O’quv mashg’ulotlarini loyihalash (fanning ishchi o’quv rejasini ishlab chiqish, dars rejasini tuzish, o’tiladigan mavzu bo’yicha darsning texnologik xaritasini tuzish) Reja
Seminar mashg‘ulotining turlari va ularning tasniflari. Seminar mashg‘ulotini loyihalash va rejalashtirish yo‘llari
Download 31.18 Kb.
|
O’quv mashg’ulotlarini loyihalash buyicha umumiy tushunchalar
6. Seminar mashg‘ulotining turlari va ularning tasniflari. Seminar mashg‘ulotini loyihalash va rejalashtirish yo‘llari.Seminarlarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad talabalarning mustaqil ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasi dan keng va chuqur ma’lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajak faoliyatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish ko‘nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir.
Seminar mashg‘uloti talabalar tomonidan u yoki bu mavzu bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash hamda uni sinf talabalari bilan muhokama qilish yo‘li bilan olib boriladi. Seminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko‘riladi. Talabalar adabiyotlarni o‘rganadilar, material yig‘adilar, turli kuzatishlar o‘tkazadilar, o‘z axborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar. Seminar mashg‘uloti o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladi. U talabalar ishini yo‘naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan muhokamani yakunlaydi. Zarur qo‘shimcha mulohazalar bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Ma’ruza qilgan, muhoqamada qatnashgan talabalar faoliyati baholanib boriladi. Xulosa Seminar mashg‘uloti talabalar e’tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga, fikrlashga o‘rgatish, darsni faollashtirish hamda talabalar aqliy qobiliyatlarini o‘stirishda muhim o‘rin tutadi. Laboratoriya mashg‘ulotlari – bu o‘qituvchi rahbarligida va belgilangan reja asosida yangi bilim bo‘yicha tajriba o‘tkazish jarayonida amalga oshiriladigan aniq seminar vazifalardir. Yangi bilimni egallash bo‘yicha o‘tkaziladigan laboratoriya mashg‘uloti quyidagi metodik priyomlar orqali amalga oshiriladi: - mashg‘ulot mavzuini va amalga oshiriladigan vazifalarni aniqlash; - mashg‘ulot tajriba-bosqichlarini aniqlab olish; - mashg‘ulotning borishini, ishning texnik xavfsizlikka rioya qilingan holda bajarilishini kuzatib borish; - mashg‘ulotni yakunlash, asosiy xulosani bayon etish. Laboratoriyada o‘tkaziladigan mashg‘ulot-tajriba talabalarning hozirgi davrdagi ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini, tajribada qo‘llanadigan asboblarga ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini, texnik bilimni egallab olishlariga zamin yaratadi. Bu mashg‘ulotda talabalar o‘qituvchining topshirig‘i bo‘yicha asboblardan foydalanib, biror hodisani reja asosida tadqiq etadilar. Seminar mashg‘ulotlarda mavzuning yirik qismlari o‘rganiladi. Bu – umumlashtiruvchi tarzda bo‘ladi. Mazkur ish faqat sinfda emas, balki sinfdan tashqarida ham amalga oshiriladi. Laboratoriya mashg‘uloti quyidagi priyomlardan tashkil topadi: - mashg‘ulot maqsadini belgilash; - bajariladigan ishni, unga rahbarlik qilish tartibini belgilab olish; - ish tugagach, uni yakunlash. Laboratoriya mashg‘uloti jarayonida talabalar darslik va o‘quv qo‘llanmalardan foydalanishlari, o‘qituvchi bilan maslahatlashishlari mumkin. Bu metod talabalarning bilim, bili shva ko‘nikmalarini tekshirish, ya’ni ta’limiy jarayon tarkibi va printsiplari bilan bog‘liq holda qo‘llanadi. Shu asosda bilimni tekshirish va baholashning turlari belgilanadi. Masalan: - kundalik o‘quv mashg‘uloti davomida bilimni tekshirish va baholash; - har bir mashg‘ulotda bilimni tekshirish va baholash; - yil oxirida talabaning yil davomida egallagan bilimini tekshirish va baholash. Har bir o‘qitish shakllaridan foydalanish o‘qituvchidan yuksak pedagogik bilim va mahoratni talab etadi. Download 31.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling