O’quv ishlari bo’yicha prorektor prof. Soliyev A. S
-Mavzu: Mutlaq va nisbiy miqdorlar
Download 5.39 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Darsning jihozi
- IV. Tashkiliy qism
- Mutlaq miqdorlar
- keltiruvchi
4-Mavzu: Mutlaq va nisbiy miqdorlar.
Reja: 1. Mutloq miqdorlar to’g’risida tushuncha va ularning turlari. 2. Nisbiy miqdorlar to’g’risida tushuncha va ularning ifodalanishi. 3. Nisbiy miqdorlarning turlari. I.Tayanch tushunchalar: Mutlaq miqdor nisbiy miqdor, hajm, miqdor, o’rtacha miqdor, kompleks o’lchov, dinamika, joriy davr, bazis davr, struktura koordinasiya, intensiv, promille. II. Darsning jihozi: Ma’ruzalar matni darsliklar, o’quv majmua, testlar yozilgan kartochkalar, doska, bo’r. III. Darsning maqsadi: Talabalarga mutlaq va nisbiy miqdorlar haqida umumiy tushuncha, ularning turlari, ifodalanishi, o’rtacha miqdorlar, dinamika nisbiy miqdor, strukturali miqdor, intensiv miqdor haqida tushuncha berish. IV. Tashkiliy qism: Talabalar bilan salomlashib, navbatchi yordamida davomatni aniqlash, jahon yangiliklaridan so’rash, jurnal bilan ishlash. V. Yangi mavzu bayoni. Statistik kuzatish, svodkalash va guruhlash amalga oshirilgandan so’ng o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning hajmini, miqdorini, darajasini ta’riflovchi qator ko’rsatkichlarga ega bo’lamiz. Bunday ko’rsatkichlar boshlang’ich hisob ma’lumotlari asosida umumlashtirilgan va qayta ishlangan miqdorlar bo’lib, ular: -mutlaq -nisbiy -o’rtacha Ko’rinishda bo’lishi mumkin. Statistik kuzatish natijasida dastlab mutlaq sonlar olinadi, so’ngra shu sonlar asosida nisbiy va o’rtacha miqdorlar hisoblab chiqiladi. Mutlaq miqdorlar kuzatilayotgan miqdor birliklarini qo’shish yoki ayirish yo’li bilan aniqlanadi. Son ko’rsatkichlari va hajmi ko’rsatkichlari. Ifodalanishiga qarab mutlaq miqdorlar. Yakka va umumiy miqdorlarga bo’linadi. Yakka mutlaq miqdorlar statistik kuzatish jarayonida olinadi. M: Guruhdagi har bir talaba, zavoddagi har bir ishchining olayotgan ish haqi yakka mutlaq miqdorlarga misol bo’ladi. Umumiy mutlaq miqdorlar deganda kuzatilayotgan to’plamning har bir birligini emas, balki uning yig’indisini ta’riflovchi miqdorlar tushuniladi. Aum=a2+a+a+…ap=Et=p ai t=1 Aum=umumiy mutlaq miqdor E t=1 ai t=1 a1+…ap =yakka mutlaq miqdorlar To’plam birliklari yig’indisi. E t=1 ai t=1 Umumiy mutlaq miqdorlar hodisa va jarayonlarning umumiy sonini, hajmini, qiymatini o’zida aks ettirib, muayyan olingan xo’jalik, viloyat mavqyeini, imkoniyatini tavsiflaydi. Mutlaq miqdorlar: -naturada -shartli naturada -pulda -kompleks o’lchov birliklarida ifodalanishi mumkin. Natura – o’lchov birligi o’rganilayotgan hodisaning ichki xususiyatini ifodalovchi og’irlik, uzunlik hajmi va boshqalar. Murakkab hodisalarni ifodalovchi ikki va undan ortiq o’lchov birliklarining o’zaro birikmasi statistikada kompleks o’lchov birliklari deyiladi. Shartli natura o’lchov birligi bir xil turdagi iste’mol qiymatga ega bo’lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o’lchov birliklari tushuniladi. [Ikkita taqqoslama mutlaq miqdorni bilish natijasida olingan umumlashtiruvchi miqdor statistikada nisbiy miqdorlar deb ataladi. Uning quyidagi asosiy turlari mavjud: 3-davomi -Reja topshirig’i nisbiy miqdorlari. -Buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdorlari. -Dinamika nisbiy miqdorlari. -Tuzilma (struktura) nisbiy miqdorlari. -Koordinasiya nisbiy miqdorlari. -Intensiv nisbiy miqdorlari. -Obyektlararo va huquqiy taqqoslash nisbiy miqdorlari. Reja topshirig’i nisbiy miqdori rejalashtirayotgan davr ko’rsatkichining oldingi yilning haqiqiy ko’rsatkichiga nisbatan qanday o’zgarishini ko’rsatadi. RTnm =Drt.100 Do RTnm - reja topshirig’i nisbiy miqdorlari Drt -joriy davr uchun reja topshirig’i Do -bazis davrda haqiqiy bajarilgan ko’rsatkich Nisbiy miqdorlar to’g’risida tushuncha va ularning ifodalanishi. Jamiyat taraqqiyotini nisbiy miqdorlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Hamma narsa taqqoslanishda bilinadi. Halqimizda «Birni ko’rib fikr qil, birni ko’rib shukr qil» deyishadi. Birgina shu maqol ustida mulohaza qilinsa, mazkur hikmatning necha bir ming qirrasini ochish mumkin.Shu bilan birga ushbu maqolning bosh mag’zi atrofida, hayotingda bo’layotgan o’zgarishlarga sinchkovlik ko’zi bilan boq, ular xususida fikr yurit, tahlil qil, xulosa chiqar, shundagina kamroq qoqilasang, ishing oldinga qarab yuradi, demakdir. Muhammad payg’ambarimiz hadislarida taqqoslash nisbiy miqdorlari juda keng qo’llanilgan. Jumladan: -rizqning o’ndan to’qqistasi savdoda, bittasi chorvadadir. -sabrlilik va iqtisodli bo’lish va viqorli, og’ir, bosiq bo’lish payg’ambarlikning bir xislatlidir. -odamlarning yomoni-odamlar orasidagi yomon. -qaramog’ingdagilar ko’p bo’lib, qo’lida molning kam bo’lishi og’ir musibatlardandir. Shunday qilib ijtimoiy iqtisod xodisalarni bilish va o’rganishda mutlaq miqdorlar muhim qurol vazifasini o’ynasada, ammo ular bilan cheklanib qolish mumkin emas. Chunki, svodkalash natijasida olingan dastlabki mutlaq miqdorlar hodisa va jarayonlarning qanday sur’atda rivojlanayotganligini, ularning intensivligini tavsiflay olmaydi. Masalan 2001 yilda viloyatda 315 ming tonna don mahsuloti yetishtirildi. Bu son umumiy mutlaq miqdor bo’lib yetishtirilgan donni oz yoki ko’pligini, viloyatning belgilangan rejasi bajarilgan yoki bajarilmaganini bevosita ko’rsata olmaydi. Bu tomonlarni bilish uchun 2001 yildagi don mahsulotlari miqdorini oldingi ko’rsatkichlar yoki shu yilgi reja bilan taqqoslash kerak. Aynan shunday taqqoslash natijasida nisbiy miqdorlar olinadi. Taqqoslashda ko’pincha mutlaq miqdorlar qo’llaniladi. Ayrim hollarda o’rtacha va nisbiy miqdorlar ham o’zaro taqqoslanishi mumkin. Ikkita taqqoslama mutlaq miqdorlar bo’lish natijasida olingan umumlashtiruvchi miqdor statistikada nisbiy miqdorlar deb ataladi. Buyurtma (shartnoma) bajarilishi nisbiy miqdori muayyan davr ichida shartnomadagi topshiriqlarning qay darajada bajarilganligini tavsiflaydi. RTnm=D1*100 Dbt D1 – joriy davrda haqiqiy bajarilgan daraja Dbt – buyurtmadagi topshiriq darajasi. Dinamika nisbiy miqdorlari bir xil turdagi hodisa va jarayonlarning vaqt bo’ycha o’zgarishini tavsiflaydi. 1. Dnm=Di100 D0 2. D3nm=D i100 Di-1 Reja topshirig’i nisbiy miqdori. RTnm =Drt .100 Do Reja bajarilishi nisbiy miqdori. RBnm = D1 .100 DRT Dinamika nisbiy miqdori. Dnm=D1100 D0 Tuzilma (struktura miqdorlari to’plamdan ayrim guruhlarning shu to’plamning umumiy yig’indisiga bo’lgan nisbati tushuniladi. Tnm =n.100 En n- To’plamdagi ayrim guruhlar En – To’plam yig’indisi. Koordinasiya nisbiy miqdorlari to’plamdagi guruhlarning bir-biriga bo’lgan nisbati tushuniladi. Intensiv nisbiy miqdorlar xodisa va jarayonlarning tarqalish zichligini, uchrashish tezligini tavsiflaydi. Qiymat o’lchov birligi deyilganda har xil turdagi turlicha iste’mol xususiyatiga ega bo’lgan hodisalarni bir xil birlikka keltiruvchi o’lchov birliklari tushuniladi. M: Ishlabi chiqarilgan yalpi ichki mahsulot, milliy daromad va boshqalar qiymat (pul) da aniqlanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni bilish va o’rganishda mutlaq miqdorlar muhim vazifani bajarsada, lekin ular bilan cheklanib qolish mumkin emas. Chunki svodkalash natijasida olingan dastlabki mutlaq miqdorlar hodisa va jarayonlarning qanday sur’atda rivojlanayotganligini, ularning o’zgaruvchanligini tavsiflay olmaydi. M: 2003 yilda viloyatda 320 ming tonna don yetishtirildi. Bu son umumiy mutlaq miqdor bo’lib yetishtirilgan donning oz yoki ko’pligini, viloyatni belgilangan rejasi bajarilgan yoki bajarilmaganini bevosita ko’rsata olmaydi. Bu tomonlarini bilish uchun 2003 yildagidan mahsulotlari miqdorini oldingi ko’rsatkichlar yoki shu yilgi reja bilan taqqoslash kerak. Aynan shunday taqqoslash natijasida nisbiy miqdorlar olinadi. Nisbiy miqdorlar har xil shakllarda ifodalanishi mumkin. Ularning ifodalanish shakli bazis miqdorning qanday birlikka tenglashtirib olinishiga bog’liq. -Agar bazis miqdor 1 ga tenglashtirilsa, u holda nisbiy miqdor koeffisiyentda ifodalangan bo’ladi. -Agar bazis miqdor 100 ga tenglashtirilsa, u holda nisbiy miqdor foizda ifodalangan bo’ladi. -Agar bazis miqdor 1000 ga tenglashtirilsa, u holda nisbiy miqdorlar promilleda ifodalangan bo’ladi. Prodssimille 10 000. Download 5.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling