O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. Soliyev A. S


- Ommaviy - ijtimoiy xodisalar deyilganda quyidagilar tushuniladi


Download 5.39 Mb.
bet19/84
Sana11.11.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1765656
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
- Ommaviy - ijtimoiy xodisalar deyilganda quyidagilar tushuniladi:
1.Iqtisodiy hodisalar;
2.Madaniy va ta’lim-tarbiya sohasidagi hodisalar;
3.Siyosiy va mafkuraviy xodisalar; 4.Tabbiy xodisalar.
STATISTIKANING TAShKIL ETILIShI VA UNING VAZIFALARI
Sobiq ittifoqda statistikaning tashkil etilishi, qator muammolarni hal qilish bilan bog’liq edi. 1918 yil 26 iyulda «Davlat statistikasi haqida» Nizom tastiqlanadi va markaziy statistika boshqarmasini tuzish haqidagi dekretiga qo’l qo’yiladi. 1918 yil sentyabrda «Mahalliy statistika muassasalarini tuzish» haqidagi Nizom tasdiqlanadi.
1930 yil yanvarda markaziy statistika boshqarmasi davlat reja qo’mitasiga qo’shiladi.
1948 yil avgustda markaziy statistika boshqarmasi davlat reja qo’mitasi tarkibidan butunlay ajralib chiqadi va mustaqil tashkilot sifatida faoliyat ko’rsatdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yilgi 15 may farmoniga ko’ra 1992 yil 5avgustda tashkil etilgan «O’zbekiston Respublikasi istiqbolini belgilash va statistika» qo’mitasi o’rniga «Makro iqtisodiyot va statistika» vazirligi tashkil etildi.
Idoralarda, korxona va muassasalarda, tashkilot va vazirliklarda statistika bilan shug’ullanadigan bo’lim va ugurhlar mavjud. Ular vazirlik, idora va tashkilot miqyosidagi statistika ishlarini olib boradi. Shuning uchun ular ma’muriy statistika deb yuritiladi. Sifat va miqdor to’g’risidagi tushunchalar ham statistika fani bilan bog’liq masalalardir.
Sifat – hodisaning ichki qiyofasi va aniqligi, uning rivojlanish qonuni va qonuniyatlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan tub mohiyati tushuniladi.
Miqdor – hodisaning u yoki bu xususiyati va belgisining yuzaga chiqish me’yori, soni va darajasida ifodalangan. Uning tashqi qiyofasi, aniqligi tushuniladi.
Qonun – bu ikki xodisa o’rtasidagi ichki va zururiy bog’lanishdir. Qoun hodisalardagi muhim, umumiy va zaruriy takrorlanadigan bog’lanishlarni ifodalaydi.
Qonuniyat – ko’pincha xodisalardagi takrorlanish, ketma-ketlik, izchillik va tartib tushuniladi.
Dinamik qonuniyatlar faqat alohida xodisalarda ro’y beradigan qonuniyatlar.
Statistik qonuniyatlar – ommaviy ma’lumotlarni umumlashtirish yo’li bilan aniqlanadigan qonuniyatlar.
Statistik ko’rsatkich – aniq sharoitda sodir bo’lgan voqyea va hodisaning miqdorini, hajmini, qiymatini ifodalaydi.
Ko’rsatkichlar tizimi – bir-biri bilan o’zaro bog’langan yaxlit tizimi bo’lib, hodisa va voqyealarni bir butunligicha tavsiflaydi.
Statistik to’plam ma’lum bog’lanishda bir xil sifatga ega bo’lgan xodisalar, elementlar, birliklar, dalillar to’plami tushuniladi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Statistika so’zi nimani anglatadi?

  2. Statistika mustaqil fan sifatida qachon shakllangan?

  3. Qaysi olimlar Rossiyada statistikaning rivojlanishiga o’z xissalarini qo’shganlar?

  4. Statistikaning nazariyasini rivojlantirishda o’zbek olimlarini xizmatlari haqida gapiring?

  5. Statistik to’plam deganda nima tushuniladi?

  6. Ommaviy-ijtimoiy hodisalar deb qanday xodisalarga aytiladi?

  7. Sifat va miqdor tushunchalarini statistika bilan aloqasi?

  8. Qonun va qonuniyat deganda nimani tushunasiz?

  9. Statistika fani qanday usullarga tayanadi?

  10. Statistika qanday tarmoqlarga bo’linadi?

  11. Statistika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi?

  12. O’zbekistonda statistika tarmoqlarini rivovjlanishi?

  13. Statistikaning tashkil etilish bosqichlari haqida nimalarni bilasiz?

  14. Hozirgi kunda statistika mustaqil tarmoq sifatida qanday tashkil etilgan?

  15. Ma’muriy statistika deganda nimani tushunasiz?

  16. Yagona xalq xo’jaligi hisobi deganda nimani tushunasiz?

  17. Statistikaning oldida qanday vazifalar turibdi?

  18. Iqtisodiy statistika qanday tarmoqlarga bo’lingan?

  19. Ijtimoiy statistika anday hodisalarni o’rganadi?

  20. Siyosiy va mafkuraviy hodisalarga qanday hodisalar kiradi?

2-Mavzu. Statistik kuzatish.

  1. Statistik kuzatish to’g’risida tushuncha.

  2. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari.

  3. Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari.

  4. Statistik kuzatish shakllari, turlari va usullari.

  5. Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish usullari.

I. Tayanch atama va tushunchalar:
Statistik kuzatish dastur, uslubiy masalalar, shakl, tur, usul, ijtimoiy hodisa, to’plam birligi, dastur va metodologiya, kuzatish maqsadi, obyekti, birligi, kuzatish organi, kritik fursat, uzluksiz kuzatish, uzlukli kuzatish, tanlama kuzatish, qisman kuzatish.

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling