3
O‘quv fanining dolzarbligi va oily kasbiy ta‟
limdagi o‘rni
Mazkur dastur talabalarni psixologiya fani tarixi ahamiyati va mohiyatini
o„rganishiga qaratilgan. Shu sababdan ham mutaxassislarni zamon talabida tayyorlash
uchun egallayotgan sohasini tarixini chuqur bilishi davr talabi xisoblanadi. Bugungi
kunda psixologiya tarixi psixologiyaning barcha sohalariga kirib borib turli xil
nazariyalarning shakllanishi, psixologik oqimlarning yuzaga kelishi xamda turli
davrlardagi psixologik maktablar g„oyalarini ochib berish talabalarda bilimlarni
shakllantirish asosi xisoblanadi. Shuning uchun xam mazkur kursni o„qitish muhim
hisoblanadi.
Psixologiya tarixi fani umum kasbiy fan hisoblanib, 1-semestrda o„qitiladi.
Rejalashtirilgan gumanitar va tabiiy-ilmiy (biomexanika, anatomiya va fiziologiya,
sport tibbiyoti va reabilitatsiya), umumkasbiy (umumiy psixologiya, sotsial psixologiya,
menejment psixologiyasi, ontogenez psixologiyasi, mehnat psixologiyasi, jismoniy
tarbiya va sport pedagogikasi) va ixtisoslik fanlar (sport psixologiyasi, sport
psixodiagnostikasi va psixokorreksiya) fanlaridan oladigan bilim va ko„nikmalarni
to„ldirishga yordam beradi.