O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni


Download 145.33 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi145.33 Kb.
#1548112
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2.Чизматасви sevara tayyor








O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni
Rassom tasviriy san`at turlarining qaysi birida ijod qilishidan qat`iy nazar chizmatasvirga va rangtasvirga asoslanadi. U o`zining kuzatishlari, asar oldida kompozitsiyalari ustidagi izlanishlarini avval qalamda, dastlabki chizgilar bilan ifodalaydi. yaratilgan va yaratilayotgan badiiy asar ta`sirchanligini anglash, xis etish va uning badiiy g’oyasini oshirish, rivojlantirish yo`nalishlarini belgilab olish bo`yicha nazariy bilimlarini shakllantirish ko`nikmasini xosil qilish.

O`quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanning vazifasi – fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikka ega bo`lgan malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash ko`nikmalarini xosil qilish.


Fan bo`yicha talabalarning bilimiga, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan talablar
Bilishi kerak: -chizmatasvir o`quv topshiriqlarini bajarishda chizmatasvir san`atining o`ziga xos hususiyatlarini anglash, xomaki chizgilar va tugallangan o`quv topshiriqlari bajarish;

  • asarlar ustida ishlashda artistizmga yordam beruvchi kasbiy malaka komplekslari

  • chizmatasvir va dekorativ rangtasvir madaniyati;

  • shakllar plastikligi tizimi va uning qonunlari;

  • jismlar dunyosi va tirik tabiat shakllanishining uygunligi;

  • tasvirning grafikasiga erishish,

  • chiziqning tasvir elementi hakidagi axamiyati va shakl yaratish inson qiyofasi tasvirlanuvchi yarim qomat, yaxlit qiyofa, turli rangdagi matolardan iborat bulgan o`quv topshiriqlari,

  • o`quv topshiriqlari plastik kompazitson obraz echimlari,

  • yaratiladigan asarlar mavzu doirasida kompozitsion ifodalilikka xizmat qiluvchi tasviriy ashyolar haqida tasavvurga ega bo`lishi;

  • o`quv topshiriqlarda kompozitsion muhit tashkil etuvchi atributlar singari tasviriy ashyolarni chizmatasvir va rangtasvirda jamlash;

    • turli xildagi matolar ishtirokida bajariladigan tasviriy asar sifatida shakllanishida ko`plab dekorativ asar yaratish qonun qoidalarini o`rganish;

  • tasviriy san`atda asrlar mobaynida shakllangan uslubiy an`analarga rioya etish va amalda qo`llay bilish;

  • chizmatasvir va rangtasvir o`quv kursida mashg’ulotlarning asosiy shakli insonning jonli qiyofasiga qarab turli yorkin matolar fonida aks ettirish;

  • suratning asosiy tuzilishi qonuniyatlarini;

  • ijodiy tafakkur yurita olish va atrof-muhitni badiiy dekorativ talqin eta olishni;

    • chizmatasvir vositalari orqali shakilni ifodasini berishni;

  • chiziqning eng oddiy tasvir vositasi ekanligi va u orqali olamni va shaklni tasvirlash mumkinligini bilishi

    • insonning qiyofasiga qarab, tasvir etish jarayonida, tasvir vositalarining barcha unsurlari o`zaro mutanosibligiga erishish;

Qilishi kerak: - chizmatasvirda harakat va sokinlik, nur va soya fazoviy o`lchamlarining nisbatlari to`g’ri aks etishiga e`tiborga olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • turli insonlar shakl – shamoili, fe`l – atvori, ruhiy holatini dekorativ xolatda ifodalab berish;

  • chizmatasvirda va rangtasvirda mahoratini namoyon kilish;

  • o`quv topshiriklari xar bir detalni tasvirdagi bir yaxlitlikka buysundira olish;

  • chizmatasvir va rangtasvirda kasb mahoratini namoyon kilish.

  • chiziqning tasvir elementi xakidagi axamiyati va shakl yaratish

  • tasvir mavzui va timsolning asos mohiyati, etakchi jihat va xususiyatlarini to`g’ri belgilab berish va badiiy mahorat ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.




Download 145.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling