O’quv fanining nomi: adabiyot mavzu nomi: Muhammad Yusuf hayoti va ijodi


Download 1.82 Mb.
bet4/4
Sana16.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1279050
1   2   3   4
Bog'liq
ochiq dars Muhammad yusuf

Siz buni bilib oling!
(Shoir she’rlarida badiiy san’atlarni topish )

1.Tazod- arabcha “qarshilantirish”, “zid qo’yish” degan ma’nolarni anglatib, she’riy misralarda zid ma’noli so’zlarni qo’llashdir. Tazodda zid qo’yilgan ikki tomon qiyoslanadi. Ayni zamonda uzviy ravishda bir - biriga mustahkam bog’lanadi.


Sahardan shomgacha mo’ltirab ko’zing,
Ko’rmay qolgunicha chopding dalangni.
O’g’rilki qilmasang, ayt axir o’zing,
Qanday boqayapsan shuncha bolangni.

2.Tashxis-“shaxslantirish” san’ati bo’lib, jonsiz narsalarning insonga xos xususiyatini aks ettirishdi.


Qiz yo’q uyda tonglar erta otmaydi,
Tomda oftob, ayvonda oy yotmaydi.
O’g’il qanday do’st bo’ladi bilmadim,
Qiz do’st bo’lsa- siringizni sotmaydi.
Og’ir kunda javdiratmas ko’zingiz
Qay o’g’ildan kamdir ayting, qizingiz.

3.Talmeh-arabcha “ko’z qirini tashlash” san’ati bo’lib, misralarda adabiy, tarixiy - diniy qayramonlarning nomini keltirishdir.


Dunyo ko’rki shu ko’zlari shahlolar
Qizlar bilan chamanzordir sahrolar.
Bir qayrilib Qaysni Majnun aylagan,
Tohirlarni Tohir qilgan Zuhrolar

4.Tashbeh-arabcha “o’xshatish” degan ma’noni anglatib, bir narsa ikkinchi bir narsaga o’xshatilishiir.


Sen Shirin-u men ham Farhod emasman,
Sen achchig’-u men ham novvot emasman.
Zaynab, Zaynab, menga aytma zoringni,
Sen dilxun-u, men ham dilshod emasman.
mehmon fanlar” o’yini
(Bunda o’quvchilar darslikda berilgan ”Jayron” sherida ishlatilgan so’zlarni turkumlarga ajratish bo’yicha jadvallar bilan ishlashadi)
O’quvchilarga ”Jayron” she’ri matni tarqatiladi.O’quvchilar she’rdagi barcha so’zlarni turkumlarga ajratishi kerak va jadvalga yozishi kerak.



Ot

sifat

son

Fe’l

ravish

olmosh

Ko’makchi

Bog’lovchi

yuklama

qon

Bag’ritosh




Yig’atdi




Qaysi







ham

jayron

To’la




Qo’yib




nega







ham

Ko’zing

alvon




yotay




senga










yosh

zor




To’kilgan




qay










Oyog’ingga







otdi




buncha










bosh







Yig’lading




menda










yurak







bor
















qoning

























So’qmoq

























Bag’ri

























Lolaqizg’alqo

























gumroh


























Testni yechib ko`r, aqling bo’lar zo`r!
( 7 daqiqada 7 tadan test topshirig’I tarqatiladi)
1.M. Yusufning 1991-yil chop etilgan she`riy to`plamini ko`rsating.
A) “Iltijo” B) “Ishq kemasi” S) “Uyqudagi qiz” D) “Bevafo ko`p ekan”
2. “Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan go`zal she`rlari o`zining samimiyligi, soddaligi, badiiy mukammalligi bilan millionlar qalbida aks sado berdi”. Ushbu ta`rif kim haqida?
A) O. Sharofiddinov B) M. Yusuf S) T. Sulaymon D) Sh. Rahmon
3.Qaysi doston Muhammad Yusuf qalamiga mansub?
A).”Qora quyosh” B). “Osmonning oxiri” S). “tanish teraklar” D). A va B
4.Muhammad Yusufning “Mehr qolur, muhabbat qolur” she’rida qaysi oshiqlar nomi eslanadi?
A). Layli va Majnun B). Farhod va Shirin S). Vomiq va Uzro D).Tohir va Zuhro
5.Muhammad Yusuf qaysi she’rida « O’zim hoqon, o’zim sulton,Sen taxti Sulaymonim », deb yozadi ?
A). « Biz baxtli bo’lamiz » B). « Vatanim » S). « Jayron » D) »Surat »
6.Qaysi shoir “Men ketarman, navolarim, zorim qolur” deya misralar bitgan?
A Shavkat Rahmon B.Muhammad Yusuf S.To’ra Sulaymon D. Abdulla Oripov
7.Muhammad Yusuf qayerda tug’ilgan?
A.Farg’onada B.Andijonda S. O’shda D.Toshkentda

Baholar e`lon qilinib,uyga vazifa beriladi. Uyga vazifa:”Ona tili va dabiyoti” A.Rafiyev,N.G`ulomova .315-320- betlardan o`qish ,she`rlaridan yodlash, tahlil qilish.


Darsga yakun yasaladi.
Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling