Ushbu parchada qanday adabiy til me'yori buzilganligini aniqlang?
A) birlarni so‘zidagi “i” tushib qolgan;
B) riyo noto‘g‘ri ishlatilgan;
С) 1-misrada -ni tushum kelishigi noto‘g‘ri qo‘llanilgan;
D) -riyo so‘zidan oldin o‘rin-payt kelishigi bo‘lishi shart;
II -VARIANT
1. Matn deb nimaga aytiladi?
A) matn - u yoki bu holda tugallangan mazmun va nutqning
birligini o‘zida ifodalagan og‘zaki yoki yozma asar;
B) o‘zaro ichki va tashqi bog‘liqliqda bo‘lgan asar;
С) u yoki bu hodisa haqidagi mazmunni bildirgan asar;
D) bir necha gaplardan tashkil topgan asar.
2. Berilgan matn mazmunini o‘z so‘zlari bilan qayta yozishga nima deyiladi?
A) bayon; B) insho; С) diktant; D) ijodiy ish
3. Og‘zaki nutqning xususiyatlariga nimalar kiradi?
A) og‘zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi;
B) so‘z birikmalari va gaplarning modellari tezkorlik bilan tanlanadi;
) so‘zlovchining faol nutqiy harakati, to‘xtam, ohang, urg‘u, turli xil imo-ishoralar fikrning tinglovchiga yetib borishida ahamiyat kasb etadi;
D) A, B, С javoblar to‘g‘ri.
4. Yozma nutq og‘zaki nutqdan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi?
A) muallif bemalol fikrlash imkoniyatiga ega;
B) yozma nutqni qayta-qayta tahrir qilish imkoniyati mavjud;
С) fikr uchun eng mos imkoniyatlar tanlanadi;
D) A,B ,С javob to‘g‘ri
5. Monologga berilgan to‘g‘ri ta'rifni toping?
A) monolog so‘zlovchining o‘ziga yoki tinglovchilarga qaratilgan nutqidir;
B) sintaktik jihatdan murakkab tuzilgan nutq;
С) monolog - ikki kishining suhbati;
D) ikki va undan ortiq kishilarning suhbati
6. Dialog qanday tashkil topadi?
A) dialog sodda gaplardan tashkil topadi;
B) so‘roq, buyruq va darak gaplardan tashkil topadi;
С)qo‘shma gaplardan tashkil topadi;
D) A va B javoblar to‘g‘ri
7. Nutqiy muomala nimadan boshlanadi?
A) xushmuomalalikdan; B) salomlashishdan;
С) shirin so‘zdan; D) A va S javoblar to‘g‘ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |