O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev
Download 2.38 Mb.
|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Farmoyish - muassasa ma’muriyati, shuningdek, bo‘limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjatdir. Odatda farmoyishlar amal qilish muddati cheklangan bo‘lib, bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA ETAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi.Ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruhga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma tavsifnoma, tafsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Dalolatnoma- muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjatdir. Dalolatnoma tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqea hodisalar yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag‘lari va moddiy boyliklarga bog‘liq tuziladi, binobarin, u ko‘proq tadbirkorlik, moliya – xo‘jalik faoliyatida, hisob- kitob, oldi –sotdi va savdo sohalarida keng qo‘llanadi. Dalolatnomalar voqea – hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi. Dalolatnomaning zaruriy qismlari: 1.Idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi. 2.Tuzilgan sanasi va joyi; 3.Tartib raqami va tasdiq belgisi, 4.Matn sarlavhasi, 5.Hujjat turi nomi (dalolatnoma), 6.Hujjat tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug‘i, idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar). 7. Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar).8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar). 9. Dalolatnoma matni. 10. Ilovalar.11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari. 12. Ijro vaqtidagi belgi. Dalolatnoma oddiy bichimdagi varaqda yoki umumiy bosma ish qog‘ozida rasmiylashtirilishi mumkin. U oddiy varaqda tuzilganda to‘rtburchak muhrni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Chunki bir qancha doimiy zaruriy qismlar ana shu muhrda aks etishi mumkin. Dalolatnoma tuzilgandan keyin komissiya voqealarga aloqador va nomi ko‘rsatilgan shaxslarni hujjatning mazmuni bilan tanishtirishi va bu haqda ulardan tasdiq yoki guvohlik imzosini olishi kerak. Yuqorida aytganimizdek, dalolatnomalar turli xil voqea va holatlar munosabati bilan tuziladi, binobarin, ularning xillari, mazmuni va shakliy tuzilishi ham bir-biridan o‘zaro farqlanadi: topshirish - qabul qilish dalolatnomalari; moliyaviy – xo‘jalik faoliyatini taftish etish dalolatnomasi; kassani taftish qilish paytida tuziladigan dalolatnomalar; uy-joy sharoitini tekshirish asosida tuziladigan dalolatnomalar. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling