O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli


Mavzu bo’yicha tayanch iboralar


Download 132.31 Kb.
bet3/3
Sana21.11.2023
Hajmi132.31 Kb.
#1792557
1   2   3
Mavzu bo’yicha tayanch iboralar : Amartizator,Osma, g‘ildirak, g‘ildirakka ta’sir etuvchi tik yuklama, ko‘prik to‘sini
Osma — avtomobil yurish qismining bir qismi bo‘lib, kuzov (rama) ni yo‘l bilan bog‘laydi.
Avtomobil yo‘li notekisliklardan iborat bo‘lib, ularning turtkilari kuzovga uzatilishi natijasida yuk yoki yo‘lovchiga salbiy ta’sir qiladi.
Bu ta’sirni kamaytirish uchun kuzov va g‘ildirak o‘rtasiga elastik qism (ressor, prujina, pnevmoballon va h.k.) kiritish kerak. Yetakchi g‘ildiraklardan yetaklanuvchilarga itaruvchi kuchni uzatish va tormozlanuvchi g‘ildiraklardagi tormoz kuchi yordamida avtomobilning kinetik energiyasini so‘ndirish uchun g‘ildirakni kuzov bilan bog‘laydigan kuchlarni qabul etuvchi yo‘naltiruvchi richaglar zarur.
Yo‘l notekisliklaridan ta’sir etayotgan turtkilardan hosil bo‘layotgan tebranishlarni so‘ndirish ham kerak.
Osmalar tortuvchi va tormozlovchi kuchlarni, yo‘l notekislik- laridan hosil bo‘layotgan turtkilarni qabul qilib, me’yoriy daraja- gacha kamaytirish hamda tebranish amplitudasi va davomiyligini kamaytirish vazifasini bajaradi.
Osmalar uch bo‘lakdan iborat: yo‘naltiruvchi qism, elastik qism, so‘ndiruvchi qism
Transport vositasi harakat qilishi uchun yetakchi g‘ildirakka transmissiya orqali keltirilgan burovchi moment Mt.dan hosil bo‘lgan Rt kuchini ramaga (kuzov) uzatib ilgarilashga majbur etishi kerak. Bu vazifani yo‘naltiruvchi qism bajaradi. Bundan tashqari, yo‘naltiruvchi qism avtomobil tormozlanishi jarayonida hosil bo‘lgan. Osmaning ish jarayonida yetakchi g‘ildirakka transmissiyadan keltirilgan burovchi momentning itaruvchi kuchi yo‘naltiruvchi qism orqali kuzov (rama)ni oldinga suradi, elastik qism yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni yumshatadi va o‘ndiruvchi qism elastik qism hisobiga tik yo‘nalishda harakat- lanayotgan kuzov (rama) tebratishini so‘ndiradi.Osmaning yo‘naltiruvchi qismi, nafaqat, ko‘ndalang, bo‘ylama, yondan ta’sir etayotgan kuchlarni uzatadi, balki g‘ildirakning kuzov (rama)ga nisbatan harakatini ham belgilaydi. Yo‘naltiruvchi qismining turiga qarab, osmalar
mustaqil va nomustaqil turlarga bo‘linadi.


Osmaning prinsipial chizmasi:


1—g‘ildirak; 2—ko‘prik to‘sini; 3—amortizator; 4—porshen; 5, 6—klapanlar;
7—porshen shtoki; 8—avtomobil ramasi; 9—yo‘naltiruvchi qism; 10—prujina; MT—yarimo‘qlardagi burovchi moment; PT—g‘ildirakdagi urinma reaksiya; Ga—g‘ildirakka ta’sir etuvchi tik yuklama.
va ko‘prikni g‘ildirak aylanish yo‘nalishiga teskari buruvchi momentni hamda yondan ta’sir etuvchi kuchni (markazdan qochirma, yondan ta’sir etgan turtki, qiya tekislikda harakatlanganida og‘irlik kuchining bitta tashkil etuvchisi) qabul qiladi.
Osmaning ish jarayonida yetakchi g‘ildirakka transmissiyadan keltirilgan burovchi momentning itaruvchi kuchi yo‘naltiruvchi qism (9) orqali kuzov (rama)ni oldinga suradi, elastik qism (10) yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni yumshatadi va so‘ndiruvchi qism elastik qism hisobiga tik yo‘nalishda harakat- lanayotgan kuzov (rama) tebratishini so‘ndiradi. Osmaning yo‘naltiruvchi qismi, nafaqat, ko‘ndalang, bo‘ylama, yondan ta’sir etayotgan kuchlarni uzatadi, balki g‘ildirakning kuzov (rama)ga nisbatan harakatini ham belgilaydi. Yo‘naltiruvchi qismining turiga qarab, osmalar mustaqil va nomustaqil turlarga bo‘linadi. Mustaqil osmalarda chap va o‘ng g‘ildiraklar bir-biriga bog‘- lanmagan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notekisligidan ta’sir etgan turtki o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatilmaydi. Bunga zamonaviy avtomobillar «Nexia», «Matiz», «Lasetti»larning old osmalari misol bo‘la oladi. Nomustaqil osmalarda esa chap va o‘ng g‘ildiraklar bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notekisligidan ta’siretgan turtkilar o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatiladi
G’ildirak avtomobilning o’qi bilan yo’lini uzviy bog’lovchi qismlar majmuasi bo’lib, aylanma harakatni ilgarilama harakatga aylantirib beradi. Undan tashqari notekis yo’lda yurganda hosil bo’lgan turtkilarni yumshatadi. Avtomobil g’ildiraklari vazifasiga ko’rayetaklovchi, boshqariluvchi, aralashgan bo’ladi. SHunga ko’rayetakchi g’ildiraklar dvigateldan kuch uzatmasi orqali kelayotgan burovchi momentni aylanma harakatga va aylanma harakatni avtomobilning ilgarilama harakatiga aylantirib beradi.

Yuk avtomobillarida va avtobuslarda diskli yoki disksiz,yengil avtomobillarda esa asosan diskli g’ildiraklar ishlatiladi. g’ildirakni bikr qilib birlashtiruvchi qism disk orqali gupchakka maxkamlansa, bunday g’ildiraklar diskli g’ildiraklar deb yuritiladi. Agarda g’ildirakni bikr qilib birlashtiruvchi qismi bevosita gupchakka maxkamlansa, bunday g’ildirak disksiz g’ildirak deb ataladi.



Rasmda avtombillarda keng ko’lamda qo’llaniladigan g’ildirakning umumiy ko’rinishi va to’g’inlarning ikki xil konstruktsiyasi keltirilgan.
G’ildirak disk 2, to’g’in 4 ko’priga va shina 3 dan iborat. g’ildirak gupchagi 1 avtomobilning har bir ko’prigi uchun yig’uv birikmasi bo’lib hisoblanadi va u disk 2 ning biriktiruvchi qismlari orqali to’g’in 4 bilan tutashadi.
Har bir toifadagi avtomobil uchun g’ildirakning quyidagi asosiy ko’rsatkichlari bor: diametri - D, to’g’in eni - V va bort qotirilmasining balandligi - N.

UYGA VAZIFA




1.OSMANING TURLARI VA VAZIFASI
Download 132.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling