Topshiriq. “Hujjatlar tarixi” mavzusida matn tuzing. Ish yuritish terminlarining lug‘atini tuzing.
« Hujjat turlari» nomli klaster tuzing.
Topshiriq
1.Ish yuritish hujjatlarining qanday ahamiyati bor?
2. Hujjatlar tarixi haqida nimalarni bilasiz?
3. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni 8-14-moddalarini o‘qib o‘rganing.
38-MAVZU.HUJJAT TURLARI VA XUSUSIYATLARI
Reja:
Hujjatlarning tasniflanishi.
Hujjat rekvizitlari.
Hujjat tayyorlashning asosiy qoidalari.
Ish yuritish hujjatlarning ro‘yxatini tuzish. Ularni klaster shaklida tasniflash.
Hujjatlarning tasniflanishi. Hujjat rekvizitlari. Hujjat tayyorlashning asosiy qoidalari.
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi. Tasnifnomada mutlaqo bir xil guruhlantirish mavjud bo‘lmasa-da, har qalay ularni bir qadar yagonalashgan holda guruhlantirish mumkin. Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar quyidagicha tasniflanadi:
1.Tuzilish o‘rniga ko‘ra ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi:
Ichki hujjat – muassasa yoki korxonani o‘zida tuziladigan va shu korxona ichida foydalaniladigan hujjatlardir. Bularga xodimning shaxsiy varaqasi, majlis bayonnomasi, ichki buyruq va boshqalar kiradi.
Tashqi hujjat – korxonaga, boshqa tashkilot va ayrim shaxslardan keladigan hujjatlardir. Bularga taklifnoma,ishonchnoma, yo‘riqnoma, kafolat xati, tavsiyanoma va boshqalarkiradi.
2.Mazmuniga ko‘ra sodda va murakkabhujjatlar farqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |