O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. Soliyev A. S
Statistik kuzatish turlari va usullari
Download 5.39 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- -Uzluksiz kuzatish.
Statistik kuzatish turlari va usullari.
Statistik kuzatish quyidagi turlarga bo’linadi: 1.Voqyealarni sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab. -Uzluksiz kuzati. Voqyea sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni o’sha damning o’zida qayd qilinadi. M: Tug’ilish. -Uzluksiz kuzatish. Voqyea sodir bo’lgandan so’ng ma’lum vaqt o’tgach uni qayd qilish tushuniladi. Odatda bunday kuzatishlar teng vaqt oralig’ida takrorlanib turadi. Shunga qarab uzlukli kuzatish: -davriy kuzatish. Ma’lum teng muddat o’tishibilan tkrorlanib turadi. M. Har 10 yilda aholi ro’yxati. -Bir yo’la kuzatish qandaydir masalani yechish maqsadida zaruriyat tug’ilgan hollarda turlicha muddatlarda qayta amalga oshirib turiladi. 2. Boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish turli usullarda amalga oshiriladi. -Bevosita kuzatish usuli. Bunda tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita ishtirok etadi. -Hujjatli usulda. Zarur bo’lgan ma’lumotlar tegishli xujjatlardan olinadi. Bu usul ko’pincha hisobot usuli deb yuritiladi. -Savol-javob usulida kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib,olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to’ldiriladi. Bu holda hyech qanday hujjat talab qilinmaydi. Savol-javob usuli o’z navbatida 3 ga bo’linadi: -og’zaki usul -o’z-o’zini qayd qilish usuli -korrespondensiya usuli -Og’zaki usulda maxsus tayyorlangan kishilar kuzatilayotgan shaxslarga kuzatish varaqasidagi savollarni berib, olgan javoblarni yozib boradilar. -O’z-o’zini qayd qilish usulida kuzatishni o’tkazuvchi tashkilotning vakillari maxsus varaqalarni kuzatayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma’lum vaqtdan so’ng yig’ishtirib oladilar. -Korrespondensiya usulida zarur ma’lumotlar statistika tashkilotlariga ixtiyoriy korrespondentlar tomonidan yuboriladi. 3. O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab: -Yoppasiga kuzatish. To’plamdagi barcha birliklar haqidagi zaruriy ma’lumotlar to’planadi. -qisman kuzatish o’rganilayotgan to’plamdagi birliklardan qandaydir bir qismi haqida kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi. Qisman kuzatish 34 ta turga bo’linadi: -tanlama kuzatish -asosiy massivni kuzatish -anketa orqali kuzatish -tanlama kuzatishda umumiy bosh to’plamdan bir qismini ilmiy asoslangan, vakolatni to’la ta’minlab beradigan usullar yordamida tanlab olib tekshiriladi. -asosiy massivni kuzatishda o’rganilayotgan belgining umumiy hajmiga eng salmoqli o’rin tutgan to’plamning asosiy qismi ajratib olinadi. -Anketa orqali kuzatishda kuzatilayotgan kishilarga oldindan maxsus tayyorlangan varaqalar tarqatiladi. -Monografik tasvirlashda tipik hodisalarni har tomonlama chuqur va sinchiklab o’rganish tushuniladi. U ko’pincha yoppasiga kuzatish natijalarini boyitish maqsadida ilg’or tajribani o’rganish va ommalashtirishda qo’llaniladi. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling