O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. Soliyev A. S


Statistik kuzatish turlari va usullari


Download 5.39 Mb.
bet21/84
Sana11.11.2023
Hajmi5.39 Mb.
#1765656
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84
Statistik kuzatish turlari va usullari.
Statistik kuzatish quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Voqyealarni sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab.
-Uzluksiz kuzati. Voqyea sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni o’sha damning o’zida qayd qilinadi. M: Tug’ilish.
-Uzluksiz kuzatish. Voqyea sodir bo’lgandan so’ng ma’lum vaqt o’tgach uni qayd qilish tushuniladi. Odatda bunday kuzatishlar teng vaqt oralig’ida takrorlanib turadi. Shunga qarab uzlukli kuzatish:
-davriy kuzatish. Ma’lum teng muddat o’tishibilan tkrorlanib turadi. M. Har 10 yilda aholi ro’yxati.
-Bir yo’la kuzatish qandaydir masalani yechish maqsadida zaruriyat tug’ilgan hollarda turlicha muddatlarda qayta amalga oshirib turiladi.
2. Boshlang’ich ma’lumotlarni olish usuliga qarab, statistik kuzatish turli usullarda amalga oshiriladi.
-Bevosita kuzatish usuli. Bunda tekshirishni amalga oshirayotgan tashkilotning vakili kuzatishda bevosita ishtirok etadi.
-Hujjatli usulda. Zarur bo’lgan ma’lumotlar tegishli xujjatlardan olinadi. Bu usul ko’pincha hisobot usuli deb yuritiladi.
-Savol-javob usulida kuzatilayotgan shaxslarga savollar berilib,olingan javoblar asosida kuzatish varaqalari to’ldiriladi. Bu holda hyech qanday hujjat talab qilinmaydi.
Savol-javob usuli o’z navbatida 3 ga bo’linadi:
-og’zaki usul
-o’z-o’zini qayd qilish usuli
-korrespondensiya usuli
-Og’zaki usulda maxsus tayyorlangan kishilar kuzatilayotgan shaxslarga kuzatish varaqasidagi savollarni berib, olgan javoblarni yozib boradilar.
-O’z-o’zini qayd qilish usulida kuzatishni o’tkazuvchi tashkilotning vakillari maxsus varaqalarni kuzatayotgan shaxslarga tarqatadilar va ma’lum vaqtdan so’ng yig’ishtirib oladilar.
-Korrespondensiya usulida zarur ma’lumotlar statistika tashkilotlariga ixtiyoriy korrespondentlar tomonidan yuboriladi.
3. O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab:
-Yoppasiga kuzatish. To’plamdagi barcha birliklar haqidagi zaruriy ma’lumotlar to’planadi.
-qisman kuzatish o’rganilayotgan to’plamdagi birliklardan qandaydir bir qismi haqida kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini yaratadi.
Qisman kuzatish 34 ta turga bo’linadi:
-tanlama kuzatish
-asosiy massivni kuzatish
-anketa orqali kuzatish
-tanlama kuzatishda umumiy bosh to’plamdan bir qismini ilmiy asoslangan, vakolatni to’la ta’minlab beradigan usullar yordamida tanlab olib tekshiriladi.
-asosiy massivni kuzatishda o’rganilayotgan belgining umumiy hajmiga eng salmoqli o’rin tutgan to’plamning asosiy qismi ajratib olinadi.
-Anketa orqali kuzatishda kuzatilayotgan kishilarga oldindan maxsus tayyorlangan varaqalar tarqatiladi.
-Monografik tasvirlashda tipik hodisalarni har tomonlama chuqur va sinchiklab o’rganish tushuniladi. U ko’pincha yoppasiga kuzatish natijalarini boyitish maqsadida ilg’or tajribani o’rganish va ommalashtirishda qo’llaniladi.

Download 5.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling