O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari O. Abdiyev


Download 2.38 Mb.
bet119/148
Sana05.10.2023
Hajmi2.38 Mb.
#1692558
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   148
Bog'liq
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Xizmat yozishmalari - mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan guruhlari bilan uzviy aloqadordir. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o‘rinli. Har qanday yozishmada, umuman ko‘p hujjatda adres yozishga to‘g‘ri keladi. Adres aksariyat hujjatlarning tarkibiy qismi - rekvizitidir.
Taklifnoma– biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan yozma axborot. Taklifnomaning zaruriy qismlari:
1.Nomi (taklifnoma).
2.Matn:
a)taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning familiyasi yoki ismi va otasining ismi;
b)taklif qiluvchi muassassaning nomi;
v)qanday tadbirga taklif qilinayotganligi.
3. Tadbirni o‘tkazilish sanasi va vaqti.
4. O‘tkazilish joyi.
5. Imzo (tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi).
Xatlar-muassasalar orasidagi xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjatdir. Xat orqali bajariladigan masalalar ko‘lami keng bo‘lib, bunday yozishmalar tushuntirishlar, xabarlar, taklifnomalar, iltimoslar, kafolatlar beriladi yoki qabul qilinadi. Mazmun jihatdan tullicha bo‘lgan bunday hujjatlar umumlashtirilgan holda xizmat xatlari xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Xatlarni bajaradigan vazifasiga qarab quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:

  1. javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlar, so‘rov xatlar, iltimos xatlar).

  2. javob xatni talab qilmaydigan xatlar (ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat va boshqalar).

Xizmat xatlari odatda xatlar uchun tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi. Maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan hollarda xizmat xatlari xos ish qog‘oziga yoki oddiy qog‘ozga yoziladi.
Axborot xati –ko‘zlangan maqsad ma’lum tashkilot yoki shaxsni amalga oshirilayotgan tadbirdan xabardor qilishdir.Axborot xatlarining hajmi oddiy ma’lumotnoma ko‘rinishida bo‘lib, bir jumladan to bir necha sahifagacha bo‘lishi mumkin. Ba’zan axborot xatlardan ayrim tashkilotlar o‘z faoliyatini targ‘ib qilish maqsadida ham foydalanadi.

Download 2.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling