Nazorat turlari va baholash mezonlari
Chizmatasvir fani bo’yicha talabalar bilimini nazorat qilish Joriy va yakuniy nazorat turlarini o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Joriy nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo’limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko`nikmalarini baholash maqsadida o’quv mashg’ulotlardan keyin ham o`tkaziladi.
Joriy nazorat turi fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2 marta o`tkaziladi.
Fan bo’yicha talabani yakuniy nazorat ga kiritilishi o’quv mashg’ulotlarida olgan ballari asosida amalga oshiriladi. Agar talabaning bahosi 3 bahoga yetmasa yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Joriy va yakuniy nazorat savollari va topshiriqlari DTSlariga mos ravishda tuziladi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida fan bo`yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o`tkaziladi.
Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari
Baholash usullari
|
Amaliy ish usullarini bajarishi.
|
Baholash mezonlari
|
Talaba “Chizmatasvir” fani boyicha o’zlashtirish ko’rsatkichini nazorat qilishda quyidagi namunaviy mezon asosida baholanadi.
5- (a’lo) baho: xulosa va qaror qabul qilish; joylashtirish, qurish, nisbat olish, qalam bilan ishlash qobiliyati, yaqunlash, ijodiy fikrlay olish; mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.
4- (yaxshi) baho: joylashtirish, qurish, nisbat olish, qalam bilan ishlash qobiliyati, yaqunlash, mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.
3 - (qoniqarlii) baho: nisbat olish, qalam bilan ishlash qobiliyati, mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish.
2 - (qoniqarsiz) baho: dasturni o’zlashtirmaganlik; fanning mohiyatini bilmaslik; aniq tasavvurga ega bo’lmaslik; mustaqil fikrlay olmaslik.
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |