O’quv jarayonida mustaqil ishlarning tutgan o’rni?


Download 16.13 Kb.
Sana28.05.2020
Hajmi16.13 Kb.
#110833
Bog'liq
IAT[3-topshiriq]


3-topshiriq

  1. O’quv jarayonida mustaqil ishlarning tutgan o’rni?

Javob: O’quv jarayonida mustaqil ishlarning o’rni juda katta. O’qituvchilar rahbarligi va nazorati asosida mustaqil ishlarni talabalar tayyorlaydilar. Mustaqil ishlarni bajarish davomida o’quvchilar o’z bilimlarini mustahkamlab oladilar, berilgan mavzu yuzasidan bilim ko’nikma va malakalarni shakllantiradilar hamda rivojlantiradilar. Yangi adabiyotlar bilan tanishadilar. Internetdan samarali va unumli foydalanishni o’rganadilar. Umumiy qilib aytganda talabaning mustaqil fikrlash va izlanishini oshiradi. Muammolar yechimini topishga undaydi. Mustaqil ish tayyorlash talabaning ijodiy qobilyatini ham kengaytiradi.

O’qituvchialr uchun ham semester davomida o’quvchi olgan bilimini baholashda mustaqil ishlar qo’l keladi. Nimagaki o’quvchi mustaqil ishni himoyasida o’z bilimlarini namoyon etadi.

O’quv jarayonida mustaqil ishlar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


  1. Nima sababdan mustaqil ta’limga alohida e’tibor qaratilyapti?

Javob: mustaqil ta’limga alohida e’tibor qaratilayotganining asosiy sabablaridan, bu –mustaqil ta’limda har bir ta’lim oluvchi mustaqil fikrlaydi. Turli adabiyotlar ustida mustaqil izlanadi. Muammolarga ya’ni o’zi tushunmagan ma’lumotlarga duch kelsa fikrlab mulohaza yuritadi. Savollarga mustaqil javob izlaydi. Meni fikrimcha mustaqil ta’limga alohida sabablari ta’lim oluvchilar mustaqil o’z yo’lini topishi, mustaqil fikrlashi, izlanishi, kerakli adabiyotlardan unumli foydalanishi, uning ijodiy faoliyatini kengaytirishda samarali yo’l hisoblanadi.

  1. Mustaqil ta’limning asosiy maqsadi nima? U qanday vazifalarni bajaradi?

Javob: Mustaqil ta’lim jarayoninig asosiy maqsadi ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash, mulohaza yuritish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini oshirishdan iborat.

Vazifalari:





  1. Talabalarning mustaqil ishini tashkil etishning qanday asosiy prinsiplarini bilasiz?

Javob:

  • Mustaqil ishni tashkil etishnig muhim hususiyati, uni talabaning o’zi tashkil qiladi. Muvaffaqqiyatga erishish uchun uning o’zi sabr –toqat bilan o’z ustida ishlaydi.

  • Mustaqil ishlash jarayonida bilimlarni egallash bilan birga ko’nikmalarni shakllantirish ham mustaqil amalga oshiriladi.

  • Talabalar mustaqil ishlash vaqtida ham mustaqil ravishda o’zlaribelgilaydi.

  • Mustaqil ishni tashkil etishning asosiy va birinchi tamoyili uning muntazaligidadir, doimiy uzluksiz amalga oshirishdir.

  • Mustaqil ishni tashkil qilishda ish taribini belglash kata ahamiyatga ega hisoblanadi.

Download 16.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling