutayotgan alanga quturib, hujra eshigidan tutun aralash chiqib turar edi.


— Parchani o'qing. Suv alangaga qanday ta'sir qildi? Nima uchun?

...Chelaklab sepilgan suv unga kor qilmas, aksincha, moydek ta'sir qilayotgandek edi.


— Quyidagiparchada Ibn Sinoning holati nimaga o'xshatilyapti?

…Ibn Sino xuddi yaqin kishisini ko'rib, qabristondan qaytgan kishidek boshini quyi solib, yarim-yorti kuygan bir necha kitobni q|o`ltiqlagan holda uyiga jo'nadi...


So'ngra iboralar ustida ishlanadi. Bunda quyidagicha topshiriqlar bajariladi:

- Berilgan gaplarni o 'qing, tagiga chizilgan iboralarning ma 'nosiga diqqat qiling. Ularni bir so'z bilan almashtirish mumkinmi? Yoki ular­ning ma'nosini boshqa so'z bilan ifodalash mumkinmi?


Askarlarning suroni quloqni qomatga keltiradi — qattiq eshitiladi.

Kechasi uyqusi kelib, ko'ziga qum tiqila boshlaganda ... — ko'zi
og'riy boshlaganda, uyqusi kela boshlaganda.

Ba'zilar mehnati bekorga ketayotganini ko'rib, qo 'llariniqo 'Itiqqa


urdilar — ishonchini yo'qotdilar.

... ko'pchilikning hafsalasi pir bo'ldi — ... ishini to'xtatdi.

... kiyimi bilan o'zi yonib ketishi turgan gap edi — aniq edi.

Oxiri baxayr bo'lsin — yaxshilik bilan tugasin.

7. ...nima to'g'risida bosh qotirayotganini bilib turibman —
o'ylayotganini;
8. Bu yerda qolsam bir kuni meni chaqirib, oyog'imga bolta uradi-

lar — yo'q qiladilar va shu kabilar.


Hozir maktab tajribasida izohli o'qish, ijodiy o'qish, adabiy o'qish usulidan, muammoli o'qitish metodlaridan, ilg'or pedagogik texnologiya, interaktiv metodlardan keng foydalanilmoqda. Masalan, A. Qodiriyning ,,Chin do'st" hikoyasini o'rganishda izohli o'qish metodidan foydalanish mumkin. Chunki bu asar matnida o'quvchilarga lug'aviy ma'nosi tushunarsiz bo'lgan so'zlar uchraydi. Masalan, hikoyadagi saboqdosh, mirzaboshi, havolanmas, asrandi, g'arq, holda, mahdum, marsiya, xun, hamnishin, dildor, notavon, g'urbat kabi so'zlar izoh talab etadi.

Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: badiiy asarni yozuvchiga ergashib yaxlit o'rganish, obrazlar vositasida o'rganish, mavzuli-muammoli o'rganish aiohida ajratib ko'rsatiladi.

Boshlang'ich sinflarda, asosan, matn asosidagi tahlildan foydala-niladi, ya'ni, o'qituvchi asarni tahlil qilishda asar matniga asoslanadi. Uni o'zgartirmagan holda undagi ma'noni, jozibani o'quvchilarga yetkazib beradi.

Boshlang'ich sinflarda muarnmoli tahlil usulidan ham foydalanish mumkin. Masalan, ,,Bobur va Humoyun" hikoyasini o'rganishda o'quvchilarga ,,Boburning aytgan gaplari o'rinlimi?", ,,Hikoyadagiday holat sodir bo'lishi mumkinmi?" kabi muammoli savollar berish o'rinli bo'Iadi. O'quvchilar asarni ichda o'qiydilar, jamoa bo'lib fikr almashadilar, bahslashadilar. Bahs davomida o'quvchilar ma'naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o'zgarishlar, rivojlanishlar sodir bo'ladi. Asar tahlilida qo'llanadigan tanlab o'qish, unga munosabat bildirish, munosabatlarning turli xilda bo'lishi ham munozarani keltirib chiqaradi. Munozarali o'rin muammoni yuzaga keltiradi. Endi o'quv jarayoni oldida muammoni to'g'ri hal etish vazifasi turadi.

Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda ham badiiy asar matnini tahlil qilishda, umuman, badiiy asarlarni o'rganishda o'quvchi shaxsiga kuchli ta'sir qiluvchi, ularning saviyasiga mos, bilimlarning o'zlashtirilishini ta'minlovchi metod va usullardan, tahlil turlaridan foydalanish mumkin.

O'qish darslarida mustaqil ishlar. Mustaqil ish mashqning faol turi bo'lib, uni bajarish jarayonida o'quvchilar fikrlashga va mustaqil faoliyat yuritishga o'rganadilar. Bir vaqtning o'zida ikki yoki uch sinf bilan ishlanadigan oz komplektli maktablarda mustaqil ish, ayniqsa, juda zarur hamda katta ahamiyatga ega.


O'qish darslarida mustaqil ishni bajarishga bolalar taxminiy tayyorlanadi, albatta. O'quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda topshiriqning maqsadi ularga qisqa va aniq tushuntiriladi. Mustaqil ish uchun tanlangan matnning hajmi kichik va o'quvchilar saviyasiga mos bo'lishi lozim. Mustaqil ish turlari har xil bo'lib, uni tanlashda o'quvchilarning tayyorgarligi, o'qiladigan matnning xarakteri, asarni o'rganish bosqichi hisobga olinadi.

Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida mustaqil ishning quyidagi turlaridan foydalaniladi:

Asarni ichda o'qish. 1-sinfda bu mashqni topshirishdan oldin
ayrim so'zlarni kesma harflar bilan tuzdirish va uni o'qishni mashq
qildirish maqsadga muvofiq. O'quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab
ichda o'qib, ayrim qatnashuvchi shaxslarning gaplarini topish, uni
o'qish va o'z so'zi bilan gapirib berish, matndan o'qituvchi bergan
savolga javob bo'ladigan o'rinni topish kabi topshiriqlar berilishi
mumkin.

O'qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. Bu


mashq bolalarni diqqat-e'tibor bilan o'qishga o'rgatadi; bu ish turidan
oz komplektli maktablarda foydalanish dars tartibini belgilashga ham
yordam beradi. Mashqning bu turi asta murakkablashtira boriladi: avval
o'quvchilar matnga oid savollarga javob berish bilan uning mazmunini
o;zfashtirsa(ar, keyin asarning asosiy g'oyasini bilib oladilar, voqea-
hodisalar o'rtasidagi sabab-natija bog'lanishlarini tushunadilar. Bunda
,,Nega?", ,,Nima uchun?" kabi savollardan foydalaniladi. Masalan, 4-sinf ,,0'qish kitobi"dagi ,,Davlat" ertagi matni ustida ishlaganda „ Ertakda Davlat dehqonning uyida umrbod qolishga jazm qilibdi. Nima uchun ?" savoli beriladi, bu savol hikoyaning asosiy mazmunini aniq-lashga ham yordam beradi. 2-sinfdan boshlab bolalar nima uchun hikoya, she'r shunday nomlanganini aytib berishga o'rganadilar.

3. O'qilgan asar mazmunini to'liq anglash, bilib olish uchun


o'qituvchi topshirig'ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo'lishi
mumkin:

o'qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering.


(,,Omonatga xiyonat", 4-sinf)

o'qing va nima uchun hunarsiz kishi o'limga yaqinligini tu-


shuntirib bering. (,,Hunarsiz kishi o'limga yaqin", 4-sinf) va hokazo.

Ba'zan topshiriqlar turli xildagi qayta hikoyalashni talab qiladi:

matnning ayrim o'rinlaridan foydalanib (ko'chirma olib) qayta
hikoyalash;

hikoyani bir sujet chizig'i asosida qayta hikoyalash;

matnni qisqartib qayta hikoyalash;

matnning shaxsini o'zgartirib qayta hikoyalash va boshq.

4. O'qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish.
Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:

o'qilgan matnga oid rasm chizish;

rasmga matndagi so'zlar yoki o'z so'zi bilan sarlavha qo'yish;

o'qituvchi tomonidan tartibsiz berilgan savollardan foydalanib


reja tuzish;

matnni qismlarga bo'lish va har bir qismga sarlavha qo'yish va


hokazo.

Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o'quvchilarning tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda mustaqil mashqni to'g'ri tashkil qilish uchun material tanlashda o'qituvchiga yordam beradi.


Reja: O‘rta Osiyoda adabiyot o‘qitish metodikasining shakllanishi

Adabiyot o‘qitishning mustaqillik davridagi rivojlanish tamoyillari


Reja:

O‘rta Osiyoda adabiyot o‘qitish metodikasining shakllanishi.

Adabiyot o‘qitish metodikasi XX asrda.

Mustaqillik davrida adabiyot o‘qitish metodikasiga hissa qo‘shgan olimlar.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Qunduzxon Husanboyeva, Roza Niyozmetova . “Adabiyot o‘qitish metodikasi” Toshkent-2018

Boqijon To‘xliyev “ Adabiyot o‘qitish metodikasi ” Toshkent-2010

O‘rta Osiyoning ulug‘ mutafakkiri Abu Nasr Farobiy ovoz va nutqning tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e‘tibor berib «llmlaring kelib chiqishi» («Ixso ul-ulum») nomli risolasida badiiy asarni ifodali o'qish, o'qiganini hikoya qilib berish zo'r san’at ekanini alohida ta’kidlagan. Uningcha, hikoyachilik san’atini yaxshi egallagan kishilar «hakim» deyiladi. O'qish va notiqlik san'atini chuqur egallagan shaxslar esa faylasuflar, donishmandlar bilan tenglashtirlladi.


Qomusiy olimlardan yana biri Abu Ali ibn Sino badiiy asarning inson ruhiyatiga ta'siri haqida gapirib, g'azal eshitilganda ko'ngil kishilarining ahvoli shodlik va kulguga yoki g'amginlik va yig'iga moyil bo'lishini, ayniqsa, judolik va hajr tilga olinganda bu holatlar ortishini alohida ta’kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy ham «Avesto», arab adabiyoti, «Kalila va Dimna», hind adabiyotiga oid ko‘plab asarlami tahlil qilib, ulami qiyoslarkan, kitobxonni ulardan o‘mak va namuna olishga chaqiradi.

M. Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida ham alohida, birgalashib va ko‘plashib o‘qish haqida qarashlar mavjudligini ko‘rish mumkin. Yusuf Xos Hojib ham o‘z bitiklarida so‘z va uning ma’nolariga alohida to‘xtalib o‘tgan. U badiiy so‘zni «muqaddas hodisa» deb biladi. Insonning aqlu zakovati shu hodisalami ajrata olishida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. So‘z va u tashiydigan ma’nolami bilish uchun tarbiyalanuvchi bunga yo‘naltiradigan shaxsga ehtiyoj sezishini aytadi. Ko‘rinadiki, hamma zamonlarda ham badiiy so‘z va uning tahliliga zarurat bo‘lgan.

Alisher Navoiy, Bobur, Munis, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa adiblar ijodida ham badiiy so‘zning inson tarbiyasiga, uning ma’naviy kamolotiga ta’siri bilan bog‘liq qimmatli fikrlami juda ko‘plab uchratish mumkin.

XVII asrdan XIX asming birinchi yarmigacha o‘tgan davrda, ayniqsa, XIX asming ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkistonda pedagogik, metodik fikr o‘ziga xos tarzda rivojlandi. Masalan, Dilshod Bamo (1800 - 1906) asarlaridan uning ellik bir yil maktabdorlik qilganini, to‘qqiz yuzga yaqin qizni savodli qilib chiqarganini, ulardan yaqin to‘rtdan bir qismi «tab’i nazmi bor» shoira, oqila qizlar bo‘lib yetishganini ko‘rish mumkin. Anbar Otindek taniqli shoira ham Dilshod Bamo maktabining o‘quvchisi bo'lganini ta’kidlash o‘rinlidir.

Adabiyot o‘qitish ishlariga o‘tgan asr boshlarida alohida e‘tibor qaratildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon kabi shoir va yozuvchilar o‘zbek xalqining ma’rifatli bo‘lishi ma’naviy kamolotning asosi ekanini nazarda tutib izlandilar, yangicha mazmundagi asarlar yaratishga kirishdilar.

Masalan, Behbudiy o‘zining «Padarkush» nomli bitigida ma’rifatning inson hayoti, insoniyat taqdiri uchun qanchalik katta ahamiyat kasb etishini namoyish etgan. Milliy va insoniy qadriyatlami anglashda ma’rifatli bo‘lish zarurligini alohida ta’kidlagan.

Abdulla Avloniy ham o‘z davrida chop etilgan «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy Guliston yoxud Axloq», «Maktab gulistoni» singari asarlarida, bosilmay qolgan «Uchinchi muallim», «Maktab jug‘rofiyasi», «Hisob masalalari» singari darsliklarida yosh avlodni ma’rifatli bo'lishga undagan bo‘lsa, «Maktab Gulistoni» darsligida bevosita adabiy ta’lim haqida so'z yuritib badiiy asarlami ifodali o‘qish, yakka va ko‘pchilik bo‘lib o‘qish, ichdan o‘qish, dialog singari turlari, dramatik asarlami o‘qish yo‘llari haqida ma’lumot beradi.

Hamza Hakimzoda Niyoziy esa 1914-15 yillarda boshlang‘ich maktablar uchun «Yengil adabiyot», « O‘qish kitobi», «Qiroat kitobi» singari darsliklar yozgan bo‘lib, muallif ularda o‘qish, matn ustida mustaqil ishlash, sinfdan tashqari o‘qish ishlariga alohida e’tibor bergan. Hamza o'z darsliklarida badiiy so'z ko‘magida o‘quvchilaming ma’rifiy va ma’naviy yetukligini ta’minlashni nazarda tutgan. Fitratning shu davrda yaratilgan «Adabiyot qoidalari» kitobini nafaqat adabiyot nazariyasiga, balki adabiyottanuv masalasiga, uni o‘qitish ishlariga ham oid qo‘llanma deb atash mumkin.

«Adabiy o'qish» atamasi ta’lim amaliyotiga o'tgan asming 30-yillarida kirib keldi. Adabiy o'qish uchun tanlangan asarlami g'oyaviy-badiiy tahlil qilish asosiy o'rinni egallardi, ya’ni badiiy asardan siyosiy, partiyaviy g'oya axtarilardi. Asarlar badiiy, estetik mazmuniga qarab emas, ijtimoiy davrga qanchalik xizmat qilishiga qarab tanlanardi.

1934-yilda A. Sa’diy tomonidan «O'rta maktablarda adabiyot о‘qitish nazariyasi va metodikasining asosiy masalalari» degan maxsus kitob yaratildi. Unda adabiyotni maxsus fan sifatida o‘qitish, bolaga adabiy ta’lim berishda tegishli izchillik va mantiqiy qoidalar bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi.

I. Sultonovning «Adabiyot nazariyasi» (1940) darsligining yaratilishi faqat adabiyotning umumiy qoidalari, uning nazariy masalalarini umumlashtirishi bilangina emas, balki bu nazariy tu- shunchalaming ta’lim jarayoniga olib kirilishi uchun ham qulay zamin yaratdi.

O‘zbek adabiyotini o'qitish metodikasi fanining rivojida 50-yillarda faoliyat ko‘rsata boshlagan ko‘plab olimlaming xizmati katta. S. Dolimov, G. Karimov, N. Mallayev, H. Ubaydullayev,

Q. Ahmedov, A. Zunnunov, S. Ismatov singari olimlar bu sohaning mustaqil fan sifatida kamol topishiga munosib hissa qo‘shganlar. Ulaming adabiyotshunoslikning turli sohalaridagi, metodika ilmidagi xizmatlari tufayli o‘rta maktablar uchun tuzilgan dastur va darsliklar ma’lum darajada muntazamlik kasb eta boshladi. «Adabiyot o'qitish metodikasi» deb nomlangan birinchi darslik S. Dolimov va H. Ubaydullayevlar tomonidan yaratilgan. Darslikda ifodali o‘qish, uning mazmun va mohiyati, turlari haqida yaxlit ma’lumotlar berilgan. Kitobda adabiyot o‘qitishdagi nazariy asos- lardan tortib, uning bevosita amaliyotdagi holatlarigacha bo'lgan hodisalar qamrab olingan. Bundan tashqari, adabiyot o'qitish metodikasi va uning nazariy asoslari, adabiy o'qish, adabiy o'qish yuzasidan sinfdan hamda maktabdan tashqari ishlar, rejalashtirish va jihozlash singari masalalari ham qamrab olingan. Amaliy faoliyat bilan aloqador masalalarga katta e’tibor berilganligi kitobning asosiy yutug'idir. Mualliflar har bir nazariy muammoni aniq misollar bilan dalillashga harakat qilishgan. Shunga qaramay, unda o'sha davr mafkurasining kuchli ta’siri ochiq sezilib turadi.

Adabiyot o'qitish metodikasi fani rivojida Asqar Zunnunovning ham o'ziga yarasha xizmati bor. A. Zunnunov o'zbek adabiyoti o'qitish metodikasiga oid ko'plab kitoblarida o'z davrining talablaridan kelib chiqqan holda faoliyat olib borgan. Uning «Maktabda G'afur G'ulom hayoti va ijodini o'rganish», «O'zbek adabiyoti metodikasi tarixidan ocherklar», R. Usmonov bilan hamkorlikda yaratgan «7-sinf «Vatan adabiyoti» darslik-xrestomatiyasi uchun metodik qo'llanma», «Adabiyot o'qitish metodikasi» singari asarlari shular jumlasidandir.

Mamlakatimiz o'z mustaqilligiga erishganidan keyin adabiyot o'qitish metodikasi ilmida ham keskin o'zgarishlar yuz bera boshladi. Chunki egamanlik ta’lim tizimi, xususan adabiy ta’lim oldiga ma'naviy komillik sari yuz tutgan avlodni shakllantirish vazifasini qo'ydi. Ma‘lumki, Komil shaxs tarbiyalash yuki hamma zamonlarda adabiyotning zimmasida bo‘lgan. Bu davr metodistlarining har biri mazkur vazifani o'z imkoniyatlari darajasida uddalashga harakatkat qilmoqdalar.

Mazkur davrning keksa avlodi sanalmish prof. To'xtamurod Boboyev 1030-yilda Samarqand viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 1956-yil Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

T.Boboyov 1967-yilda << O‘zbek prozasida ijobiy qahramon muammosi» mavzusida nomzodlik, 1998-yilda «Oliy o'quv yurtlarida o`zbek she`riyati poetikasini o`rganish>> mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.U yuzdan ortiq ilmiy va o'quv-metodik asarlar muallifi. Olimning «Adabiyotshunoslikka kirish», «She'r ilmi ta'limoti», «Adabiyotshunoslik asoslari», «Aruz vaznlarini o'rganish», «О'zbek she'r tuzilishi asoslarini o'rganish», «Qofiya ilmi saboqlari», «Badiiy san’atlar» kabi o'quv qo'llanmalari, «Zamondoshimiz- adabiyotimiz qahramoni » nomli monografiyasi , oliy o`quv yurti lalabalari uchun yozilgan «Adabiyotshunoslik asoslari» darsligi adabiyot o'qitish ilmi amaliyotida bugun ham qo`llanilib kelinmoqda. T. Boboyev «She’r ilmi ta’limi» nomli metodik qo‘llanmasida bo‘g‘insiz she’r misralarini tasavvur qilib bo‘lmasligini, she’rning qalbi bo‘lmish musiqiylik va ritmni vujudga keltirishda eng faol ishtirok etuvchi unsur – bo‘g‘in ekanini ta’kidlab: «Barmoq tizimi­da bo‘g‘inlar turoqlarni, turoqlar turkumni, turkum vaznni, vazn ritmni, ritm musiqiylik, musiqiylik poetik g‘oyani vujudga kelti­radi. She’r unsurlari bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikda, bir-biri bi­lan mustahkam aloqaga kirishgandagina o‘z vazifasini o‘tay ola­di», – deb yozgan edi. Olimning metodik tavsiyalaridan adabiyot o‘qituvchilari she’r tahlilida amaliy foydalanishlari mumkin. Egamanlik davri o‘zbek adabiyot o‘qitish metodikasi fani rivojida prof. U. Dolimovning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Ulug‘bek Dolimov 1939-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1962-yili ToshDU (O‘zMU) filologiya fakultetini tamomlagan. 1971-yilda «Ma’rifatparvar shoir Is’hoqxon Ibratning hayoti va ijodi» mav­zusida nomzodlik, 2008-yili «Jadid maktablari: ularda ona tili va adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy hamda amaliy asoslari» mav­zusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

U O‘zbekiston va xorijda e’lon qilingan 200dan ortiq ilmiy maqolalar, «Ma’rifat darg‘alari» (prof. B. Qosimov bilan hamkor­likda), «Milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti» nomli darslik (hammualliflikda), «Is’hoqxon Ibrat», «Turkistonda jadid maktablari», «Milliy uyg‘onish pedagogikasi» «O‘zbek pedagogik en­siklopedik so‘zligi» (hammualliflikda) kabi o‘ndan ortiq kitoblar muallifi.

Ulug‘bek Dolimovning «Milliy uyg‘onish pedagogikasi» asari olimning adabiyotshunoslik va pedagogika sohasidagi bilimlari uyg‘unligida yaratilgan. Kitobda an’anaviy mahalliy maktablar va ularda o‘qitish usullari, madrasa ta’limi, o‘lkada Rusiya hukmron­ligi o‘rnatilgandan keyin tashkil etilgan rus-tuzem maktablari, ular­da o‘qitish mazmuni va metodlari, jadid maktablarining shakllani­shi, ular rivojida hayriya jamiyatlarining ahamiyati, yangi o‘qitish metodi – «usuli savtiya»ning nazariy hamda amaliy asoslari, jadid maktablarida ona tili va adabiyot o‘qitish masalalari va butun Turkiston o‘lkasi bo‘yicha maorif tutumlari, ulardagi ilk yangi maktablar to‘laligicha qamrab olingan. Kitobning ikkinchi qismi Milliy uyg‘onish davri pedagogikasining eng yetuk namoyandalari hayoti, faoliyati va ijodiga bag‘ishlangan tugal adabiy-pedagogik portretlardan tashkil topgan. Is’hoqxon Ibrat, Siddiqiy-Ajziy, Said-rasul Saidaziziy, Vasliy Samarqandiy, Behbudiy, Shakuriy, Mu­navvarqori, Avloniy, Sadriddin Ayniy, So‘fizoda, Hoji Muin, Fitrat, Hamza, Elbek, Shokirjon Rahimiy singari jadid maorifchilari haqida dalillar, tahlillar, ilmiy mushohadalar va umumlashmalar o‘z ifodasini topgan. Bir so‘z bilan aytganda, Ulug‘bek Dolimov ilk bor pedagogika ilmida jadid pedagogikasining butun mohiyati va ko‘lami bilan birlamchi manbalar asosida tadqiq etgan olimdir.

O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi sohasiga o‘z munosib hissasini qo‘shgan olim prof. Safo Matjonov 1947-yil 23-yanvarda Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanidagi Qipchoq qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ilgan. 1965 – 69 yillarda Nizomiy nomidagi TDPIda tahsil olgan. S. Matjonov 1983-yilda «70-yillar bolalar qis­salarida syujet» mavzusida nomzodlik, 1998-yilda «Umumiy o‘rta ta’lim tizimida adabiyotdan mustaqil ishlarni tashkil etish usullari» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Safo Matjon – bolalar adabiyoti bilimdoni. Olimning ilmiy-ijodiy izlanishlari o‘tgan asrning 70-yillari ikkinchi yarmidan boshlanib, asosan bolalar adabiyoti va kitobxonligi, ta’lim-tarbiya masalalariga bag‘ishlangan. Bu ikki yo‘nalish bugungi kungacha olim izlanishlarining asosini tashkil etib kelmoqda.

Professor S. Matjonning o‘tgan vaqt maboynida yaratgan «Bolalar she’riyatida lirik qahramon», «Hayot haqiqati va badiiy haqiqat», «Og‘ir yillar qissasi», «Qahramonning ta’sir kuchi», «Shoir ko‘p, ammo...», «Bolalar kitobxonligi», «Oila – maktab – kitobxon», «Hikoya qanday o‘qiladi?», «Poklanish davri va bolalar adabiyoti», «Bolalar adabiyoti: san’atmi yo tarbiya», «Komillik mezonlari» kabi turli yillarda chop etilgan ko‘plab maqolalari, shuningdek, «Bolalar adabiyotini sinfdan tashqari o‘qish», «Tiriklik suvi», «Kitob o‘qishni bilasizmi?», «O‘qish kitobi» (4-sinf uchun hammualliflikda yaratilgan) darsligi, «Uzluksiz ta’lim tizimida adabiyotdan mustaqil ishlarni tashkil etish usullari», «Maktabda adabiyotdan mustaqil ishlar» kabi yigirmadan ortiq adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plami, darslik, o‘quv qo‘llanma hamda monografiyalarining yetakchi g‘oyasini kitobxonlik, bolalar nasri syujeti, adabiyot o‘qitishning dolzarb muammolari tashkil etadi. Olim sinfdan tashqari mustaqil ishlarga oid qo‘llanmalarida komil inson tarbiyasini bosh masala qilib qo‘yadi, badiiyat va ma’naviyat muammolari ilmiy, ilmiy-metodik ishlarining yetakchi mavzusi sifatida namoyon bo‘ladi. Olimning ilmiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etuvchi kitob va kitobxonlik muammolari ham o‘zining ilmiy-amaliy ahamiyati bilan alohida e’tiborga loyiq. Ushbu mavzudagi bir qator o‘quv qo‘llanmalari bilan birga «Kitob o‘qishni bilasizmi» nomli kito­bida kitobxonlik madaniyati haqida so‘z yuritiladi, badiiy asarni o‘qish va uqish salohiyati haqida qimmatli mulohazalarni bayon etiladi: «Siz darsliklardan hayot va uning qonuniyatlari haqida­gi bilimlar bilan tanishasiz, ularni aql kuchi bilan qabul qilasiz, xotiringizda qayd etasiz. Ammo bu bilim va xulosalar hissiyotingiz­ga zarracha ta’sir ko‘rsatmaydi. Badiiy asarni o‘qiganda sizdagi bu «loqaydlik» faol munosabatga almashinadi. Qalbingiz chek­siz shodliklarga chulg‘anadi – ruhlanasiz, g‘azablanasiz, iztirob chekasiz. Chunki u qalb dardi tufayli yaratilgan, dard esa suhbat­doshni befarq qoldirmaydi»

O‘zbek adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida o‘z salmoqli his­sasi bilan yetakchi o‘rinlardan birini egallab turgan olim prof. Qo­zoqboy Yo‘ldoshev 1949-yilning 9-mayida Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi Dehqonobod qishlog‘ida tug‘ilgan. 1970-yilda Sirdaryo pedagogika institutini bitirgan.

Q.Yo‘ldoshev 1985-yilda «O‘zbek satirik hikoyalarida xarak­ter tasviri evolyutsiyasi» mavzusida nomzodlik, 1997-yilda «Yan­gicha pedagogik tafakkur va umumta’lim maktablarida adabiyot o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari» mavzusida doktorlik disser­tatsiyasini himoya qildi.

Q. Yo‘ldoshevning jami yetti yuzga yaqin ilmiy ishlari orasida 130dan ortig‘i mamlakat umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun yaratilgan darslik va o‘qituvchilariga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmalardan iborat. Bulardan tashqari, Qozog‘iston Respublikasidagi o‘zbek maktablarining 5 – 11-sinflari uchun yaratilgan, bir necha o‘n yillardan beri qayta-qayta nashr etilib kelinayotgan «O‘zbek adabiyoti» darsliklari va ularning har biri uchun yozilgan metodik qo‘llanmalar, Qirg‘iziston Respublikasidagi o‘zbek maktablari 6-,7-,8-sinflari uchun yozilgan «O‘zbek adabiyoti» darsliklari olim metodik tadqiqotlar ko‘lamidan dalolatdir.

Prof. Q. Yo‘ldoshevni adabiyot o‘qitish metodikasi ilmida bu­rilish yasadi deyish mumkin. Olim tubdan o‘zgargan jamiyatdagi adabiy ta’limni mohiyatan o‘zgartirishning ijtimoiy, ilmiy va peda­gogik asoslarini ko‘rsatib berdi. U adabiy faktlarni bildirishning o‘zi adabiyot saboqlari uchun maqsad emasligini, badiiy asar bi­lan tanishish o‘quvchilarda ezgu ma’naviy sifatlar shakllantirish­ga qaratilishi kerakligini ta’kidlab yozadi: «Aslida adabiyot tarixiga daxldor biror dalilni sharillatib aytib bera oladigan, ammo ma’naviyatida ezgu fazilatlar bo‘lmagan o‘quvchidan ko‘ra, ...badiiy asarlarning qahramonlariga xos insoniy fazilatlarni o‘z tabiatiga singdirgan, sirtdan qaraganda, nofaolday tuyuladigan o‘quvchilar jamiyatimiz uchun ko‘proq zarurdir»

Mustaqil yurtimizda adabiyot o‘qitish jarayonining yo‘nalishini belgilab beruvchi «Adabiy ta’lim konsepsiyasi» nomli bosh huj­jatni yaratishda ham Q.Yo‘ldoshev ilg‘or qarashlarga tayangan. Uning rahbarligida yaratilgan adabiy ta’lim standarti, dasturi, ular asosida yaratilgan darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalarda milliy qadriyatlar va estetik asoslar ustuvorlik qiladi.

Q. Yo‘ldoshevning «Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari» kitobida adabiy ta’lim tizimini tubdan yangilashning il­miy-nazariy va tashkiliy tamoyillarini ishlab chiqqan. Asarda olim o‘quvchilarga tayyor tushunchalar berish emas, balki badiiy matn asosida o‘quvchilarda ma’naviy qarashlar, estetik did qaror topti­rish birlamchi ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib bergan. U «Adabiyot o‘qitish metodikasi» qo‘llanmasi mualliflaridan biri sifatida adabiy ta’limning o‘zak masalalariga yangicha yondashuv namu­nasini ko‘rsatgan.

Bundan tashqari, «Adabiyot» darsliklariga qo‘yiladigan talab­lar», «Adabiyot» majmualariga qo‘yiladigan talablar» kabi rasmiy-metodik hujjatlarga ham u mualliflik qilgan.

Q.Yo‘ldoshev badiiy asar tahlilining nazariy-metodik masa­lalari ustida jiddiy izlanishlar olib borib, «Badiiy tahlil asoslari» kitobini yaratdi. Bu asarda tahlil turlari, yo‘nalishlari, tamoyillari va tahlilga qo‘yiladigan talablar tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu qarashlar respublika ta’lim muassasalarida adabiyot o‘qitishning yangi bosqichga ko‘tarilishiga turtki beradi. Olim badiiy asar tahlili shaxs va millat ma’naviyatini shakllantirish omili ekaniga alohida e’tibor qaratadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda adabiyot o‘qitish metodikasi fanining rivojiga har bir metodist o‘z bilimi, salohiyati, intellektual imkoniyati doirasida hissasini qo‘shdi, uni yana-da boyitish maqsadida izlanishlar olib bormoqda.
4-MAVZU: RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TA`LIM TIZIMI
Reja:

Rivojlangan mamlakatlar ta`lim tizimi tarakkiyotining ayrim masalalari.

AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Finlyandiya, Germaniya va boshka davlatlar ta`lim tizimi.

Tayanch iboralar:xalkaro baxolash dasturlarir RLS dasturi, TIMSS dasturi, PISA dacmypu,STEAMmetodi

Rivojlangan mamlakatlar ta`lim tizimi tarakkiyotining ayrim masalalari

Jaxonning yuksak darajada tarakkiy etgan davlatlarida ta`lim- tarbiya ishlarining yulga kuyilishi, maktablarda amalga oshirilganini urganish orkali biz mustakil respublikamiz milliy ta`lim tizimlarini yangitdan tashkil kilishda, ta`lim-tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, uz dolzarbligini yukotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezrok xalos bulish, uni munosib tarzda yangilashda kushimcha boy manbalarga xam ega bulamiz. Zotan, xozirgi zamon ta`limida davlat va jamiyat talabi xamda manfaatlari aks etib turishi kerak.

Ilmiy-texnika tarakkiyoti, yangi texnologik revolyusiya sharoitida muvaffakkiyatli faoliyat kursata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-xunarga yunaltirish xamda urta ta`limning kup variantli uchinchi boskichini joriy etish, ta`lim-tarbiya berishda eng ilFor pedagogik vositalarni kullash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul ochish, uning eng makbul tizimlarini yaratish kabi jaxon tajribalarini urganish maksadga muvofikdir.

Bugungi kunda keng kulamdagi isloxotlarni uz boshidan kechirayotgan bizning ta`limimiz uchun bu katta axamiyatga ega. Keyingi yillarda jaxon ta`limi buyicha kupgina makolalar, broshyuralar, kullanmalar chop etildi, unga baFishlab seminarlar, anjumanlar, ukishlar, uchrashuvlar utkazildi. Bu bizning ta`lim tizimimizda, chet ellarda ukuv-tarbiya ishlarining yulga kuyilishiga. e`tibor va kizikishning

tez sur`atlar bilan usib borayotganligidan dalolatdir. Xalk ta`limi tizimlarida jaxon ta`lim tizimini urganish bilan shuFullanuvchi muassasalar xam tashkil topmokda. Jaxon ta`limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni vokif kilishda BMTning Uzbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AKЩning Tinchlik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalkaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamFarmasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshka kuplab tashkilotlar yakindan yordam bermokdalar. Darxakikat, rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning, mamlakat ichki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof kilingan xakikatdir. Shu tufayli xam chet mamlakatlarida maktab extiyojini iktisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag` mikdori yildan-yilga oshib bormokda.

Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadkikotlarni amalga oshiradigan kup sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortik. Fransiya, AKSh, Yaponiya ta`lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadkikot markazlari shuFullanmokdalar. Ular faoliyatini esa xalkaro ta`lim markazlari, masalan, AKЩda xalkaro ta`lim instituti muvofiklashtirib bormokda. Kupchiligining faoliyati ukuv dasturini takomillashtirish va kayta kurishga karatilgan.

80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada xam AKDTdagi singari urganilishi majburiy bulgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar ukuv setkasining yadrosini tashkil etadigan buldi. K,olgan predmetlarni tanlab olish ta`lim oluvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir. “Yangi dunyo”ning pedagogik F0yalari Fransiya va G yermaniya ta`limiga xam sezilarli ta`sir etdi.

Germaniya tuliksiz urta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir katorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan ukuv Dasturlari xam amalga oshirildi. Bu ukuv dasturi tobora tuliksiz urta maktab doirasidan chikib, urta maktablar va gimnaziyalarni xam kamrab olmokda.

Fransiya boshlayetich maktablarida ta`lim mazmuni ona tili va adabiyoti xamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografn, axolishunoslik, tabiiy fanlar, mexnat, ta`limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bulinadi.

Yaponiya maktablari ikkinchi jaxon urushidan keyinrok Amerika ta`limi yulidan bordi. Lekin shunga karamay, bu ikki mamlakat ukuv dasturida bir kator farklar kuzga tashlanadi. Yaponiyada ukuv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir kator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta`lim maktablarining yangi musika ta`limi ukuv dasturiga milliy va jaxon mumtoz musikasini urganish xam kiritilgan.

Shuni ta`kidlash lozimki, iktisodiy rivojlangan davlatlarda 80- yillarda tabiiy ilmiy ta`lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, ba`zi xollarda astranomiya, geologaya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AK,Sh va Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil ukitiladi. Ukuv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bula boshladi. Fransiyada 70-80-yillarda tuliksiz urta maktablar ukuv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iktisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.

Xrzirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar ukuv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish tula amalga oshirishdi.

Maktablarda amalga oshirilayotgan isloxotlar ta`lim ishini tabakalashtirish muammolarini keltirib chikardi. Iktisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta`limni tabakalashtirish engdolzarb masalaga aylangan. Ta`lim oluvchilarni tabakalashtirib ukitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlayetich ta`lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, fransuz pedagoglari ta`lim jarayonida sinf ta`lim oluvchilarini uch tabakaga ajratib ukitishnn afzal kuradilar.

Bular kuyidagilar :

Gomogenlar — matematika va gumanitar yunalishda ish olib borsa buladigan ta`lim oluvchilar.

Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni uzlashtira olishga moyil ta`lim oluvchilar.

Gegeron — barcha predmetlarni xar xil saviyada uzlashtiradigan ta`lim oluvchilar va xokazo.

Tabakalashtirish jarayoninig yangi muxim yunalishi tuldiruvchi ta`limni rivojlantirish bulib kolmokda.

Ukuv jarayonlarini tabakalashtirib olib borish buyicha chet mamlakatlarining kupchiliida tadkikotlar davom ettirilmokda.

Rivojlangan davlatlarda iktidorli bolalarga e`tibor tobora ortib bormokda. Keyingi davrlarda uz tengdoshlariga nisbatan kobiliyatda bir necha barobor ilgarilab ketgan bolalar kuplab topilmokda. Ular ukuvni jud erta boshlab ta`lim kurslarini uzlashtirishda katta shov - shuvlarga sabab buladigan darajada muvaffakiyatlarga erishadilar. Shunday iktidorlar maktabi Garbda 60 - yillardayok paydo bulgan edi. Bunday maktablarning ukuv dasturlari bolalar kobiliyati va imkoniyatini tula ruyobga chikarishni ta`minlab berish darajasida murakkab tuzilgan. Kobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AKShda keng kuloch yoygan. Ayrim shaxarlarda kobiliyatli bolalar boFchalari ochilgan bulib, ularda 4-5 yoshli ta`lim oluvchilarmaktab dasturida ukitiladilar. AKShda “Merit” dasturi asosida xar yil yukori sinflar va kollejlardan eng kobiliyatli bolalardan 600 mingtasi tanlab olinadi. Ular urtasida test sinovlari utkazilib eng kobiliyatli 35 ming ta`lim oluvchi tanlab olinadi va ukitiladi. Ularga turli imtiyozlar, stipendiyalar, yaxshi shart - sharoitga ega bulgan turarjoy, eng oliy darajadagi universitetlarga kabul va boshkalar amalga oshiriladi. Lekin iktidorli bolalarga karama - karshi kutbda turgan akli zaif ta`lim oluvchilarning takdiri xam xorijlik xamkasblarnitobora tashvishlantirmokda, bunday xolni kelib chikish sabablarini urganish, oldini olish buyicha kupgina profilaktik ishlar olibborilmokda va ular uchun maxsus maktablar ochilmokda.

Germaniya maktablarida sinfda ta`lim oluvchilar sonini kiskartirish sari yul tutilgan. Bunday ta`lim oluvchilarni - xar biriga individual paketlar (topshiriklar) tarkatiladi. Toshiriklarni ta`lim oluvchi mustakil bajaradi, lozim bulganda u pedagogdan konsultatsiya oladi.

Yukorida bayon kilinganlardan kuzda tutilgan maksadlari :

maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yunalishlarini kuchaytirish.

ta`lim oluvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yullarini kidirib topish.

tarbiyaning yangi formalarida - ta`lim oluvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy uyinlardan foydalanish.

maktab ukuv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning uzaro alokasini mustaxkamlash, takomillashtirish.

maktabni mexnat, insoniy faoliyat bilan yakinlashtirish, kasbga yunaltirish ishlarini kayta tashkil etish.

tabakalashtirib ukitishni yulga kuyish, maxsus ukuv muassasalarini (xam talantlar, xam akliy, jismoniy zaif ta`lim oluvchilar uchun) rivojlantirish.

yangi, ya`ni ukuv texnik vositalarini ta`limdagi salmokni oshirish, pedagoglar korpusida kompyuter ta`limini yulga kuyish.

pedagogik F0yalarni amalga oshirishda keng kamrovli eksperiment tadkikotlarni amalga oshirishdan iborat dir.

Chet el ta`limidagi bunday ibratli jixatlarni Vatanimiz ta`lim tizimlarida kullash Resublikamizda ta`lim—tarbiya ishlarini islox kilish jarayonini tezlashtiradi.

Insoniyat jamiyatining xozirgi zamon rivojlanish darajasi mustakil respublikamiz ijtimoiy xayotining barcha soxalarida amalga oshirilayotgan tub uzgarishlarda uz aksini topmokda.

Mamlakatimizda ta`lim oluvchi-yoshlarning ijodiy F0yalarini xar tomonlama kullab-kuvvatlash xamda raFbatlantirish maksadida keng kulamli isloxotlar olib borilmokda. Xususan, yoshlarning ilmiy- tadkikot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish maksadida Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi “Xalk ta`limi tizimida ta`lim sifatini baxolash soxasidagi xalkaro tadkikotlarni tashkil etish chora - tadbirlari tuFrisida”gi 997-sonli karori kabul kilindi. Mazkur karor ijrosini ta`minlash maksadida Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Ta`lim sifatini nazorat kilish davlat inspeksiyasi, Xalk ta`limi vazirligi, Tashki ishlar vazirligi xamda Moliya vazirligining xalkaro baxolash dasturlari buyicha xalkaro tadkikotlarni tashkil etishi belgilandi.

Endilikda boshlang`ich 4-sinf ta`lim oluvchilarining matnni ukish va tushunish darajasini baxolash uchun Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) tadkikoti joriy etiladi.

Shuningdek, Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) tadkikotidan 4 va 8-sinf ta`lim oluvchilarining matematika va tabiiy yunalishdagi fanlardan uzlashtirish darajasini baxolash uchun foydalaniladi.

The Programme for International Student Assessment (PISA) tadkikoti 15 yoshli ta`lim oluvchilarning ukish, matematika va tabiiy yunalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baxolash uchun kullaniladi.

The Teaching and Learning International Survey (TALIS) - raxbar va pedagog kadrlarning umumiy urta ta`lim muassasalarida ukitish va ta`lim olish muxitini xamda pedagoglarning ish sharoitlarini urganish uchun joriy etish kuzda tutilgan.

Karorga kura, Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Ta`lim sifatini nazorat kilish davlat inspeksiyasi xuzurida Ta`lim sifatini baxolash buyicha xalkaro tadkikotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi.

Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yunalishlari etib kuyidagilar belgilandi:

xalkaro tadkikotlarni tashkil etish xamda muvofiklashtirishda Uzbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish;

ta`lim tizimida ukish, matematika va tabiiy yunalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chikish va joriy etishga yunaltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;

ta`lim sifatini baxolash soxasida xalkaro alokalarni urnatish, xalkaro loyixalarni ishlab chikish va amalga oshirish, xalkaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va utkazishda ishtirok etish;

ta`lim sifatini baxolash soxasida fundamental va amaliy tadkikotlar utkazish;

ta`lim sifatini baxolash buyicha tadkikotlarni ilmiy va uslubiy jixatdan kullab-kuvvatlash;

umumiy urta ta`lim muassasalarining xalkaro tadkikotlarda muvaffakiyatli ishtirok etishini ta`minlash;

Uzbekiston Respublikasining xalkaro baxolash dasturlarida kayd etgan natijalarini boshka davlatlar natijalari bilan kiyosiy takkoslash;

xalkaro baxolash dasturlarini ta`lim jarayoniga joriy etish buyicha tizimli monitoring olib borish, ushbu soxadagi i^or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta`lim muassasalari uchun tavsiyalar va kullanmalar ishlab chikishda ishtirok etish;

ukitishning innovatsion usullaridan foydalangan xolda ukish, matematika va tabiiy yunalishdagi fanlar buyicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish buyicha ukuv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash.

Ta`lim oluvchilarning bilim va malakasini umumiy ravishda taxlil kilish mamlakatdagi ta`lim sifati darajasini belgilaydi. Shu maksadda ukuv yili davomida xar bir ta`lim muassasasida ichki va tashki monitoring utkazib boriladi. Uning natijasiga kura, eng namunali maktablar ketma-ketligi, pedagoglar saloxiyati va ta`lim oluvchilarning uzlashtirish darajasi aniklanadi. Bu jarayon ta`lim tarakkiyotini belgilovchi muxim mezon bulgani uchun Xalk ta`limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy urta ta`lim maktabi ta`lim oluvchilari bilimini baxolash buyicha xalkaro dasurlarni amaliyotga joriy etish maksadida ilk kadamlar tashlandi. Ya`ni, ta`lim oluvchilar bilimini xalkaro talablarga yetkazish, unga mosligini urganib borish maksadida PISA (Programme for International Student Assesment), TIMSS (Trends in Mathematics and Science Study) kabi baxolash dasurlarini keng kullash rejalashtirilmokda.

PISA - 15 yoshli ta`lim oluvchilarning savodxonligi va kompetensiyasini baxolovchi xalkaro dastur bulib, Xalkaro Iktisodiy xamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan 3 yilda bir marta utkaziladi. Unda ta`lim oluvchilarning bilim sifati ukish, matematika va tabiiy fanlar buyicha monitoring kilinadi va ballik tizimda baxolanadi. Ushbu xalkaro dasur 1997 yili ishlab chikilib, 2000 yilda ilk marotaba amaliyotda skullangan. Dastur kumagida turli davlatlar ta`lim tizimidagi uzgarishlar aniklanadi, solishtiriladi, baxolab boriladi. Bu tadkikotlarning natijasi dunyo buyicha katta kizikish bilan kuzatib kelinadi. Shu bois yildan-yilga uning axamiyati va kamrovi oshib boryapti.

Misol uchun, 2000 yilda dastur testlarida 32 davlatdan 265000 nafar ta`lim oluvchi ishtirok etgan bulsa, 2018 yilda bu kursatkich 2 barobarga otpishi, ya`ni 78 davlatdan 540000 nafardan ziyod ta`lim oluvchikatnashishi kutilmokda. X,ar bir davlatdan ishtirok etuvchi ta`lim oluvchilar soni mamlakatdagi jami 15 yoshli bolalarning 2 foizi mikdorida shakllantiriladi. PISA dasturi test sinovlari Iktisodiy xamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan yetakchi xalkaro tashkilot va milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi.

TIMSS- maktabda matematika va tabiiy fanlarni ukitish sifatining xalkaro monitoringi bulib, Ta`lim yutuklarini baxolash xalkaro assosatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etiladi. Ushbu tadkikot turli davlatlardagi 4- va 8-sinf ta`lim oluvchilarining matematika va tabiiy fanlar buyicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish xamda milliy ta`lim tizimidagi farklarni aniklashga yordam beradi. kushimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar buyicha berilayotgan ta`lim mazmuni, ukuv jarayoni, ukuv muassasasi imkoniyati, pedagoglar saloщiyati, ta`lim oluvchilarning oilalari bilan boFlik omillar urganiladi. Ushbu ma`lumotlar belgilangan fanlarni uzlashtirish xolatini kursatishda asos buladi.

Tadkikot turt yilda bir marta dunyoning kuplab ilmiy-tadkikot markazlari va tashkilotlari, xususan, AKShiing ta`lim soxasidagi test xizmatlari (ETS-Educational Testing Services), Kanadaning statistik markazi (Statistic Canada), Ta`lim yutuklarini baxolash xalkaro assosatsiyasi (GEA)ning Sekretariati ishtirokida utkaziladi. Shuningdek, turli davlat mutaxassislaridan iborat maslaxat kumitalari tashkil etiladi.

STEAM-xozirgi kunda dunyo ta`lim tizimining eng asosiy urf bulgan innovatsion metodlaridan biri xisoblanadi. Bir karaganda STEAM abbreviaturasi juda murakkab kurinadi, lekin uni aloxida kuradigan bulsak sodda va anik ekanini kurishimiz mumkin, ya`ni: S - science, T - technology, E - engineering, A - art, M - mathematics, yoki tabiiy fanlar, texnologiya, muxandislik san`ati, ijod, matematika. Oddiy suz bilan aytganda, zamonaviy dunyoda eng kup talab etilayotgan fanlardir.

X,ech kimga sir emaski, kuplab fan tarmoklarida katta yutuklarga erishish uchun uzlashtiriladigan turli soxalardagi bilimlarning integratsiyasi talab etiladi. Lekin bunga ukuvchilarni kanday kilib tayyorlashimiz mumkin, chunki maktab dasrlari orasidagi boFliklikni kurish juda murakkabdir. Aynan shunday muammolarni xal kilishda. STEAM yordam beradi.

Bu metodika ta`limni aralash turda olib borish va egallangan nazariy bilimlarni kundalik xayotda kullay olish kunikmalarini shakllantirishga imkon beradi. STEAM bu maktabda va maktabdan tashkarida loyixa va ukuv-tadkikot faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi innovatsion texnologiyadir. Ushbu metod yordamida fanlar aloxida tarmoklarda emas, balki integratsiyalashgan xolda, umumiy boFlikligini kursatib urgatiladi.

Fanlarni kundalik xayot bilan boFlikligini kursatishdan tashkari, texnologiya ukuvchilarning ijodkorligini xam kursatib berishi mumkin. Ushbu yondashuv ukuvchilarning faoliyatiga bir kancha vazifalarni takdim etadi, ukuvchi ularni xal kilishida ijodkorligini namoyon kilishni urganadi. Bunday vazifalar yordamida ukuvchi FOyalarni nafakat uylab topadi, balki ularni kundalik xayotida amalga oshirishni xam urganadi. Shu tarika, ukuvchi uz faoliyatini oldiga kuyilgan vazifalari va mavjud imkoniyatlari doirasida xal kilishga urganadi.

AKSh, Janubiy Koreya, Yaponiya, Finlyandiya, Germaniya va boshka davlatlar ta`lim tizimi

AKSh TA`LIM TIZIMI

Amerika Kushma shtatlarida ta`lim tizimining tuzilishi kuyidagicha:

bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;

1 -8-sinflargacha bulgan boshlayetich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha ukiydilar);

9-12-sinflardan iborat urta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bulgan bolalar ta`lim oladilar). U kuyi va yukori boskichdan iborat.

Amerika Kushma Shtatlarida navbatdagi ta`lim boskichi oliy ta`limbulib, u 2 yoki 4 yil ukitiladigan kollejlar xamda dorilfununlardir.AKShda majburiy ta`lim 16 yoshgacha amal kiladi. Bu mamlakatdagi ukuvyurtlari davlat, jamoa tasarrufida, xususiy va diniy muassasalarixtiyorida bulishi mumkin.

Amerikada 3 yoshgacha bulgan bolalar tarbiyasi bilan onalar shugullanadilar, lekin ularga xech kanday imtiyozlar berilmagan. 5 yoshdanesa “Kinder garde” deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida ta`lim boshlanadi. Boshlayetich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bulgan bolalarni kamrab oladi. Bu boshlayetich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yunaltirish vazifalari xal etiladi. Sinfdan-sinfga kuchish ta`lim oluvchininguzlashtirganlik darajasiga boFlik. BoshlanFich ta`lim turli shtatlardaturlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli xil tugaraklar, uchrashuvlar, shoular va sayoxatlar uyushtiriladi, ammo ularning xammasiga xak tulash lozim. Urta maktablar kuyi va yukori boskichlardan iborat.

sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida urta maktabga kabul kilinadi. Urta maktablarda kuyidagi turt yunalishda kasb-xunar asoslari berib boriladi:

kasb-xunar ta`limi;

biznes ta`limi;

savdo va sanoat ta`limi;

-kurilish ta`limi.

Oliy ta`lim esa kuyidagi 4 asosiy boskichda amalga oshiriladi:

Kichik mutaxassis2 yillik kollejlar.

Bakalavr 4 yillik kollejlar.

4 yillik kollej yoki dorifununni tugatgandan sung,1-2 yillik magistr maktabi.

4 .Doktorantura.

Oliy ta`limda ikki yunalish mavjud:

ta`limni individu allashtirish;

talabaning mustakil ishlashini amalga oshirish.

Pedagog yunaltiruvchi rol uynaydi. Asosiy maksad talabaintellektini mashk kildirish va mantikiy fikrlashga urgatishdir.

Yukoridagilardan kelib chikib xulosa kilish mumkinki, AKSh urtamaktablarida uz ta`lim oluvchilariga uch yunalishda: akademik, kasb- xunar, umumiyyunalishlarda bilim beradi.

AKShda xar bir ta`lim oluvchiga fanlar buyicha olgan bilimlari jamlangan attestatlar beriladi. Kollejlarda ukish istagida xujjat topshirgan. Kollejlarda ukish istagida xujjat topshirgan pedagoglar yukori urta maktabning sunggi ikki yili bilimlari xajmida kirish test sinovlaridan utkaziladi. Yf^- kizlarning tanlagan kasbiga layokati va kobiliyati xam aniklanadi.

Maktablarda kullanilishi mumkin bulgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kalligrafiya va yozuv koidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar) ta`lim televideniyesi, kulda kutarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va xokazolardan iborat.

XXI asr arafasida AKSh yangi kabul kilingan «2000-yilda Amerika ta`lim strategiyasi» dasturi e`lon kilingan edi.

Nazorat savollari:

Xalkaro baxolash dasturlari buyicha ma`lumot bering.

PISA va TIMSS nima?

Rivojlangan davlatlar ta`lim tizimining uziga xosliklarini tushuntiring.

Yaponiyada maktabgacha va boshlayetich ta`lim, urta va katta maktab ta`lim tizimi, Davlat universitetlariga kirish koidalari xakida ma`lumot bering.

Germaniya Federal Yerlarida ta`lim tizimining umumiy va farkli jixatlarini kursating.

Germaniyada ta`lim tizimi boskichlari xakida suzlab bering.

Germaniyada maktab tiplarining farkini tushuntiring.

Germaniyada birlashgan (umumiy) maktab turlari: kooperativ va integratsiyalashgan maktablar xakida ma`lumot bering.

Janubiy Koreyadagi maktabgacha, boshlayetich, urta va yukori ta`lim xakida gapirib bering.

Janubiy Koreyada kasb-xunar ta`limi va oliy ta`lim xakida suzlab bering.

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati:

Ivanova A. Uzbekiston -Germaniya ta`lim soxasidagi xamkorlik. Xalk suzi.2002 yil 13 mart.

Mamajonov I.G. Germaniya davlati ta`lim tizimi. .“Iktisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr- dekabr, 2017

Miraliyeva D. Jaxon ta`lim tizimi. Ukuv uslubiy majmua. T.: Iktisodiyot., 2016

Mutalipova M., Imomov M. “Ta`limda ilFor xorijiy tajribalar” moduli buyicha ukuv-uslubiy majmua. T.: Nizomiy nomli TDPU, 2017

Fayzullayeva N. Jaxon ta`lim tizimi/Ukuv kullanma.T.: TDIU, “Iktisodiyot”, 2016

BADIIY ASARLARNI O`RGANISHDA O`QUV TAHLILIDAN FOYDALANISH
BADIIY ASARLARNI O`RGANISHDA O`QUV TAHLILIDAN
FOYDALANISH
Reja:
1
. Badiiy asar ustida ishlash bosqichlari.
2. Badiiy asarni o’qishga tayyorgarlik.
3. Badiiy asar matni ustida ishlash

2
Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o'qituvchi


badiiy asarning san'at asari sifatida o'ziga xos xususiyatlari va o'quvchilarning
tayyorgarlik darajasini nazarda tutadi.
Badiiy asarda barcha qismlar (g'oyaviy asos, kompozitsiya, sujet, tasviriy
vositalar) o'zaro bog'liq bo'ladi. Sujet rivoji asosida asar qahramonlarining yangi-
yangi qirralari ochila boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o'qish
va idrok etishni talab etadi.
O'quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o'rgatish ularda adabiy-cstetik tahlil
malakasini shakllantirish va o'stirish orqali ta'lim-tarbiya berishni nazarda tutadi.
Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissi-oti va xulosalarini tushunishga
yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg'otadi. Asar tahlili
o'qituvchidan o'quvchilar faoliyatini ma'lum maqsadiga yo'naltirishni taqozo qiladi.
,,Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan
hayotiy voqeani yoritish orqali o'quvchilarni badiiy adabivot olamiga olib kirish,
tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab
olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. O'quvchilarning yozuvchi oldinga surgan
g'oya, muammolarni to'liq tushunishlariga erishmay turib, adabiyotning yoshlarni
tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo'lmaydi"
1
.
O'quvchi asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil
qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni
peshlasa, tahlil asar zamiridagi ma'noni chuqur o'rganishga yordam beradi.
O'qituvchi badiiy asar ustida ishlashda quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:
1. Asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishi.
2. Asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olishi.
3. Har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi.
4. Asarni qanday metodiar asosida o'rganishni aniqlashi.
5. O`quvchilar egallaydigan bilim, ko'nikma va malakalar doirasini belgilab
olishi.
Boshlang`ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bos-qichga boiinadi:

II BOB. EPIK ASARLARNI TAHLIL QILISH USULLARI


O ‘zbekiston respublikasi oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi
II BOB. EPIK ASARLARNI TAHLIL QILISH USULLARI
II BOB. EPIK ASARLARNI TAHLIL QILISH USULLARI
2.1.
HIKOYA JANRIGA OID B O ‘LGAN ASARLAR TAHLILINI AMALGA
OSHIRISH USULLARI (G ‘. G ‘ULOMNING “MENING O ‘G ‘RIGINA BOLAM”
HIKOYASI MISOLIDA)
O ‘quvchi o ‘qilgan asarning sir-asrorini tuygachgina qalbida kitobga
muhabbat hissi shakllanadi, chinakam badiiyat namunasini ajrata olish malakasini
egallasa, haqiqiy kitobxonga aylanadi. Biror asarni o ‘qish, uni tahlil qilish
jarayonida olingan bilim o ‘quvchini boshqa asarlarni o ‘qishga, ulardan
zavqlanishga undaydi.
Badiiy tahlil maqsadiga ko‘ra ilmiy va o‘quv (didaktik) tahlilga bo ‘linishi
haqida yuqorida m a’lumot bergan edik. Ilmiy talqin asarning badiiyligini
ta ’minlagan jihatlar, so‘z sehri, san’atning sirli tomoni nimada ekanligini
ko‘rsata bilish bo‘lsa, (o‘quv) tahlil pedagogik maqsadga y o ‘naltirilgan bo‘lib,
o‘quvchining
badiiy
madaniyatini
yuksaltiradi,
tafakkuri
va
hissiyotini
faollashtiradi. Ilmiy tahlil adabiyotshunosning aqliy faoliyati natijasi b o ‘lsa, o ‘quv
tahlili odamlar bilan muloqot mobaynida amalga oshiriladi. Didaktik tahlilning
vazifasi badiiy asarning jozibasi, o ‘ziga xosligi, ta ’sir kuchi sabablarini aniqlash
orqali o ‘quvchilarda sohir qalb, hassos tuyg‘ular, ravon va ifodali nutqni
shakllantirishdir. O ‘quvchining estetik tarbiyasini faollashtirish, didini o ‘stirish
orqali uning shaxsini barkamollashtirish esa adabiy ta ’limdan ko ‘zlangan asosiy
maqsad hisoblanadi.
O ‘quv tahlili ikki bosqichli bo‘lib, birinchi bosqichda o‘qituvchi
o‘qitiladigan asarni tahlil qiladi, savollar tuzadi, tahlil uchun maqbul usullar
tanlaydi. Ikkinchi bosqichda o ‘qituvchi bilan o ‘quvchilar hamkorligida darsda
biror asar tahlil qilinadi.
O ‘quv tahlili muayyan shaxslik fazilatlari va xislatlarini tanishga qaratiladi.
Badiiy asarda voqea yoki kechinmalar yozuvchining mahoratiga qarab kitobxonni
o‘z tomoniga «og‘diradi».
Download 252.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling