O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. Soliyev A. S
-Mavzu Statistika nazariyasining nazariy va uslubiy asoslari
Download 5.39 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch atama va tushunchalar
- IV. Tashkiliy qism
- U.Peti va Jon Graunt
- I.Krilov
- Statistika fanining usullari.
- Statistikaning umumiy nazariyasi
- -Iqtisodiy statistika 2 ta yirik tarmoqga bo’linadi
- N.Tatishchev
- P.Jurovskiy
- V.I.Orlov, Shlikeviya, Russov va boshqalar
1-Mavzu Statistika nazariyasining nazariy va uslubiy asoslari.
Reja: Statistika fanining predmet va usullari va Fan rivojiga hissa qo’shgan omillar. Statistika fanining tarmoqlari va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Statistikaning tashkil etilishi va uning vazifalari. Tayanch atama va tushunchalar: Statistika fan tarmog’i, Peti Jon Graunt, Ketle Tatishchev, Krilov, sifat, miqdor qonuniyat, ko’rsatkichlar tizimi, statistik to’plam. II Darsning jihozi: Ma’ruzalar matni, statistika faniga hissa qo’shgan olim va mutafakkirlarning fotosuratlari, test kartochkalari, doska, bo’r. III. Darsning maqsadi: talabalarga iqtisodiy-ijtimoiy statistika fani bo’yicha umumiy tushuncha, fanning predmeti, usullari fanga hissa qo’shgan omillar, fanning tarmoqlari va boshqa fanlar bilan aloqasi, statistika fanining funksiyalari haqida tushuncha berish. IV. Tashkiliy qism: Talabalar bilan salomlashib, navbatchi yordamida davomatni aniqlash, jahon yangiliklaridan so’rash, darsni e’lon qilish. V. Yangi mavzu bayoni: Statistika atamasi lotincha «status» so’zidan olingan bo’lib, hodisalarning holati, ahvolini bildiradi. «Status» so’zi negizidan «stato» davlat, «statusta» davlatni biluvchi, «statustica» ya’ni davlat to’g’risida muayyan bo’lim, ma’lumotlar yig’indisi degan tushunchalar kelib chiqqan. Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib mustaqil Fan sifatida shakllana boshladi. Bu XVII asrda Angliyada «Siyosiy arifmetika» degan Fan vujudga keldi. Uning asoschilari ingliz olimi. U.Peti va Jon Graunt bo’lganlar. Yevropada statistikaning asoschisi bo’lib belgiyalik olim A.Ketle hisoblangan. O’sha davrda Germaniyada G.Axxivyal birinchi marta statistika so’zini qo’llagan. Angliyada esa A.Bouli statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan. Rossiyada statistikaning rivojlanishiga quyidagi olimlar o’z hissalarini qo’shishgan: N.Tatishchev – birinchi marotaba aholi ro’yxatini o’tkazish bilan birga aholining joriy hisobini tatbiq qilish lozimligini kun tartibiga qo’ydi. I.Krilov –tatistika tarixida birinchi marotaba davlatni tavsiflovchi iqtisodiy-statistik ma’lumotlarni jadval yordamida izohladi. M.Jurovskiy –birinchi marta statistika fani ta’rifini berdi. Semyonov Tyan-Shanskiy -1864 yilda arkaziy statistika qo’mitasini boshlig’i bo’lgan. I.Yanson. –birinchi marotaba Rossiyada naziriy statistika bo’yicha darslik yozgan. O’zbekiston statistika rivojlantirishda Toshkent xalq xo’jaligi institutida 1932 yildan boshlab faoliyat ko’rsatgan Statistika kafedrasi. N.Soatov va E.Akramovlarni hissalari ko’p. Statistika fanining usullari. Har qanday Fan o’z obyektini ma’lum usullar yordamida o’rganadi. Barcha fanlar uchun umumiy usul dialektik usuldir. Chunki bu usul ijtimoiy hodisalarni rivojlanish jarayonida o’zaro bog’langan holda o’rganishni taqozo etadi. Ijtimoiy hodisa va jarayonlarda sodir bo’ladigan barcha o’zgarishlarning tub sababi ularning o’zaro ta’sirida bo’lishidadir. M: Odam moddiy ishlab chiqarish orqali tabiat bilan bog’langan. Bu bog’lanishning shakli-insoniyatning yaxshi yashashi uchun zarur va shart bo’lgan mehnatdir. Hodisalarni kuzatayotganda ulardagi tomonlarni tomonlarni alohidalikda, bir-biridan ajralgan holda emas balki shu hodisaga ta’luqli barcha tomonlarni aloqalarni birgalikda olib o’rganish zarur. Statistika dialektikani qonun qoidalariga asosolanib o’zining xususiy usullarini yaratgan; -Ommaviy statistik kuzatish; -Kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash; -Turli umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni hisoblash; Statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklar ko’rinishida tasvirlash. Statistika ko’p tarmoqli ijtimoiy fandir. Statistika Fani uchun umumiy xos bo’lgan xususiyatlarni Statistikaning umumiy nazariyasi o’rganadi. Statistika tarixi fanning kelib chiqishi, shakllanishi, tashkil topishi, uning rivojlanish bosqichlarini batafsil o’rganadi. Matematik statistika tarmoqlararo balanslarni tuzish, ko’p variantli bashoratlarni tuzish yo’llarini o’rganadi. Ijtimoiy statistika aholi turmush tarzi bilan bog’liq bo’lgan barcha hodisalarni statistik usullarda o’rganadi. Ijtimoiy statistikani turlari. Aholi statistikasi – aholini soni, tarkibi, dinamikasi, tabiiy o’sishi, migrasiya jarayonlarini o’rganadi. -Jinoyat va sud statistikasi – aholi o’rtasidagi qonun. Guzarlikni, jinoyat va unga qarshi kurash, sud jarayonlarini o’rganadi. -Mehnat statistikasi – aholining faol ishini, ya’ni xalq xo’jaligida band bo’lgan aholi soni, tarkibi, dinamikasi, ulardan foydalanish darajasi kabilarni o’rganadi. -Sog’liqni saqlash statistikasi. -Maorif statistikasi. -Iqtisodiy statistika 2 ta yirik tarmoqga bo’linadi: -Makroiqtisodiy statistika. -Mikroiqtisodiy statistika. Makroiqtisodiy statistika Fani quyidagi tarmoqlarga bo’lingan: -Mintaqaviy (hududiy) statistika. -Xalqaro statistika. -Moliya statistikasi. -Bozor iqtisodiyoti statistikasi va … -Makro iqtisodiyo statistika muayyan mamlakat va uning ayrim regionlari iqtisodiyotidagi ommaviy jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomoni bilan uzviy bog’lanishda olib o’rganadi. Mikro iqtisodiy statistika quyidagi tarmoqlarga bo’lingan. -Sanoat statistikasi -Qishloq xo’jaligi statistikasi -Savdo statistikasi -Qurilish statistikasi -Transport va aloqa statistikasi -Komunnal xo’jalik statistikasi -Kichik qo’shma korxona, fermer xo’jaligi statistikasi va … -Mikro iqtisodiy statistika firma va korxonalar iqtisodiyotining miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomoni bilan uzviy ravishda bog’lanishda olib o’rganadi. Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib mustaqil Fan sifatida shakllana boshladi. XVII asrda angliyada «Siyosiy arifmetika» degan Fan vujudga keladi. Uning aoschilari ingliz olimlari U.Peti va JonGraund bo’lganlar. U Pettini o’z vaqtida «iqtisodning otasi» va ma’lum darajada statistikaning ixtirochisi hisoblanadi. Yevropada statistikaning asoschisi bo’lib Belgiyalik olim A.Ketler (1796-1874) hisoblanadi. O’sha davrda Germaniyada G.Axenval (1719-1772) birinchi marta «Statistika» so’zini qo’llagan. Angliyada A.Bouli (1869-1957) statistikaning taraqqiy etishiga asos solgan. Rossiyada statistikaning rivojlanishiga quyidagi olimlar o’z hissalarini qo’shishgan: -N.Tatishchev (1686-1750) birinchi marotaba aholi ro’yxatini o’tkazish bilan birga aholini joriy hisobini tadbiq qilish kerakligini ilgari surdi. -I.Krilov (1689-1737) statistika tarixida birinchi marotaba davlatni tavsiflovchi iqtisodiy statistik ma’lumotlarni jadval yordamida izohladi. -P.Jurovskiy (1810-1856) birinchi marotaba statistika fanini ta’rifini berdi, markaziy statistika boshqarmasini tashkil etish g’oyasi muallifi. -Simyonov Tyan Shanskiy (1827-1914) ma’lum darajada rus davlati statistikasining asoschisi hisoblanadi. U 1864 yilda markaziy statistik qo’mitaning boshlig’i etib tayinlangan. E.Yanson (1835-1893) birinchi marotaba Rossiyada nazariy statistika bo’yicha darslik yozgan. Rus statistikasining rivojlanishida zemstva statistikasi alohida o’rin tutadi. Bu statistika XIX asrning boshlarida vujudga kelgan. V.I.Orlov, Shlikeviya, Russov va boshqalar zemstvo statistikasining buyuk namoyondalari hisoblanadi. Zemstvo statistikasi yer va uning sifati, undan olinadigan daromadni o’rganish blian shug’ullanadi. Statistika nazariyasi va amaliyotini rivojlantirishda akademik Strumilin, akademik Namchinov qishloq xo’jaligi statistikasiga asos solgan birinchi olim hisoblanadi. O’zbekistonda statistikani rivojlantirishda Toshkent xalq xo’jaligi institutida 1932 yildan boshlab o’z faoliyatini boshlagan «Statistika» kafedrasini olimlari o’z hissalarini qo’shishgan. Ular jumlasiga Saotov N. va E.Akromovlarni kiritishimiz mumkin. So’nggi yillarda statistika fanini rivojlantirishda professor I.Ermatov Nabiyev, Sirojiddinov, Alimov, Xamroyev, Toshmatov, Shodiyev kabi olimlarni xizmatlari katta bo’ldi. Statistika mustaqil ijtimoiy fan bo’lib, o’zining xususiy predmetlariga va usuliga ega. - Statistika fani ijtimoiy xodisalarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uzviy ravishda bog’lagan holda o’rganadi. Butun borliq ya’ni moddiy dunyodagi tabiiy va ijtimoiy xodisalarning barchasi statistikaning o’rganish obyekti hisoblanadi. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling