O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. Soliyev A. S
Download 5.39 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- -Markazlashmagan svodkalashda
- Qo’lda svodkalash
- [Miqdoriy ,belgi
- muhim va muhim bo’lmagan
- Birlamchi belgilar
-Markazlashgan
-Markazlashgmagan svodkalashlarga bo’linadi. -Markazlashgan svodkalashda boshlang’ich ma’lumotlar bir yoki bir necha statistika boshqarmalarida to’planadi va o’sha yerda ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanadi. Bunday svodkalash ma’lumotlarni qayta ishlashda bir xil yondashishga va hozirgi zamon texnikasidan unumli foydalanishga imkon beradi. Lekin boshlang’ich ma’lumotlarni taqqoslash, tekshirish imkoniyatini bermaydi, ma’lumotlarni ma’muriy va iqtisodiy tumanlar miqyosida qayta ishlash va shu asosda hududiy ko’rsatkichlarni hisoblash cheklanadi]. -Markazlashmagan svodkalashda boshlang’ich ma’lumotlar dastlab tuman, viloyat statistika tashkilotlarida qayta ishlanadi, so’ng Davlat Statistika qo’mitasiga yuboriladi]. [Bunday svodkalashda statistik kuzatish materiallarini tekshirish va tegishli tuzatishlarni kiritish yengillashadi, hududiy ko’rsatkichlarni hisoblash imkoniyati tug’iladi. Ammo markazlashmagan svodkalash ma’lumotlarning tarqoqlanishiga olib keladi. Shuning uchun ham statistika amaliyotida har ikkala ko’rinishdagi svodkalash uyg’unlashgan tarzda amalga oshiriladi]. [Qayta ishlash texnikasiga ko’ra svodkalash: -qo’lda -Mexanizasiyalashgan usulda bajariladi. -Qo’lda svodkalash odatda uncha katta bo’lmagan to’plam uchun qo’llaniladi. Boshlang’ich hujjat xarakteriga qarab (svodka) qo’lda svodkalash kartochka yordamida amalga oshiriladi. Kartochka yordamida svodkalash quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: -belgilarni shifrovka qilish; -kartochkalarni terish. -Har bir guruh sonini hisoblash uchun kartochkalar sonini sanab chiqish; -umumiy yakunlarni chiqarish. Bu usulda svodkalash ko’p mablag’ va mehnat talab qiladi. Natijada svodkalash juda qimmatga tushadi.] -[Mexanizasiyalashgan usulda kam mehnat sarflanadi, uni bajarish muddati qisqaradi va olingan natijalarning aniqligi oshadi.] Keng ma’noda svodkalash deyilganda to’plangan boshlang’ich ma’lumotlarni ilmiy tekshirishda ko’zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanishi tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turli-tuman mulk shakllarining yuzaga kelishi, xo’jalik yuritish shakllaridagi tub o’zgarishlar statistik kuzatish ma’lumotlarini qayta ishlash usullariga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Jumladan: -Umumdavlat va tarmoqlar hisobotlari qisqaradi, korxona miqyosidagi ma’lumotlar va axborotlarga bo’lgan ehtiyoj ortib borayapti. Birlamchi ma’lumotlarni olish usuli takomillashmoqda. -Kundalik ehtiyojga zarur bo’lgan axborotlar va ma’lumotlarni olish uchun ko’proq tanlama kuzatish va bir yo’la hisob usullari keng qo’llanilayapti. -Ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini, jamiyatning ijtimoiy tarkibini, hududiy va tarmoqlar miqyosidagi o’zgarishlarni tavsiflovchi ma’lumotlarni yig’ish usuli va kuzatish shakllari takomillashmoqda. [Statistik guruhlash] deb ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o’rganish maqsadida eng muhim, xarakterli belgilar bo’yicha bir xil guruh va guruhchilarga ajratib o’rganishga aytiladi. Guruhlash o’rganilayotgan hodisaning xarakterli xususiyatini, undagi qonuniyatni aniqlashga imkon beradi]. [Guruhlash usuli birinchi marta XVIII asrda Rossiyada tatbiq qilina boshlagan. Bu usulni tatbiq qilishda va rivojlantirishda A.N.Radishchev (1749-1802) Jurovskiy, Semyonov Ten-Shenskiy kabi rus olimlarining xizmatlari katta. Sud statistikasining asoschisi Radishchev jinoiy ishlarni guruhlarga bo’lib o’rganishni ta’kidlagan]. [ Jurovskiy statistikani keng ma’noda kategoriyalar, guruhlar bo’yicha hisob olib boruvchi fan deb atadi]. S.Ten-Shanskiy qishloq jamoalarini batraklar soni, yerni ijaraga olish va berish kabi belgilar asosida oltita guruhga bo’lib o’rganadi. Zemstvo statistikasining vujudga kelishi va uning dehqon xo’jaliklarini xonadonlarga bo’lib o’rganishi guruhlash usulini keng qo’llashga sabab bo’ldi. M: Arastu, Hindiston kastalari. [Guruhlash usuli ommaviy to’plamlarda miqdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlariga o’tish jarayonini aniqlash maqsadida juda keng qo’llaniladi. M. Korxonalarni samaradorlik darajasi bo’yicha: -ilg’or -o’rta -qoloq Katta-kichikligiga qarab: -katta, yirik -o’rta -kichik Mulkchilik shakliga qarab: -davlat -jamoa -xususiy]. Murakkab hodisalarni o’rganishda kombinasion guruhlash usuli juda keng qo’llaniladi. [Guruhlash usuli yordamida bir-biri bilan bog’liq bo’lgan quyidagi uch turdagi vazifa yechiladi: -Hodisalar ijtimoiy-iqtisodiy tiplarga ajratiladi. -Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar tuzilmasi o’rganiladi. -Hodisalar o’rtasidagi bog’lanish aniqlanadi. Har qanday guruhlashni amalga oshirish uchun dastlab guruhlash belgisi va oralig’i aniqlab olinadi]. [Guruhlash belgisi – guruhlash uchu nasos qilib olingan belgi tushuniladi]. [Guruhlash belgisini tanlashda quyidagi asosiy shartlarga e’tibor berish lozim: -Guruhlash uchun har doim hodisani to’la tavsiflab beruvchi muhim belgilar asos qilib olinishi kerak; -Guruhlash belgisini tanlashda uning vaqt va joy sharoitini davrning mohiyatini ifodalovchi belgilar bo’lishi kerak. -Murakkab hodisalarni o’rganishda guruhlashni faqat belgi bo’yicha emas, belgi bir necha muhim belgilar bo’yicha amalga oshirishi kerak]. [Ifodalanishiga qarab guruhlash belgilari: -Atributiv belgi. -Miqdoriy belgi. [Atributiv belgi deyilganda son bilan ifodalanmaydigan bir-biridan mazmunan va sifat jihatdan farq qiluvchi belgilar tushuniladi. M: kishining kasbi, millati, mahsulot turi, ish haqi shakli]. Muqobil (alternativ) belgi atributiv belgining bir ko’rinishi bo’lib, ikkita qarama-qarshi, bir-birini taqozo etmaydigan belgilardir. M: Ha-yo’q, ma’lumotli-ma’lumotsiz. [Miqdoriy ,belgi deb son bilan ifodalanuvchi belgilarga aytiladi. M.Talabalar soni, mahsulot hajmi] [Hodisalar o’rtasidagi o’zaro bog’lanish ularning omil va natijaviy belgilari bo’yicha guruhlarga ajratib o’rganiladi. Omil belgi – natijasiga ta’sir qiluvchi belgidir]. Natijaviy belgi – omil belgi ta’sirida o’zgaruvchi belgidir. M: mehnat unumdorligi omil belgi. Tannarx o’zgarishi natijaviy belgi] [Ko’zlangan maqsad va vazifalarga qarab, hodisalarni muhim va muhim bo’lmagan belgilari bo’yicha guruhlanadi. Muhim belgilar hodisaning mohiyatini, xususiyatini ifodalaydi. M: korxonalarni mahsulot hajmi, ishlab chiqarish fondlari. Muhim bo’lmagan belgilar hodisaning faqatgina tashqi tomonini ifodalaydi. M: korxonalarni nomi, ular kimga qarashligi kabi belgilari bo’yicha guruhlash misol bo’ladi]. Birlamchi belgilar o’rganilayotgan hodisaning mutlaq sonini, hajmini, miqdorini ifodalaydi. Ikkilamchi belgilar birlamchi belgilarni bir-biriga bo’lish natijasida olingan hosila bo’lib, hodisaning tuzilmasini, dinamikasini ifodalaydi. [Hodisalarni miqdoriy belgilar bo’yicha guruhlashda dastlab guruhlash oralig’ini aniqlash kerak. Gurahlash oralig’i belgining eng katta va eng kichik variantlari ayirmasining guruhlar soniga nisbati bilan aniqlanadi. Oraliqlar: -Teng-teng bo’lmagan; -Ochiq-ochiq bo’lmagan; -Maxsus ko’rinishlarda bo’ladi. Teng oraliq deyilganda barcha guruhlar uchun bir xil bo’lgan oraliq tushuniladi. U quyidagicha hisoblanadi: h=xmax-xmin n h=oraliq kattaligi Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling