O’quv fizika eksperimenti, uning ko’rinishlari va ahamiyati Reja
Download 35.53 Kb.
|
laboratoriya
O’quv fizika eksperimenti, uning ko’rinishlari va ahamiyati Reja: Demonstratsion eksperimentga qo’yilgan didaktik va metodik talablar. Laboratoriya mashg’ulotlari va ularning fizika o’qitishidagi roli. Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil qilish shakllari (frontal va praktikum laboratoriya ishlari) va o’tkazish metodikalari. Fizikadan qhuv ekspereimenti o’qitish metodlari sistemasiga kiradi: «Eksperiment» - so’zi lotincha experiment - sinash so’zidan olingan. Eksperiment fizik hodisaning borishini kuzatish, tahlil qilish, hamda istalgan vaqtda qaytadan takrorlashdan iboratdir. Qhuv eksperimentining o’ziga xos tomonlari: Maxsus asboblar yordamida tashqi olmada ro’y berayotgan hodisalarni kuzatish. o’rganilayotgan hodisani bir necha marta takrorlash. Tajribani turli sharoitlarda takrorlash va hokazo. Fizikadan o’tkaziladigan eksperimentni uchta tashkil etuvchiga ajratish mumkin. Fizikadan o’quv eksperimenti bir vaqtning o’zida bilim manbai, o’qitish metodlari va o’qitishning ko’rgazmali turiga xizmat qiladi. Xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish eksperiment o’tkazishga qo’yiladigan majburiy talablardan biri hisoblanadi. Demonstratsion tajribani sinfdagi hamma o’quvchilar uchun o’hituvchi ko’rsatadi. O’quvchilarning amaliy malakalarini shakllantirishda o’quvchilarning eksperimentni mustaqil bajarishi hisoblanadi. O’quvchilar mustahil bajaradigan eksperimentga frontal laboratoriya ishlari va praktikum ishlari kiradi. Eksperiment o’tkazishga qo’yilgan didaktik talablar.
Tajriba o’tkazadigan asbob va qurilmalar hamma o’quvchilarga ko’rinarli bo’lsin. o’quvchilar diqqatini chalg`itadigan o’rtiqcha asboblar demonstratsion stol ustidan olib qo’yilishi kerak. Tajriba vaqtida asboblarni shunday joylashtirish kerakki, ular bir-birini to’sib qolmasin. Demonstratsion tajribalar stolda qurilmalardan iborat bo’lsin. Demonstratsion tajribalar asosida o’qituvchi xulosa chiharsin. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, demonstratsion tajribalar ishonchli bo’lishi kerak. Kuzatish shuni ko’rsatadiki, agar o’qituvchi ko’rsatayotgan tajriba yaxshi chiqmasa, o’qituvchi, o’quvchilar oldida o’z obro’sini yo’qotib qo’yadi. Yirik pedagog va maktab fizika eksperimentining ustasi «tajribaning muvafaqqiyati birinchi o’rinda bo’lishi kerak. Agar tajriba chiqmasa bundan yomoni yo’q» degan edi. Endi o’quvchilar mustaqil bajaradigan frontal laboratoriya ishlari hamda fizikadan o’tkaziladigan praktikum ishlariga to’xtalamiz. Ta’lim taraqiyoti O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi, 4-maxsus sonida (1999 yil) umumiy urta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlari berilgan. Fizikaga oid dasturda ko’rsatilishi kerak bo’lgan namoish tajribalar ro’yxati bo’limlar va sinflar bo’yicha berilgan. Fizikaga oid dastur va Davlat ta’lim standartiga asosan to’zilgani bois, namoish tajribalarni ko’rsatish, dars jarayonida, ta’limning bir qismini tashkil etadi. Shuning uchun fizika darslarini o’qitishda, namoyish tajribalari o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish va uni bajarishda standart talablari asosida yondashish kerak. Fizikaga oid davlat ta’lim standartlari quyidagilardan iborat. O’quvchilar fizikaga oid quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarini egallashlari shart; -fizik xodisalar xaqida tasavvurga ega bo’lish va ularni taxlili qila olish. -Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektr, yorug’lik , atom va yadro fizikasi asoslariga oid asosiy tushunchalar, atamalar, kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlar formulalarini bilish va ularni qo’llay olish. -Fizik xodisalarni ko’zatishni rejalashtirish va o’tkazish, kuzatish natijalarini umumlashtirish ishlarini bajari olish; -o’lchov asboblari (sekundamer, shtangentserkul, tarozi, mazurka, dinamometr, barometr, termometr, elektrometr, ampermetr, volmetr, ommetr) dan foydala bilish, asboblarning o’lchash xatoligini baxolay olish; -mustaqil ravishda tajriba o’tkaza olish, tajriba natijalarini sxema, jadval, grafik ko’rinishda tasvirlay olish, ularni taxlil qila olish va xulosa chiqarish; -buyuk allomalarimiz va ularni fizika rivojiga kushgan xissalari haqida tasavvurga ega bo’lish; -fizik asboblar bilan ishlash jarayonida xavfsizlik texnikasiga rioya qila olish; -darsliklar, o’quv qo’llanmalar va qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib, mustaqil bilim olish va ularni amaliyotda qo’llay bilish; -masala echish bo’yicha ko’nikma va malakaga ega bo’lish; -fizikaga oid olgan bilimlarni amaliyotda qo’llay olish; "Ta’lim taraqqiyoti" O’z. R. x.t.b ning axborotnomasi 1999 yil. 4 maxsus son 35-36 betlar. O’quvchilar bilimiga ko’yilgan talablardan kelib chiqib, namoyish tajribalarini o’tkazishdan nima maqsad ekanligini aniqlaymiz. Birinchidan, namoyish tajribalari yordamida o’quvchilarga fizik xodisalar kursatiladi va o’quvchilar bilan birgalikda tahlil etiladi. Darsda ko’rsatilgan namoyish tajribalarni soddaroq tarzda uyda o’tkazish yo’llari o’quvchilarga ko’rsatiladi. Demak namoyish tajribalari o’tkazish yordamida o’quvchilar fizik xodisalarni o’rganib, tahlil etishga va mustaqil xulosalar chiqarishga o’rgatiladi. Ikkinchidan, namoyish tadribalarida o’lchov asboblari tuzilishi va ishlashi printsiplari bilan o’quvchilar tanishib boradilar. Xavfsizlik texnkasi qoidalari bilan o’quvchilar tanishtiriladi. Dasturda ko’rsatilgan namoyish tadribalarini quyidagi turlarga bo’lish mumkin; a) o’qituvchining tushintirishini sifat tomonidan izoxlovchi, isbotlovchi tajribalar. b) fizik xodisalarni amalda qo’llanishini ko’rsatuvchi tajribalar. v) o’quvchilarni fizikaga qiziqtirish uchun o’tkaziladigan tajribalar. g) o’quvchilar oldiga muammo qo’yish uchun o’tkaziladigan tajribalar. Namoyish tajribalariga o’quvchilar tyyorlanadi. O’quvchilarga tajriba g’oyasi tushuntiriladi va tajriba qurilmasining chizmasi doskaga chiziladi. Namoyish tajribalarining tayyor xoldagi qurilmalarning samarasi oz bo’ladi. Tajriba qurilmalari o’quvchilarning ko’z o’ngida birin - ketin yigilishi zarur. O’qituvchi faoliyatini o’quvchilar kuzatib, tajriba o’tkazish bo’yicha ma’lum bir bilimlarga ega bo’ladilar. Qurilma yigilgach uning xamma qismlarini, vazifalarni tushuntirib o’tiladi. Tajribaga o’quvchilar diqqati jalb qilinadi. Namoyish tajribalari iloji boricha sodda ko’rinishda bulgani ma’qul. Namoyish tajribalarida fizik xodisa faqat sifat jihatdan o’rganib chiqiladi. Tajriba natijalari o’quvchilar uchun ishonarli bo’lishi zarur, xech qanday shubxaga o’rin kolmasligi kerak. Tajribalarning ishonarligi o’lchov asboblarining aniq ishlashi bilan, o’qituvchining tajriba o’tkazik maxorati bilan amalga oshiriladi. Namoyish tajribalarini o’quvchilarga ko’rinishi muxim axamiyatga ega. Tajribalarning ko’rinuvchanligi, namoyish asboblarining konstrukg`tsiyasi, orqali ta’minlanadi. Asboplarning o’lchamlari shu darajada bo’lishi kerakki, o’quvchilarga asbobni barcha qisimlari ko’rinib tursin. Tajriba vaqtida qurilma qisimlarini shunday joylashtirish kerakki, ular tajriba o’tkazish paytida bir - birini to’smasin. Tajriba praytida qo’shimcha yoritishdan foydalanish xam tajribani ko’rinuvchanligini yaxshilashga yordam beradi. Namoyish tajribalarini ta’sirchanligini oshirish uchun qurilma qisimlarini o’zaro joylashishini eng a’lo variantini tanlanadi. Namoyish tajribalarini sifati o’qituvchining tajriba o’tkazish maxoratiga va tajribaga tayyorgarlik ko’rishga bog’liqdir. Darsda 2 - 3 minut davom etadigan tajribaga o’qituvchi soatlab vaqt sarflab tayyorlanadi. Xar bir namoyish tajribasini o’ziga yarasha "siri" bo’ladi. Agar shu sirni o’qituvchi bilmasa, tajriba chikmasligi mumkin. Misol tariqasida 6 - sinfda "Zichlik" mavzusi o’tilsa, darsda ko’rsatiladigan namoyish tajribasini bayon etamiz. Bu tajribaga shayinli tarozi va bir xil xajmli jismlar kerak bo’ladi. Darsni muammoli tarzda olib borish uchun, avval tarozi sozlanadi, so’ng tarozini xar ikki palasiga teng xajmli jismlardan bittadan qo’yiladi. Tarozi muvozanati buziladi. Nima uchun ? Albatta o’quvchilar massalar turlicha bo’ladi deb javob berishadi. Demak, bir xil xajmli jismlarning massalari turlicha bular ekan. 1 m3 xajmdagi modda massasi xam turlicha bo’lishi aniq. Moddaning birlik xajmidagi massasi uning zichligini ifodalashi va moddalar bir - biridan zichliklari bilan farq qilishi, yuqoridagi tajribada ko’rstailadi. Fizik eksperimentlarni yangi klassifikatsiyasi. Fizikadan o’tkaziladigan eksperimentlar o’tkazilishi joyiga karab 3 turga bulinadi. 1. Darsda o’tkaziladigan fizik eksperimentlar. 2. Darsdan tashqari to’garak mashgulotlarida o’tkaziladigan fizik eksperimentlar. 3. Uyga topshiriq tarzida beriladigan fizik eksperimentlar. Pedagogik jixatdan fizik eksperimentlar quyidagi ko’rinishlarda o’tkaziladi. 1. Namoyishli fizik eksperimentlari. 2. Topshiriq fizik tajribalari. 3. Frontal laboratoriya ishlari. 4. Fizikadan praktikum ishlari. 5. Sinfdan tashqari eksperimentlar Fizik eksperimentlar o’tkazish tartibi, mazmuni va maksadiga ko’ra quyidagi darajalarda bo’ladi. 1. Fundamental fizik eksperimentlar. 2. Muammoli fizik eksperimentlar. 3. Qiziqarli fizik eksperimentlar. 4. Texnologik fizik eksperimentlar. 3. Frontal laboratoriya ishlari shundan iboratki, unda fizikadan ma’lum qonunni o’rganilgandan so’ng shuning to’g`ri ekanligiga o’quvchilar o’zlari tajriba o’tkazib ishonadilar. Bunda barcha o’quvchilar bir honunni yoki o’odisaning tqg`riligini tekshiradilar. Frontal laboratoriya ishni bajarish tartibi darslikda berilgan bqladi. Bunda qhituvchi bir necha kun avval qhuvchilarga keyingi darsda frontal laboratoriya ishi qtkazilishini kitobning haysi betidan bu frontal laboratoriya ishining mazmag`uni berilganligini qhuvchilar shu ishni uyda qhib, tushunib kqchirib kelishlari kerakligini ta’kidlaydi. Sqngra darsdan sqng qhituvchi laborant bilan laboratoriya ishiga tayyorgarlik kqradi. Qhituvchi ikkitadan ya’ni 10g`12 komplekt asboblarni tayyorlab stollar ustiga hqyadi. Ertasiga qhuvchilar laboratriya ishini bajarayotganda, qhituvchi ishni bajarish tartibini tushintiradi va qhuvchilar ishni bajarishga kirishadilar. Fizikadan qtkaziladigan praktikum ishlari esa qhuv yili oxirida qtkaziladi. Bunda fizikadan praktikum ishlari uchun qhuv hqllanmasidan foydalaniladi. Barcha qhuvchilar kichikg`kichik guruo’larga bulinib turli xil fizik o’odisalarni rqy berishi, fizik honunlarining tqg`riligi tekshiradilar. Sqng qhuvchilar birg`biri bilan laboratoriya ishlari almashib ishlaydilar. Frontal laboratoriya ishlari barcha sinflarda qtkazilsa, praktikum ishlari 9g`sinfdan qtkaziladi. Fizika o’qitishda turlig`kinoapparat, telefizion qhuv kqrsatuvlaridan, o’amda kopyuterlardan foydalanish qhuvchilarning fizikadan bilimlari chuhurroh bqlishiga olib keladi. Buning uchun fizika kabinetini, texnik vositalaridan foydalanishga moslab jio’ozlash kerak, ya’ni televizor. Kadaskop, filьmoskop. Kinoapparat haerga huyilsa, mahsadga muvofih bqlishini fizika qhituvchisi o’al qiladi. Qhituvchi fizika kabinetini horong`ilatishini o’am qylab kqrishi kerak. Fizika qhituvchisi fizika o’qitishni kopyuterlashtirishni o’am amalga oshirishi kerak, ya’ni ma’lum o’odisani kqrsatishda handay dasturlar tuzilgan va uni amalga oshirilishini, o’am qylab kqrishi va kopyuterlardan barcha turdagi darslarda foydalanmog`i kerak.
Download 35.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling