O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni


Download 0.8 Mb.
bet1/2
Sana02.04.2020
Hajmi0.8 Mb.
  1   2



O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni

Ushbu fan kimyoviy elementlar va ular birikmalarining tuzilishi, xossalari haqidagi fundamental bilimlarni qamrab olgan xolda, talabalarga kimyoviy elementlar xossalarini davriy qonun va davriy sistemasi asosida modda tuzilishining hozirgi zamon ma’lumolariga suyangan holda, nazariy kimyo tushunchalarini qo’llab tushuntirishdan iborat bo’ladi.

Noorganik kimyo fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq. Noorganik kimyo fani tabiiy fanlar turkumiga kiradi va barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladi.
O’quv fanining maqsadi va vazifasi

Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga kimyoviy elementlar va ular birikmalarining xossalari haqida, D.I.Mendeleevning davriy qonuniga asoslangan xolda, modda tuzilishini va boshqa nazariy kimyoning asosiy tushunchalarini hozirgi zamon ma’lumotlaridan foydalanib, chuqur bilim berish va talabalarda mantiqiy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, kimyoviy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kimyodagi fanning sifat tavsifidan miqdoriy tassavvurlarga o’tishni amalga oshirish vazifalarini bajaradi.

Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yidagi talablar qo’yiladi. Talaba:

- noorganik kimyoning hozirgi zamon holati, uning rivojlanish yo’llari, kimyoviy elementlar va ular birikmalarining xossalari, yangi xossalarga ega bo’lgan moddalarni sintez qilishda nazariy kimyo qonuniyatlarini qo’llashni bilish va ulardan foydalana olish, hozirgi zamon modda tuzilishi haqida ma’lumotlar, kimyoviy bog’lanish turlari va tabiati to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;

- noorganik kimyoning nazariy asoslarini, kimyoviy qonunlar, tushunchalar, kimyoviy elementlarning xossalari, elementlarning yer kobig’idagi tarqalganligi va taqsimlanganligi muammolari, elementlar va ular birikmalarining amaliy ahamiyatini bilishi va ulardan foydalana olishi;

- talaba kimyoviy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo’llash, kimyoviy muammolar bo’yicha yechimlar qabul qilish, turli xil konsentratsiyali eritmalarni tayyorlash, noorganik birikmalarni sintez qilish, ularni ajratib olish, tozalash va tadqiqot qilish; ma’lum usullardan foydalanib tajribalar o’tkazish, mavzularga oid masalalarni ishlash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.

Fаn bo’yichа bilim, ko’nikmа vа mаlаkаgа qo’yilаdigаn tаlаblаr

Noorganik kimyo” fanini ozlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

- elementlar va ularni xossalarini bilish kеrak;

- metal va metalmaslarni, ularning tabiatda tarqalishi, amaliy axamiyatini bilishi shart;

- noorganik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalarni ularning tarkibi, kimyoviy tuzilishi va molеkulaning fazoda joylashishiga bogliqligini bilishi kеrak;

- rеaksiya mеxanizmlarni yozib atroflicha tushuntirib bеrishni, noorganik moddalarni tibbiyotda, qishloq xojaligi, mudofaa va boshqa sohalarda qollash konikmasiga ega bolishi kеrak.

Umumiy vа o’quv ishlаri turlаri bo’yichа hаjmi

Fаngа umumiy 530 sоаt аjrаtilgаn bo’lib, shundаn аuditоriya mаshg’ulоtlаri 272 sоаt bo’lib, semestr dаvоmidа hаftаsigа 8 sоаtdаn o’tilаdi.



I semestrda jami 330 soat, 42 soat ma`ruza, 106 soat laboratoriya mashguloti, 22 soat amaliy mashguloti 170 soat auditoriya soati ajratilgan va 160 soat mustaqil ta`lim.

II semestrda jami 200 soat, 26 soat ma`ruza, 64 soat laboratoriya mashguloti, 12 soat amaliy mashguloti 102 soat auditoriya soati ajratilgan va 98 soat mustaqil ta`lim.



Semestr(lаr) bo’yichа mаshg’ulоt turlаrigа аjrаtilgаn sоаtning tаqsimоti

Semestr

Umumiy



O`quv soatlarining mashg’ulot turlari bo`yicha taqsimoti

Auditoriya mashg'ulotlari turi bo'yicha o’quv yuklamasi taqsimoti (soat)

Mustaqil ish

Jami

Ma`ruza

Amaliy mashg’ulot

Laboratoriya

Seminar

1-semestr

330

170

42

106

22

160

2-semestr

200

102

26

64

12

98

Jami

530

272

68

170

34

258

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling