O’quv mashqi bo’yicha “Uchqo’rg’on-yog’” Ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi fuqaro muhofazasi boshlig’ining buyrug’I


Download 118.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.11.2023
Hajmi118.87 Kb.
#1795620
  1   2   3
Bog'liq
Taktik-maxsus o’quv mashqi jarayonida qabul qilinadigan asosiy buyruqlar loyihasi



Taktik-maxsus o’quv mashqi jarayonida qabul qilinadigan asosiy buyruqlar
loyihasi (namunalar)
O’quv mashqi bo’yicha
“Uchqo’rg’on-yog’” Ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi -
fuqaro muhofazasi boshlig’ining
BUYRUG’I
“__” _____ 2023- yil
__ - sonli
Uchqo’rg’on sh.
Jamiyatning boshqaruv organi va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini
“Yuqori tayyorgarlik rejimi”ga o’tkazish to’g’risida
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil
17 –apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asoslangan holda,
shuningdek, Uchqo’rg’on tuman hokimi-fuqaro muhofazasi boshlig’ining 2023 yil “__”
______ dagi (“O’quv mashqi bo’yicha”) __ - sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash, yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida,
B U YU R A M A N :
1. Jamiyatning boshqaruv organi va fuqaro muhofazasi kuchlari joriy yilning
“__” _____ kuni soat __:__ dan boshlab, alohida ko’rsatma bo’lgunga qadar
“Yuqori
tayyorgarlik rejimi”ga o’tkazilsin.
2. Jamiyatning Bosh muhandisi (X.Nuritdinov) rahbarligida
tezkor Shtab tuzilib,
uning tarkibiga Texnika xavfsizligi bo’yicha muhandis (I.Ataxanov) va Fuqaro
muhofazasi mutaxassisi (A.Axmadjanov)lar kiritilsin.
3. Tezkor Shtab (X.Nuritdinov):
rahbarlar tarkibidan iborat bo’lgan kunu-tunlik nabvatchilik jadvalini ishlab
chiqib, jamiyat ma’muriyatida navbatchilikni tashkil etsin;
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish
choralarini ishlab chiqib, amalga oshirilishini tashkil etsin;


jamiyatdagi ishlab chiqarish ob’yektlari (tsex va bo’limlar)ning barqaror faoliyat
yuritishini ta’minlasin;
fuqaro muhofazasi tuzilmalari kuch va vositalarining tayyorgarligini nazoratga
olsin.
4. Mazkur buyruq tegishli ijrochilarga yetkazilsin.
5. Ushbu buyruq nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.



Download 118.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling